O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

O‘zini tekshirish uchun savollar 
 
1. Bugungi kunda O‗zbekistondagi ijtimoiy siyosatning asosiy yo‗nalishlari.
2. O‗zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichlarida aholini 
manzilli ijtimoiy himoya qilish mexanizmini o‗zgartirish nimaga asoslanadi.? 
3. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ishning o‗zaro aloqasi nimadan iborat? 
4. Zamonaviy O‗zbekiston jamiyatida ijtimoiy ish masalasining dolzarbligi 
nimadan iborat?


141 
 


142 
2-Bo‘lim 
IJTIMOIY ISh NAZARIYaSI 
1-Mavzu. Ijtimoiy xizmat kasbiy faoliyat shakli sifatida. 
1. Ijtimoiy ishning mustaqil faoliyat shakli sifatida paydo bo‗lishi. 
2. Ijtimoiy ish fan sifatida. Ijtimoiy ishning institutsionallashuvi. 
3. Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy ishning vazifalari va funksiyalari.. 
4. Ijtimoiy xizmat o‗quv fani sifatida . 
1. Ijtimoiy xizmat yoki sotsionomiya (lotincha «socio» – jamiyat va
«nomos» – qonun), bir vaqtda jamiyat faoliyatining shakli, ijtimoiy amaliyot, 
ilmiy-nazariy bilimlar va o‗quv fani sintezi bo‗ladi. Sotsionomiyaning diqqat 
markazida ijtimoiy xodimning faoliyati turadi. U samarali bo‗lishi uchun ijtimoiy 
xodim insoniy muammolarni muhokama qila olishi, slarni hal qilish 
texnologiyasini o‗zlashtirgan bo‗lishi kerak. Ijtimoiy xodim ijtimoiy ishning 
nazariy asoslarini o‗zlashtirib, uning predmet va ob'ekti, tamoyillari va uslublarini 
farqlay oladi.Uning maxsus kasbiy va axloqiy ma'naviy sifatlariga xayriya, 
rahmdillik, javobgarlik, tnsonparvarlik, fuqarolik va ijtimoiy adolatlilikni his qilish 
kiradi. 
Kasbiy faoliyatning turli shakllari- iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, texnik 
yo‗nalishlari mavjud. Ijtimoiy xizmat faoliyatning an'anaviy shakllariga tegishli 
emas. Chunki u aholining turli qatlamlariga yordam ko‗rsatishga yo‗naltirilgan. 
Ijtimoiy xizmat maxsus umumiy hodisa sifatida uch shaklda xarakterlanadi: kasb, 
ilm va o‗quv fani sifatida. 
Kasb sifatida u alohida shaxs va guruhlarga yordam ko‗rsatish orqali 
shaxsiy va ijtimoiy muammolarni uyg‗unlashtirishga yo‗naltirilgan.; ilm – shaxs, 
ma'lum ijtimoiy guruh yoki jamoaning bevosita munosabatiga ega ijtimoiy jarayon 
va ijtimoiy hodisalarni o‗rganadi.; o‗quv fani ko‗p darajali xususiyatga ega va turli 
o‗quv muassasalarida o‗rgatiladi. 
Ijtimoiy xodim kasbi ijtimoiy yo‗nalganligi bo‗yicha shunga o‗xshash 
bo‗lgan shifokor, ruhshunos, pedagog va boshqalardan farq qiluvchi xususiyatlarga 


143 
ega. Uning asosiy farqli xususiyatlaridan biri ijtimoiy xodim va mijoz o‗rtasidagi 
o‗zaro faoliyat xususiyatidir. Yordamchi kasblarning boshqa shakllaridan sub'ekt-
ob'ekt munosabatlaridagi farqi ijtimoiy xizmatda ishonch asosida sub'ekt-sub'ekt 
munosabati ustunlik qilib, bunda mijoz qaror qabul qilishda o‗zining huquqi va 
ustunligini saqlaydi.
Ijtimoiy xizmatning eng umumiy tushunchasi- individ, guruh yoki jamiyat 
hayotida ijobiy o‗zgarishlarni amalga oshirish bo‗yicha kasbiy faoliyatdir.
2002-yilda 
Jenevada bo‗lib o‗tgan Ijtimoiy xodimlar xalqaro 
federatsiyasining yillik uchrashuvida quyidagi tushuncha qabul qilingan: 
Ijtimoiy xizmat kasbi ijtimoiy o‗zgarishlar. Insonlar o‗rtasidagi 
muammolarni hal qilish, guruhlar va individ erkinligi va moslashuvchanligini 
ta'minlashga xosdir. Insoniy axloq va ijtimoiy tizim nazariyalarini qo‗llab ijtimoiy 
xizmat insonning uning atrofidagilar bilan munosabatlariga aralashadi. Ijtimoiy ish 
uchun asos bo‗lib inson huquqi va ijtimoiy adolatlilik tamoyillari bo‗ladi.
Ijtimoiy xizmat ko‗mak berish, himoyalash. Tuzatish va sog‗lomlashtirish 
vositasida bu qiyinchiliklarni bartaraf qilishga yordam beradi. Bu patronaj 
faoliyati, ijtimoiy yordam, ijtimoiy ta'minot, ijtimoiy ta'lim, huquqbuzarlarni 
tuzatish va ular ustidan nazorat, ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarni nazorat qilish 
va sog‗lomlashtirish.
Ijtimoiy xizmat kasbiy faoliyat sifatida uchta sohani qamrab oladi:

Shaxs va oila darajasidagi ijtimoiy terapiya;

Turli tasnifga ega guruhlar bilan ijtimoiy xizmat (yoshi, jinsi, qiziqishlari 
bo‗yicha);

Yashash joyi bo‗yicha jamoadagi ijtimoiy xizmat.
Individual xizmatlarning asosiy maqsadi individni ijtimoiy moslashtirish va 
sog‗lomlashtirish, uning atrofidagi ziddiyatli holatlarni bartaraf qilish.Masalan, 
oilada bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishi ota-onalarning ijtimoiy madaniy va 
moddiy maqomi, ularning imkoniyatlari yoki imkonsizlariga bog‗liq bo‗lib, 
oilaning ta'lim resurslariga kira olishlari ham ta'sir qiladi. Barcha ko‗rsatilgan 
holatlarda bolalar va ularning ota-onalariga qonunlarda mustahkamlangan 


144 
huquqlardan foydalanish uchun malakali yordamchilar zarur bo‗ladi. Ijtimoiy 
xizmat amalga oshirilishi dolzarb bo‗lgan huquqlar bo‗ladi. Ijtimoiy xodim oila va 
individga yordam berishda qiyinchilik tug‗ilganda ijtimoiy resurslar manbalariga 
murojaat qiladi.
Ijtimoiy yordam va ko‗mak zarur bo‗lgan guruhlar yosh bo‗yicha (bolalar, 
yoshlar, kaksalar), jins bo‗yicha yoki muammoning o‗xshashligi bo‗yicha 
(konfessional, yolg‗iz ota-onalarni birlashtirish, sobiq alkogoliklar yoki 
giyohvandlar) tasniflanishi mumkin. Ijtimoiy xodim tez-tez asotsial yoki kriminal 
xususiyatli guruhlar bilan ham ishlashiga to‗g‗ri keladi. (bolalar yoki o‗smirlar 
jinoyatchiligi, sayoqlik, tashkiliy foxishalik, asotsial yo‗nalgan guruhlashtirish).
Ijtimoiy xodim faoliyatining muhim sohasi yashash joyi bo‗yicha yoki 
jamoadagi ishlardir. U ijtimoiy ish tarmog‗ini kengaytirish, jamoadagi aloqalarni 
mustahkamlash, insonlar birgalikda yashaydigan joylarda qulay ijtimoiy-ruhiy 
muhit yaratish, shuningdek, turli mahalliy tashabuslarni tashkillartirish, o‗zaro 
yordam guruhlarini yo‗lga qo‗yishdan iborat.
Bu sohada O‗zbekistonda o‗ziga xos jamoat tashkilot-mahallaning katta 
salohiyat va imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Ijtimoiy xodimlar o‗zining ko‗plab shakllariga ega. Ular orasidan 
quyidagilarni ajratish mumkin: boshqaruv xodimlari, oilalar bilan ishlash, bola 
tarbiyasi va rivojlanishi bo‗yicha mutaxassislar, individ va guruh bilan ishlaganda 
psixoterapevtik va psixologik uslublarga ixtisoslashgan ijtimoiy xodimlar, ijtimoiy 
ish va agentliklar, internat va maxsus iylar xodimlari, tibbiy muassasalar tizimidagi 
ijtimoiy xodimlar, nogironlar bilan ishlash bo‗yicha mutaxassislar, bandlik, 
migratsiya xizmati xodimlari. Bu ijtimoiy xodimlar kasbiy faoliyat shakllarining 
to‗liq ro‗yxati emas va uni davom ettirish mumkin.
Shunday qilib, ijtimoiy ishning ma'nosi individ. Guruh, oilalarga yordam 
ko‗rsatish, ularning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish, to‗laqonli ijtimoiy 
hayotga xalal beruvchi jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy va boshqa kamchiliklarni 
bartaraf qilish bo‗yicha faoliyatdir.


145 
Ijtimoiy ishning mazmunini insonlar hayotida ularning madaniy, ijtimoiy va 
moddiy darajasini ta'minlash maqsadida davlat va nodavlat faoliyatni amalga 
oshirish, shaxs. oila va guruhlarga individual yordamni taqdim qilish sifatida 
belgilash mumkin.
30

Turli mamlakatlarda bandlik sohasidagi ijtimoiy xodimlarga turlicha 
yondashuvlar mavjud. Bir qator mamlakatlar, masalan Shvetsiyada bu kasb 
ijtimoiy himoya va sog‗liqni saqlashga birlashtirgan sohaga kiritilgan. Irlandiyada 
ijtimoiy xodimlar sog‗liqni saqlash tizimiga tegishli. Ular kasalxonalarda, turar 
joyi bo‗yicha sog‗lomlashtirish markazlarida ishlaydilar, insonlarga ruhiy ijtimoiy 
ko‗makni taxminlaydilar. Shuningdek ijtimoiy ta'minot sohasida insonlarga 
yordam beruvchi shaxslar ham ijtimoiy himoya tizimida mehnat qiladilar. Bundan 
tashqari Irlandiyada yoshlar bilan ishlash bo‗yicha mutaxassislar mavjud. Barcha 
mutaxassislar bir-birlari bilan o‗zaro aloqada bo‗lib, ko‗ngillilar va turli 
nohukumat tashkilotlarni hamkorlikka jalb qiladilar. AQSh da ijtimoiy ish 
bo‗limidan tashqari ijtimoiy xodimlar tibbiy tashkilotlarda ham bandlar. Ularning 
vazifasi – bemorning ham davolash jarayonida, ham uni uyga qaytishga tayyorlash 
jarayonida yetarlicha tibbiy va ruhiy ko‗mak berishdan iborat. Rossiyada ijtimoiy 
xodimlar ijtimoiy ta'minot, ta'lim, bandlik xizmati, armiyada mehnat qiladilar. 
O‗zbekistonda ijtimoiy xodimlarning bandlik sxemasi o‗xshashdir. 
2.Ijtimoiy xizmat jamiyat, inson madaniyati va uning muammolari 
to‗g‗risidagi ilmiy bilishning umumiy sohasiga tegishlidir. U inson faoliyatining 
ijtimoiy sohasini qamrab olib, u to‗g‗risida ob'ektiv bilimni ishlab chiqadi.
Ijtimoiy xizmatning nazariya sifatidagi farqli belgisi u shakllanish 
bosqichida bo‗ladi.
Ijtimoiy ishda ilmiy bilish muhim tushuncha bo‗lib, uning asosiy qismini 
tashkil qiladi. Kelajak boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‗liq bo‗lib, ularning 
tushunchalaridan keng foydalanadi, ammo ijtimoiy xizmatning o‗z nuqtai nazari 
masalan «ijtimoiy munosabat», «ijtimoiy faoliyat», «ijtimoiylashuv», «ruhiy 
ijtimoiy xizmat », «ijtimoiy sog‗lomlashtirish», «oilaviy nizo» va boshqalar orqali. 
30
Словарь-справочник по социальной работе. – М.: Юристъ, 1997. – С. 324. 


146 
Shu bilan birga ijtimoiy xizmat o‗zining xususiy tushunchalariga ega bo‗lib 
bularga «ijtimoiy xodim», «ijtimoiy xizmat ko‗rsatish», «manzilli ijtimoiy 
yordam» va boshqalarni keltirish mumkin. 
Ijtimoiy xizmat nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri ijtimoiy 
salomatlik tushunchasi bo‗lib, sub'ekti ijtimoiy guruh, sotsium, oila,individ bo‗ladi. 
Ijtimoiy salomatlik ijtimoiy maqom, farovonlik, qulaylik, xavfsizlik me'yorlari 
bilan bog‗liq. Ijtimoiy maqom o‗z ichiga ruhiy. Iqtisodiy, oilaviy, kasbiy va 
boshqa omillarni olib, ijtimoiy salomatlik ko‗p omilli tizim bo‗lib, uning tahlili 
fanlararo xususiyatga ega. Muqobil ijtimoiy salomatlikka sotsiopotologiya, 
ijtimoiy kasalliklar (nochorlik, ochlik, ishsizlik, sabrsizlik) tushunchalari kiradi.
Ijtimoiy ishning muhim elementi uning qonuniyligi bo‗ladi. Bugungi kunda 
fan sifatida ijtimoiy ishni yaratish va uning uslubining umumiy qabul qilingan 
me'yorlari mavjud emas, u shakllanish va ilmiy tushunchalarni rasmiylashtirish 
bosiqchidadir. Ammo hozirdanoq ijtimoiy ish hodisalari va jarayonlarini 
o‗rtasidagi aloqaga asoslangan takrorlanuvchi, qonuniyatlarni o‗rganish to‗g‗risida 
gapirish mumkin.
Maxsus adabiyotlarda ijtimoiy xizmatning qonuniyatlari uch guruhga 
bo‗linadi:

Ijtimoiy xizmat- maxsus faoliyat shakli sifatida jamiyatdagi jarayonlar 
borishiga ta'sir qiluvchi, ma'lum sharoitni talab qilish, jamiyat munosabatlarini 
yangilash, ijtimoiy salomatlikni saqlash va ta'minlashga qaratilgan faoliyat.;

Ijtimoiy dastur bo‗yicha individning shakllanishi- shaxsning o‗zining 
rivojlanishida ma'lum faollikda atrof muhitning ta'siri ostida.;

Ijtimoiy ishni shakllantirish va iste'mol qilish manbalari jamiyat 
ehtiyojlari bilan asoslanib, uning rivojlanish tendensiyasida aks etadi. Asosiy 
qonuniyat sifatida davlat ijtimoiy siyosati va jamiyatdagi ijtimoiy ishning mazmuni 
o‗rtasidagi aloqa ko‗rsatiladi.

Ijtimoiy xizmatning ilmiy fan sifatidagi o‗ziga xos muammolari 
quyidagilar: ijtimoiy ish tarkibidagi motivatsiya, deviatsiya, delikvensiya, 
deprivatsiya, notipik rivojlanish, xatar muammosi. Ziddiyat, ijtimoiy ish yo‗nalishi 


147 
va konsepsiyasi, o‗z joniga qasd qilish, jamoada ishlash, ijtimoiy ish uslubi va 
texnologiyalarining o‗zaro ta'siri, ijtimoiy xizmat etikasi, ijtimoiy tuzatish, xayriya, 
ijtimoiy terapiya. 

Ijtimoiy xizmat uslubiyoti predmet, ob'ektni o‗rganishni ko‗rsatib, bunda 
mijozdan tashqari ijtimoiy xodimning o‗zi ham bo‗ladi, bu ijtimoiy xodim va 
mijoz, ijtimoiy ish tarkibi, tarmoqning ishlash tamoyillari doirasida bo‗ladi.
31
.
Ijtimoiy xizmat uslubiyotining maqsadi ijtimoiy salomatlikni tiklash, 
maqomni barqarorlashtirish, imkoniyatlar va resurslar namoyon bo‗lish shartlarini 
o‗zgartirish, mijozning o‗zini nazorat qilish darajasini oshirish, muammolarni 
mustaqil hal qila olish qobiliyati, o‗zini qadrini bilish va o‗zini hurmat qilish 
tuyg‗ularini tiklashdir.
Ijtimoiy ishning institutsionallashuvi deganda keng ma'noda jamiyatda yangi 
ijtimoiy institut shakllanish jarayonini tushunish kerak. Ijtimoiy ishning 
institutsionallashuvi jamiyatni isloh qilish, insoniy an'analarni saqlash, 
ma'naviylikni tiklashga asoslangan. Ijtimoiy ishning institutsionallashuvi – 
demokratik 
rivojlanish, 
uni 
qayta 
tuzish, 
jamiyat 
munosabatlarini 
insonparvarlashuvi, barcha aholining ijtimoiy salomatligini tiklashning zaruriy 
qismidir.
Ijtimoiy xizmat instituti ijtimoiy madaniy jihatdan ko‗rib chiqilishi zarur 
bo‗lib, faoliyatning ikkita asosiy yo‗nalishini ko‗rsatadi. Birinchi yo‗nalish 
ijtimoiy ta'minot, shu jumladan jamiyatning muhtoj a'zolariga moliyaviy va 
moddiy yordam berishga asoslangan.
Ikkinchi yo‗nalish – ijtimoiy madaniy xususiyatga ega yoki sog‗lik bilan 
bog‗liq muammolarni hal qilishda muhtojlarga yordam ko‗rsatishdir. Har qanday 
holatda qo‗yilgan maqsadlarni amalga oshirishning ijtimoiy samaradorligi 
jamiyatdagi ijtimoiy xodimning institutsional maqomiga bog‗liq bo‗ladi. U davlat, 
jamiyat yoki aralash bo‗lishi mumkin. Davlat maqomi jamiyatning yordamga 
muhtoj qismini aniqlash va resurslarni taqsimlashda davlatning markazlashgan 
nazoratini ko‗zda tutadi.. 
31
Ижтимоий хизмат. – Ростов-на-Дону.: Феникс, 2003. – С. 81-82. 


148 
Muhtojlarga yordam ko‗rsatuvchi jamoat tashkilotlari taqdim qilinayotgan 
ishning sifati nuqtai nazaridan ahamiyatga ega. Bu holatda faqatgina moliyaviy va 
moddiy yordam emas,balki muhtojlarning ijtimoiylashuvi, moslashtirish yo‗llarini 
izlash, ijtimoiy ishtirokni tashkil qilish amalga oshiriladi. Davlat tuzilmalari asosiy 
o‗rinni egallaydigan variantdan farqi bunda marginal guruhda joylashgan mahalliy 
jamiyatlarning bevosita nazorati amalga oshiriladi. Ammo ijtimoiy yordam va 
ko‗makning bunday nazorat shakli salbiy jihatlarga ega. Ishonchli nazoratsiz, 
jamoat tashkilotlari faoliyatini rag‗batlantirish doim ham amalga oshmaydi.
Mutaxassislar fikricha bugungi kunda ijtimoiy ishni tashkil qilishning 
aralash shakli eng yaxshi natijalarni beradi. Bunda asosiy tashkiliy turtki hokimiyat 
tuzilmalari va ularning faol ishtirokidan kelib chiqadi.
32
.
Mamlakat Prezidenti I.Karimov aynan shu shaklni munosib turmush 
sharoitini yaratish, nogiron va yetimlar, boquvchisini yo‗qotganlar, yolg‗izlar va 
keksalar to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilishda davlat va jamoat tuzilmalarining 
hamkorligiga olib keladi deb ko‗rsatadi. Bugungi O‗zbekiston davlat tuzilmasida 
jamiyatning yaxshi moslashmagan a'zolarini ijtimoiylashuvi uchun imkoniyatlar 
mavjud. O‗zbekiston Respublikasining qonunchilik va boshqa me'yoriy 
hujjatlarida aholiga ijtimoiy ishni ko‗rsatish tizimining asosiy tamoyillari 
keltirilgan.
Ijtimoiy ish maqsadi nazariy asos va amaliy modellaridan qat'iy nazar 
mijoz shaxsini saqlash bilan bog‗liq bo‗lib, ijtimoiy xizmat vazifalari 
ijtimoiy amaliyot sohasi, mijozlar muammolarining xususiyati, mijozlarning 
ijtimoiy ruhiy xususiyatlari, ma'lum sotsium sharoitlariga bog‗liq holda 
o‗zgaradi. Shuning uchun turli mamlakatlarda ijtimoiy ish vazifalari, ularni 
amalga oshirish vositalari turlicha bo‗lib, ijtimoiy madaniy an'analarni 
belgilaydi.
Agar oldin mijozlar ehtiyojini qanday qondirish maqsad bo‗lgan 
bo‗lsa, hozirda ijtimoiy ishning asosiy maqsadi mijozning mustaqilligini 
oshirish, unda o‗z hayotini mustaqil qurish va paydo bo‗ladigan 
32
Ижтимоий хизмат. – Ростов-на-Дону.: Феникс, 2003. – С. 195. 


149 
muammolarni mustaqil hal qila olish bilim va ko‗nikmalarini 
shakllantirishdan iboratdir.
Ijtimoiy xodimlar xalqaro assotsiatsiyasi ijtimoiy ishning quyidagi 
maqsadlarini belgilaydi: 
- ularning qobiliyatlarini aniqlash va qo‗llashda insonlarning ko‗magi,
- individning mustaqilligi va o‗z hayoti uchun javobgarlik darajasini 
oshirish, mustaqil qaror qabul qilish, 
- boqimondalikni yo‗qotish, 
- vakolatlilik va mijoz manfaatlarini himoya qilish predstavitelstvo,
- inqiroz holatlarida yordam,
- hayot faoliyati uchun qulay sharoitlarni yaratish. 
Ijtimoiy ishning zamonaviy nazariyasi Xolostova.ye.I tomonidan taklif 
qilingan maqsadlarni aks ettiradi
33 

- mijozning mustqallik darajasi, o‗z hayotini nazorat qilish va paydo 
bo‗ladigan muammolarni yanada samaraliroq hal qilishni oshirish;
- mijozga o‗z imkoniyatlarini maksimal tarzda namoyon qilish uchun sharoit 
yaratish va qonun bo‗yicha unga tegishli narsalarni berish; 
- insonlarni jamiyatga moslashtirish va qayta moslashtirish; 
- insonning jismoniy kamchiligi, ruhiy buzilish va hayotiy inqiroziga 
qaramasdan sharoit yaratish, atrofdagilar tomonidan o‗ziga hurmat qilishni 
saqlash; 
Yana bir tadqiqotchi, Malыx V.N., qayd etadiki, ijtimoiy xizmatni 
ko‗satuvchi maqsad va vazifalar jamiyatning asosiy funksiya va vazifalariga mos 
keladi. Ijtimoiy muassasa bir qancha maqsadlarga ega bo‗lib, ular turli ehtiyojlarni 
qondirish va mijozlarning turli toifalari muammolarini hal qilishni ta'minlaydi. 
Muallif qayd etishicha ijtimoiy tashkilot tranzitiv (joriy, taktik) va refleksif (faol) 
maqsadlarni amalga oshiradi. Birinchisi dastur yoki ish shaklida bo‗lib, holatni 
saqlash turish, uni o‗zgartirish uchun tashqi muhit ta'sirida amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin