NUTQ TOVUSHLARINING TASNIFI
Odam nutqi har xil tovushlarga juda boydir. Biroq barcha tovushlarni
ularning artikulyatsion-akustik xususiyatlarga ko'ra har xil turlarga bo'linadi. Bi-
rinchi navbatda, tovushlarni unli va undoshlarga bo'linadi. Artikulyatsion, akus-
tik va eshitib his etilishi va tildagi funksional xizmati jihatdan unli va undosh
tovushlar o'rtasida katta farq bor.
Artikulyatsion jihatdan unli tovushlar o'pkadan chiqib kelayotgan havoning
hech qanday to'siqqa uchramasdan o'tishi, aksincha, undoshlar talaffuzida havo
oqimining biror to'siqqa duch kelishi bilan izohlanadi. Akustik xususiyatlariga
ko'ra unlilar talaffuzida havo oqimi kuchsiz tebranishga, aksincha, undoshlar esa,
unlilarga qaraganda kuchli tebranish va shovqin yordamida hosil bo'ladi. Eshitib
his etilishi jihatdan undoshlar kuchli shovqin bilan unlilardan farq qiladi. Unlilar
esa, musiqa ohangiga jo'r bo'la oluvchi mayin ohangga egadir. Ko'pincha jahon
- 21 -
tillarida undosh tovushlar unlilardan ko'proq uchraydi va shu tufayli ularning
funksional xizmati ham ko'proqdir. Odatda obyektiv borliqdagi mavjud narsa va
hodisalarni har xil guruh va tiplarga tasnif qilingandek, nutq tovushlarini ham
artikulyatsion-akustik xususiyatlariga ko'ra bir necha kategoriyalarga bo'linadi.
Yuqorida ko'rsatilgan belgilari asosida nutq tovushlari unli va undoshlar-
ga va o'z navbatida, bular ham ayrim guruhlarga bo'linadi. Quyida unli va un-
dosh tovushlarning tasnifini ko'rib o'tamiz.
Undosh tovushlarning tasnifi. Nutq organlarining bir-biriga tegishi na-
tijasida o'pkadan chiquvchi havo oqimi to'siqqa uchrashi undoshlarning hosil bo'lish-
ida xarakterlidir. Undosh tovushlarning sifati nutq organlarining xarakati, og'iz va
bo'g'iz bo'shliqlarining shakli va tovush paychalarining holatiga bog'liq. Odatda un-
dosh tovushlarni quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Faol nutq a'zolarining ishtiroki va to'siqning hosil bo'lish o'rniga ko'ra:
bunday artikulatsiya belgilari bo'yicha undoshlar lab va til undoshlariga
bo'linadi. O'z navbatida lab undoshlari lab-lab (p, b, m) va lab-tish (f, v)
tovushlariga bo'linadi. Til undoshlari til oldi (to'siqning o'rniga ko'ra: dorsal, al-
veolyar, apikal, kakuminal), til o'rta, til orqa, uvulyar (chuqur til orqa), faringal
va bo'g'iz tovushlariga bo'linadi. To'siqning hosil bo'lish o'rniga ko'ra til oldi un-
doshlari dental yoki dorsal (o'zbek tilidagi /t, d, s, z, l/ kabi), tish o'rta (ingliz va
turkman tillaridagi /θ, ð/ kabi), alveolyar (inglizcha /t, d, l/ kabi), palata-
alveolyar (ruscha /t, d, l/ kabi) va chuqur alveolyar (inglizcha /r/ kabi) bo'ladi.
Til o'rta undoshlari to'siqning hosil bo'lish o'rniga ko'ra palatal bo'ladi.
2. Shovqin hosil bo'lish usuliga yoki to'siqning qanday hosil bo'lish turiga
ko'ra quyidagi undosh tovushlar farqlanadi:
a) portlovchilar – ularning talaffuzida havo oqimi kuchli to'siqqa
uchraydi: /p, b, t, d, k, g/ kabi;
b) sirg'aluvchilar yoki frikativ undoshlar – ular hova oqimining kuchli
to'siqqa uchramay, nutq organlari orasidan sirg'alib o'tishi bilan hosil bo'ladi: /s, z,
sh, j, f, v/ kabi;
- 22 -
c) afrikatlar – ularning talaffuzi portlovchi elementdan /t, d/ boshlanib,
sirg'aluvchi tovush bilan tugallanadi: /tsh (ch), dj/ kabi. Biroq afrikatlarning har
ikki elementi hech vaqt ikki bo'g'in va morfemaga ajralib ketmaydi. Artikul-
yatsion-akustik jihatdan afrikatlar go'yo bir tovushdek talaffuz etiladi.
Portlovchi, sirg'aluvchi va afrikatlar shovqinli tovushlar hisoblanadi.
Sirg'aluvchi undoshlar ikki xil talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, rus tilidagi
sirg'aluvchi qattiq undoshlar /f, v, s, z/ bir o'rinda yoki bir fokusli talaffuz etiladi.
Sirg'aluvchi yumshoq /f`, v`, s`, z`/ undoshlari esa ikki o'rinda yoki ikki fokusli
atrikulyatsiyaga ega. O'zbek tilida bunday xususiyat yo'q. Undoshlar ichida
shovqindan ovoz toni ustun keluvchi tovushlar ham borki, ular sonor yoki so-
nant (lotincha sonorous – ovozli) tovushlar deyiladi. Hosil bo'lishiga ko'ra son-
orlar bir yo'la unli va undoshlik xususiyatga ega. Sonorlar tonningishtirokiga
ko'ra unlilariga yaqin turadi. Sonorlarning hosil bo'lishida havo oqimining
to'siqqa uchrashi jihatdan ular undoshlarga yaqin talaffuz etiladi. O'zbek, rus,
ingliz tillaridagi /l/, /l/, /y/, /j/, /r/, /r/ sonor tovushlardir. Bu sonorlar og'iz
bo'shlig'ida hosil bo'ladi. Ba'zi sonor tovushlarning talaffuzida yumshoq tanglay
pastga tushib, havo burun bo'shlig'i orqali o'tadi (m, n, ng). Bunday tovushlar
burun sonorlari deb ataladi. Sonor tovushlar bo'g'in hosil qilishda katta xizmat
qiladi.
/l/ sonor tovushining talaffuzida havo oqimi tilning yonidan sirg'alib o'tadi
va shu tufayli /l/ yon sonori deb ataladi.
/r/ tovushining talaffuzida havo oqimi til uchini titratadi va shu tufayli u titroq
sonor tovushi deyiladi.
3. Undosh tovushlarning talaffuzida tovush paychalari titrasa, ular jarangli
deyiladi. Artikulatsiya davomida tovush paychalari yaxshi titramasa, jarangsiz
undoshlar hosil bo'ladi. Odatda, jarangli va jarangsiz undoshlar o'z juftlariga
ega:. /p – b/, /f – v/, /t – d/, /s – z/, /sh – j/, /x – g'/, /tsh – dj/, /k – g/. O'zbek tilida
bu sakkiz juft jarangli-jarangsiz undoshlarning jarangsizlari kuchli va jaranglila-
ri kuchsiz talaffuz qilinadi. Ba'zi undosh tovushlarning talaffuzi til pushtining
- 23 -
o'rta qismi qattiq tanglayga (lotincha palatum) tomon ko'tariladi. Bu xususiyat
Dostları ilə paylaş: |