- 6 -
So’z boshi
Mazkur darslik mavjud o’quv rejasi va dasturi asosida oily o’quv
yurtlarining filologiya fakul’tetlari 1-kurs talabalari uchun yozildi.
Uni yozishda ko’p yillik tajribamiz asosida
mavzularni talabalar
o’zlashtirib olishlari-
ning qulay yo’llarini topishga harakat qildik.Til va jamiyat, til va tafak-
kur,tilning rivojlanishi kabi mavzularni hozirgi davr
tilshunosligidagi yangi
g’oyalar yordamida izohlandi.Talabalar uchun qulay bo’lsin deb darslikka
tilshunoslik terminlarining qisqacha izohli lug’ati ilova qilindi.
Darslikda ko’proq o’zbek tilidan misollar berildi, chunki talabalar o’z ona
tilini yaxshi bilmasa, chet tilini o’rganishlari juda qiyin bo’ladi.“Ma’lumki,
o’zlikni
anglash , milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi
ruhiy ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi.Jamiki ezgu fazilatlar
inson qalbiga,
eng avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan
singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir”- deb yozadi O’zbekiston
Prezidenti
Islom Abdug’aniyevich Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat yengilmas
kuch“ nomli sermazmun kitobida ( Toshkent, «Ma’naviyat» 2008, 83 bet.).
Talabalarga ma’ruza jarayonida nutq odobi va til madaniyati, adabiy talaf-
fuz mezoniga alohida e’tibor berish lozim.Til ma’naviyatimizning
eng za-
rur muruvati ekanligini doim yodda tutish kerak.
Bu darslik boshqa shunday darsliklardan ko’p jihatdan farqlanadi.Unda
tilning tafakkur va jamiyat bilan bog’lanishi hamda tilning hosil bo’lishi
va rivojlanishiga doir mavzular talabalar uchun qiyinligini nazarda tutib,
ularni boshqa boblardagi fikrlar bilan bog’liq ravishda bayon qilindi.
Darslik haqida o’z maslahatlarini bergan ma’sul muharrir,
dotsent
A.S.Sodiqovga
hamda
taqrizchilar,dotsentlar
R.Alimardonov
va