O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Теория социальной работы: Учебник / Под. ред. проф. Е.И. Холостовой .-



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

33
Теория социальной работы: Учебник / Под. ред. проф. Е.И. Холостовой .- М.: Юристь, 1999. – С.55. 


150 
Uning fikricha aynan shu maqsadlar ijtimoiy ish ko‗rsatish bo‗yicha 
tashkilotlarning mavjudligini aks ettiradi. Ammo aynan refleksiv maqsadlar 
tashkilotni yaratish va rivojlantirish imkonini beradi. O‗z faoliyatini saqlash, 
resurslar, moddiy mablag‗lar va imkoniyatlar olish uchun ijtimoiy muassasalar 
refleksiv maqsadlarni amalga oshirishni bilishlari kerak. Ijtimoiy xizmat 
ko‗rsatishning har qanday tizimi xarajat va kapital sarfiga ega bo‗lib, ular ikki 
maqsad o‗rtasidagi muvozanatni saqlashlari kerak.
Ijtimoiy ish ob'ekti va predmeti xususiyati. Ob'ekt va predmet, – imiy bilim 
rivojlanishining asosiy uslubiy ko‗rsatkichidir. Ilmiy bilish rivojlanishining bu 
bosqichida Na dannom etape razvitiya nauchnogo znaniya, otmechayut Grigorev 
S.I. va Guslyakova L.G.
34
, qayd etishicha mustaqil fan o‗z tadqiqot predmeti, 
idmiy tahlilning o‗ziga xos uslubiga ega bo‗lganda tan olinadi.
Har bir fan bizning atrofimizdagi reallikdan kelib chiqib, jarayon va 
hodisalar mazkur fanda tadqiq qilinadi. Bu sohadagi jarayon va hodisalar fan 
ob'ekti bo‗ladi. Tadqiq qilinayotgan hodisa, jarayon va munosabatlar. O‗z ob'ekti 
bo‗yicha ijtimoiy xizmat nazariyasi umumiy fanlarga tegishli bo‗lib, ammo 
ekologiya, psixologiya, tibbiyot, pedagogika bilan bog‗liq va fanlararo xususiyatga 
ega bo‗ladi. 
Ijtimoiy hodisalar, jarayon va munosabatlar boshqa fanlarning ilmiy bilish 
ob'ekti bo‗ladi.: falsafa, tarix, sotsiologiya. Har bir fan butun ob'ektni emas, balki 
uning ma'lum qismi, bo‗lagi, munosabatlarning ma'lum turini o‗rganadi. Bu 
fanning predmeti bo‗ladi.
Ijtimoiy ishning tadqiqot predmeti global ijtimoiy jarayonlar emas, shaxs, 
ijtimoiy guruh hayot faoliyati bilan bevosita munosabatga ega aniq jarayonlar 
bo‗ladi.. 
nazariya- bu dalillarni ilmiy asoslab tushuntirish, amaliy uslub va 
ko‗nikmalarga teskari bo‗lgan umumiy tamoyil va bilimlarga ega fan qismi 
34
Григорьев С.И., Гуслякова Л.Г. и др. Теория и методология социальной работы. Учеб. пособие для ВУЗов. 
– М.: Наука, 1994. – С.47. 


151 
sanaladi. Ijtimoiy xizmat nazariyasi esa- ijtimoiy jarayonlar, hodisalar, 
munosabatlar va ularga ijtimoiy ishning ta'sirini tushuntiruvchi qarashlar tizimidir.
Keng ma'noda ijtimoiy xizmat nazariyasi aholiga ijtimoiy himoya va yordam 
ko‗rsatuvchi ijtimoiy ish va organlar ta'sirida paydo bo‗luvchi hodisa va jarayonlar
ijtimoiy munosabatlarni tushuntirish yoki ulardan foydalanish bo‗yicha qarashlar 
va tasavvurlar tizimidir.
Tor, maxsus ma'noda ijtimoiy xizmat nazariyasi- ijtimoiy himoya va yordam 
ko‗rsatuvchi ijtimoiy ish va organlar ta'sirida paydo bo‗luvchi aloqa va 
munosabatlar to‗g‗risida ilmiy bilishni tashkil etish shaklidir. 
Ijtimoiy xizmat nazariyasi uchun ob'ekt va perdmetni ajratishga turlicha 
yondashuvlar xos. Ijtimoiy xizmat bo‗yicha lug‗atlarda keltirilishicha, ijtimoiy 
ishning tadqiqot ob'ekti jamiyatdagi ijtimoiy guruh va shaxslar aloqa jarayonlari, 
o‗zaro harakatlari, xulqni tartibga solish yo‗llari va vositalaridir. Mustaqil fan 
sifatidagi ijtimoiy ishning predmeti qonuniylik, o‗ziga xoslik va jamiyatda ijtimoiy 
jarayonlar rivojlanishining yo‗nalganligidir.
35

Ijtimoiy xizmat ob'ektiga shaxsiy yondashuv doirasida unda shaxs kirib, u 
ijtimoiy muhit, boshqa insonlar bilan munosabatlar, ijtimoiy ish amaliyoti 
vositasidagi o‗z ijtimoiy holatini o‗zgartirishga muhtoj. Bu shaxslar ularning 
ehtiyojlari qondirilmasligiga olib keladigan ijtimoiy muammolar bilan to‗qnash 
keladilar. 
Bir qator olimlar ijtimoiy ishdagi tadqiqot ob'ekti sifatida yordamga muhtoj 
mijozni, predmeti sifatida esa- ijtimoiy muammolarni ko‗rib chiqadilar.
36
.
Boshqalar predmetni mijozning ijtimoiy holati orqali ko‗rib chiqadilar.
37
.
Ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislarning bir qismi ijtimoiy ish ob'ekti 
sifatida aloqa jarayonlari, o‗zaro faoliyat, o‗zaro ta'sir mexanizmlari, ijtimoiy 
guruh va shaxs axloqining tuzatish usullari va vositalarini ko‗rsatib, turli ijtimoiy 
holatlarda ularni amalga oshirishni ta'minlashda individ va guruhlarning hayotiy 
kuch qarshiligini qayd etadilar. Mustaqil ijtimoiy fan sifatida ijtimoiy xizmat 
35
Словарь – справочник по социальной работе /под ред. профессора Холостовой Е.И. – М., 2000. – С. 41. 
36
Основы социальной работы / Отв. ред. П.Д. Павленок. – М., 1999.
37
Словарь – справочник по социальной работе /под ред. профессора Холостовой Е.И. – М., 2000. – С. 41. 


152 
predmetini ular yangi iqtisodiy sharoitda inson hayot faoliyatini paydo bo‗lishi va 
amalga 
oshirish 
qonuniyatlarini, 
shuningdek 
ularni 
amalga 
oshirish, 
sog‗lomlashtirishni ta'minlash vositalari va hayotiy kuch qarshiligini 
takomillashtirishni nazarda tutadilar.
Zimnyaya I.A. ijtimoiy o‗zaro faoliyat tushunchasi bilan ijtimoiy xizmat 
nazariyasi ob'ekti va predmetini bog‗laydi. Ijtimoiy xizmat predmeti va ob'ekti bir 
tomondan amaliy ijtimoiy xizmat maqsadlari bilan asoslanib, boshqa tomondan 
ijtimoiy xizmat nazariyasi va amaliyoti doirasiva mazmuniga ta'sir ko‗rsatadi. 
Ob'ekt va predmetni turlicha shakllantirishga qaramasdan ular o‗xshash bo‗lib, 
bugungi sharoitda ijtimoiy ish muhtojlarga ijtimoiy yordam berish doirasidan 
chiqib, inson to‗g‗risidagi nazariy bilimlar va uning ijtimoiy sezgilarini yaxshilash 
usullariga ega bo‗ldi.. 
4. Ijtimoiy xizmat o‗quv fani sifatida o‗quv muassasasi profiliga mos 
fanlarning o‗quv maqsadlari bilan keltirilgan tizimni aks ettiradi. Ijtimoiy ishni 
o‗rganuvchi talabalar, turli nazariy bilim va texnologiyalarni o‗zlashtirib, bu 
ijtimoiy xodim va mijoz, muhtoj inson va jamiyat o‗rtasidagi vositachilikni 
ta'minlash imkonini beradi.
O‗zbekistonda oliy ma'lumot olishda ikki bosqich mavjud bakalavr (4 yil) va 
magistr (2 yil ) tayyorlash. O‗zbekistonda ijtimoiy ishning institutsionallashuvi 
jarayoni boshlanganidan so‗ng qisqa vaqtda ijtimoiy soha uchun kadrla 
tayyorlovchi universitet, kollej, ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash kurslari 
tarmog‗i kengayayotganini ko‗rish mumkin.
2004-yilda Toshkent Davlat Madaniyat institutida ―ijtimoiy xizmat‖ ta'lim 
yo‗nalishi ochildi. Xuddi shu yili kafedra ham ochilib, bakalavr darajasida oliy 
ma'lumotli ijtimoiy xodimlarni tayyorlash vazifasi qo‗yildi. 2005-yil sentabrda 
bunday ta'lim yo‗nalishi O‗zbekistondagi yana ikkita universtitet Samarqand va 
Farg‗ona davlat universitetlarida ochildi. 2006-yilda ―aholining turli guruhlari 
bilan ijtimoiy xizmat‖ magistratura mutaxassisligi bo‗yicha tanlov e'lon qilindi. 
2010-yildan ijtimoiy xodimlar tayyorlash O‗zbekiston Milliy universitetida amalga 
oshirilmoqda.


153 
Bu sohadagi ta'lim tizimi nazariya va amaliyotni birgalikda olib borishni 
talab qiladi. Ta'limning asosiy maqsadi ijtimoiy ish bo‗yicha mutaxassislar 
tayyorlashga qo‗yilgan asosiy talablarga mos bilim olish, amaliy ko‗nikma va 
malakaga ega bo‗lishdir. Ijtimoiy soha bo‗yicha mutaxassislar universitetda 
bazaviy ta'limni olgan mos mutaxassislik bo‗yicha oliy ma'lumotga ega 
mutaxassislar bo‗ladi.
O‗qitish jarayonida bo‗lg‗usi ijtimoiy xizmat mutaxassislarining amaliy 
tayyorgarligiga katta e'tibor beriladi. Birichi kursdan boshlab talabalar tanishuv, 
o‗quv, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlariga chiqadilar. Bugungi kunda 
talabalar amaliyot o‗tashining yangi modeli Toshkent, Samarqand va Farg‗onda 
talabalarni o‗qitish tizimida ishlab chiqildi va joriy etildi.
Nazariy bilim va amaliy ko‗nikmalarni egallagan ijtimoiy xizmat bo‗yicha 
mutaxassis bu sohada tashkiliy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyatga 
qodir bo‗ladi.
O‗quv fani sifatida ijtimoiy xizmat nazariyasini takomillashtirish va 
rivojlantirish – bu hayot va amaliyot bilan uning aloqasini mustahkamlashdir. 
Hozirda mamlakatning barcha mintaqalarida ijtimoiy xizmat bo‗yicha ta'lim 
yo‗nalishlarini ochishga tayyorgarlik bormoqda, chunki – yuqori malakali ijtimoiy 
xodimlarga talab yuqoridir.
Ijtimoiy ishni professionallashtirish uchun sharoitlarni yaratishda muhim 
masala bu soha bo‗yicha xalqaro talablarga javob beruvchi mutaxassislarni 
tayyorlashdir. Bu sohadagi ta'lim tizimi nazariya va amaliyotni birgalikda olib 
borishni talab qiladi. Ta'limning asosiy maqsadi ijtimoiy ish bo‗yicha 
mutaxassislar tayyorlashga qo‗yilgan asosiy talablarga mos bilim olish, amaliy 
ko‗nikma va malakaga ega bo‗lishdir.
Ijtimoiy ish bo‗yicha milliy jamoa dastlab bizning respublikamiz uchun 
yangi bo‗lgan ijtimoiy ish uchun ta'limni rivojlantirishni maqsad qilgan 
o‗qituvchilargan ixtiyoriy guruhi bo‗ldi. Bugungi kunda uning tarkibida 18 shaxs 
shu jumladan ijtimoiy xizmat o‗qituvchilari, sotsiologlar, pedagoglar, Madaniyat 
instituti, Milliy universitet, pedagogika universiteti, respublika ijtimoiy moslushavi 


154 
markazi mutaxassislari, bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi amaliy 
psixologlar, tadqiqotchi va murabbiylar bor. Bu xodimlar, entuanist va hamfikrlar 
ta'lim va amaliyotda ijtimoiy ish qadriyatlari va axloqiy tamoyillari, nazariya va 
uslublarini ishlab chiqishmoqda.
Ijtimoiy ishni amaliy rivojlantirish uchun milliy jamoa ijtimoiy ish va 
bolalarni himoya qilish sohasida turli yo‗nalishlar bo‗yicha mashg‗ulot modullarini 
ishlab chiqdilar, Toshkent va Samarqandda bolalarni himoya qilishning amaliy 
tizimi uchun 6-kunlik mashg‗ulotlarni tuzdilar. O‗tkazilgan treninglar natijasida 
ijtimoiy ish sohasida ularni o‗qitish va bolalarni himoya qilish tashkilot va 
muassasalari tizimida xodimlarni qayta tayyorlashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. 
Shu maqsadda Toshkent Davlat Madaniyat institutining malaka oshirish va qayta 
tayyorlash fakulteti bazasida ijtimoiy ish bo‗yicha qayta tayyorlash kursi tashkil 
qilindi. 
2007-2010-yillarda qayta tayyorlash kurslarida bolalarni ijtimoiy himoya 
qilish tizimidagi 200 dan ortiq xodimlar o‗qidi va diplom oldi, shu jumladan 
vasiylik va homiylik organlari, ixtisoslashgan muassasalar (Mehribonlik, Muruvvat 
va Saxovat uylari), yordamchi maktablar va ixtisoslashtirilgan kasb-hunar 
kollejlari, SOS bolalar mahallalari va Toshkent va Samarqand shahridagi jamoat 
tashkilotlari xodimlari o‗qitildi. 2009-yilda ijtimoiy hizmatlar bo‗yicha qayta 
tayyorlash kurslari o‗qituvchilari TDSI, SAMDU, FARDU ga tashrif buyurishdi.
Bu faoliyat bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan tashkilotlar orasida nodavlat 
nohukumat tashkilotlar- Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, BMT 
YuNISeF ning O‗zbekistondagi bolalar himoyasi dasturi, ijtimoiy ish bo‗yicha 
milliy jamoani keltirish mumkin. Boshqa muhim hamkorlar oliy va o‗rta maxsus, 
xalq ta'limi, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirliklaridir.
O‗zbekistonda ijtimoiy ishni rivojlantirish bo‗yicha milliy jamoa a'zolari 
ijtimoiy xodimning kasbiy yo‗riqnomasini ishlab chiqishdi. Uning ahamiyati 
mexnat sub'ektidagi zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kasbiy muhim 
sifatlarni tuzatishni amalga oshirish zaruriyati bilan bog‗liq. Ijtimoiy xodimning 
kasb yo‗riqnomasi- ijtimoiy xizmat bo‗yicha mutaxassilar va ular faoliyati 


155 
standartlarini ishlab chiqishga dastlabki qadam bo‗lib, ularni ta'limi va kasbga 
o‗qitish tizimini takomillashtirish uchun muhimdir.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin