O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

 
O‘zini tekshirish uchun savollar 
1. Ijtimoiy ish uslublarining o‗ziga xosligi nimadan iborat? 
2. Individual ijtimoiy xizmat uslublarini ochib bering («keys usuli»)


172 
3. Kichik guruhlar va ijtimoiy ish nazariyasining asosiy qoidalari. 
4. Guruhli ijtimoiy ish imkoniyatlarini ko‗rsating. (guruhli psixoterapiya, 
oilaviy terapiya, jamoaviy ijodiy faoliyat guruhli ijtimoiy ish uslublari sifatida). 
5. Jamiyat ishlari uslubi va kommyunite ishidagi muammolarga nazariy 
yondashuvlar. 
4-Mavzu. Jamiyatdagi inson faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy ish
1. Ijtimoiy himoya ijtimoiy ish shakli sifatida
2. Ijtimoiy ish tizimining umumiy xususiyati
3. Ijtimoiy ish darajasi
1. Aholini ijtimoiy himoya qilish keng ma'noda davlat va jamiyat 
tomonidan amalga oshiriladigan eng yaxshi hayot darajasini taqdim etish, 
ehtiyojlarni qondirish, shaxs va ijtimoiy guruhlarning hayotiy ta'minoti va 
mavjudligini saqlab turish, fuqarolarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlarni 
bartaraf qilish, iqtisodiy o‗zgarishlar davrida ijtimoiy ko‗makka muhtoj aholi 
qatlamlarini davlat tomonidan miniman darajada kafolatli ta'minlash bo‗yicha 
amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar yig‗indisidir. 
Ijtimoiy himoya – insonni hayotiy boyliklar bilan doimiy va maqsadli 
ta'minlash bo‗yicha davlat va jamiyatning vazifasi bo‗lib, ijtimoiy huquq- oilaning 
sog‗ligi va farovonligini saqlash uchun zarur bo‗lgan hayotiy miqdorda ijtimoiy va 
moddiy ta'minlashga qaratilgan faoliyatdir. U ideologiya va davlatning ijtimoiy 
siyosati hamda uning amaliy faoliyat sohasi predmeti sifatida belgilanadi.
Har qanday jamiyatning ob'ektiv xususiyati uning ijtimoiy tengsizligi bo‗lib, 
ijtimoiy ahamiyatga ega boyliklar, masalan pul, hokimiyat, ta'lim, nufuzga 
fuqarolarning turlicha imkoniyatlarga egaligidir. Davlat eng yaxshi darajasni 
topish, tengsizlikni tartibga solish, ijtimoiy mexanizmlarni ishlab chiqish va 
qo‗llashni amalga oshirishi kerak. Ijtimoiy himoya tizimidagi bunday yo‗l 
adolatsizlik sifatida baholanadigan ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish va uning 
ta'sirini kamaytirishi mumkin. Mazkur ko‗pgina dastlabki sabablar milliylik, jins, 


173 
insonning ijtimoiy kelib chiqishi bilan bog‗liq va ikkinchisi moddiy ahvol
individning oilaviy maqomi va boshqalarga bog‗liq. Ammo bunda ijtimoiy 
boqimondalikni rivojlantirmaslik muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy himoya mohiyatini tushunishda fuqarolar erkinligi, faolligini 
ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashga katta e'tibor beriladi. U mehnatga layoqatli aholi 
munosabatlarida amalga oshiriladi va davlat shaxsiy mehnat qobiliyati hisobidan 
hayot darajasini oshirish uchun insonlarga ijtimoiy kafolatlangan teng sharoitlar 
yaratishi kerak. Bir vaqtning o‗zida u ijtimoiy eksklyuziya, begonalashuv xavfi 
mavjud ijtimoiy himoya qilinmagan aholi guruhlarini himoya qilish kerak. 
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib davlat insonning ijtimoiy rivojlanishi 
saqlashi, ijtimoiy himoyaga o‗z huquqini amalga oshirish uchun har bir shaxsning 
imkoniyatini ta'minlashi, ijtimoiy yordam va ko‗mak taqdim qilib, jamiyat bilan 
o‗zaro munosabatlarni me'yorlashtirishi kerak. 
2. Ijtimoiy himoyaning universal tamoyillari insonparvarlik va ijtimoiy 
adolatlilik, ijtimoiy himoya sub'ektlari faoliyatida tizimlilik va majmuaviylik, 
yordam ko‗rsatishda oldini oluvchanlik, manzillilik, ijtimoiy o‗zgarishlarga 
moslashuvchanlik, ko‗p sub'ektlilik. 
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi insonning ehtiyojlarini qondirishga 
yo‗naltirilgan tadbirlar majmuasini o‗zida aks ettiradi. Unda davlat va jamiyatning 
o‗zaro bog‗liq qonun ijodkorligi, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy faoliyati namoyon 
bo‗ladi. Bundan tashqari ijtimoiy himoya ularning faoliyatini ta'minlaydigan 
ijtimoiy institutlar va huquqiy normalar tizimidir.
Davlatdan boshqa ijtimoiy himoya sub'ektlariga mahalliy boshqaruv 
organlari, ish beruvchilar , jamoat birlashmalari, o‗z hayotiy faoliyatlarini amalga 
oshiruvchi va manfaatlarini himoya qiluvchi fuqarolarning o‗zlari kiradilar. O‗z-
o‗zidan ijtimoiy himoya tizimiga insonlarning o‗z maqomlari, manfaatlari, 
huquqlarini himoya qiluvchi, jamiyatda o‗zlarini namoyon qilishning xususiy 
yo‗llarini ishlab chiqish kiradi.
Ijtimoiy himoya sub'ektlarining samarali faoliyati uchun aholining ijtimoiy 
himoyasini amalga oshirish imkonini beruvchi va shaxsning ijtimoiy huquqlarini 


174 
amalga oshirishni kafolatlovchi me'yoriy-huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va 
tashkiliy-texnik vositalar bo‗lishi zarur. Davlat ijtimoiy kafolati asosida ijtimoiy 
adolat tamoyiliga rioya qilish insonning minimal daromad, tibbiy xizmat, ta'lim, 
iqtisodiy va ma'naviy manfaatlar himoyasini olishini ta'minlashi kerak.
Davlat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati sifatida aholini 
ijtimoiy himoya qilishning asosiy sub'ekti sanaladi. Mazkur faoliyat sohasidagi
ijro etuvchi organning yagona tizimi ijtimoiy himoya boshqaruv organlarini 
xarakterlaydi va idoraviy korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, aholini ijtimoiy 
himoya qiluvchi mintaqaviy organlardan iborat. Bu tizimni takomillashtirish 
sohasidagi muhim vazifa uning ishlashini ta'minlaydigan ijtimoiy infratuzilma 
muassasalari va barcha darajalarda barqaror aloqalarni o‗rnatishdir. Aholini 
ijtimoiy himoya qilishni moliyalashtirish manbalari davlat byudjetdan tashqari 
ijtimoiy fondlari sanaladi: Ijtimoiy sug‗urta fondi, Majburiy tibbiy sug‗urtalash 
fondi, Pensiya fondi.
Yordamga muhtoj fuqarolarga ijtimoiy ko‗mak ko‗rsatish va ularga manzilli 
yordam ko‗rsatish moliyalashtirish manbasi sifatida yaratilgan mustaqil davlat 
muassasalari aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash fondlari bo‗ladi: respublika 
(federal) va mintaqaviy . Ularning mablag‗lari muhtojlarga moddiy yordam, bepul 
oziq-ovqat berish, ijtimoiy ish ko‗rsatish, shu jumladan uyda, ixtisoslshatirilgan 
muassasalarda uysizlarni tungi vaqtlarda kelishini ta'mnlash maqsadlarida 
qo‗shimcha moliyalashtirishga sarflanadi.
Jamiyatda ijtimoiy himoya tizimi ishlashini baholashning mezoni insonlar 
manfaatlari ularning hayot faoliyatining barcha sohalarida real kafolatlarga ega 
ekanligi va himoyalanganligi bilan bog‗liqdir.
Turli mamlakatlardagi ijtimoiy himoyalanganlik darajasini xarakterlovchi 
ko‗rsatkichlar BMT tomonidan ishlab chiqilgan aholining real xarid qobiliyati, 
ta'lim tizimi, sog‗liqni saqlashning holati, hayot davomiyligini hisobga oluvchi 
insoniy rivojlanish koeffitsienti sanaladi. 
Ijtimoiy sug‗urtalash– yosh, kasalllik, ishlab chiqarish jarohatlari natijasida 
ishning vaqtinchalik yoki doimiy qisqarishiga olib keluvchi moddiy yo‗qotishlarni 


175 
qoplashga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Bu ish 
beruvchilar, yollanma ishchilar va aholining band qismi badallari va ajratmali 
hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy sug‗urtalash tamoyillariga sug‗urtalash 
davrida to‗plangan va xarid qilingan narsalarning saqlanishi va himoya qilinishi, 
insonlarning badal to‗lash huquqlari va sug‗urta kafolatlarini amalga oshirish 
imkoniyati kiradi.
3. Ijtimoiy ish darajasi. Ijtimoiy xizmat ijtimoiy faoliyat shakli sifatida 
ko‗rib chiqilib, u amalga oshiriladigan vazifasi, shakllari, va uslublariga ko‗ra 
ma'lum darajaga ega bo‗ladi. Ammo bu atamani tushunishda bugungi kungacha 
yagona shakl mavjud emas.
Shunday qilib, R.Barkera
51
ning ijtimoiy ish lug‗atida keng qo‗llangan 
tushuncha quiydagilarni o‗z ichiga oladi: individual ijtimoiy xizmat, guruhli 
ijtimoiy xizmat, jamiyatni tashkil qilish, ma'muriy ijtimoiy xizmat, tadqiqot, 
ijtimoiy siyosat, rejalashtirish, bevosita klinik amaliyot, oila va nikoh amaliyoti, 
boshqa shakllar, shuningdek ijtimoiy ishning umumiy amaliyoti mikro va makro 
darajalarni birlashtiradi.
52

Ijtimoiy xizmatning ko‗lamiga ko‗ra davlat, mintaqaviy, mahalliy, individual 
darajada o‗tkazilishi mumkin. 
Ijtimoiy ishning davlat darajasining mazmuni shuni belgilaydiki, eng avvalo 
davlatning qonunchilik bazasi va ijtimoiy siyosati, mamlakat miqyosida aholini 
ijtimoiy himoya qilishni boshqarish kiradi. Aynan shu darajada ijtimoiy xizmat 
keng ma'noga ega bo‗ladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin