O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

 
O‘zini tekshirish uchun savollar 
49
Социология и общество. Тезисы Первого всероссийского социологического конгресса «Общество и 
социология: Новые реалии и новые идеи» / под ред. Ю.В. Асочарова и др. – СПб.: Скифия, 2000. – С.154-
155. 


163 
1. Nimaga falsafiy bilim har qanday fan uslubiyotining asosi bo‗ladi.? 
2. Nimaga ijtimoiy ishning falsafiy asoslari to‗g‗risida gapirganda maqsad 
bo‗ladi? 
3. Ijtimoiy xizmat falsafasining asosiy tushunchalari va kategoriyalarini 
muhokama qiling. 
4. Ijtimoiy ishning uslubiy asosini yaratishda psixologiya qanday 
ahamiyatga ega.?
5. Nimaga ijtimoiy ish nazariyasining asosiy uslubiy zamini sotsiologidan 
olingan?
6. Ijtimoiy ish uslubiyotidagi dunyoni anglashga ob'ektiv va sub'ektiv 
yondashuvlarning qanday o‗ziga xosligi bor? 
7. Ijtimoiy ish fenomenal modellari mutaxassis tomonidan qanday tuziladi

 
 3-Mavzu. Ijtimoiy ishning tamoyillari va uslublari
 
1. 
Ijtimoiy xizmat tamoyili – asosiy g‗oyalari, qoidalari, ijtimoiy ish 
organlarining qoida va me'yorlari. 
2. 
Ijtimoiy ishda tadqiqot usullari: tushunchasi, ahamiyati va o‗rni. 
3. 
Ijtimoiy ishni tadqiq qilishda miqdor va sifat usullari.
 
1. Ijtimoiy xizmat tamoyillari ilmiy nazariyaning mantiqiy shakllari muhim 
tarkibiy qismi va empirik faoliyatning asosiy qoidalarini aks ettiradi..
Inson va ularning o‗zaro munosabatlari, jamiyat to‗g‗risidagi barcha fanlar 
asosida yotuvchi umumfalsafiy tamoyillar: determinizm tamoyili, aks ettirish 
tamoyili, rivojlantirish tamoyili, anglash va faoliyat birligi tamoyili, tarixiylik 
tamoyili, individ va uning ijtimoiy muhit bilan uzluksiz aloqasi tamoyili. 
Ijtimoiy-siyosiy tamoyillar davlatning ijtimoiy siyosatidan kelib chiquvchi 
ijtimoiy ishning mazmuni va yo‗nalishiga bog‗liq holda asoslangan talablarni aks 
ettiradi ijtimoiy ishning mintaqaviy xususiyatlari bilan davlat yondashuvining 


164 
yagonaligi, uning tarkibi va usullarining demokratligi, ijtimoiy ish tarkibi, shakllari 
va usullarini tanlashda shaxs yoki ijtimoiy guruhlarning ma'lum sharoitlarini 
hisobga olish, ijtimoiy xodimlar faoliyatida qonuniylik va adolatlilik. 
Tashkiliy tamoyillar murakkab va ko‗p qirrali tashkiliy, funksional-ierarxik, 
aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. (kadrlarning ijtimoiy-texnologik layoqati, 
huquq va majburiyatlarning yagonaligi tamoyili.). 
Psixologik-pedagogik tamoyillar mijoz bilan o‗zaro munosabatlar va unga 
ta'sir ko‗rsatish vositalarini tanlashga talablarni aks ettiradi: mijoz hayot faoliyati 
shartlarini baholash va u bilan ishlashning shakl hamda usullarini tanlashning 
kompleks tahlili; individual yondashuv;ijtimoiy ishning maqsadli yo‗naltirilganligi 
va manzilliligi. 
Ijtimoiy ishning maxsus tamoyillari ijtimoiy ish ko‗rsatish sohasidagi 
faoliyatning asosiy qoidalarini belgilaydi. Bularga, universallik, ijtimoiy huquqni 
muhofaza qilish, ijtimoiy ta'sirlanish, profilaktik faoliyat, o‗z kuchiga tayanish, 
ijtimoiy resurslarni maksimallashtirish, maxfiylik, bag‗rikenglik. Shunday qilib 
ijtimoiy xizmat nazariyasi – umumiy fanlar tizimida ijtimoiy-gumanitar 
bilimlarning mustaqil tarmog‗i bo‗lib, ilmiy bilimlarning barcha tarkibiy qismlarini 
qamrab olib, birlashtirish va amaliy yo‗naltirilganlikka xos bo‗ladi. 
Uning ahamiyati asosida faoliyatning asosiy qoida va me'yorlari aks etgan 
ijtimoiy xizmatning tamoyillari turadi. Ular ma'lum bir ijtimoiy vaziyatda 
maqsadga erishish uchun kirishish zarurligini ko‗rsatadi. (jadval.1).
Ijtimoiy ish xususiyati bu faoliyatning axloqiy tomonlariga asosiy e'tibor 
qaratish bilan bog‗liq bo‗lib, shuning uchun ijtimoiy ishning asosiy tarkibiy 
tamoyillari (alturizm, mijoz bilan munosabatlarda demokratizm) etik xususiyatga 
ega bo‗ladi va mutaxassisning uch tomonlama faoliyatini aks ettiradi: mijoz 
oldidagi axloqiy javobgarlik, jamiyat va o‗z kasbi hamda jamoa oldidagi axloqiy 
javobgarlik. Ijtimoiy ish etikasi har bir inson huquqi kabi ijtimoiy xotirjamligini 
tushunishda, ijtimoiy xizmatlar ishini yaxshilashda, o‗zining yashirin resurslarini 
chiqarishda namoyon bo‗ladi.


165 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin