O‘zini tekshirish uchun savollar
122
1. Aholini ijtimoiy himoya qilish: tushunchasi, maqsadi va vazifalari.
2. G‗arbiy yevropa mamlakatlarida ijtimoiy himoya qilish tizimi tamoyillari
va vazifalari. Ijtimoiy ta'minotning yevropa tizimi.
3. Umumiy farovon davlat konsepsiyasi.
4. G‗arbiy yevropa mamlakatlarida keksalarni ijtimoiy himoya qilish .
5. Shvetsiyada ijtimoiy ta'minot.
12- Mavzu . AQSh da aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi
1. Ijtimoiy himoyaning amerika modeli
2.Moddiy yordam dasturi
3. Ijtimoiy sug‗urta tizimi. Davlat ijtimoiy yordami. Xususiy ijtimoiy
sug‗urta.
1. Sotsiologlar shuni qayd etishadiki, ijtimoiy qoloq aholi guruhlariga
e'tibor iqtisodiy pasayish davrida o‗sadi va barqarorlik davrida kamayadi. AQSh
da 30-yillar va keyinchalik 60-70 yillarda inqiroz sharoitida aholining katta qismini
ijtimoiy muammolar qiynagan paytda ijtimoiy xodimlar ko‗pchilik insonlarning
muammolarini komleks yondashuv orqali bartaraf etishga harakat qilishgan. AQSh
Prezidenti F.Ruzvelt siyosatida ishsizlarga birinchi marta milliy muammo sifatida
qarash boshlandi. Favqulodda holatlar bo‗yicha vaqtinchalik boshqarmalar tuzildi.
Unga davlat dasturlarini ishlab chiqish uchun xususiy xizmatlardan malakali
ijtimoiy xodimlar jalb qilinib, zamonaviy Amerikani o‗zgartirgan F.Ruzveltning
Yangi kurs asosiy qoidalari mezon qilib olindi. F. Ruzvelt aytadiki, ishsizlarga
davlat yordami- sadaqa yoki xayrehson emas, balki ijtimoiy adolat bo‗lib. Har bir
fuqaro taraqqiy etgan jamiyatda minimal hayot darajasiga ega bo‗lishi kerak.
1964 y da . Prezident L.Djonson o‗zining ―Buyuk jamiyat‖ dasturi doirasida
yangi iqtisodiy va siyosiy holatda sanoat davri bilan bog‗liq muammo va
kambag‗allikka yo‗naltirilgan bir qator qonun loyihalarini Senat va Kongressning
vakillar palatasiga ko‗rib chiqish uchun taqdim qildi. Nochorlikdagi
muammolardan ko‗pchiligi mehnat resurslarini himoya qilish bo‗yicha maxsus
123
prezident komissiyasining ma'ruzasi «Uch millat: harbiy xizmatga yaroqsiz yoshlar
to‗g‗risidagi ma'ruza » da yaqqol ko‗ringan. U bir qator materiallar bilan iqtisodiy
imkoniyatlar to‗g‗risidagi qonun uchun asoslarni yaratdi.
Bugungi kunda AQSh dagi ijtimoiy ish mazmuni sezilarli ravishda o‗zgardi.
Aqliy rivojlanishida muammo bor mijozlar bilan ishlashga e'tibor kuchaydi va
kambag‗allik muammolari bilan shug‗ullanuvchi ijtimoiy xodimlar soni qisqardi.
Taxminan 50% ijtimoiy xodimlar oila a'zolarining individual xulqi va oiladagi
o‗zaro munosabatlar masalalari bilan band.
AQSh da so‗nggi o‗n yilda tarmoqlar bo‗yicha ijtimoiy xodimlarning
bandlik tuzilmasi sezilarli o‗zgargani kuzatilmoqda. Mamlakat ijtimoiy xodimlari
orasida o‗tkazilgan so‗rovga ko‗ra ulardan ko‗pchiligi umumiy tarmoqdan
ketishyapti. Oldin ularning 51% i umumiy sohada mehnat qilgan edi (federal,
davlat, mintaqaviy, munitsipal).Bugungi manzara xususiy tijorat tarmog‗ida
bandlar 3 marta o‗sganini ko‗rsatmoqda. AQSh dagi ijtimoiy servisning katta
qismini ko‗ngilli birlashmalar (KB), ammo hukumat bilan shartnoma tuzgan holda
ta'minlamoqdalar. Bunday ko‗pgina xususiy amaliyot hukumat ajratgan sug‗urta
orqali qoplanmoqda.
Turli birlashmalar, kichik yoki yirik firmalar yolg‗iz yoki ijtimoiy ish
o‗tkazish bo‗yicha hukumat shartnomalari bilan faoliyat yuritishmoqda. Xususiy
amaliyotda band bo‗lgan ijtimoiy xodimlarning eng katta o‗sishi 1982-1995
yillarda. – 11% dan 20% gacha o‗sdi. Barcha ijtimoiy xodimlarning 45% i amalda
to‗liq bo‗lmagan ish kuni bilan qo‗shimcha bandlikda eaknligini qayd etishdi.
Xususiy amaliyotda mijoz ijtimoiy xodimni yollab, odatda uning soati uchun haq
to‗laydi.
27
.
Zamonaviy ijtimoiy xodimga talablar sezilarli ravishda kengaydi va o‗z
ichiga ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni osonlashtirish dasturlarini oladi. Ijtimoiy
xizmat iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy siyosatning tarkibiy qismi bo‗lib, ijtimoiy
qashshoqlikni oldini olish va yengillashtirish, mos ijtimoiy siyosat va ijtimoiy
27
Русин Т.АҚШ да ижтимоий ходим касби . – М.: Академия.
С. 510-511.
124
ta'minotni rivojlantirishga yo‗naltirilgan. Bugungi kunda Pensilvaniya Universiteti
ijtimoiy xizmat maktabi asoschisi E.Smaliy fikricha ijtimoiy xizmat amaliyoti
ijtimoiy farovonlikning demokratik tamoyillarini aks ettirib, aholining imtiyozga
ega qatlamiga huquq berish sovg‗a berishdan ko‗ra samarali ekanligini ko‗rsatdi.
Ijtimoiy xodimlar o‗rtasida insonlarga yordam berishning an'anaviy tushunchalari,
ijtimoiy qiyinchiliklarni bartaraf etish kengayib boryapti. Insonning boshqa inson
va jamiyatga munosabati, shuningdek jamiyatning individ va guruhga munosabati
markaziy o‗rindi turadi.
28
.
Ijtimoiy himoyaning Amerika tizimi ikkita yo‗nalishni aks ettiradi: ijtimoiy
sug‗urtalash tizimi va ijtimoiy yordam berish tizimi. Ijtimoiy sug‗urtalash tizimi
yuqori ijtimoiy maqomga ega bo‗lib, barcha fuqarolar mos fondlarga soliqlarni
muntazam to‗laydilar. Bu tizim iqtisodyi faol aholini asosiy iqtisodiy-ijtimoiy
xatarlardan himoya qiladi: keksalik, boquvchisini yo‗qotish, nogironlik, kasallik,
ishlab chiqarishdagi jarohatlar, ishsizlik.
AQSh dagi ijtimoiy himoya tizimining ikkinchi yo‗nalishi ijtimoiy yordam
sanaladi. AQSh da yordam tizimi bir qancha yirik va kichik dasturlarni o‗z ichiga
oladi. Bu nochor yashaydigan insonlarga pul mablag‗lari, iste'mol tovarlari, turar-
joy, ta'lim uchun yordam, kasbga tayyorlash kabilardan iborat. Qoidaga ko‗ra
ijtimoiy yordam olish huquqi rasmiy belgilangan kambag‗allik darajasidan pastda
yashaydiganlarga beriladi. AQSh da aholining bunday qatlami umumiy aholining
12-15% ini tashkil qiladi.
Moddiy
yordam
dasturlari.
Moddiy
yordam
dasturlarining
eng
mashhurlaridan biri Welfare («Velfer»), bo‗lib, tarjimasi farovonlik deganidir.
Dasturning boshqacha nomi: Public Assistance. Dastur federal hukumat va ba'zan
shtat va shaharlar byudejetlaridan moliyalashtiriladi. «Vedfer»ni olishning sharti
turli holatlarga bog‗liq ma'lum darajada barqaror daromadning yo‗qligidir. (ishni
yo‗qotish, ishsizlik nafaqasining yo‗qligi, yosh bolali yolg‗iz ona (ota)
28
Ruth Elizabeth Smaliey. Theory for social work practice. Columbia University press. New York and London,
1967. Preface, viii.
125
SSI (Supplemental Security Income) – kam daromadga ega bo‗lgan keksalar
(65 yoshdan katta) nogironlar, kasallarga pul yordami beruvchi federal dastur.
Medikeyd (Medicaid) –kam dromadli shaxslar yoki oilalarga tibbiy yordam
dasturi . U federal hukumat tomonidan moliyalashtiriladi, ammo shtat qonunlari
bilan tartibga solinadi. Medikeyt dorilar, kasalxonada bo‗lish, tez yordam
chaqirish, shifokrga ko‗rinish, maxsus oyoq kiyim, tibbiy uskunalar uchun ma'lum
miqdorda to‗lov imkonini beradi. Odatda kim «Velfer» va SSI dasturlari bo‗yicha
to‗liq hajmda yordam olsa, u dasturi huquqiga ega bo‗ladi.
Mediker – pensionerlarga tibbiy xizmat ko‗rsatish dasturi. Uning
sug‗urtalash shartlari bo‗yicha asosiy va qo‗shimcha qismlarga bo‗linadi. Asosiy
sug‗urtalash ijtimoiy sug‗urta soliqlari hisobidan moliyalashtiriladi. Bu mablag‗lar
statsionarda davolanishga to‗lanadi. Qo‗shimcha sug‗urtalash ixtiyoriy bo‗lib,
federal byudjet va qatnashchilar badallari hisobidan moliyalashtiriladi. U
ambulator davolanish va shifokorning maslahat xizmatlari uchun to‗lanadi.
Tushunarliki ko‗pchilik amarikaliklar sug‗urtaning bu turini afzal biladlar.
Bemor statsionarga kelganda dastlabki badalni to‗laydi. (bir kunlik
davolanish qiymatini). Agar u 60 kungacha davolanib ketsa kasalxonaga hyech
nima to‗lamaydi. Agar 61 kundan 90 kungacha bo‗lsa davolanish qiymatining 25%
ini to‗laydi.3 oylik muddat tugashi bilan zaxira davri deb ataluvchi 60 kunlik
muddat kiritilib, undan faqat bir marta foydalanish mumkin. raz (falokatli
kasalliklarda) va bemor dastlabki badaldan 50% miqdorida kunlik to‗lovlarni
to‗laydi.
3 .AQSh dagi ijtimoiy ta'minot tizimi murakkab va ko‗p qirralidir. AQSh da
ijtimoiy ta'minotning yagona markazlashgan milliy tizimi mavjud emas. U yo
federal qonunchilik, yo shtat qonunchiligi, yoki federal va mahalliy organlarning
birgalikdagi qonunlari bilan tartibga solingan dasturlar orqali shakllanadi.
Shuningdek mahalliy boshqaruv organlari alohida dasturlarni qabul qiladilar.
AQSh da ijtimoiy ta'minotning davlat tizimi ikkita yo‗nalishga bo‗linadi:ijtimoiy
sug‗urtalash va ijtimoiy yordm berish.Ular o‗rtasida daromad manbalari bo‗yicha
farqlar mavjud. Ijtimoiy sug‗urtalash bo‗yicha to‗lovlar sug‗urta fondlaridan
126
amalga oshirilib, u ishlovchilarning ijtimoiy sug‗urta soliqlaridan shakllanadi.
Davlat ko‗magi quyidagi byudjet mablag‗laridan to‗lanadi: federal byudjet,shtatlar
yoki mahalliy boshqaruv organlari byudjetlari.
Ijtimoiy sug‗urtalash bo‗yicha birinchi qonun 1935-yil 14-avgustda qabul
qilingan fuqarolik qonuni bo‗ldi. O‗tgan vaqt davomida bu qonunga ko‗mgina
tuzitishlar, ijtimoiy sug‗urtaning yangi shakllari kiritilib, yangi qoidalar bilan
to‗ldirildi. 1935-yildagi qonunda ijtimoiy sug‗urtaning ikkita shakli bor edi : yosh
bo‗yicha (pensiya) va ishsizlik (nafaqa). Qonun bir qator nochor aholi toifalari,
nogironlar va yetimlarga yordam berishning cheklangan tadbirlarini ham nazarda
tutgan. Pensiyalar dastlab 1937-yilda to‗langan. 1939-yilda qonunga oilaning
boquvchisini yo‗qotganligi sababli nafaqa to‗lash to‗g‗risida tuzatish kirtildi.
Ijtimoiy sug‗urtaning davlat tizimini kengaytirish bo‗yicha katta qadam 1956-
yildagi tuzatish bo‗lib, unda ishlab chiqarishdagi jarohatlari bilan bog‗liq
bo‗lmagan mexnatga qobiliyatsizlik bo‗yicha nafaqa to‗lash nazarda tutilgan edi.
Ishlab chiqarish jarohatlari va kasalliklari natijasidagi nogironlik bo‗yicha
sug‗urtalash mehnat sharoitlari bilan bog‗liq bo‗lib, shtatlarda katta qiziqish
uyg‗otdi. 1965-yildagi tuzatish ham katta hodisa bo‗lib, 65 va undan kattalarga
tibbiy sug‗urtalash huquqini taqdim etdi. («Mediker» dasturi).
1935-yildagi qonun va unga kiritilgan tuzatishlar xususiy sektordagi ishchi
va xizmatchilar uchun qo‗llanilib, temir yo‗lchilar uchun o‗zlarining ijtimoiy
sug‗urtalash tizimi mavjud bo‗lgan. Shuningdek federal fuqaroviy xizmatchilar.
Urush faxriylari va harbiy xizmatchilar uchun ijtimoiy sug‗urtalashning dasturlari
mavjud edi. Qishloq xo‗jaligi ishchilari, kichik korxonalar xodimlari, ijtimoiy
sug‗urtaning davlat dasturlari bilan qamrab olinmagandi.
1935-yildagi qonun va unga kiritilgan tuzatishlarda nazarda tutilgan ijtimoiy
sug‗urtaning barcha shakllari ―Umumiy federal dastur ― (UFD) nomi ostida
birlashgan.
Ijtimoiy sug‗urtalash dasturi- bunda nafaqa (pensiya) oluvchi maxsus soliq,
o‗zi yoki ish beruvchining badali shaklida omonat qo‗yadi. Bu nafaqalar imtiyozga
nisbatan huquq bo‗ladi. Sug‗urtaga ishonch shaxsning tanlash erkinligiga ishonch
127
bo‗lib, har bir fuqaroga favqulodda holatlardan o‗zini eng yaxshi usulda
himoyalashni aks ettiradi
29
. Ijtimoiy sug‗urta dasturlariga quyidagilar kiradi: yosh
bo‗yicha sug‗urta (pensiya), boquvchisini yo‗qotganlik bo‗yicha sug‗urta, ishsizlik
bo‗yicha sug‗urta, mehnatga qobiliyatsizlik bo‗yicha sug‗urta, tibbiy sug‗urta.
Yosh bo‗yicha davlat pensiyasi 65 yoshga to‗lgan (erkak va ayollar uchun
bir xil) shaxslarga to‗liq hajmda to‗lanadi. To‗liq pensiya olish uchun zarur
bo‗lgan ish staji 35 yil. Agar staj kam bo‗lsa pensiya ham kamayadi. 62 yoshda
ham pensiyalarni to‗lash nazarda tutilgan bo‗lib, bunda pensiya 20% ga kamayadi.
Pensionerlar ishlash huquqiga ega bo‗lib, ammo ish haqining ma'lum
miqdoridan boshlab har bir ishlangan bir dollar uchun pensiya 50 sentga kamayadi.
Amalda u daromad solig‗iga tortilishi natijasida har bir ishlangan dollarning
taxminan 70 senti yo‗qotilishiga olib keladi.
Boquvchisini yo‗qotganlik bo‗yicha nafaqa agar vafot etgan shaxs yoshga
doir pensiya olish huquqiga ega bo‗lsa uning oila a'zolariga tayinlanadi. (turmush
o‗rtog‗i, bolalari, ota-onasi). Boquvchisini yo‗qotganlik bo‗yicha pensiya olish
huquqi va uning miqdori qaramog‗dagilarning yoshi va ularning mehnatga
layoqatidan kelib chiqib belgilanadi. Pensiya hisoblash uchun miqdor vafot etgan
shaxsning yosh bo‗yicha pensiyasi miqdori bo‗ladi.
Mehnatga qobiliyatsizlik bo‗yicha nafaqa ishlab chiqarish bilan bog‗liq
bo‗lmagan kasallik yoki baxtsiz hodisalar natijasida nogiron bo‗lgan shaxslarga
tayinlanadi. Nafaqa olish huquqi to‗langan badallar hajmi va umumiy federal
dastur bo‗yicha sug‗urtalash qamrab olingan korxonada kamida besh yil
ishlaganda mavjud bo‗ladi. (UFD). Mazkur nafaqani hisoblash sharti va miqdori
yoshga doir pensiya hisoblash shartiga yaqin bo‗ladi. Pesiya yoshiga yetganda
nogironlik bo‗yicha pensiya yoshga doir pensiyaga almashtiriladi.
UFD doirasidagi barcha nafaqalar ijtimoiy sug‗urta soliqlari hisobidan
moliyalashtirilib, bu soliq ishchi va ish beruvchi tomonidan teng ulushlarda
to‗lanadi. Ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha soliq stavkasi xodimlar uchun ish haqiga
29
Моррис. Ижтимоийтаъминот:тенденцияларвасиѐсатмуаммолари // Ижтимоийхизматэнциклопедияси. Т.3.
128
mutanosib ravishda, tadbirkorlar uchun ish haqi fondiga mutanosib ravishda
belgilanadi.
Progressiv xususiyatga ega daromad solig‗idan farqi ijtimoiy sug‗urta
soliqlari regressiv sanaladi. U yagona soliq stavkasi bo‗yicha undirilib, birinchi
ishlangan dollardan soliq bazasiga tortiladi. Bu bazaning yuqori miqdori shunday
summa etib belgilanganki, bir qator ishchi va xizmatchilar ish haqidan yuqori
bo‗ladi. Natijada ular o‗zlarining barcha daromadlarini soliqqa to‗laydilar, eng
yaxshi holatdagi amerikaliklar imtiyozli holatdagilari bo‗lib, o‗z daromadlarining
faqat ma'lum qismini soliqqa to‗laydilar.
Shunday qilib, ijtimoiy sug‗urta solig‗i kam ta'minlanganlar uchun
quyidagicha belgilangan: 25% kam daromad oluvchi amerikalilar uchun u eng
og‗ir soliqqa aylangan.
Ijtimoiy sug‗urtaning davlat tizimining o‗ziga xos xususiyati ham iqtisodiy
ham demografik sabablarga ko‗ra soliqlarning doimiy oshishidir. Iqtisodiy inqiroz
ijtimoiy sug‗urta tizimida mazkur soliqni jiddiy ko‗tarishga majubr qiladi. Keyingi
istiqbolda bu soliq axolining qarishi bilan yanada qiyin soliqqa aylanadi.
Ishsizlik bo‗yicha sug‗urtalash federal-shtat asosida amalga oshiriladi.
Federal qonunlar ishsizlik bo‗yicha sug‗urtalashning umumiy tamoyillarini
belgilaydi, keyinchalik har bir shtat qonunchilikni o‗zi uchun aniqlashtiradi.
Shtatlar sug‗urtalashga tegishli shaxslar toifasini, ularning miqdori va to‗lash
muddatlarini belgilaydi. Ishsizlik bo‗yicha sug‗urtalash fondlari asosan
tadbirkorlarning soliqlari hisobidan shakllanib, miqdori to‗langan ish haqidan foiz
ko‗rinishida belgilanadi. Shtatlar boshqaruv organlari agar ishsiz shaxslar taklif
qilingan ishni rad etishganda ishsizlik nafaqasini bekor qilishlari yoki uning
miqdorini kamaytirishlari mumkin. Nafaqalarning qamrab olish darajasi
iqtisodiyotning holatiga bog‗liq bo‗ladi. Inqiroz yillarida u yuqori va barqaror
vaqtda u past bo‗ladi. Shtatlar qonunlari ishsizlik bo‗yicha nafaqa olish uchun
minimal zarur stajni belgilaydi (qoidaga ko‗ra kamida yarim yil). Nafaqa miqdori
xodim eng ko‗p daromada olgan bazaviy davr (taxminan 12 oy) uchun o‗rtacha ish
haqi bo‗ladi. Har bir shtatda nafaqalarning minimal va maksimal miqdorlari
129
belgilanadi. U o‗rtacha oylik ish haqining 25-30% ini tashkil qiladi. To‗lash
muddati 26 hafta Fedaral qonunlarda ishsizlikning birdan o‗sishi kuzatilsa uni 65
haftaga uzaytirish nazarda tutilgan.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlar va kasb kasalliklarining yuqori darajasi
natijasida AQSh da shtatlar darajasidagi sug‗urta dasturlari mavjud. Qonunchilik
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar bo‗yicha tadbirkorlarning javobgarligini
belgilab, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan shaxsning oila
a'zosiga tovon to‗lash va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari to‗lash
muddatlarini aniqlaydi. Tovon miqdori ish haqiga foiz bilan aniqlanadi va ish
haqining uchdan ikki qismidan ko‗p bo‗lmaydi. Pul to‗lovlarining asosiy qismi ish
beruvchilar bunday hodisalardan sug‗urta qilinganliklari sababli xususiy sug‗urta
kompaniyalari tomonidan to‗lanadi. Bir qator shtatlarda ish beruvchilar soliqlari
hisobidan maxsus sug‗urta fondlari yaratilgan bo‗lib, shtatlar hokimiyatlari ishlab
chiqarishdagi jarohatlar bo‗yicha sug‗urtani to‗laydilar.
Amerika davlat ijtimoiy ta'minot tizimining boshqa qismi kambag‗allarga
yordam berishdir. Bu tizim 60-yillardan boshlab ommaviy norozilik harakatlari
vaqtida keng rivojlanib, bu qora tanli amerikaliklar tomonidan tashkil qilingan edi.
Ijtimoiy sug‗urtadan farqi bu tizimda yordam olish uchun maxsus oldindan
badallar talab qilinmaydi. Yordamni taqdim etishning mezoni unga muhtojlikdir.
Kafolatlangan daromadni ta'minlash dasturi keksalar, doimiy nogironlar va
ko‗zi ojizlarni qamrab olgan. Bu dastur bo‗yicha aholining ko‗rsatilgan toifalariga
yashash minimumini ta'minlash uchun pul mablag‗lari to‗lanadi. Bu minimum
qashshoqlik chegarasidagi daromad darajasi 60% bo‗lganlarga belgilangan.
Yordam berishning boshqa dasturi bolali muhtoj oilalarga pul mablag‗i
beriladigan dasturdir. Qoidaga ko‗ra bu dastur bo‗yicha yordam kam daromadli
ko‗p bolali oilalarga, ajrashgan yoki yolg‗iz onalarga beriladi. Ayrim shtatlarda
mazkur dastur bo‗yicha nafaqalar kam miqdord oila boshlig‗i ishsiz bo‗lgan
oilalarga beriladi.
130
Bolali oilalarga yordam dasturi federal-shtat miqyosida bo‗lsa-da bunda
shtatlar hokimiyati asosiy o‗rinni egallaydi. Ular muhtojlik mezonlarini
belgilaydilar, mijozlar, nafaqa miqdorini aniqlaydilar. Mazkur dastur bo‗yicha
o‗rtacha nafaqa oyiga 390 dollarni tashkil qiladi. (AQSh dagi o‗rtacha ish haqi
oyiga 2000 dollar). Ko‗pgina shtatlarda nafaqalar kambag‗allik darajasiga
yetmaydi. Ular minimal-zarur xarajatlarning 50-70% ini qoplaydi. Bu dasturning
boshqa dasturlardan farqi inflatsiya natijasida indeksatsiya qilinmaydi va shuning
uchun nafaqalr narx o‗sishi bilan o‗z qadrini yo‗qotadi.
80-yillarda kongress ayollar bandligi holatini yaxshilash va nafaqalarga
xarajatlarni qisqartirish maqsadida bu dastur bo‗yicha nafaqalarni olish talablarini
shtatlarga joriy qilishga ruxsat berdi. Nafaqa oluvchi davlat yoki istalgan boshqa
notijorat tashkilotda bepul ishlab berishi shart edi. Buni rad qilish nafaqa
miqdorining qisqarishiga olib kelgan. Ishlab berish dasturi ta'lim va mehnat
ko‗nikmalarini olish dasturi sifatida nomlandi. So‗nggi yillarda hukumat yolg‗iz
onalarni ta'lim olishga, amaliy ko‗nikmalarni egallashga jalb qilish bo‗yicha
ko‗pgina tadbirlarni o‗tkazdi, bu ularning bandligini oshirish, PFDS tizimidagi
nafaqa oluvchilar miqdorini kamaytirish maqsadida amalga oshirildi.
Turar-joy subsidiyalari past daromadli oilalarga beriladi va o‗rtacha yiliga
2000 dollarga yetadi. Bu Amerikadagi turar-joy narxiga nisbatan kamdir. Uning
pensiya, ishsizlik , kambag‗allik nafaqalridan farqi davlat ijtimoiy ta'minot
organlari u yoki bu dastur bilan qamrab olingan shaxslarga taqdim qilishga majbur,
turar-jyo subsidiyalari har bir aniq holatda bu organlar fikri bo‗yicha beriladi.
AQSh ijtimoiy dasturlari aholini qo‗llab-quvvatlash uchun foydalaniladi.
Ijtimoiy sug‗urta dasturlari yuqori darajadagi ijtimoiy salohiyatga ega bo‗lib,
barcha fuqarolar ish haqidan muntazam ravishda mos fondlarga soliq to‗laydilar.
Ishsizlik bo‗yicha nafaqa ham ishlangan daromad sifatida qaraladi. Uning bunday
maqomga ega bo‗lmagan dasturlardan farqi yordam olish uchun maxsus soliqlarni
to‗lamaganlarga berilmasligi va aholining kam qismiga taqdim qilinishidir.
Dostları ilə paylaş: |