33
Теория социальной работы: Учебник / Под. ред. проф. Е.И. Холостовой .- М.: Юристь, 1999. – С.55.
150
Uning fikricha aynan shu maqsadlar ijtimoiy ish ko‗rsatish bo‗yicha
tashkilotlarning mavjudligini aks ettiradi. Ammo aynan refleksiv maqsadlar
tashkilotni yaratish va rivojlantirish imkonini beradi. O‗z faoliyatini saqlash,
resurslar, moddiy mablag‗lar va imkoniyatlar olish uchun ijtimoiy muassasalar
refleksiv maqsadlarni amalga oshirishni bilishlari kerak. Ijtimoiy xizmat
ko‗rsatishning har qanday tizimi xarajat va kapital sarfiga ega bo‗lib, ular ikki
maqsad o‗rtasidagi muvozanatni saqlashlari kerak.
Ijtimoiy ish ob'ekti va predmeti xususiyati. Ob'ekt va predmet, – imiy bilim
rivojlanishining asosiy uslubiy ko‗rsatkichidir. Ilmiy bilish rivojlanishining bu
bosqichida Na dannom etape razvitiya nauchnogo znaniya, otmechayut Grigorev
S.I. va Guslyakova L.G.
34
, qayd etishicha mustaqil fan o‗z tadqiqot predmeti,
idmiy tahlilning o‗ziga xos uslubiga ega bo‗lganda tan olinadi.
Har bir fan bizning atrofimizdagi reallikdan kelib chiqib, jarayon va
hodisalar mazkur fanda tadqiq qilinadi. Bu sohadagi jarayon va hodisalar fan
ob'ekti bo‗ladi. Tadqiq qilinayotgan hodisa, jarayon va munosabatlar. O‗z ob'ekti
bo‗yicha ijtimoiy xizmat nazariyasi umumiy fanlarga tegishli bo‗lib, ammo
ekologiya, psixologiya, tibbiyot, pedagogika bilan bog‗liq va fanlararo xususiyatga
ega bo‗ladi.
Ijtimoiy hodisalar, jarayon va munosabatlar boshqa fanlarning ilmiy bilish
ob'ekti bo‗ladi.: falsafa, tarix, sotsiologiya. Har bir fan butun ob'ektni emas, balki
uning ma'lum qismi, bo‗lagi, munosabatlarning ma'lum turini o‗rganadi. Bu
fanning predmeti bo‗ladi.
Ijtimoiy ishning tadqiqot predmeti global ijtimoiy jarayonlar emas, shaxs,
ijtimoiy guruh hayot faoliyati bilan bevosita munosabatga ega aniq jarayonlar
bo‗ladi..
nazariya- bu dalillarni ilmiy asoslab tushuntirish, amaliy uslub va
ko‗nikmalarga teskari bo‗lgan umumiy tamoyil va bilimlarga ega fan qismi
34
Григорьев С.И., Гуслякова Л.Г. и др. Теория и методология социальной работы. Учеб. пособие для ВУЗов.
– М.: Наука, 1994. – С.47.
151
sanaladi. Ijtimoiy xizmat nazariyasi esa- ijtimoiy jarayonlar, hodisalar,
munosabatlar va ularga ijtimoiy ishning ta'sirini tushuntiruvchi qarashlar tizimidir.
Keng ma'noda ijtimoiy xizmat nazariyasi aholiga ijtimoiy himoya va yordam
ko‗rsatuvchi ijtimoiy ish va organlar ta'sirida paydo bo‗luvchi hodisa va jarayonlar,
ijtimoiy munosabatlarni tushuntirish yoki ulardan foydalanish bo‗yicha qarashlar
va tasavvurlar tizimidir.
Tor, maxsus ma'noda ijtimoiy xizmat nazariyasi- ijtimoiy himoya va yordam
ko‗rsatuvchi ijtimoiy ish va organlar ta'sirida paydo bo‗luvchi aloqa va
munosabatlar to‗g‗risida ilmiy bilishni tashkil etish shaklidir.
Ijtimoiy xizmat nazariyasi uchun ob'ekt va perdmetni ajratishga turlicha
yondashuvlar xos. Ijtimoiy xizmat bo‗yicha lug‗atlarda keltirilishicha, ijtimoiy
ishning tadqiqot ob'ekti jamiyatdagi ijtimoiy guruh va shaxslar aloqa jarayonlari,
o‗zaro harakatlari, xulqni tartibga solish yo‗llari va vositalaridir. Mustaqil fan
sifatidagi ijtimoiy ishning predmeti qonuniylik, o‗ziga xoslik va jamiyatda ijtimoiy
jarayonlar rivojlanishining yo‗nalganligidir.
35
.
Ijtimoiy xizmat ob'ektiga shaxsiy yondashuv doirasida unda shaxs kirib, u
ijtimoiy muhit, boshqa insonlar bilan munosabatlar, ijtimoiy ish amaliyoti
vositasidagi o‗z ijtimoiy holatini o‗zgartirishga muhtoj. Bu shaxslar ularning
ehtiyojlari qondirilmasligiga olib keladigan ijtimoiy muammolar bilan to‗qnash
keladilar.
Bir qator olimlar ijtimoiy ishdagi tadqiqot ob'ekti sifatida yordamga muhtoj
mijozni, predmeti sifatida esa- ijtimoiy muammolarni ko‗rib chiqadilar.
36
.
Boshqalar predmetni mijozning ijtimoiy holati orqali ko‗rib chiqadilar.
37
.
Ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislarning bir qismi ijtimoiy ish ob'ekti
sifatida aloqa jarayonlari, o‗zaro faoliyat, o‗zaro ta'sir mexanizmlari, ijtimoiy
guruh va shaxs axloqining tuzatish usullari va vositalarini ko‗rsatib, turli ijtimoiy
holatlarda ularni amalga oshirishni ta'minlashda individ va guruhlarning hayotiy
kuch qarshiligini qayd etadilar. Mustaqil ijtimoiy fan sifatida ijtimoiy xizmat
35
Словарь – справочник по социальной работе /под ред. профессора Холостовой Е.И. – М., 2000. – С. 41.
36
Основы социальной работы / Отв. ред. П.Д. Павленок. – М., 1999.
37
Словарь – справочник по социальной работе /под ред. профессора Холостовой Е.И. – М., 2000. – С. 41.
152
predmetini ular yangi iqtisodiy sharoitda inson hayot faoliyatini paydo bo‗lishi va
amalga
oshirish
qonuniyatlarini,
shuningdek
ularni
amalga
oshirish,
sog‗lomlashtirishni ta'minlash vositalari va hayotiy kuch qarshiligini
takomillashtirishni nazarda tutadilar.
Zimnyaya I.A. ijtimoiy o‗zaro faoliyat tushunchasi bilan ijtimoiy xizmat
nazariyasi ob'ekti va predmetini bog‗laydi. Ijtimoiy xizmat predmeti va ob'ekti bir
tomondan amaliy ijtimoiy xizmat maqsadlari bilan asoslanib, boshqa tomondan
ijtimoiy xizmat nazariyasi va amaliyoti doirasiva mazmuniga ta'sir ko‗rsatadi.
Ob'ekt va predmetni turlicha shakllantirishga qaramasdan ular o‗xshash bo‗lib,
bugungi sharoitda ijtimoiy ish muhtojlarga ijtimoiy yordam berish doirasidan
chiqib, inson to‗g‗risidagi nazariy bilimlar va uning ijtimoiy sezgilarini yaxshilash
usullariga ega bo‗ldi..
4. Ijtimoiy xizmat o‗quv fani sifatida o‗quv muassasasi profiliga mos
fanlarning o‗quv maqsadlari bilan keltirilgan tizimni aks ettiradi. Ijtimoiy ishni
o‗rganuvchi talabalar, turli nazariy bilim va texnologiyalarni o‗zlashtirib, bu
ijtimoiy xodim va mijoz, muhtoj inson va jamiyat o‗rtasidagi vositachilikni
ta'minlash imkonini beradi.
O‗zbekistonda oliy ma'lumot olishda ikki bosqich mavjud bakalavr (4 yil) va
magistr (2 yil ) tayyorlash. O‗zbekistonda ijtimoiy ishning institutsionallashuvi
jarayoni boshlanganidan so‗ng qisqa vaqtda ijtimoiy soha uchun kadrla
tayyorlovchi universitet, kollej, ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash kurslari
tarmog‗i kengayayotganini ko‗rish mumkin.
2004-yilda Toshkent Davlat Madaniyat institutida ―ijtimoiy xizmat‖ ta'lim
yo‗nalishi ochildi. Xuddi shu yili kafedra ham ochilib, bakalavr darajasida oliy
ma'lumotli ijtimoiy xodimlarni tayyorlash vazifasi qo‗yildi. 2005-yil sentabrda
bunday ta'lim yo‗nalishi O‗zbekistondagi yana ikkita universtitet Samarqand va
Farg‗ona davlat universitetlarida ochildi. 2006-yilda ―aholining turli guruhlari
bilan ijtimoiy xizmat‖ magistratura mutaxassisligi bo‗yicha tanlov e'lon qilindi.
2010-yildan ijtimoiy xodimlar tayyorlash O‗zbekiston Milliy universitetida amalga
oshirilmoqda.
153
Bu sohadagi ta'lim tizimi nazariya va amaliyotni birgalikda olib borishni
talab qiladi. Ta'limning asosiy maqsadi ijtimoiy ish bo‗yicha mutaxassislar
tayyorlashga qo‗yilgan asosiy talablarga mos bilim olish, amaliy ko‗nikma va
malakaga ega bo‗lishdir. Ijtimoiy soha bo‗yicha mutaxassislar universitetda
bazaviy ta'limni olgan mos mutaxassislik bo‗yicha oliy ma'lumotga ega
mutaxassislar bo‗ladi.
O‗qitish jarayonida bo‗lg‗usi ijtimoiy xizmat mutaxassislarining amaliy
tayyorgarligiga katta e'tibor beriladi. Birichi kursdan boshlab talabalar tanishuv,
o‗quv, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlariga chiqadilar. Bugungi kunda
talabalar amaliyot o‗tashining yangi modeli Toshkent, Samarqand va Farg‗onda
talabalarni o‗qitish tizimida ishlab chiqildi va joriy etildi.
Nazariy bilim va amaliy ko‗nikmalarni egallagan ijtimoiy xizmat bo‗yicha
mutaxassis bu sohada tashkiliy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyatga
qodir bo‗ladi.
O‗quv fani sifatida ijtimoiy xizmat nazariyasini takomillashtirish va
rivojlantirish – bu hayot va amaliyot bilan uning aloqasini mustahkamlashdir.
Hozirda mamlakatning barcha mintaqalarida ijtimoiy xizmat bo‗yicha ta'lim
yo‗nalishlarini ochishga tayyorgarlik bormoqda, chunki – yuqori malakali ijtimoiy
xodimlarga talab yuqoridir.
Ijtimoiy ishni professionallashtirish uchun sharoitlarni yaratishda muhim
masala bu soha bo‗yicha xalqaro talablarga javob beruvchi mutaxassislarni
tayyorlashdir. Bu sohadagi ta'lim tizimi nazariya va amaliyotni birgalikda olib
borishni talab qiladi. Ta'limning asosiy maqsadi ijtimoiy ish bo‗yicha
mutaxassislar tayyorlashga qo‗yilgan asosiy talablarga mos bilim olish, amaliy
ko‗nikma va malakaga ega bo‗lishdir.
Ijtimoiy ish bo‗yicha milliy jamoa dastlab bizning respublikamiz uchun
yangi bo‗lgan ijtimoiy ish uchun ta'limni rivojlantirishni maqsad qilgan
o‗qituvchilargan ixtiyoriy guruhi bo‗ldi. Bugungi kunda uning tarkibida 18 shaxs
shu jumladan ijtimoiy xizmat o‗qituvchilari, sotsiologlar, pedagoglar, Madaniyat
instituti, Milliy universitet, pedagogika universiteti, respublika ijtimoiy moslushavi
154
markazi mutaxassislari, bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi amaliy
psixologlar, tadqiqotchi va murabbiylar bor. Bu xodimlar, entuanist va hamfikrlar
ta'lim va amaliyotda ijtimoiy ish qadriyatlari va axloqiy tamoyillari, nazariya va
uslublarini ishlab chiqishmoqda.
Ijtimoiy ishni amaliy rivojlantirish uchun milliy jamoa ijtimoiy ish va
bolalarni himoya qilish sohasida turli yo‗nalishlar bo‗yicha mashg‗ulot modullarini
ishlab chiqdilar, Toshkent va Samarqandda bolalarni himoya qilishning amaliy
tizimi uchun 6-kunlik mashg‗ulotlarni tuzdilar. O‗tkazilgan treninglar natijasida
ijtimoiy ish sohasida ularni o‗qitish va bolalarni himoya qilish tashkilot va
muassasalari tizimida xodimlarni qayta tayyorlashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Shu maqsadda Toshkent Davlat Madaniyat institutining malaka oshirish va qayta
tayyorlash fakulteti bazasida ijtimoiy ish bo‗yicha qayta tayyorlash kursi tashkil
qilindi.
2007-2010-yillarda qayta tayyorlash kurslarida bolalarni ijtimoiy himoya
qilish tizimidagi 200 dan ortiq xodimlar o‗qidi va diplom oldi, shu jumladan
vasiylik va homiylik organlari, ixtisoslashgan muassasalar (Mehribonlik, Muruvvat
va Saxovat uylari), yordamchi maktablar va ixtisoslashtirilgan kasb-hunar
kollejlari, SOS bolalar mahallalari va Toshkent va Samarqand shahridagi jamoat
tashkilotlari xodimlari o‗qitildi. 2009-yilda ijtimoiy hizmatlar bo‗yicha qayta
tayyorlash kurslari o‗qituvchilari TDSI, SAMDU, FARDU ga tashrif buyurishdi.
Bu faoliyat bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan tashkilotlar orasida nodavlat
nohukumat tashkilotlar- Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, BMT
YuNISeF ning O‗zbekistondagi bolalar himoyasi dasturi, ijtimoiy ish bo‗yicha
milliy jamoani keltirish mumkin. Boshqa muhim hamkorlar oliy va o‗rta maxsus,
xalq ta'limi, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirliklaridir.
O‗zbekistonda ijtimoiy ishni rivojlantirish bo‗yicha milliy jamoa a'zolari
ijtimoiy xodimning kasbiy yo‗riqnomasini ishlab chiqishdi. Uning ahamiyati
mexnat sub'ektidagi zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kasbiy muhim
sifatlarni tuzatishni amalga oshirish zaruriyati bilan bog‗liq. Ijtimoiy xodimning
kasb yo‗riqnomasi- ijtimoiy xizmat bo‗yicha mutaxassilar va ular faoliyati
155
standartlarini ishlab chiqishga dastlabki qadam bo‗lib, ularni ta'limi va kasbga
o‗qitish tizimini takomillashtirish uchun muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |