O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


O'zbek va ingliz tillaridagi undosh tovushlarning artikulatsiya o'rniga



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

O'zbek va ingliz tillaridagi undosh tovushlarning artikulatsiya o'rniga 
(to'siqning hosil bo'lish o'rniga) ko'ra tasnifi 
Lab undoshlari 
Til undoshlari 
Bo'g'iz
yoki 
faringal 
til oldi 
til o'rta 
til orqa 
lab-lab lab-til 
dorsal 
alveoly-
ar 
tish 
o'rta 
palatal sayoz 
chuqur 
(uvulyar) 
b b 
p p 
m m 
w
o’z/ing 
v v 
f f 
s s 
z z 









θ – ð 
y j 
k k 
g g 

g' 

h h 
 


- 30 - 
O'zbek va ingliz tillaridagi undosh tovushlarning 
artikulyatsiya usuliga ko'ra tasnifi 
 
Sirg'aluvchilar (frikativlar) (to'siq, kuchsiz, nutq organlari 
jipslashmaydi, shovqin hosil bo'ladi) 
f, v, z, j, x, f, s, sh, y, h, g' 
f, v, s, z, ∫, ʒ, θ, ð, h 
Ji
p
sl
as
h
u
v
ch
il
ar 
(n
u
tq
or
g
an
lari
j
ip
sl
as
h
ad
i,
zi
ch

k
u
ch
li
t
o
's
iq
h
o
si

b
o
'l
ad
i)
Portlovchilar (shovqin kuchli) 
p, b, t, d, k, g, q 
p, b, t, d, k, g,

Affrikatlar (shovqin kuchli, portlovchidan 
boshlanib sirg'aluvchi tovush bilan 
tamomlanadi) 
tsh (ch), dj (j), ts (s) 
t∫ dʒ
So
n
o
rl
ar 
(s
o
n
an
tl
ar

(s
h
o
v
q
in
g
a qa
ra
g
an
d

to
n
u
st
u
n
k
el
ad
i)
burun 
m, n, ng 
m, n, ŋ 
yon 

titroq 

o'rta 
w, r, j 
 
Eslatma: Jadvallar rus tilidagi undoshlarning tasnifini ham ko'rsata oladi. Ular 
deyarli o'zbek tili undoshlarining jadvallarda ko'rsatilgan bel-
gilariga o'xshaydi. Biroq rus tili undoshlarining tasnifida yum-
shoq va qattiq, bir fokusli va ikki fokusli undoshlarni alohida 
ko'rsatmoq kerak.
Undoshlarning tovush paychalarining holatiga ko'ra tasnifi 
Jarangli
(tovush paycha-
lari titraydi) 
o'zbek tili: 
b, d, g, v, z, j, y, g', dj, (j) 
rus tili: 
б, бь, д, дь, ч, чь, в, вь, з, зь, ж, жь 
Ingliz tili: 
b, d, g, v, s, ʒ, ð 
Jarangsiz
o'zbek tili: 
p, t, k, q, tsh(ch), tc(щ), x, f ,s, sh /h/ 


- 31 - 
(tovush
paychalari) 
rus tili: 
п, пь, т, ть, к, кь, ч, ц, х, ф, фь, с, сь, ш, щъ 
ingliz tili: 
p, t, k, f, θ, s, ∫, t∫, /h/ 
Eslatma: /h/, /h/ undoshlari ko'proq jarangsiz va ba'zan jarangli holatda 
uchraydi. Shu sababli ularni qavs ichida keltirildi. Undoshlar 
doim jarangli va jarangsiz juftlariga ega bo'lavermaydi. Masalan, 
o'zbek tilidagi (q), rus tilidagi (ch), (x) o'z juftlariga ega emas. 
O'zbek tilidagi (x) ning jufti (g') hisoblanadi.  
 
 NUTQNING FONETIK BO'LINISHI 
 
Nutqda tovushlar alohida holda talaffuz etilmaydi. Ular ma'lum tartibda 
ketma-ket birikkan holatda bo'ladi. Demak, nutq ketma-ket kelgan tovushlarning 
yig'indisi yoki zanjirsimon ulanishidan iborat bo'lib, u talaffuz davriga ko'ra 
oldinma keyin kelgan fonetik birliklarga bo'linadi. Nutqning ana shunday katta 
va kichik birliklarga bo'linishi uning fonetik bo'linishi deb ataladi. Bunday bo'lin-
ishni, ba'zan segmentatsiya (lotincha segmentus – bo'lak ma'nosida) deb ham yuri-
tiladi. Segmentatsiya tushunchasi nutqni tashkil etuvchi bo'laklarga bo'lishni 
bildiradi. Har bir bo'lak segment deb yuritiladi. Nutqning bunday bo'linishi katta 
va kichik segmentlarni aniqlashga va ular o'rtasidagiulanish tartibni bilishga 
imkon beradi. Har bir fonetik birlik o'zining artikulyatsion-akustik va eshitilish 
xususiyatlariga egadir. Fonetik birliklar til strukturasining material tomonini 
tashkil etuvchilar bo'lib, ular o'z navbatida o'xshashlik va farqlarini aniqlash va 
tildagi xizmatni bilish yordamida tilning asosiy birliklariga (fonema, morfema, 
so'z va gaplar) birlashadi.
Nutq quyidagi tartibda fonetik birliklarga bo'linadi: 1) fraza; 2) taktlar; 3) 
bo'g'inlar va; 4) tovushlar
1
.
1
.Реформатский. A.A Введение в языковедение. M., 1967, с.. 187-192. Nutqning fonetik 
bo'linishi tilshunoslikda har xil qaraladi. Biz bu masalada A.A. Reformatskiyning fikrlariga 
asoslanamiz.


- 32 - 
Har ikki tomondan pauza bilan bo'lingan eng katta fonetik birlik fraza deb 
ataladi. Pauza davrida so'zlovchi kelgusi frazaning talaffuzi uchun zarur nafas 
oladi. Bir fraza birqancha gaplarni o'z ichiga olishi mumkin. Bir gap ham 
birqancha frazalarga bo'linishi mumkin. Shu tufayli fraza va gaplar bir-biriga 
to'g'ri kelmaydi. Gap – gramatik (sintaktik) birlik, fraza esa, fonetik birlik 
hisoblanadi. Frazalar intonatsiya yordamida bir-biriga ulanadi.
Fraza taktlarga bo'linadi. Takt  frazaning bir bo'lagi hisoblanib, bir urg'u 
yordamida bir yoki bir necha bo'g'inlaning ulanishidan tashkil topgan. Urg'uli 
bo'g'in yordamida ulangan taktlarning eng yuqori qismi kuchli talaffuzi bilan 
farqlanadi. Taktlar ma'nodor so'zlarni mustaqqil urg'uga ega bo'lmagan so'zlarga 
ulash uchun xizmat qiladi. Yordamchi so'zlar ma'nodor so'zlarning oldi va orqa 
tomonidan ulanadi. Ularning oldi tomonidan ulanishi prokliza deyiladi. Oldi 
tomonidan ulangan so'z proklitika deb ataladi.
Masalan: Beshta kam bir, beshta kampir; mana senga olam olam gul 
(Hamid Olimjon), alla-qayerda kabi. Orqa tomondan ulanish enkliza va ulangan 
urg'usiz so'z enklitika deb ataladi. Masalan, siz ham, senga deb oldim, bir bor 
ekan, bir yo'q ekan kabi.
Ma'nodor so'zlar ham proklitka va enklitka vazifalarni bajara oladi. Bun-
day xususiyat o'zbek tilida mavjud bo'lib, u ma'nosi jihatdan ulangan (ya'ni 
leksikalizatsiya qilingan) so'z birikmalariga xos. Masalan, oq ilon, oppoq ilon
oydinda yotganing qani? (qo'shiqdan). Bu o'rinda “oq, oppoq” so'zlari proklitka 
bo'lib keladi. Ishlar yaxshi, do'stim, yaxshi – bunda do'stim so'zi kirish so'zi 
funksiyasida enklitika vazifasini bajaradi.
Taktlar bo'g'inlariga bo'linadi. Bir yoki bir necha tovushlardan tashkil top-
gan takt bo'lagi bo'g'in hisoblanadi. Bo'g'in hosil qiluvchi tovushlar ovozining da-
rajasiga ko'ra unlilar, sonor undoshlar (m, n, l, r) va sirg'aluvchi jarangli 
undoshlardan iborat. Daniyalik tilshunos O. Yespersen ovozning darajasiga ko'ra 
tovushlarni tasnif qilgan. Biroq uning sonorlik nazariyasi (sonorious – lotincha 
ovozli ma'nosida) bo'g'in hosil bo'lishini yetarli yoritib bermaydi. Amerikalik til-


- 33 - 
shunos R. Stetson taklif etgan bo'g'inning ekspirator nazariyasi (experation – lo-
tincha “nafas olish” ma'nosida) tovushning yoki tovushlar birikmasining nafas 
kuchi bilan talaffuziga asoslangan. Bo'g'in umumiy talaffuz kuchining xalqasi 
bo'lib, unda ovozning darajasi ya'ni sonorlik, nafas kuchi, kuchli va baland talaf-
fuz mujassamlashgan. Odatda so'zdagi bo'g'inlar soni undagi unli tovushlar soniga 
qarab belgilanadi. Bunday qarash doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Undosh 
tovushlar ham bo'g'in hosil qiluvchilik vazifasini bajara oladi. Chunki nuqta unli-
lar qo'shni holatda kelgan undoshlar yordamida bo'g'in hosil qiladi.
Masalan: bo-la-lar-i-miz-ga so'zida olti unli tovush qo'shni undoshlar 
yordamida olti bo'g'in hosil qiladi. Ingliz tilida esa, bir undosh tovush ham 
bo'g'in hosil qila oladi: little /lit-l/ – kichik, cattle /kæt-l/ – qozon kabi.
Tillar bo'g'inning tuzilishi strukturasiga ko'ra farq qiladi. Jaxon tillarida 
eng ko'p uchraydigan – bo'g'in turi “undosh-unli” bo'lib, u qulay talaffuzi bilan 
ajralib turadi (lo-la, qo-ra, so'-na kabi). Bo'g'inlarni ulardagi oxirgi va boshidagi 
tovushlariga qarab turlarga bo'linadi: ochiq (unliga tugagan), yopiq (undoshga 
tugagan), yarim ochiq (sonor undoshga tugagan va berkitilgan (undosh bilan 
boshlangan).
So'zlar bir yoki undan ortiq bo'g'inlardan tashkil topgan. Bo'g'inlar bo'g'in 
chizig'i bilan chegaralanadi. Bo'g'in hosil qilish va bo'g'inga bo'lishda nutq 
tovushlari ishtirok etadi. Bo'g'inga bo'lishning qoida va tartiblari tillarda turlicha 
bo'ladi.
Bo'g'inlar tovushlarga bo'linadi. Tovushlarning artikulatsiyasi uch faza-

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin