- 18 -
EKSPERIMENTAL FONETIKANING
METODLARI
Hozirgi davr fonetikasida ikki asosiy metod mavjud:
subyektiv va
obyek-
tiv metodlar. Subyektiv metod talaffuzni bevosita kuzatishdan (ko'rib yoki
eshitib) iborat. U eng qadimiy va doim ham qo'llash mumkin bo'lgan metoddir.
Subyektiv bevosita kuzatish natijasida tovushlarning artikulyatsion-akustik
xususiyatlari, urg'uli va urg'usiz bo'g'inlarning farqi, intonatsiyada ovoz ohangining
pastga tushishi yoki yuqoriga ko'tarilishini sezish mumkin.
Texnik
apparatura yordamida, ya'ni obyektiv metodlar yordamida
aniqlanuvchi barcha artikulyatson-akustik xususiyatlar
eksperimental-fonetik
tekshirish yoki nutqni instrumental tasnif etish deb yuritiladi. Ma'lum apparatlar
yordamida tilning tovush tarkibi, bo'g'in, urg'u va intonatsiyasini
tekshirish an-
cha aniq va chuqur tasnif qilishiga imkon beradi.
Artikulatsiyani o'rganuvchi metodlar ichida palatografiya va rentgeno-
grafiya alohida o'rin tutadi. Palatografiya – sun'iy tanglay yordamida tilning ho-
latini aniqlashdir. Sun'iy tanglay ingichka elastik plastinkadan iborat bo'lib,
uning shakli va o'lchovi talaffuz qiluvchining qattiq tanglayiga teng bo'ladi.
Talaffuz qiluvchi shaxs
informant deb atalib, u o'sha tilning adabiy talaffuzida
yoki biror shevada (agar shevaning talaffuzi tekshirilayotgan bo'lsa) so'zlay olish
lozim. Elastik sun'iy tanglay og'iz bo'shlig'idagi qattiq tanglayga kiydiriladi.
Ma'lum tovushning talaffuzida tilning izlari sun'iy tanglayga ko'chiriladi. Na-
tijada tovushning artikulatsiya o'rni aniqlanadi. Tilning izlari qolgan sun'iy tan-
glay
palatogramma deyiladi (3-rasmga qarang).
- 19 -
O'zbekcha [i]
Inglizcha [Ι]
3-rasm. Rentgenogrammalar
Rentgenografiya va kinorentgenografiya tovushning artikulatsiyasini juda
aniq ko'rsatib beruvchi metoddir. Oddiy rentgenografiya nutq a'zolarining ho-
latini ma'lum artikulatsiya momentida aniqlashga imkon beradi. Kinorentgeno-
grafiya tovush artikulatsiyasining rivojlanish holatlarini aniqlab beradi.
Nutqning akustik tomonini aniqlash uchun
spektral va ossillografik
metodlar qo'llanadi. Spektrograf tovush maydonining amplitudasi va chastotasi-
ni ko'rsatib beradi va tovushning to'la akustik belgisini aniqlashga yordam be-
radi. Nutqning akustik tomonini aniqlashda qo'llanuvchi
yangi vositalar ichida
spektral analiz yetakchi o'rin tutadi. Ikki tipdagi spektrograf mavjud:
1) statik tipdagi spektrograf tovushlarning akustik strukturasini ma'lum
chegaralangan vaqt ichida o'rganishga imkon beradi;
2) dinamik tipdagi spektrograf (yoki sonograf) “ko'rinuvchi nutq” (visible
speech) prinsipida ishlaydi va u yordamida tovushning spektral ko'rinishini
rivojlanish jarayonida aniqlash mumkin bo'ladi.
- 20 -
/a/ /
i/
4-rasm.
Ossillograf apparati ham eksperimental fonetik kuzatishlarda qo'llanadi.
Ossillografiya tovushning hosil bo'lishidagi
garmonik tebranishlarni, nutq into-
natsiyasi va iborani ma'nodor bo'laklarga bo'lishni o'rganishga imkon beradi.
Eksperimental-fonetik tekshirishlar tilning tovush tomonini tilshunoslik jihatdan
chuqur va aniqroq tadqiq qilishda katta yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: