O‘zini tekshirish uchun savollar
131
1. Ijtimoiy ishning amerika modeli.
2. AQSh da ijtimoiy ta'minotning asosiy shakllari.
3. Moddiy yordam dasturi.
4. Ijtimoiy sug‗urtalash dasturi.
13-Mavzu. O‘zbekistonda ijtimoiy ish rivoji
1.
Ijtimoiy ish ko‗rsatish va ijtimoiy ish kasbini rivojlantirishning
ma'naviy va tarixiy sharoitlari
2.
Mustaqillikni qo‗lga kiritgandan so‗ng O‗zbekistonda ijtimoiy
siyosat
Turli mamlakat xalqlari azaldan yaqinlarga hamdardlik va saxiylik
yordamlarini ko‗rsatib kelishgan. Bu O‗zbekiston xalqi uchun ham xosdir. Ular
milliy qadriyatlar, an'ana va odatlar asosida namoyon bo‗lib, ularni saqlash va
rivojlantirish zarur. Bu ayniqsa bugungi kunda insonlar, ayniqsa yoshlar ongida
insonparvar va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan bog‗liq yangi
ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish davrida muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatni isloh qilish, bozor munosabatlarining paydo bo‗lishi sharoitida
davlatning ustuvor vazifasi jamiyatdagi har bir inson uchun munosib turmush
tarzini ta'minlashdan iboratdir. So‗nggi o‗n yillarda paydo bo‗lgan yordamga
muhtoj aholi qatlamlarini qo‗llab-quvvatlashning amaliy zaruriyati jamiyatning
ming yillar davomida to‗plagan ijtimoiy yordam usullariga borib taqaladi.
Ijtimoiy ish atamasi O‗zbekistonda boshqa sobiq sovet mamlakatlari kabi
80-yillar oxiri va 90-yillar boshlaridan qo‗llanila boshlandi. Mazkur g‗arb
atamasining mahalliy jamiyat hayotiga kirib kelishi yagona geopolitik
chegaralarning buzilishi, shuningdek aholining turli qatlamlarini himoyalash va
qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha kasbiy ehtiyojning shakllanishi, uni tashkil etishning
shakllarini belgilash bilan asoslanadi. Ijtimoiy xizmat hodisasiga e'tiborning
muhim omili fikrlashning ma'lum turi shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi.
132
Zamonaviy O‗zbekiston hududida muhtojlar to‗g‗risida qayg‗urish o‗zining
tarixiy rivojlanishida saxovatddan ijtimoiy himoyaning davlat tizimini tashkil
qilishgacha bo‗lgan turli shakllarini bosib o‗tdi.
Zamonaviy O‗zbekistonda yordam berish vazifalari mahallada nafaqat
saqlanib qoldi, balki doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Buning uchun
mustahkam huquqiy baza yaratilib, O‗zbekistonning milliy taraqqiyot modeli
davlatning bir qator muhim vazifalarini mahalliy boshqaruv organlari, mahalla
qo‗mitalariga topshirilmoqda.
Mahalla ijtimoiy ish rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. U o‗zbek
xalqining ma'aviy va axloqiy an'analarini saqlab, qonun bo‗yicha fuqarolarning
o‗zini-o‗zi boshqarish mexanizmi sanaladi. 10000 dan ortiq mahallalar tarmog‗i
mamlakatning butun hududini qamrab olgan hamda fuqarolik jamiyatini
mustahkamlashda muhim bo‗g‗in sanaladi. O‗zbekistonning barcha aholisi ularni
jamiyat hayotini tashkil qilishning samarali shakli sifatida ko‗radi.
Mahallaning ko‗mak berish vazifasi doimiy ravishda takomillashib
bormoqda.
Jamiyat
a'zolari
yosh
oilalarni
mustahkamlash,
nizo
va
kelishmovchiliklarni bartaraf qilishda qatnashmoqdalar. Mahalla qo‗mitalari er-
xotinlarni yarashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib, keyinchalik sud
organlariga ajrashish uchun murojaat etilmoqda.
Mahallaning muhim ahamiyati og‗ir kunlarda ma'naviy va moddiy qo‗llab-
quvvatlashda yaqqol namoyon bo‗ladi. Mahalla dafn marosimlarini tashkil etish,
mahalla a'zolariga xabar qilishni amalga oshirib, mahalla raisi jarayonga shaxsan
ishtirok etadi va rahbarlik qiladi. Agar bu kam ta'minlangan oila bo‗lsa, yuqorida
keltirilgan ma'naviy ko‗makdan tashqari mahallaning ijtimoiy ko‗mak fondidan
ma'lum miqdordagi moddiy yordam ko‗rsatiladi.
Aniqki, O‗zbekiston tarixiga qisqacha sayohat ijtimoiy yordam xayriya
faoliyatining dunyoviy shakli ekanligini bildirmaydi. Haqiqatdan ham ijtimoiy
xizmatning chuqur insonparvar ildizlarini qayd etgan holda, diniy xayriya bilan
shug‗ullangan shaxslar va zamonaviy ijtimoiy xodimlar o‗rtasidagi farqlarni
ko‗rsatish kerak. Xayriya faoliyati bilan shug‗ullanuvchi insonlar uchun
133
harakatlantiruvchi kuch axloqiy burch hissiyoti va yaxshilikning bo‗lishi,
ko‗rsatilayotgan yordamning o‗zgaruvchan miqdori va uzoq muddatliligidir.
Jamiyatning rivojlanishi xayriya tushunchasining mazmuni va talqiniga tuzatish
kiritdi. Ular tarixan o‗zgarib, ammo inson qiyinchiliklarga doimo mustaqil qarshi
tura olmaydi va davlat g‗amxo‗rligi har bir shaxsgacha yetib bora olmaydi.
Shuning uchun yordam va ko‗mak ixtiyoriy asosda amalga oshirilib, bu nafaqat
xayriya faoliyatining balki butun ijtimoiy ishning tarkibiy qismi sanaladi.
Xayriya va ijtimoiy xizmat tushunchalari bir-biriga yaqin, ammo bir xil
emas, ularni ajratish kerak. Xayriya, shubhasiz kasbiy ijtimoiy xizmatdan
farqlanib, boshqa tashkiliy asosga quriladi. Ijtimoiy xizmat me'yoriy-huquqiy asos,
tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi, maxsus yaratilgan tashkilot va muassasalar bilan
aniq belgilangan. Shu bilan birga, 19-asr oxirida aynan yetakchi xayriya
tashkilotlari nochorlarga yordam ko‗rsatishga ixtisoslashagan xodimlar ma'lum
tayyorgarlikka ega bo‗lishlari to‗g‗risida xulosaga keldilar. Ijtimoiy xodimlarni
ular faoliyati bilan bog‗liq tayyorgarlikka xizmat qiluvchi birinchi kurslar ochildi.
Xayriya tashkilotlari Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh da ochilgan.
Bugungi kunda xayriya faoliyati turli jamoat tashkilotlari orqali muhtojlarga
ijtimoiy va moddiy yordam ko‗rsatuvchi kasbiy ijtimoiy ish bilan chambarchas
bog‗liq bo‗lib, ijtimoiy ishning ijtimoiy dasturlarini moliyalashtirishning
qo‗shimcha manbasi sanaladi. O‗zbekistonda ijtimoiy ishning rivojlanish
jarayonida xayriya faoliyati jamiyatning yaxshi moslashmagan a'zolarining
ijtimoiylashuvi uchun katta imkoniyatlarga ega bo‗lgan davlat tuzilmalarining faol
ishtirokida muhtojlarga noprofessional yordam sifatida davom etmoqda.
Bugungi O‗zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning
muvaffaqiyati madaniy-tarixiy merosni albatta hisobga olishni nazarda tutadi.
Faqatgina tarixiylik va zamonaviylikning izchilligi asosida yangi darajadagi
rivojlangan jamiyatga erishish ta'minlanadi, ijtimoiy xizmat faoliyat shakli sifatida
uning muhim tarkibiy qismi bo‗ladi.
1. Ijtimoiy siyosat har qanday zamonaviy davlatning ustuvor yshnalishi
bo‗lib, uning asoslari mavjud qonunchilikda aks etadi. Bu jamiyatdagi barcha
134
fuqarolarning manfaatlariga rioya qilish bo‗yicha davlat faoliyatidir.; ma'lum
ijtimoiy guruh va nogironlar munosabatlarida ijtimoiy himoya ko‗rsatishdir.
Keng ma'noda ijtimoiy siyosat jamiyatd ijtimoiy tenglik va barqarorlikni
ta'minlashga yo‗naltirilgan jamiyat hayotida hokimiyat tuzilmalarining ta'sir
usullari va mexanizmlari majmui sifatida qaraladi. Tor ma'noda ijtimoiy siyosat
bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish, ta'lim, sog‗liqni saqlash sohalarida davlat
tomonidan amalga oshiriladigan institutsionallashgan tadbirlar majmuidir.
Ijtimoiy siyosat sohasiga shaxs va jamiyat faoliyatining turli jihatlari kirib,
aholining nochor qatlamini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashdan boshlab jamiyatning
barqaror rivojlanishi va ishlashini ta'minlashni oladi. Shunday qilib, tahlil
qilinayotgan hodisaning turli jihatlari qo‗yilib, ammo ularning barchasi ijtimoiy
siyosat shug‗ullanadigan masalalar doirasida bo‗ladi. Bu jamiyatdagi barcha
fuqarolar manfaatlariga rioya qilish va ularning o‗z salohiyatlarini yanada
to‗laqonli namoyon qilish uchun sharoit yaratish bo‗yicha davlat faoliyatidir;
jamiyatning ijtimoiy sohalari rivojlanishi; ijtimoiy keskinlikni yaxshilash bo‗yicha
amaliy tadbirlarni o‗tkazish; ma'lum guruh va individlar o‗rtasida ijtimoiy himoya
ko‗rsatish.
Dostları ilə paylaş: |