Jadval 1. Ijtimoiy ishning asosiy tamoyillari Ijtimoiy ish tamoyillari Tamoyillar guruhlari Tamoyillar Tarkibiy
Altruizm,
mijoz
bilan
munosabatlarda
demokratiya,
ijtimoiy
adolatlilik
Psixologik-pedagogik
Empatiya, attraksiya, bag‗rikenglik
Uslubiy
Mijozga
alohida
yondashuv,
izchillik, layoqatlilik
Tashkiliy
vositachilik, yengillik, majmuaviylik
Psixologik-pedagogik tamoyillarmijozga psixologik-pedagogik tomondan
qanday ta'sir ko‗rsatishni xarakterlaydi:
1. Kompleks yondashuv, mijozga har tomonlama ta'sir ko‗rsatish, uning
muammosini hal qilishda barcha mumkin bo‗lgan choralarni qo‗llash: ichki va
tashqi omillar, aloqalar, hayot faoliyat sharoitlarini hisobga olish. Mazkur tamoyil
quyidagilarni taklif etadi:
- manfaatlar, talablar, kayfiyat, xarakter, temperamentni hisobga olish;
- tashqi sharoitlar ta'sirini hisobga olish (moddiy-maishiy, sanitar-gigienik,
siyosiy);
- mijozga ta'sir ko‗rsatishning barcha vosita va usullarini qo‗llash.
2. Differensiyalashgan yondashuv– ma'lum sinf, yoshga tegishli insonlar
xususiyatini hisobga olish, pul, ideal, talablarga turlicha yondashish. Bularni
hisobga olmasdan insonning tuyg‗ulariga ta'sir ko‗rsatish mumkin emas.
3. Maqsadli yo‗nalganlik tamoyili. Mijozga ta'sir ko‗rsatishning maqsadi
ijtimoiy xodim harakat usuli va xususiyatini belgilaydi. Maqsadga erishish qabul
qilingan harakat samaradorligi mezoni bo‗ladi. Maqsad mijoz bilan ishlash
shakllari, usullarini tanlashda muhimdir.
166
Ijtimoiy ishning maxsus tamoyillari ijtimoiy ish ko‗rsatish sohasidagi asosiy
qoidalarni belgilaydi. Bularga, universallik, ijtimoiy huquqni muhofaza qilish,
ijtimoiy ta'sirlanish, profilaktik faoliyat, o‗z kuchiga tayanish, ijtimoiy resurslarni
maksimallashtirish, maxfiylik, bag‗rikenglik kiradi.