O‘zini tekshirish uchun savollar
1. Bugungi kunda O‗zbekistondagi ijtimoiy siyosatning asosiy yo‗nalishlari.
2. O‗zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichlarida aholini
manzilli ijtimoiy himoya qilish mexanizmini o‗zgartirish nimaga asoslanadi.?
3. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ishning o‗zaro aloqasi nimadan iborat?
4. Zamonaviy O‗zbekiston jamiyatida ijtimoiy ish masalasining dolzarbligi
nimadan iborat?
141
142
2-Bo‘lim
IJTIMOIY ISh NAZARIYaSI
1-Mavzu. Ijtimoiy xizmat kasbiy faoliyat shakli sifatida.
1. Ijtimoiy ishning mustaqil faoliyat shakli sifatida paydo bo‗lishi.
2. Ijtimoiy ish fan sifatida. Ijtimoiy ishning institutsionallashuvi.
3. Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy ishning vazifalari va funksiyalari..
4. Ijtimoiy xizmat o‗quv fani sifatida .
1. Ijtimoiy xizmat yoki sotsionomiya (lotincha «socio» – jamiyat va
«nomos» – qonun), bir vaqtda jamiyat faoliyatining shakli, ijtimoiy amaliyot,
ilmiy-nazariy bilimlar va o‗quv fani sintezi bo‗ladi. Sotsionomiyaning diqqat
markazida ijtimoiy xodimning faoliyati turadi. U samarali bo‗lishi uchun ijtimoiy
xodim insoniy muammolarni muhokama qila olishi, slarni hal qilish
texnologiyasini o‗zlashtirgan bo‗lishi kerak. Ijtimoiy xodim ijtimoiy ishning
nazariy asoslarini o‗zlashtirib, uning predmet va ob'ekti, tamoyillari va uslublarini
farqlay oladi.Uning maxsus kasbiy va axloqiy ma'naviy sifatlariga xayriya,
rahmdillik, javobgarlik, tnsonparvarlik, fuqarolik va ijtimoiy adolatlilikni his qilish
kiradi.
Kasbiy faoliyatning turli shakllari- iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, texnik
yo‗nalishlari mavjud. Ijtimoiy xizmat faoliyatning an'anaviy shakllariga tegishli
emas. Chunki u aholining turli qatlamlariga yordam ko‗rsatishga yo‗naltirilgan.
Ijtimoiy xizmat maxsus umumiy hodisa sifatida uch shaklda xarakterlanadi: kasb,
ilm va o‗quv fani sifatida.
Kasb sifatida u alohida shaxs va guruhlarga yordam ko‗rsatish orqali
shaxsiy va ijtimoiy muammolarni uyg‗unlashtirishga yo‗naltirilgan.; ilm – shaxs,
ma'lum ijtimoiy guruh yoki jamoaning bevosita munosabatiga ega ijtimoiy jarayon
va ijtimoiy hodisalarni o‗rganadi.; o‗quv fani ko‗p darajali xususiyatga ega va turli
o‗quv muassasalarida o‗rgatiladi.
Ijtimoiy xodim kasbi ijtimoiy yo‗nalganligi bo‗yicha shunga o‗xshash
bo‗lgan shifokor, ruhshunos, pedagog va boshqalardan farq qiluvchi xususiyatlarga
143
ega. Uning asosiy farqli xususiyatlaridan biri ijtimoiy xodim va mijoz o‗rtasidagi
o‗zaro faoliyat xususiyatidir. Yordamchi kasblarning boshqa shakllaridan sub'ekt-
ob'ekt munosabatlaridagi farqi ijtimoiy xizmatda ishonch asosida sub'ekt-sub'ekt
munosabati ustunlik qilib, bunda mijoz qaror qabul qilishda o‗zining huquqi va
ustunligini saqlaydi.
Ijtimoiy xizmatning eng umumiy tushunchasi- individ, guruh yoki jamiyat
hayotida ijobiy o‗zgarishlarni amalga oshirish bo‗yicha kasbiy faoliyatdir.
2002-yilda
Jenevada bo‗lib o‗tgan Ijtimoiy xodimlar xalqaro
federatsiyasining yillik uchrashuvida quyidagi tushuncha qabul qilingan:
Ijtimoiy xizmat kasbi ijtimoiy o‗zgarishlar. Insonlar o‗rtasidagi
muammolarni hal qilish, guruhlar va individ erkinligi va moslashuvchanligini
ta'minlashga xosdir. Insoniy axloq va ijtimoiy tizim nazariyalarini qo‗llab ijtimoiy
xizmat insonning uning atrofidagilar bilan munosabatlariga aralashadi. Ijtimoiy ish
uchun asos bo‗lib inson huquqi va ijtimoiy adolatlilik tamoyillari bo‗ladi.
Ijtimoiy xizmat ko‗mak berish, himoyalash. Tuzatish va sog‗lomlashtirish
vositasida bu qiyinchiliklarni bartaraf qilishga yordam beradi. Bu patronaj
faoliyati, ijtimoiy yordam, ijtimoiy ta'minot, ijtimoiy ta'lim, huquqbuzarlarni
tuzatish va ular ustidan nazorat, ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarni nazorat qilish
va sog‗lomlashtirish.
Ijtimoiy xizmat kasbiy faoliyat sifatida uchta sohani qamrab oladi:
Shaxs va oila darajasidagi ijtimoiy terapiya;
Turli tasnifga ega guruhlar bilan ijtimoiy xizmat (yoshi, jinsi, qiziqishlari
bo‗yicha);
Yashash joyi bo‗yicha jamoadagi ijtimoiy xizmat.
Individual xizmatlarning asosiy maqsadi individni ijtimoiy moslashtirish va
sog‗lomlashtirish, uning atrofidagi ziddiyatli holatlarni bartaraf qilish.Masalan,
oilada bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishi ota-onalarning ijtimoiy madaniy va
moddiy maqomi, ularning imkoniyatlari yoki imkonsizlariga bog‗liq bo‗lib,
oilaning ta'lim resurslariga kira olishlari ham ta'sir qiladi. Barcha ko‗rsatilgan
holatlarda bolalar va ularning ota-onalariga qonunlarda mustahkamlangan
144
huquqlardan foydalanish uchun malakali yordamchilar zarur bo‗ladi. Ijtimoiy
xizmat amalga oshirilishi dolzarb bo‗lgan huquqlar bo‗ladi. Ijtimoiy xodim oila va
individga yordam berishda qiyinchilik tug‗ilganda ijtimoiy resurslar manbalariga
murojaat qiladi.
Ijtimoiy yordam va ko‗mak zarur bo‗lgan guruhlar yosh bo‗yicha (bolalar,
yoshlar, kaksalar), jins bo‗yicha yoki muammoning o‗xshashligi bo‗yicha
(konfessional, yolg‗iz ota-onalarni birlashtirish, sobiq alkogoliklar yoki
giyohvandlar) tasniflanishi mumkin. Ijtimoiy xodim tez-tez asotsial yoki kriminal
xususiyatli guruhlar bilan ham ishlashiga to‗g‗ri keladi. (bolalar yoki o‗smirlar
jinoyatchiligi, sayoqlik, tashkiliy foxishalik, asotsial yo‗nalgan guruhlashtirish).
Ijtimoiy xodim faoliyatining muhim sohasi yashash joyi bo‗yicha yoki
jamoadagi ishlardir. U ijtimoiy ish tarmog‗ini kengaytirish, jamoadagi aloqalarni
mustahkamlash, insonlar birgalikda yashaydigan joylarda qulay ijtimoiy-ruhiy
muhit yaratish, shuningdek, turli mahalliy tashabuslarni tashkillartirish, o‗zaro
yordam guruhlarini yo‗lga qo‗yishdan iborat.
Bu sohada O‗zbekistonda o‗ziga xos jamoat tashkilot-mahallaning katta
salohiyat va imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Ijtimoiy xodimlar o‗zining ko‗plab shakllariga ega. Ular orasidan
quyidagilarni ajratish mumkin: boshqaruv xodimlari, oilalar bilan ishlash, bola
tarbiyasi va rivojlanishi bo‗yicha mutaxassislar, individ va guruh bilan ishlaganda
psixoterapevtik va psixologik uslublarga ixtisoslashgan ijtimoiy xodimlar, ijtimoiy
ish va agentliklar, internat va maxsus iylar xodimlari, tibbiy muassasalar tizimidagi
ijtimoiy xodimlar, nogironlar bilan ishlash bo‗yicha mutaxassislar, bandlik,
migratsiya xizmati xodimlari. Bu ijtimoiy xodimlar kasbiy faoliyat shakllarining
to‗liq ro‗yxati emas va uni davom ettirish mumkin.
Shunday qilib, ijtimoiy ishning ma'nosi individ. Guruh, oilalarga yordam
ko‗rsatish, ularning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish, to‗laqonli ijtimoiy
hayotga xalal beruvchi jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy va boshqa kamchiliklarni
bartaraf qilish bo‗yicha faoliyatdir.
145
Ijtimoiy ishning mazmunini insonlar hayotida ularning madaniy, ijtimoiy va
moddiy darajasini ta'minlash maqsadida davlat va nodavlat faoliyatni amalga
oshirish, shaxs. oila va guruhlarga individual yordamni taqdim qilish sifatida
belgilash mumkin.
30
.
Turli mamlakatlarda bandlik sohasidagi ijtimoiy xodimlarga turlicha
yondashuvlar mavjud. Bir qator mamlakatlar, masalan Shvetsiyada bu kasb
ijtimoiy himoya va sog‗liqni saqlashga birlashtirgan sohaga kiritilgan. Irlandiyada
ijtimoiy xodimlar sog‗liqni saqlash tizimiga tegishli. Ular kasalxonalarda, turar
joyi bo‗yicha sog‗lomlashtirish markazlarida ishlaydilar, insonlarga ruhiy ijtimoiy
ko‗makni taxminlaydilar. Shuningdek ijtimoiy ta'minot sohasida insonlarga
yordam beruvchi shaxslar ham ijtimoiy himoya tizimida mehnat qiladilar. Bundan
tashqari Irlandiyada yoshlar bilan ishlash bo‗yicha mutaxassislar mavjud. Barcha
mutaxassislar bir-birlari bilan o‗zaro aloqada bo‗lib, ko‗ngillilar va turli
nohukumat tashkilotlarni hamkorlikka jalb qiladilar. AQSh da ijtimoiy ish
bo‗limidan tashqari ijtimoiy xodimlar tibbiy tashkilotlarda ham bandlar. Ularning
vazifasi – bemorning ham davolash jarayonida, ham uni uyga qaytishga tayyorlash
jarayonida yetarlicha tibbiy va ruhiy ko‗mak berishdan iborat. Rossiyada ijtimoiy
xodimlar ijtimoiy ta'minot, ta'lim, bandlik xizmati, armiyada mehnat qiladilar.
O‗zbekistonda ijtimoiy xodimlarning bandlik sxemasi o‗xshashdir.
2.Ijtimoiy xizmat jamiyat, inson madaniyati va uning muammolari
to‗g‗risidagi ilmiy bilishning umumiy sohasiga tegishlidir. U inson faoliyatining
ijtimoiy sohasini qamrab olib, u to‗g‗risida ob'ektiv bilimni ishlab chiqadi.
Ijtimoiy xizmatning nazariya sifatidagi farqli belgisi u shakllanish
bosqichida bo‗ladi.
Ijtimoiy ishda ilmiy bilish muhim tushuncha bo‗lib, uning asosiy qismini
tashkil qiladi. Kelajak boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‗liq bo‗lib, ularning
tushunchalaridan keng foydalanadi, ammo ijtimoiy xizmatning o‗z nuqtai nazari
masalan «ijtimoiy munosabat», «ijtimoiy faoliyat», «ijtimoiylashuv», «ruhiy
ijtimoiy xizmat », «ijtimoiy sog‗lomlashtirish», «oilaviy nizo» va boshqalar orqali.
30
Словарь-справочник по социальной работе. – М.: Юристъ, 1997. – С. 324.
146
Shu bilan birga ijtimoiy xizmat o‗zining xususiy tushunchalariga ega bo‗lib
bularga «ijtimoiy xodim», «ijtimoiy xizmat ko‗rsatish», «manzilli ijtimoiy
yordam» va boshqalarni keltirish mumkin.
Ijtimoiy xizmat nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri ijtimoiy
salomatlik tushunchasi bo‗lib, sub'ekti ijtimoiy guruh, sotsium, oila,individ bo‗ladi.
Ijtimoiy salomatlik ijtimoiy maqom, farovonlik, qulaylik, xavfsizlik me'yorlari
bilan bog‗liq. Ijtimoiy maqom o‗z ichiga ruhiy. Iqtisodiy, oilaviy, kasbiy va
boshqa omillarni olib, ijtimoiy salomatlik ko‗p omilli tizim bo‗lib, uning tahlili
fanlararo xususiyatga ega. Muqobil ijtimoiy salomatlikka sotsiopotologiya,
ijtimoiy kasalliklar (nochorlik, ochlik, ishsizlik, sabrsizlik) tushunchalari kiradi.
Ijtimoiy ishning muhim elementi uning qonuniyligi bo‗ladi. Bugungi kunda
fan sifatida ijtimoiy ishni yaratish va uning uslubining umumiy qabul qilingan
me'yorlari mavjud emas, u shakllanish va ilmiy tushunchalarni rasmiylashtirish
bosiqchidadir. Ammo hozirdanoq ijtimoiy ish hodisalari va jarayonlarini
o‗rtasidagi aloqaga asoslangan takrorlanuvchi, qonuniyatlarni o‗rganish to‗g‗risida
gapirish mumkin.
Maxsus adabiyotlarda ijtimoiy xizmatning qonuniyatlari uch guruhga
bo‗linadi:
Ijtimoiy xizmat- maxsus faoliyat shakli sifatida jamiyatdagi jarayonlar
borishiga ta'sir qiluvchi, ma'lum sharoitni talab qilish, jamiyat munosabatlarini
yangilash, ijtimoiy salomatlikni saqlash va ta'minlashga qaratilgan faoliyat.;
Ijtimoiy dastur bo‗yicha individning shakllanishi- shaxsning o‗zining
rivojlanishida ma'lum faollikda atrof muhitning ta'siri ostida.;
Ijtimoiy ishni shakllantirish va iste'mol qilish manbalari jamiyat
ehtiyojlari bilan asoslanib, uning rivojlanish tendensiyasida aks etadi. Asosiy
qonuniyat sifatida davlat ijtimoiy siyosati va jamiyatdagi ijtimoiy ishning mazmuni
o‗rtasidagi aloqa ko‗rsatiladi.
Ijtimoiy xizmatning ilmiy fan sifatidagi o‗ziga xos muammolari
quyidagilar: ijtimoiy ish tarkibidagi motivatsiya, deviatsiya, delikvensiya,
deprivatsiya, notipik rivojlanish, xatar muammosi. Ziddiyat, ijtimoiy ish yo‗nalishi
147
va konsepsiyasi, o‗z joniga qasd qilish, jamoada ishlash, ijtimoiy ish uslubi va
texnologiyalarining o‗zaro ta'siri, ijtimoiy xizmat etikasi, ijtimoiy tuzatish, xayriya,
ijtimoiy terapiya.
Ijtimoiy xizmat uslubiyoti predmet, ob'ektni o‗rganishni ko‗rsatib, bunda
mijozdan tashqari ijtimoiy xodimning o‗zi ham bo‗ladi, bu ijtimoiy xodim va
mijoz, ijtimoiy ish tarkibi, tarmoqning ishlash tamoyillari doirasida bo‗ladi.
31
.
Ijtimoiy xizmat uslubiyotining maqsadi ijtimoiy salomatlikni tiklash,
maqomni barqarorlashtirish, imkoniyatlar va resurslar namoyon bo‗lish shartlarini
o‗zgartirish, mijozning o‗zini nazorat qilish darajasini oshirish, muammolarni
mustaqil hal qila olish qobiliyati, o‗zini qadrini bilish va o‗zini hurmat qilish
tuyg‗ularini tiklashdir.
Ijtimoiy ishning institutsionallashuvi deganda keng ma'noda jamiyatda yangi
ijtimoiy institut shakllanish jarayonini tushunish kerak. Ijtimoiy ishning
institutsionallashuvi jamiyatni isloh qilish, insoniy an'analarni saqlash,
ma'naviylikni tiklashga asoslangan. Ijtimoiy ishning institutsionallashuvi –
demokratik
rivojlanish,
uni
qayta
tuzish,
jamiyat
munosabatlarini
insonparvarlashuvi, barcha aholining ijtimoiy salomatligini tiklashning zaruriy
qismidir.
Ijtimoiy xizmat instituti ijtimoiy madaniy jihatdan ko‗rib chiqilishi zarur
bo‗lib, faoliyatning ikkita asosiy yo‗nalishini ko‗rsatadi. Birinchi yo‗nalish
ijtimoiy ta'minot, shu jumladan jamiyatning muhtoj a'zolariga moliyaviy va
moddiy yordam berishga asoslangan.
Ikkinchi yo‗nalish – ijtimoiy madaniy xususiyatga ega yoki sog‗lik bilan
bog‗liq muammolarni hal qilishda muhtojlarga yordam ko‗rsatishdir. Har qanday
holatda qo‗yilgan maqsadlarni amalga oshirishning ijtimoiy samaradorligi
jamiyatdagi ijtimoiy xodimning institutsional maqomiga bog‗liq bo‗ladi. U davlat,
jamiyat yoki aralash bo‗lishi mumkin. Davlat maqomi jamiyatning yordamga
muhtoj qismini aniqlash va resurslarni taqsimlashda davlatning markazlashgan
nazoratini ko‗zda tutadi..
31
Ижтимоий хизмат. – Ростов-на-Дону.: Феникс, 2003. – С. 81-82.
148
Muhtojlarga yordam ko‗rsatuvchi jamoat tashkilotlari taqdim qilinayotgan
ishning sifati nuqtai nazaridan ahamiyatga ega. Bu holatda faqatgina moliyaviy va
moddiy yordam emas,balki muhtojlarning ijtimoiylashuvi, moslashtirish yo‗llarini
izlash, ijtimoiy ishtirokni tashkil qilish amalga oshiriladi. Davlat tuzilmalari asosiy
o‗rinni egallaydigan variantdan farqi bunda marginal guruhda joylashgan mahalliy
jamiyatlarning bevosita nazorati amalga oshiriladi. Ammo ijtimoiy yordam va
ko‗makning bunday nazorat shakli salbiy jihatlarga ega. Ishonchli nazoratsiz,
jamoat tashkilotlari faoliyatini rag‗batlantirish doim ham amalga oshmaydi.
Mutaxassislar fikricha bugungi kunda ijtimoiy ishni tashkil qilishning
aralash shakli eng yaxshi natijalarni beradi. Bunda asosiy tashkiliy turtki hokimiyat
tuzilmalari va ularning faol ishtirokidan kelib chiqadi.
32
.
Mamlakat Prezidenti I.Karimov aynan shu shaklni munosib turmush
sharoitini yaratish, nogiron va yetimlar, boquvchisini yo‗qotganlar, yolg‗izlar va
keksalar to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilishda davlat va jamoat tuzilmalarining
hamkorligiga olib keladi deb ko‗rsatadi. Bugungi O‗zbekiston davlat tuzilmasida
jamiyatning yaxshi moslashmagan a'zolarini ijtimoiylashuvi uchun imkoniyatlar
mavjud. O‗zbekiston Respublikasining qonunchilik va boshqa me'yoriy
hujjatlarida aholiga ijtimoiy ishni ko‗rsatish tizimining asosiy tamoyillari
keltirilgan.
Ijtimoiy ish maqsadi nazariy asos va amaliy modellaridan qat'iy nazar
mijoz shaxsini saqlash bilan bog‗liq bo‗lib, ijtimoiy xizmat vazifalari
ijtimoiy amaliyot sohasi, mijozlar muammolarining xususiyati, mijozlarning
ijtimoiy ruhiy xususiyatlari, ma'lum sotsium sharoitlariga bog‗liq holda
o‗zgaradi. Shuning uchun turli mamlakatlarda ijtimoiy ish vazifalari, ularni
amalga oshirish vositalari turlicha bo‗lib, ijtimoiy madaniy an'analarni
belgilaydi.
Agar oldin mijozlar ehtiyojini qanday qondirish maqsad bo‗lgan
bo‗lsa, hozirda ijtimoiy ishning asosiy maqsadi mijozning mustaqilligini
oshirish, unda o‗z hayotini mustaqil qurish va paydo bo‗ladigan
32
Ижтимоий хизмат. – Ростов-на-Дону.: Феникс, 2003. – С. 195.
149
muammolarni mustaqil hal qila olish bilim va ko‗nikmalarini
shakllantirishdan iboratdir.
Ijtimoiy xodimlar xalqaro assotsiatsiyasi ijtimoiy ishning quyidagi
maqsadlarini belgilaydi:
- ularning qobiliyatlarini aniqlash va qo‗llashda insonlarning ko‗magi,
- individning mustaqilligi va o‗z hayoti uchun javobgarlik darajasini
oshirish, mustaqil qaror qabul qilish,
- boqimondalikni yo‗qotish,
- vakolatlilik va mijoz manfaatlarini himoya qilish predstavitelstvo,
- inqiroz holatlarida yordam,
- hayot faoliyati uchun qulay sharoitlarni yaratish.
Ijtimoiy ishning zamonaviy nazariyasi Xolostova.ye.I tomonidan taklif
qilingan maqsadlarni aks ettiradi
33
.
- mijozning mustqallik darajasi, o‗z hayotini nazorat qilish va paydo
bo‗ladigan muammolarni yanada samaraliroq hal qilishni oshirish;
- mijozga o‗z imkoniyatlarini maksimal tarzda namoyon qilish uchun sharoit
yaratish va qonun bo‗yicha unga tegishli narsalarni berish;
- insonlarni jamiyatga moslashtirish va qayta moslashtirish;
- insonning jismoniy kamchiligi, ruhiy buzilish va hayotiy inqiroziga
qaramasdan sharoit yaratish, atrofdagilar tomonidan o‗ziga hurmat qilishni
saqlash;
Yana bir tadqiqotchi, Malыx V.N., qayd etadiki, ijtimoiy xizmatni
ko‗satuvchi maqsad va vazifalar jamiyatning asosiy funksiya va vazifalariga mos
keladi. Ijtimoiy muassasa bir qancha maqsadlarga ega bo‗lib, ular turli ehtiyojlarni
qondirish va mijozlarning turli toifalari muammolarini hal qilishni ta'minlaydi.
Muallif qayd etishicha ijtimoiy tashkilot tranzitiv (joriy, taktik) va refleksif (faol)
maqsadlarni amalga oshiradi. Birinchisi dastur yoki ish shaklida bo‗lib, holatni
saqlash turish, uni o‗zgartirish uchun tashqi muhit ta'sirida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |