O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

dan iborat: Boshlang'ich fazasi- ekskursiya, o'rta fazasi va oxirgi fazasi – 
rekursiya. Boshqacha aytganda tovushlarning talaffuzida nutq a'zolarining talaf-
fuzga tayyorlanish fazasi (ekskursiya), aytilish fazasi va nutq organlarining av-
valgi holatiga qisman qaytarish (rekursiya) fazasi mavjud. Artikulatsiya 
fazalarining qaytarilishi va rekursiya fazasining qisman qisqarishi tovush biri-
kmalarining talaffuzi uchun xarakterlidir. Xususan, affrikatlar ana shunday 
bo'linmas artikulatsiyaga ega bo'lib, ular portlovchi tovushlarning talaffuzidan 


- 34 - 
boshlanadi va sirg'aluvchi tovush bilan tugallanadi. Affrikatlarning talaffuzida 
bir ekskursiya va bir rekursiya mavjud. Boshqa undoshlar birikmalarning (masa-
lan: kr, pl, tr, st, el kabi) talaffuzida ikki ekursiya va ikki rekursiya fazalari 
mavjud va shu sababli ularni tovush birikmalari hisoblanadi.
 URG'U 
Talaffuzda bir yoki bir necha bo'g'inlarni ajratib aytish urg'u deyiladi. 
So'z va fraza urg'usi farqlanadi. Ko'p bo'g'inli so'zlarda bir yoki undan ortiq 
bo'g'inlarni ajratib aytish so'z urg'usi deyiladi. Agar so'z bir bo'g'indan iborat 
bo'lsa, so'z urg'usi bo'g'in cho'qqisini hosil qiluvchi unli tovushga tushadi. Fraza 
va gaplardagi so'zlarning biror bo'g'inini ajratib talaffuz qilish fraza urg'usi 
deyiladi. Fraza urg'usi intonatsiyaning eng asosiy komponentlaridan biridir.
So'z urg'usi ma'nodor mustaqil so'zlarning zaruriy belgisi hisoblanadi. 
O'zbek, rus, ingliz va nemis tillarida ma'nodor so'zlardagi urg'u nutqda (frazalar-
da) ham saqlanib qolishi mumkin. So'zlardagi bir yoki undan ortiq bo'g'ilarni 
ajratib talaffuz qilish turli artikulyatsion – akustik vositalar yordamida amalga 
oshiriladi. Artikulyatsion jihatdan nafas kuchi, kuchli talaffuz va nutq paychala-
rining tebranishi so'zga urg'u qo'yishning asosiy vositalaridir. Akustik jihatdan 
so'z urg'usi intensivlik (tovushni baland ovoz bilan aytish), cho'ziqlik va tovush-
ning asosiy toni yordamida amalga oshiriladi.
Tovushning balandliga va cho'ziqlik urg'uning eshitilishidaga asosiy 
vositadir. Ko'rsatilgan vositalardan qaysilari bo'g'inni ajratib talaffuz qilishda 
asosiy ekanligiga ko'ra urg'u turlari farqlanadi. Agar talaffuz kuchi yoki inten-
sivlik asosiy xizmatni bajarsa, dinamik, (kuch yoki ekspirator) urg'u deyiladi. 
Asosiy tonning harakati (tushuvchi, ko'tariluvchi va ko'tarilib tushuvchi tonlar) 
yordamida amalga oshiriluvchi urg'u muzikal urg'u (yoki melodik) deb ataladi. 
Bo'g'inning cho'ziq talaffuzi urg'uda asosiy bo'lsa, miqdor urg'u (cho'ziqlik yoki 
kvantitativ) deyiladi. Ba'zan tillarda urg'uning ko'rsatilgan vositalari birgalikda 


- 35 - 
harakat qiladi va bir yo'la kuch va ton urg'usi mavjud bo'ladi. Masalan, norvej, 
dat, island, shved tillari shunday urg'uga ega. Rus, o'zbek, ingliz, nemis tillarida 
dinamik urg'u, grek tilida – miqdor urg'usi, yapon, dungon, koreys, xitoy, serb tal-
larida ton urg'usi bor. 
Urg'uning o'rniga ko'ra turg'un va turg'un bo'lmagan urg'u farqlanadi. Ma-
salan, fin va chex tillarida urg'u doim so'zning birinchi bo'g'iniga, fransuz va 
ko'pgina turkiy tillarda so'zning oxirgi bo'g'iniga, polyak tilida esa, orqadan 
ikkinchi bo'g'inga urg'u tushadi. Turg'un, lekin har xil bo'g'inlarga tushuvchi 
urg'u rus, ingliz va itolyan tillarida mavjud. Biroq rus tilida urg'u ko'chma va er-
kin bo'lib, so'z formasining o'zgarishi bilan urg'u o'z o'rnini o'zgartiradi: водá, 
вод, водянойva h.k.
Har bir tilda chet tillardan kirgan so'zlar o'z urg'usini saqlab qolishi yoki 
shu qabul qilgan tilning qoidalariga asosan talaffuz etilishi mumkin. Odatda 
urg'uli va ochiq bo'g'inlardagi tovushlar urg'usiz va yopiq bo'g'inlardagi 
tovushlarga qaraganda cho'ziqroq talaffuz qilinadi. Co'zning fonetik alohidaligi 
urg'uli va urg'usiz qismlarning, xususan bo'g'in hosil qiluvchi elementlarning 
ulanishi yordamida amalga oshiriladi. Urg'u yordamida so'zning biror bo'g'ini 
faqat ajratib aytilmay, balki uning boshqa qismlari va urg'usiz bo'g'inlari urg'uli 
bo'g'in atrofiga birlashtiriladi. Urg'u prosodika yoki supersegmental fonetikaning 
asosiy elementlaridan biridir.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin