- 17 -
chanadi. Tovushning kuchi, baland yoki
pastligi va hokazolar uning sifat bel-
gilari deb aytiladi.
Tebranish amplitudasi bilan aniqlanuvchi tovush kuchi dinamik urg'uga
ega bo'lgan tillar uchun xarakterlidir. Bunda urg'uli bo'g'in urg'usiz bo'g'inga
qaraganda katta kuch bilan talaffuz etiladi. Masalan, o'zbek tilidagi olmá – “ya-
bloko” – ólma – “ne beri”, rus tilidagi муká – “un” – мýka – “azob”, ingliz ti-
lidagi
'present – “hozir bo'lmoq” – présent – “sovg'a” o'rtasidagi farq urg'uli va
urg'usiz bo'g'inlarda tovushlarning kuchiga asoslangandir.
Tovushning tembri tebranish davomida maxsus tonni hosil qilish bilan
belgilanadi. U ba'zan nutqda his-hayajonni ifodalovchi
akustik belgi sifatida
ham qaraladi. Tovushni hosil qiluvchi bo'shliqlar (og'iz, burun, bo'g'iz va h.k.)
ma'lum
akustik rezonatorlar deb yuritiladi, chunki ular o'z shakli va o'lchovi bi-
lan nutq tovushini hosil qiluvchi akustik kanallar vazifasini o'taydi.
Tebranish sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Akustikada murakkab
tovush tebranishining chastotasi bilan boshqa akustik
vositalarni kelishtirib
turuvchi mexanizm
filtr deb ataladi. Odamning og'iz va burun bo'shliqlari unli-
larni hosil qiluvchi akustik filtrni tashkil etadi.
Tovushning tembrini ifodalovchi va uni boshqa tovushlarning tembridan
farqini ko'rsatuvchi
chastotalar formantlar deyiladi. Formantlar nutq tovushla-
rining akustik xususiyatlarini bilish manbai hisoblanadi.
Tovush formantlari
maxsus eksperimental apparat-spektograf yordamida aniqlanadi. Har xil unli-
larning formantlari (odatda, ular uchta formantga ega bo'lib, F1, F2, F3 deb ko'r-
satiladi) vertikal shkala bo'yicha turli holatda bo'ladilar.
Tovushlarning akustik belgilari ularning artikulyatsion xususiyatlari bilan
uzviy bog'liqdir. Nutq organlarining turlicha harakati nutq tovushlarining akus-
tik belgilarini, ularning sifat va miqdor belgilarini o'zgartirib yuboradi.
Dostları ilə paylaş: