186
Ijtimoiy-radikal model. Uning asosida- inson huquqi uchun harakat
qoidalari yotida. (ajratishga qarshi kurash). Mazkur model turli ijtimoiy guruhlar
vakillarini o‗zini anglashni rivojlantirish va himoyalash
modeli sifatida namoyon
bo‗ladi. Himoya texnologiyasi va vakolatlarni taqsimlash turli siqilgan, qabul
qilinmagan guruhlar mijozlari ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Psixologo yo‘naltirilgan modellar shaxs va jamiyat darajasida paydo
bo‗ladigan vaziyatlarni o‗zgartirish bo‗yicha mijozning o‗z kuchini yaxshilash
ijtimoiy ish imkoniyatlari bilan bog‗liq ijtimoiy ishdir
.
Psixodinamik model Ijtimoiy ish nazariyasining psixodinamik yo‗nalishiga
asoslangan. (Z.Freyd, E.Bern). Bu nazariyaning asosiy
tushunchalari psixo tahlil
bilan bog‗liq bo‗lib, ular individual ijtimoiy xizmat (keysuork): mijozni
individuallashtirish, paydo bo‗ladigan muammoni baholash,
uni tashxislash,
yordamning terapevtik texnologiyalaridan foydalanishdir.
Ekzistensial
model
psixologiyaning
ekzistensial
va
fenomenal
yondashuvlari bilan bohliq. Mijoz xulqi tahlilida atrof muhit haqidagi o‗z
tasavvurlarini qanday shakllantiryapti va izohlayapti, o‗zining ijtimoiy maqomini
qanday baholayotganini hisobga olish muhim. Mazkur
model doirasida katta
e'tibor guruhga munosabat bo‗yicha mijoz xulqining o‗ziga xosligi ko‗rib chiqiladi.
Mijozda o‗zi va atrofdagilar to‗g‗risida tasavvurlari mavjud bo‗lgan shaxsiy
tuzilmani hisobga olib, ijtimoiy xodim shaxsiy noqulaylik
sababini tushunchasini
aniq tuzadi. Mazkur model o‗zida enik guruh va boshqa ijtimoiy xatarli toifalar
bilan ishlashda namoyon bo‗ladi. Bunda mijozning hayotiy maqsadlari o‗zgarishi
bo‗yicha ishlar muhimdir.
Dostları ilə paylaş: