O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


TOVUSHLARNING NUTQDAGI POZITSION O'ZGARISHLARI. RE-



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 TOVUSHLARNING NUTQDAGI POZITSION O'ZGARISHLARI. RE-
DUKSIYA 
 
Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir biriga ta'sir qiladi. Bunday 
faktorlardan biri tovushning o'rni, uning boshqa tovushga qo'shni holatda 
bo'lishi, tovushlarning birikuvi va urg'uning tabiatiga bog'liq. Tovushlarning 


- 39 - 
pozitsion va kombinator o'zgarishlari farqlanadi. (Kombinator o'zgarishlar key-
ingi bo'limda beriladi).
Ma'lum holatda ro'y beruvchi tovushlarning o'zgarishi pozitsion o'zgar-
ishshlar deb ataladi. Pozitsion o'zgarishlar uch turga ega: 1) urg'uga nisbatan 
urg'uli va urg'usiz unlilar farqlanadi; 2) bo'g'in va uning tabiatiga ko'ra ochiq va 
yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo'g'inlar farqlanadi; 3) so'zdagi o'r-
niga ko'ra so'z boshi, o'rtasi va oxiridagi tovushlar va ularning birikmalari 
farqlanadi.
Unli tovushlarning urg'usiz bo'g'inlarda kuchsizlanishi yoki o'zgarishi re-
duksiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduksiyasi farqlanadi. Urg'usiz yopiq 
bo'g'inlarda unlilar cho'ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining 
yo'qolishi miqdor reduksiya deb ataladi. Masalan, sanash so'zining boshdagi 
urg'usiz /a/, oxiridagi /a/ ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. 
Rus tilidagi гóрод, городá so'zlarida urg'usiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz 
etiladi.
Tovushlarning urg'uga nisbatan o'rniga ko'ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: 
urg'uli bo'g'indagi holati – kuchli pozitsiya deb, urg'usiz bo'g'indagi holati – 
kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o'z artikulyatsion-akustik 
xususiyatlarini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini 
yo'qotadi, ya'ni reduksiyaga uchraydi.
Yuqorida ko'rsatilgan miqdor reduksiyasidan tashqari sifat reduksiyasi 
ham bor. Sifat reduksiyasida bir yo'la tovushning artikulatsiyasi kuchsizlashadi 
va tovushning sifati o'zgaradi. Masalan, rus tilidagi водá, воды, водяной, вода-
воз so'zlaridagi urg'usiz unlilar (o, a) tovushlari doirasida o'zgaradi. O'zbek tilida 
bunday xususiyat yetarli darajada ko'zga tashlanmaydi. Reduksiyaga uchragan 
tovushlar urg'uli tovushlarga qaraganda aniq bo'lmagan kuchsiz va qisqaroq 
talaffuzga ega.
Reduksiyaning darajasi faqat tovushning holatiga emas, balki talaffuz stil-
iga ham bog'liq. Odatda to'liq talaffuz stilida reduksiya minimal darajada bo'lib, 


- 40 - 
og'zaki nutq stilida esa, u maksimal darajada ro'y beradi. Undan tashqari re-
duksiyaning darajasi unlilarning tilning ko'tarilishiga ko'ra belgilariga (yuqori, 
o'rta, quyi) ham bog'liq.
Undosh tovushlar ham pozitsion o'zgarishlarga uchrashi mumkin. O'zbek 
tilida so'z oxiridagi jarangli undoshlar jarangsizlashishi bunga misol bo'la oladi 
(kitob /kitop/, qand /qant/ kabi). Ba'zan ko'p bo'g'inli so'zlarda so'z oxiridagi ja-
rangsiz undoshlar jarangli bo'lib talaffuz etiladi (bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-
tilagi kabi).
Turli holatlarda tovushlarning talaffuzi har xil o'zgarishlarga uchraydi. 
N.S. Trubetskoy ko'rsatishicha «… amaliy jihatdan aynan bir tovushni bir 
pozitsiyada ham bir necha marta aniq va bir turda talaffuz etish mumkin emas»
1

Nutqda tovushlarning turli pozitsion o'zgarishlarini qancha chuqur o'rganilsa, 
shunchalik ko'p tovushlarning turlari aniqlanishi mumkin.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin