- 36 -
larning har birini intonatsiyaning komponenti yoki parametri deb yuritiladi.
Melodiya va fraza urg'usi intonatsiyaning birlamchi, qolgan elementlar –
ikkilamchi komponentlari hisoblanadi. Intonatsiyaning har bir komponentini alo-
hida izohlab o'tamiz.
1.
Melodiya – ovoz asosiy tonning harakatini (nutq ohangining tushishi
yoki ko'tarilishini) ko'rsatadi. Frazalarga bo'lingan nutqda har bir fraza o'z
melodiyasiga ega
1
. Odatda darak ma'nosini ifodalovchi fraza ovozning tushish
ohangi va so'roq ma'nosini bildiruvchi fraza ko'tarilish ohangi bilan talaffuz eti-
ladi. Har ikki ma'nodan chetga chiquvchi frazalar ancha tekis ohangda aytiladi.
Ba'zan ohirgi frazaning melodiyasi intonatsiyasiga tenglashtiriladi. Bun-
day qarash noto'g'ri bo'lib, intonatsiyaning boshqa komponentlarini inkor etishga
olib keladi. Nutqimizda ishlatiluvchi «tushuvchi intonatsiya», «ko'tariluvchi in-
tonatsiya» kabilar melodiyaga tegishlidir. Melodiya intonatsiyaning eng zarur
komponentlaridan biri bo'lib, frazalarni ulash va nutqni ifodali qilish vazifalarini
bajaradi.
2. Intonatsiyaning eng asosiy komponentlaridan ikkinchisi
fraza urg'usi
bo'lib, nutqdagi biror elementni (so'z, bo'g'in yoki so'z birikmasini) alohida ajrat-
ib talaffuz etish bilan izohlanadi.
Fraza urg'usi frazalarning ulashni fonetik
vositasi hisoblanadi. Nutqning fonetik bo'linishida ko'rsatib o'tilganidek, fraza
bir urg'uga ega bo'lgan boshqa mayda bo'laklarga bo'linadi. Bu bo'laklarni
tak-
tlar deb atagan edik. Odatda o'zbek va rus tillarida fraza urg'usi nutq taktlarining
oxirgi qismiga tushadi. Uch turdagi fraza urg'usi farqlanadi: odatiy
fraza urg'u-
Dostları ilə paylaş: