Uslubiy tamoyillar qoidalarning erkin tizimini taklif qilib (mijozga alohida
yondashuv, yordam ko‗rsatishdagi izchillik) ijtimoiy ishning mazkur sohasida
izchil harakat qilish imkonini berib, ma'lum ijtimoiy vaziyatlarda ob'ekt faoliyatini
qanday yo‗naltirishni ko‗rsatadi. Bu tamoyillar mutaxassisning bilim darajasi va
lavozim vazifalarini bajarishga kasbiy layoqatligiga urg‗u beriladi.
Ijtimoiy ishning tashkiliy tamoyillari (yengillik, majmuaviylik va
boshqalar.) murakkab va ko‗p qirrali tashkiliy, funksional-ierarxik, aloqa va
munosabatlarni va mutaxassisning djavobgarlik va majburiyatiga talablarni
belgilaydi. Ular ijtimoiy ish tizimida boshqaruv ta'sirida bo‗lib, har bir mijoz
muammosini tezkor va samarali hal qilish imkoniyatini ta'minlaydi.
Ijtimoiy ishning o‗zaro aloqador tamoyillarini mutaxasisslar tomonidan
o‗rganish ijtimoiy muammolar tarkibi o‗rtasidagi optimal nisbatni topishga, ularni
hal qilish natijalariga va ijtimoiy ishning insonparvar faoliyat shakli sifatida
qonuniyligini ta'minlaydi.
2. Uslub – maqsadga erishi yo‗lida harakatlarni o‗zgartirish va mos keluvchi
takshirishlarni olib borish usulidir. Ijtimoiy ishga munosabati bo‗yicha ikki
guruhdagi uslublarni keltirish mumkin: ilmiy bilim va amaliy faoliyat sifatidagi
ijtimoiy xizmat uslublari.
Ijtimoiy ish nazariyasida usluslarni tasniflash
yagona shaklga ega emas. Ijtimoiy ishda foydalanadigan ko‗pgina uslublar
fanlararo bo‗lib, universal xususiyatga ega bo‗ladi. Umumiylik darajasi bo‗yicha
uslublarni ikki guruhga bo‗lish mumkin:
1. Umumiy (falsafiy) uslublar anglash usuli, jamiyatni o‗zgartirish, fikrlash
(anglashning gnoseologik, dialektik usullari) ning umumiy yo‗llarini belgilaydi.
2. Umumiy ilmiy usullar bilish va dunyoni o‗zgartirish jarayonining bir
qator jihatlarini aniqlaydi. (analiz, sintez, induksiya, deduksiya, kuzatuv, so‗rov,
eksperiment, analogiya, modellashtirish.)
167
3. Xususiy, maxsus usullar – real hayotning ma'lum sohalarini bilish va
o‗zgartirishning maxsus usullaridir. Zamonaviy sharoitda bunday guruhdagi
uslublarga ijtimoiy biografiya, oila biografiyasi, kompleks psixo ijtimoiy
modellashtirish usullari kiradi.
Amaliy ijtimoiy ishda shuningdek turli xil usullar mavjud. Masalan, faoliyat
xususiyati iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-psixologik, tibbiy-ijtimoiy,
ma'muriy-boshqaruv va boshqa uslublarni shakllantiradi.
50
. Ijtimoiy ish uslublari ijtimoiy xodim faoliyati yo‗naltirilgan, shuningdek
ijtimoiy xodim ixtisoslashgan, ijtimoiy va boshqa ish tarkibidagi maxsus
ob'ektlarda asoslanadi. Ba'zan ijtimoiy ish uslublari yanada umumiy tushuncha-
ijtimoiy texnologiyalar- u yoki bu vazifani hal qilish uchun fanning nazariy
xulosalarini qo‗llash usuli, ijtimoiy sohada qo‗yilgan maqsad va vazifalarga
erishish uchun qo‗llaniladigan harakat va ta'sir yig‗indisini o‗z ichiga oladi.
Ijtimoiy himoya organlari tizimida ijtimoiy xizmat uslublari. Ijtimoiy
himoya organlari faoliyati jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv,
psixologik-pedagogik uslublarga ajratiladi. Ijtimoiy xizmatning ijtimoiy-iqtisodiy
uslublariga ijtimoiy xizmat mutaxassisi tomonidan mijozning moddiy. Ma'naviy,
milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy talab va manfaatlariga ko‗rsatiladigan barcha
usullar kiradi. Bunday guruhga moddiy va pul yordami, imtiyozlar belgilash, bir
martalik afaqalar, patronaj, maishiy xizmat ko‗rsatish, ma'naviy qo‗llab-quvvatlash
kiradi.
Tashkiliy-boshqaruv uslublari ijtimoiy ish tashkiliy tuzilmasini boshqarish
asosida bo‗lib, me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanadi. Tashkiliy uslublar
ijtimoiy ish boshqaruv organlaridagi turli zvenolarnining huquq va vakolatlari,
majburiyatlar, javobgarligini mustahkamlaydi. Boshqaruv uslublari vazifalarni
operativ aralashish, aniqlash va hal qilishni amalga oshirish imkonini beradi. Bu
guruhdagi asosiy uslublar: reglamentlash, me'yorlashtirish va ko‗rsatma berish.
Reglamentlash – Tashkiliy ta'sir ko‗rsatish usuli bo‗lib, ijtimoiy ish
boshqaruv organlarida ijro etish uchun tashkiliy qoidalar, majburiyatlarni ishlab
50
Ижтимоий хизмат асослари: Учебник./ Отв. ред. П.Д. Павленок. – М.: ИНФРА-М, 1997.
168
chiqish va kiritishni o‗z ichiga oladi. (buyruqlar, namunaviy qoidalar, lavozim
yo‗riqnomalari).
Me'yorlashtirish – ijtimoiy xodimlar faoliyatiga xizmat qiluvchi yuqori va
quyi doiradagi normativlarni belgilash (xizmat ko‗rsatiluvchi mijozlarning
normativi, xizmat ko‗rsatish vaqtining normativi.).
Ko‗rsatma berish– tashkiliy ta'sir ko‗rsatishning eng oson usuli bo‗lib, uning
mohiyati vazifa, imkoniyat, qiyinchilik va mijozning noto‗g‗ri harakti oqibatlarini
tushuntirish, ehtimoiliy xatoliklardan saqlanishni tushuntirish ( maslahat berish,
axborot berish).
Psixologik-pedagogik uslublar ijtimoiy-psixologik va pedagogik regulyasiya
orqali uning ijtimoiy tuyg‗ulari va xulqiga bilvosita ta'sir ko‗rsatish bilan bog‗liq.
Bu guruhning asosiy uslubi turli shakldagi ishontirishdir. (tushuntirish, maslahat
berish, dalillarni keltirish, tavsiya berish, ijobiy namuna).
Mazkur tasnifda keltirilgan uslublar uni tashkil etish jarayonida ijtimoiy ish
vazifalarini hal qilish uchun sharoit yaratishga mo‗ljallangan bo‗ladi, bunda mijoz
o‗rni –passiv bo‗ladi. U ijtimoiy xizmat tizimi tomonidan o‗ziga ta'sir ko‗rsatishni
sinovdan o‗tkazadi.
Mijoz va ijtimoiy xodim o‗zaro harakati bilan bog‗liq ijtimoiy ish uslublari.
Ijtimoiy ishning asosiy vazifalarini hal qilish mijoz bilan ijtimoiy xodim o‗zaro
munosabati holatini tashkil etish zaruriyati bilan bevosita bog‗liq. O‗zaro
munosabatlarni tashkil etish yo‗llari va ijtimoiy-psixologik mexanizmlar mijoz kim
bo‗lishiga ko‗ra sezilarli ravishda farqlanadi.: individ, guruh yoki jamiyat. Shunga
mos ravishda individual, guruhiy va jamiyatga daxldor ijtimoiy ish uslublari
to‗g‗risida napirish mumkin.
3.Individual ijtimoiy ish uslubi M.Richmond tomonidan taklif qilingan va
20-asr boshidagi psixo tahlil rivojlanishi bilan chambarchas bog‗liq. Uning
mohiyati mijoz muammosini muhokama qilish va hayotiy holatlarni to‗g‗rilashda
mijozga tayanch berish va qo‗zg‗atishdir. Asosiy tayanch mijozni ijtimoiy
holatlarga moslashtirishdir. Mazkur uslub ayniqsa AQSh da dolzarb bo‗lib, shaxsni
tushunishga psixologik yondashuvlarni tanlashga asoslanadi. (Masalan, psixo
169
tahliliy yondashuvda asosiy urg‗u mijozning intra ruhiy o‗zgarishi tahlili va ichki
shaxsiy muammolarini hal qilishda yordam ko‗rsatishga asoslanadi.; bixevioral
usulda- axloqning dezadaptiv modellari va ularni to‗g‗rilashga e'tibor qaratiladi.).
Shaxsni tushunishga psixologik yondashuvlarning turidan qatiy nazar
quyidagi umumiy elementlarni keltirish mumkin:
• Dastlabki aloqani belgilash (ruhiy va intellektual aloqa);
• Muammoli holatni o‗rganish va tahlil qilish;
• Maqsad va qo‗shma ishlar vazifalarini belgilash;
• Individning ijtimoiy atrof yoki o‗zi bilan o‗zaro munosabat shaklini
o‗zgartirish;
• Qo‗shma ishlar rivojlanishi va natijalarini baholash.
Turli individual yondashuvlar quyidagi yordam shakllarini taklif qiladi:
suhbat, maslahat berish, mutaxassislarni jalb qilish. Mazkur uslubning
samaradorligi uchun aynan individual yordamni ko‗rsatish zarurligini hisobga olish
kerak, mutaxassis ruhiy-pedagogik tayyorgarlikka, yosh, shaxsiy, individual
xususiyatlarga ega bo‗lishi kerak.
Ijtimoiy ishning individual uslubi ayniqsa istiqbolni belgilash, reallikka
moslashish, stresslarni bartaraf etish, ko‗mmunikativ bilimlarni egallash, o‗zini
anglash va o‗zini qabul qilishda muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy ishning guruhli usullari 70-yillarda faol ishlab chiqildi. Uslublarni
ishlab chiqish uchun muhim ahamiyat kichik guruhlardagi nazariy tadqiqot
natijalari bo‗ldi. (Ya.Kolominskiy, R.Krichevskiy, K.Rudestam.). Quyidagi muhim
xulosalarga kelindi:
• Kichik guruh faqatgina eshituvchi rolidan chiqa olish xususiyatiga ega»;
• Kichik guruhda o‗z shaxsiy tajribasi, shaxsiy imkoniyatlari nuqtai
nazaridan reallikni anglash sodir bo‗ladi.;
• Kichik guruhda teskari aloqa mavjud bo‗lib, individ o‗zini boshqacha
xulqi va so‗zlari bilan ta'sir ko‗rsatadi;
170
• Kichik guruh shaxsiy tajriba to‗plash, boshqaruv usuli va muvaffaqiyatni
tekshirishning vositasi bo‗lishi mumkin.
Guruhli ishlar usulining maqsadi- mijozga uning jismoniy va ruhiy kuchini
rivojlantirish, ijtimoiy xulqini shakllantirish uchun guruhli tajribani uzatish orqali
yordam ko‗rsatishdir. Bu maqsadlarni amalga oshirish guruh a'zolarining guruhli
faoliyati va ijtimoiy faolligini tashkil etish hisobidan, sha'xsiy tajriba va o‗zini
anglashni kengaytirish, samarali ijodiy faoliyat olib borish hisobidan amalga
oshirilish mumkin.
Guruhli ijtimoiy ish uslubini amalga oshirish guruhning maqsad va
vazifalariga bog‗liq. Ijtimoiy ish amaliyotida turli guruhlar ajratiladi. Masalan
ijtimoiy madaniy guruhlar toifasiga tiklash guruhlari, ta'limiy guruhlar, o‗ziga
yordam berish guruhlari kiradi. Bundan tashqari yana terapevtik guruhlar ham
mavjud bo‗lib, ular psixosomatik va ekzistensial muammolarni bartaraf etishga
qaratilgan bo‗ladi.
Guruhning maqsadlariga bog‗liq holda ijtimoiy xodimning o‗rni turlicha
bo‗ladi. Agar guruh qandaydir umumiy huquqiy va fuqaroviy maqsadlarga
erishishga yo‗naltirilgan bo‗lsa ( masalan kichik tumandagi ochiq sport
maydonchasi) bunda ijtimoiy xodim tashkilotchi va guruhning tashqi aloqalari
koordinatori vazifasini bajaradi. Agar guruhning maqsadi intensiv va refleksiv
muloqot hisobidan o‗zini anglash va individual tajribani kengaytirish bo‗lsa
(masalan kommunikativ bilimlar treningi) bunda ijtimoiy xodim ichki guruhiy
o‗zaro munosabatlar vositachisi bo‗ladi.
Guruhli ijtimoiy ish uslubi bugungi kunda AQSh dagi oilaviy davolash
uslublari kabi yangi o‗ziga xos shakllarda namoyon bo‗lmoqda.
Umumiy ijtimoiy ish uslubi ijtimoiy ish yoki ijtimoiy xodimlarning
mahalliy, mintaqaviy va umumdavlat miqyosidagi turli jamoat guruhlari vakillari
bilan o‗zaro munosabatlariga asoslangan. «Jamoa» (kommyuniti) – insonlar
guruhli jamiyatining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-tarixiy tizimidir.
Kommyuniti uning a'zolari bilan munosabatlarda bir qator vazifalarni bajaradi:
171
ijtimoiylashuv, o‗zaro qo‗llab-quvvatlash, boyliklarni ishlab chiqarish va
taqsimlash, Umumiy ijtimoiy ishning ustuvor vazifalari quyidagilar:
Mahalliy jamoada ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish, insonlarning ma'lum
guruhiga o‗zaro yordam va kooperatsiya tizimini tashkil qilish;
Aholining ijtimoiy farovonligi masalalari bilan bog‗liq turoi ijtimoiy
dasturlar va turli tashkilotlar faoliyati rejalarini ishlab chiqish, joriy qilish va
samaradorligini baholash.
Bu vazifalarni amalga oshirish bosh maqsad bo‗lgan- jamiyatni
rivojlantirishni faollashtirish va uning hayot faoliyati modellarini yaxshilashga
yo‗naltirilgan.
Umumiy ijtimoiy ish uslublarini amalga oshirishning asosiy tamoyillari
quyidagilar: servisning qulayligi; iste'molchilarning faol hamkorligi va servis
yordami aktivnoe; idoralararo yondashuv; yangi g‗oyalarni qo‗llab-quvvatlash va
rivojlantirish; byudjetning markazlashmagan nazorati; harakatchanlik.
Umumiy ijtimoiy ishning uslublarini amalga oshirish shakllari turlicha
bo‗lib, ayniqsa ijtimoiy ishning yevropa modelida keng ko‗rsatilgan ( Shvetsiyada
ijtimoiy rejalashtirish, Buyuk Britaniyada turar joy assotsiatsiyalarini yaratish).
Mazkur uslubni amalga oshirish uchun ijtimoiy xodim keng turdagi
vazifalarni bajaradi: advokat, broker, ekspert, bu o‗z navbatida keng nazariy va
amaliy tayyorgarlikni talab etadi. Ayniqsa ijtimoiy tadqiqotlar va ijtimoiy
psixologik ish uslublarini tashkil etish va o‗tkazishni bilish dolzarbdir. Jamiyat
muammolarini hal qilish shifokor, huquqshunos, ruhshunos va boshqa kasb
egalarining kompleks aralashuvini talab qiladi.
Shaxs axloqiga ta'sir qiluvchi omillarning o‗zaro aloqadorligi ijtimoiy
ishning barcha guruhiy usullaridan foydalanishni talab qilib, ko‗pgina usullarni bir
vaqtning o‗zida boshqasi bilan birga qo‗llashni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |