187
jihatdan ijtimoiy xodimning shaxsiy xususiyatlariga bog‗liq. Zamonaviy sharoitda
ijtimoiy ishning mazkur modeli katta ta'sirga ega.
Mazkur guruhdagi barcha modellra mijozga individual yordam ko‗rsatish
bilan bog‗liq bo‗lib, shaxsiy muammolari ijtimoiy
xodimdan jiddiy ruhiy
tayyorgarlikni talab qiladi.
Ijtimoiy ishning majmuaviy-yo‘naltirilgan modellariIjtimoiy ish amaliyoti
va nazariyasida fanlararo va integrativ tendensiyalarning kuchayishi ijtimoiy
ishning kompleks modellarini topishni dolzarb qilib, bu ko‗p
tomonlama ijtimoiy
muammolarni hal qilish imkonini beradi. Ular orasida: rolli model , ijtimoiy-
pedagogik model, kognitivmodel, hayot kuchlari konsepsiyasi modellari mavjud.
Rolli model psixologik va sotsiologik bilimlarni
integratsiyasida tuzilgan
(Ya.Moreno, Dj.G.Mid). Ijtimoiy yordam jarayonining asosi psixologik bilimga
eng avvalo shaxsning ahamiyatini tushunishga asoslanadi. Mazkur modelda
shaxsiy ahamiyat to‗g‗risidagi tasavvurlardan foydalaniladi:odamlar o‗z
xulqini
individual-psixologik bilim, model, sxemelarga mos qili tuzadilar. Mazkur model
oldingi tajribani hisobga olgan holda o‗zini qanday tutishi va rivojlantirishi,
hayotdagi o‗zining ahamiyati to‗g‗risida tushunchalarni shakllantirish jarayoni va
dolzarb hodisalar mohiyatini anglash kabi masalalar bilan bog‗liq
mijozning
muammolarini o‗z ichiga oladi. Turli tartibdagi rollarni bajarib, inson ular o‗rtasida
ziddiyatga sabab bo‗lishi mumkin. Bunda ijtimoiy xodimning yordami muhim
sanaladi. Bu nazariya ijtimoiy xodim uchun ijtimoiy tushuntirish shakli bo‗lib,
shuningdek mijozni ijtimoiy o‗qitish, axloqini tuzatish, moslashuvchanligini
oshirish
vositasi
bo‗ladi.
Bu
nazariyaga
asoslangan
texnologiyalar
variantlari:psixodrama.
Guruhli muhokama qilish, rolni uzatish, guruhli
terapiyadir.
Dostları ilə paylaş: