O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

 
O‘zini tekshirish uchun savollar 


131 
1. Ijtimoiy ishning amerika modeli.
2. AQSh da ijtimoiy ta'minotning asosiy shakllari.
3. Moddiy yordam dasturi.
4. Ijtimoiy sug‗urtalash dasturi.
13-Mavzu. O‘zbekistonda ijtimoiy ish rivoji 
1. 
Ijtimoiy ish ko‗rsatish va ijtimoiy ish kasbini rivojlantirishning 
ma'naviy va tarixiy sharoitlari
2. 
Mustaqillikni qo‗lga kiritgandan so‗ng O‗zbekistonda ijtimoiy 
siyosat
Turli mamlakat xalqlari azaldan yaqinlarga hamdardlik va saxiylik 
yordamlarini ko‗rsatib kelishgan. Bu O‗zbekiston xalqi uchun ham xosdir. Ular 
milliy qadriyatlar, an'ana va odatlar asosida namoyon bo‗lib, ularni saqlash va 
rivojlantirish zarur. Bu ayniqsa bugungi kunda insonlar, ayniqsa yoshlar ongida 
insonparvar va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan bog‗liq yangi 
ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish davrida muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatni isloh qilish, bozor munosabatlarining paydo bo‗lishi sharoitida 
davlatning ustuvor vazifasi jamiyatdagi har bir inson uchun munosib turmush 
tarzini ta'minlashdan iboratdir. So‗nggi o‗n yillarda paydo bo‗lgan yordamga 
muhtoj aholi qatlamlarini qo‗llab-quvvatlashning amaliy zaruriyati jamiyatning 
ming yillar davomida to‗plagan ijtimoiy yordam usullariga borib taqaladi.
Ijtimoiy ish atamasi O‗zbekistonda boshqa sobiq sovet mamlakatlari kabi 
80-yillar oxiri va 90-yillar boshlaridan qo‗llanila boshlandi. Mazkur g‗arb 
atamasining mahalliy jamiyat hayotiga kirib kelishi yagona geopolitik 
chegaralarning buzilishi, shuningdek aholining turli qatlamlarini himoyalash va 
qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha kasbiy ehtiyojning shakllanishi, uni tashkil etishning 
shakllarini belgilash bilan asoslanadi. Ijtimoiy xizmat hodisasiga e'tiborning 
muhim omili fikrlashning ma'lum turi shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi. 


132 
Zamonaviy O‗zbekiston hududida muhtojlar to‗g‗risida qayg‗urish o‗zining 
tarixiy rivojlanishida saxovatddan ijtimoiy himoyaning davlat tizimini tashkil 
qilishgacha bo‗lgan turli shakllarini bosib o‗tdi.
Zamonaviy O‗zbekistonda yordam berish vazifalari mahallada nafaqat 
saqlanib qoldi, balki doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Buning uchun 
mustahkam huquqiy baza yaratilib, O‗zbekistonning milliy taraqqiyot modeli 
davlatning bir qator muhim vazifalarini mahalliy boshqaruv organlari, mahalla 
qo‗mitalariga topshirilmoqda.
Mahalla ijtimoiy ish rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. U o‗zbek 
xalqining ma'aviy va axloqiy an'analarini saqlab, qonun bo‗yicha fuqarolarning 
o‗zini-o‗zi boshqarish mexanizmi sanaladi. 10000 dan ortiq mahallalar tarmog‗i 
mamlakatning butun hududini qamrab olgan hamda fuqarolik jamiyatini 
mustahkamlashda muhim bo‗g‗in sanaladi. O‗zbekistonning barcha aholisi ularni 
jamiyat hayotini tashkil qilishning samarali shakli sifatida ko‗radi. 
Mahallaning ko‗mak berish vazifasi doimiy ravishda takomillashib 
bormoqda. 
Jamiyat 
a'zolari 
yosh 
oilalarni 
mustahkamlash, 
nizo 
va 
kelishmovchiliklarni bartaraf qilishda qatnashmoqdalar. Mahalla qo‗mitalari er-
xotinlarni yarashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib, keyinchalik sud 
organlariga ajrashish uchun murojaat etilmoqda.
Mahallaning muhim ahamiyati og‗ir kunlarda ma'naviy va moddiy qo‗llab-
quvvatlashda yaqqol namoyon bo‗ladi. Mahalla dafn marosimlarini tashkil etish
mahalla a'zolariga xabar qilishni amalga oshirib, mahalla raisi jarayonga shaxsan 
ishtirok etadi va rahbarlik qiladi. Agar bu kam ta'minlangan oila bo‗lsa, yuqorida 
keltirilgan ma'naviy ko‗makdan tashqari mahallaning ijtimoiy ko‗mak fondidan 
ma'lum miqdordagi moddiy yordam ko‗rsatiladi. 
Aniqki, O‗zbekiston tarixiga qisqacha sayohat ijtimoiy yordam xayriya 
faoliyatining dunyoviy shakli ekanligini bildirmaydi. Haqiqatdan ham ijtimoiy 
xizmatning chuqur insonparvar ildizlarini qayd etgan holda, diniy xayriya bilan 
shug‗ullangan shaxslar va zamonaviy ijtimoiy xodimlar o‗rtasidagi farqlarni 
ko‗rsatish kerak. Xayriya faoliyati bilan shug‗ullanuvchi insonlar uchun 


133 
harakatlantiruvchi kuch axloqiy burch hissiyoti va yaxshilikning bo‗lishi, 
ko‗rsatilayotgan yordamning o‗zgaruvchan miqdori va uzoq muddatliligidir. 
Jamiyatning rivojlanishi xayriya tushunchasining mazmuni va talqiniga tuzatish 
kiritdi. Ular tarixan o‗zgarib, ammo inson qiyinchiliklarga doimo mustaqil qarshi 
tura olmaydi va davlat g‗amxo‗rligi har bir shaxsgacha yetib bora olmaydi. 
Shuning uchun yordam va ko‗mak ixtiyoriy asosda amalga oshirilib, bu nafaqat 
xayriya faoliyatining balki butun ijtimoiy ishning tarkibiy qismi sanaladi.
Xayriya va ijtimoiy xizmat tushunchalari bir-biriga yaqin, ammo bir xil 
emas, ularni ajratish kerak. Xayriya, shubhasiz kasbiy ijtimoiy xizmatdan 
farqlanib, boshqa tashkiliy asosga quriladi. Ijtimoiy xizmat me'yoriy-huquqiy asos, 
tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi, maxsus yaratilgan tashkilot va muassasalar bilan 
aniq belgilangan. Shu bilan birga, 19-asr oxirida aynan yetakchi xayriya 
tashkilotlari nochorlarga yordam ko‗rsatishga ixtisoslashagan xodimlar ma'lum 
tayyorgarlikka ega bo‗lishlari to‗g‗risida xulosaga keldilar. Ijtimoiy xodimlarni 
ular faoliyati bilan bog‗liq tayyorgarlikka xizmat qiluvchi birinchi kurslar ochildi. 
Xayriya tashkilotlari Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh da ochilgan.
Bugungi kunda xayriya faoliyati turli jamoat tashkilotlari orqali muhtojlarga 
ijtimoiy va moddiy yordam ko‗rsatuvchi kasbiy ijtimoiy ish bilan chambarchas 
bog‗liq bo‗lib, ijtimoiy ishning ijtimoiy dasturlarini moliyalashtirishning 
qo‗shimcha manbasi sanaladi. O‗zbekistonda ijtimoiy ishning rivojlanish 
jarayonida xayriya faoliyati jamiyatning yaxshi moslashmagan a'zolarining 
ijtimoiylashuvi uchun katta imkoniyatlarga ega bo‗lgan davlat tuzilmalarining faol 
ishtirokida muhtojlarga noprofessional yordam sifatida davom etmoqda.
Bugungi O‗zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning 
muvaffaqiyati madaniy-tarixiy merosni albatta hisobga olishni nazarda tutadi. 
Faqatgina tarixiylik va zamonaviylikning izchilligi asosida yangi darajadagi 
rivojlangan jamiyatga erishish ta'minlanadi, ijtimoiy xizmat faoliyat shakli sifatida 
uning muhim tarkibiy qismi bo‗ladi.
1. Ijtimoiy siyosat har qanday zamonaviy davlatning ustuvor yshnalishi 
bo‗lib, uning asoslari mavjud qonunchilikda aks etadi. Bu jamiyatdagi barcha 


134 
fuqarolarning manfaatlariga rioya qilish bo‗yicha davlat faoliyatidir.; ma'lum 
ijtimoiy guruh va nogironlar munosabatlarida ijtimoiy himoya ko‗rsatishdir.
Keng ma'noda ijtimoiy siyosat jamiyatd ijtimoiy tenglik va barqarorlikni 
ta'minlashga yo‗naltirilgan jamiyat hayotida hokimiyat tuzilmalarining ta'sir 
usullari va mexanizmlari majmui sifatida qaraladi. Tor ma'noda ijtimoiy siyosat 
bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish, ta'lim, sog‗liqni saqlash sohalarida davlat 
tomonidan amalga oshiriladigan institutsionallashgan tadbirlar majmuidir.
Ijtimoiy siyosat sohasiga shaxs va jamiyat faoliyatining turli jihatlari kirib, 
aholining nochor qatlamini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashdan boshlab jamiyatning 
barqaror rivojlanishi va ishlashini ta'minlashni oladi. Shunday qilib, tahlil 
qilinayotgan hodisaning turli jihatlari qo‗yilib, ammo ularning barchasi ijtimoiy 
siyosat shug‗ullanadigan masalalar doirasida bo‗ladi. Bu jamiyatdagi barcha 
fuqarolar manfaatlariga rioya qilish va ularning o‗z salohiyatlarini yanada 
to‗laqonli namoyon qilish uchun sharoit yaratish bo‗yicha davlat faoliyatidir
jamiyatning ijtimoiy sohalari rivojlanishi; ijtimoiy keskinlikni yaxshilash bo‗yicha 
amaliy tadbirlarni o‗tkazish; ma'lum guruh va individlar o‗rtasida ijtimoiy himoya
ko‗rsatish.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin