108
11-Mavzu. G‘arbiy yevropada aholini ijtimoiy muhofaza qilish
1. G‗arbiy yevropa mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining
tamoyillari hamda vazifalari.
2. Ijtimoiy ta'minotning yevropa tizimi.
3. Umumiy farovon davlat konsepsiyasi.
4. G‗arbiy yevropa mamlakatlarida keksalarni ijtimoiy himoyalash.
Shvetsiyada ijtimoiy ta'minot.
1
.Amalda G‗arbiy yevropaning barcha mamlakatlari ijtimoiy xatarlar
holatlarida ijtimoiy sug‗urtalashdan foydalanadi va kam ta'minlangan
odamlarga
ijtimoiy yordam ko‗rsatishadi.
Ammo bu mamlakatlarda ijtimoiy sug‗urtalash va ijtimoiy yordam turlicha
amalga oshiriladi hamda shu sababli ularni to‗rtta guruhga ajratish mumkin:
• Individual sug‗urta badallari bilan bog‗liq sug‗urtalash tamoyillari,
to‗lovlar va nafaqalar miqdori badallarga bog‗liq bo‗lgan mamlakatlar;
• Sug‗urtalash tamoyillari kam aks ettirilgan, nafaqa va to‗lovlar
miqdorlari individual ehtiyojga bog‗liq bo‗lgan, moliyalashtirish esa asosan soliq
fondlaridan amalga oshiriladigan mamlakatlar.;
• Dastlabki ikkita guruh o‗rtasida oraliq o‗rinni egallagan mamlakatlar.;
• Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi hozircha mavjud bo‗lmagan ammo
endi shakllanayotgan mamlakatlar.
Birinchi guruhga
Germaniya, Fransiya, Belgiya va Lyuksemburg kiradi. Bu
mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi shartnomaviy sug‗urta
tamoyillariga asoslanadi. Yollanma ishchilar o‗z daromadlarining ma'lum bir
qismini sug‗urta fondiga to‗laydilar, bu ularga yordamga muhtoj bo‗lganlarida
jamg‗arilgan sug‗urta fondiga mos miqdorda fond xizmatlaridan foydalanish
huquqini beradi. Bir vaqtning o‗zida xodimlari nomidan ish beruvchi ham ma'lum
bir summani mazkur sug‗urta fondiga to‗laydi.
109
Ko‗pgina holatlarda sug‗urta fondidan olinadigan to‗lovlar miqdori ish haqi
miqdori va xodim hamda ish beruvchi badallari hisobidan jamg‗arilgan summaga
bog‗liq bo‗ladi. Istisno holatlar tibbiy xizmat ko‗rsatish va oiaviy nafaqaga tegishli
bo‗ladi. Bu tizimning asosiy maqsadi inson kasal bo‗lganda, nogironligida va
ishini yo‗qotganda hayot darajasini saqlab turishdir. Bunday tizimi insonning
daromadlarining uning hayoti mobaynida qayta taqsimlash imkonini beradi.
Barcha yevropa mamlakatlarida sug‗urta yig‗imlari
ijtimoiy himoyani
moliyalashtirishning asosiy manbasi sanaladi. Bir qator holatlarda fond soliq
to‗lovlari hisobidan, milliy byudjet umumiy xarajatlarining ko‗p yoki kam
yig‗imlari hisobidan kengayishi mumkin.
Ammo bu guruhdagi barcha mamlakatlarda davlat
fuqaro oldida shunday
majburiyat oladiki, har qanday fuqaroning daromadi u oldin qancha daromad
olgani yoki sug‗urta fondiga qancha kiritganidan qat'iy nazar kafolatlangan
minimumdan kam bo‗lmasligi kerak. Bu shakldagi to‗lovlar umummilliy
byudjetdan amalga oshiriladi.
Sog‗liqni saqlash asosan sug‗urta badallari
hisobidan moliyalashtiriladi,
ammo minimum tibbiy xizmat ko‗rsatish byudjet tomonidan kafolatlangan. Tibbiy
xizmat ko‗rsatish asosan davlat tomonidan fuqarolarga tovon sarflari orqali
xususiy sektorga to‗g‗ri kelmoqda.
Ikkinchi guruhdagi mamlakatlarga Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya kirib,
birinchi guruhdan sug‗urta jamg‗armalari bilan kam darajada bog‗liq bo‗lgan
ijtimoiy
himoyada
farqlanadi.
Bu
mamlakatlarda
ijtimoiy
sohani
moliyalashtirishda davlat byudjeti asosiy rolni o‗ynaydi. Ijtimoiy to‗lovlar va
nafaqalar yanada teng miqdorda taqsimlanadi. Bunday taqsimlash asosida
fuqarolarning teng ehtiyojlari g‗oyasi yotib, shuning uchun, ijtimoiy yordam uning
daromadiga qarab emas, balki insonning ehtiyojidan kelib chiqib ko‗rsatiladi.
To‗lovlar va nafaqalar orasidagi farq shundan iboratki, ijtimoiy to‗lovlarni qonun
bo‗yicha bunday huquqqa ega bo‗lgan har bir fuqaro olishi mumkin, nafaqalar esa
ehtiyojdan va ijtimoiy xatar xususiyatidan kelib chiqib beriladi.
Bu mamlakatlarda
tibbiy xizmat ko‗rsatish asosan umumiy sohada bo‗ladi.
110
Uchinchi guruh mamlakatlariga Niderlandiya va Italiya kirib, bu
mamlakatlarda ijtimoiy ta'minotning aralash tizimi taqdim etiladi. Ammo bu tizim
birinchi guruh mamlakatlari tizimiga yaqinroqdir. Ammo ma'lum bir farqlar ham
bor. Masalan Italiyada davlat kafolatlangan ijtimoiy minimum daromadlarni
to‗lash bo‗yicha o‗ziga majburiyatni olmaydi.
Bunday kafolat alohida
mintaqalardagi bir qator mahalliy organlarga berilgan. Niderlandiyada aksincha,
ijtimoiy ta'minot juda yuqori darajada rivojlangan bo‗lib, tizim mamlakatning har
bir fuqarosini qamrab oladi.
To‗rtinchi guruhga Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya kiradi. Bu
mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi hozircha boshlang‗ich holatdi.
Bu mamlakatlarda kafolatlangan minimal daromad
mavjud emas va barcha
fuqarolarga ham ijtimoiy xizmat ko‗rsatilmaydi.
Ko‗pgina yevropa mamlakatlarida ijtimoiy himoya ko‗p funksiyali sanaladi.
Qoidaga binoan u inson hayoti mobaynida duch keladigan 11 ta funksiyani
bajaradi.
Dostları ilə paylaş: