O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

belgisi deb ataladi va bu belgi talaffuz vaqti bilan o'lchanadi. Akustik jihatdan 
cho'ziq, yarim cho'ziq, qisqa va juda qisqa unlilarni farqlash mumkin. Cho'ziq va 
qisqa unlilar ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarda bor. (Cho'ziqlik belgisi 
tovushning transkripsiya belgisidan keyin (:) bilan beriladi.) O'zbek va rus tillar-
ida tovushlarning cho'ziq va qisqa talaffuzi so'zlarning ma'nolarini o'zgar-
tirmaydi. Biroq tovushlarni cho'ziq talaffuz qilish gapiruvchining ekspressiv 
(his-hayajon) vositasi sifatida ishlatiladi. Odatda cho'ziq unlilar kuchli va qisqa 
unlilar kuchsiz talaffuz qilinadi.
Unli tovushlarning monoftonglar, diftongoidlar (yoki diftonglashgan unlilar) 
va diftonglarga bo'linadi. Turg'un talaffuzga ega bo'lgan unlilar monoftonglar (lo-
tincha monophthong – «bir tovush» ma'nosida) deyiladi. Artikulyatsiyasi davomida 
turg'un talaffuzga ega bo'lmagan nutq organlari, ayniqsa til va lab bir holatdan 
ikkinchi holatga ko'chuvchi, lekin talaffuzi yaxlit tovushlar diftongoidlar deb ata-
ladi. Masalan, ingliz tilidagi /i:/, /u:/ unlilari diftongoidlardir. Ikki unli tovushdan 


- 27 - 
tashkil topgan va har ikki elementi bir bo'g'inda yoki bir morfemada bo'luvchi, 
talaffuzi davomida nutq organlari bir holatdan ikkinchi holatga ko'chuvchi 
tovushlar diftonglar deyiladi. Diftonglar ingliz, nemis, fransuz, latish va boshqa til-
larda mavjud. Diftongning birinchi elementi – uning yadrosi, ikkinchi elementi – 
glaydi deb yuritiladi. Odatda diftongning yadrosi – aniq, glaydi esa – kuchsiz talaf-
fuz etiladi. Diftonglarni ularning yadrosini tashkil etgan unlining fonetik 
xususiyatiga ko’ra tasnif qilinadi. Ingliz tilidagi /ei/, /ai/ til oldi diftonglari, /ou/, /oi/ 
esa, til orqa diftonglaridir. Diftonglarning har ikki elementi ham unli tovushdan 
iborat bo'lsa, sof diftong deb yuritiladi. Agar diftongning ikkinchi – y (j) – v (w) 
kabi yarim unli yoki undosh tovushdan iborat bo'lsa, aldamchi diftong deyiladi.
Yuqorida berilgan unlilarning artikulyatsion tasnifidan tashqari, ularning 
akustik tasnifi ham mavjud bo'lib, bu unlilarning maxsus apparatlar yordamida 
spektral yoki ossillografik tahlil qilishga asoslanadi. Quyida unlilarning artikul-
yatsion belgilari asosidagi tasniflarni keltiramiz: 
1-jadval 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin