O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

O‘zini tekshirish uchun savollar 
1. Xorijda 20-21 asrlarda ijtimoiy ish uchun qanday asosiy tendensiyalar 
xos? 
2. Ijtimoiy ishning sotsiologiyaga yo‗naltirilgan modellari. 
3. Ijtimoiy ishning psixologiyaga yo‗naltirilgan modellari. 
4. Ijtimoiy ishning majmuaviy yo‗naltirilgan modellari xususiyatlari
(ijtimoiy-pedagogik model, V.G.Bocharov ijtimoiy xizmat tizimi modeli, kognitiv 
model, vitalno-orientirovannaya model S.I. Grigorev vital mo‗ljallangan.). 
5. Ijtimoiy ishning xorijiy modellari xususiyatlarini ochib bering ( 
Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh misolida.). 
7-Mavzu. Ijtimoiy ishda texnologiyalar 
1. Ijtimoiy texnologiyalar tushunchasi. 
2. Ijtimoiy texnologiyalar turi va turli shakllari. 
3. Ijtimoiy ishda umumiy texnologiyalar. 
62
Е. Ярская-Смирнова Определения социальной работы. Профессионализм. Теории социальной работы. – 
М., – С. 58. 


197 
1. Ijtimoiy ishda texnologiyalarni belgilashda birinchidan ijtimoiy 
texnologiyalarning umumiy traktovkasi, ikkinchidan inson faoliyati shakllaridan 
biri sifatida ijtimoiy xizmatning xususiyatlari, uchinchidan ob'ekt, sub'ekt, tarkibi, 
vositalari va ijtimoiy xizmatning boshqa elementlarini hisobga olish kerak. 
Ijtimoiy texnologiyalar ijtimoiy ishda qo‗yilgan maqsadga erishish, turli 
turdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish, aholini ijtimoiy himoyalash vazifalarini 
amalga oshirishning samaradorligini ta'minlash uchun ijtimoiy ish, ijtimoiy xizmat 
ko‗rsatishning alohida tashkilotlari va xodimlar tomonidan qo‗llaniladigan yo‗l, 
usul va harakatlar yig‗indisidir.
Ijtimoiy texnologiyalar keng ma'noda ilmiy bilishning muhim sohasi bo‗lib, 
anglash faoliyati natijalari bilan maxsus operatsiyalari qanday shaklda va qanday 
izchillikda bo‗lishini ko‗rsatadi. 
Tor ma'noda ijtimoiy texnologiyalar tushunchasi ikkita ma'noga ega. 
Birinchidan ijtimoiy texnologiyalar-bu ijtimoiy sub'ektga maqsadli yo‗naltirilgan 
ta'sir jarayoni bo‗lib, berilgan natijalarni olish ehtiyoji va zaruriyati bilan bog‗liq. 
Bu rejada ta'sir ko‗rsatishning texnologiyaligi bosqichlilik, amallarga oid
tezkorligidir. Bundan kelib chiqib ijtimoiy texnologiyalar ma'lum pragmatika kabi 
quyidagilar bilan bir qatorda turadi:

maqsad; 

vosita; 

natija. 
Maqsadlar, vositalar, natijalar koordinatsiyasi va subordinatsiyasi variativlik 
va ko‗pgina omillarni hisobga olish, modellashtirish va loyihalashtirish, mezonlar 
va baholar tizimi. Mazmuni versiya va sssenariyalar, tashxislash usblablarini taklif 
qiladi.
Ikkinchidan ijtimoiy texnologiya- bu ijtimoiy ob'ektga maqsadli 
yo‗naltirilgan ta'sir ko‗rsatish jarayonini tadqiq qiluvchi, bu ta'sirning samarali usul 
va yechimlarini ishlab chiquvchi va asoslovchi nazariyadir. Bunda ijtimoiy ob'ekt 
deganda nima tushunilishi ahamiyatga ega emas. Bu ijtimoiy munosabatlar, 


198 
ijtimoiy o‗zaro ta'sir, ijtimoiy guruh, ijtimoiy institut, ijtimoiy tashkilot bo‗lishi 
mumkin. Ijtimoiy ob'ektni strategik loyihalashtirishning bazaviy texnologiyalari. 
Bazaviy texnologiyalar quyidagilardan iborat: 1. individual, shaxs va jamiyatni 
uyg‗unlashtirish; 2. o‗z tabiati bo‗yicha insonparvar bo‗lgan ijtimoiy 
texnologiyalarni bunday maqsadlarga chiqarish; 3. ijtimoiy sub'ektning ijodiy 
qobiliyati va faolligini rivojlantirish. 
Ijtimoiy ob'ektga ta'sir ko‗rsatishning xususiy-turli xildagi shakllari. Bu 
ijtimoiy qurish, munosabat va operatsiyalarni amaliy tartibga solish, turli 
darajadagi ijtimoiy o‗zaro ta'sir ko‗rsatishni optimallashtirish. 
Zamonaviy jamiyatning global muammolarining paydo bo‗lishi yanda ko‗p 
miqdorda mutaxassislar guruhini jalb qilgan holda ularni yechishning yangi 
texnologiyalarini ishlab chiqishni talab qiladi. Bugun jahon tajribasi shundan 
dalolat beryaptiki, ijtimoiy texnologiyalar yordamida (axborot, ta'lim, siyosiy, 
boshqaruv) siyosiy ziddiyatlarni o‗z vaqtida bartaraf etish, ijtimoiy bosmini 
yo‗qotish, falokatlarni oldini olish, xatarli holatlarni berkitish, optimal boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish va bajarish mumkin. Ijtimoiy siyosatni shakllantirish, 
zamonaviy jamiyatni aniqlash va zamonaviy davlatni qurish faqatgina resurs va 
mablag‗lardan maksimal samarali va maqsadli foydalanib, texnologiyalashtirish 
asosida amalga oshadi. Zamonaviy inson faoliyatini texnologiyalashtirish, 
jamiyatni rivojlantirish va ishlashini ta'minlash ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy 
texnologiyalar mohiyatini aniqlash to‗g‗risida masala qo‗yiladi. Ko‗pgina rus 
mualliflari mazkur ijtimoiy hodisa mohiyatini aniqlashga turli yondashuvlarga sho‗ 
qarashlariga ega.
Ulardan biri «qo‗yilgan maqsadga erishish va ob'ekt faoliyatini o‗lchash 
natijasidagi faoliyat». Ijtimoiy texnologiyalarni boshqaruv mexanizmining 
elementi sifatida va» «mavhum fan vositalarini aniq fanga o‗tkazish qo‗yilgan 
maqsadga erishishi»
63
sifatida belgilaydi
63
Данакин Н.С. Теоретические и методологические основы разработки технологий социального управления: 
Автореф. дисс. на соискание ученой степени д-ра социол. наук. – М., 1994. 


199 
Boshqalari ijtimoiy texnologiyalarni «o‗zaro bog‗liq amallar va operatsiyalar 
tadqiqot tizimida ajratish yo‗li bilan murakkab jarayonlarni amalga oshirish 
usuli...»
64
sifatida aniqlaydi. 
Uchinchi guruh ularni «qo‗yilgan maqsadga erishish imkonini beruvchi 
ijtimoiy jarayonlarni tashkil etish usullari va vositalari to‗g‗risidagi bilimlar 
yig‗indisi» sifatida ko‗radi. V. Ivanov ijtimoiy texnologiyalar mohiyatini
innovatsion tizim sifatida belgilab, eng kam boshqaruv xarajatlarida optimal 
ijtimoiy natijalar olish, ijtimoiy tizim yashirin salohiyatini aniqlash va foydalanish 
usullari tizimi sifatida aniqlaydi. «Ular shuningdek optimal ijobiy natija olish 
yo‗lidagi ijtimoiy ta'sir ko‗rsatish operatsiyalari, amallari yig‗indisi sifatida 
ko‗rilishi mumkin. (ijtimoiy tashkilotlarni mustahkamlash, inson hayot 
sharoitlarini yaxshilash, ziddiyatlarni oldini olish.). Ijtimoiy texnologiya- 
boshqaruv mexanizmining muhim qismidir. 
Sotsiologik ensiklopediyalarda texnologiya tushunchasi olish, ishlash yoki 
qayta ishlash usul va yo‗llari yig‗indisi sifatida tushuntiriladi. Ishlab chiqarish 
jarayonlarini tavsiflash, joriy qilish bo‗yicha yo‗riqnomalar, texnologik qoidalar, 
talablar, xaritalar, grafiklar.»
65

2. Ijtimoiy texnologiyalarni ajratishning faoliyat sohasiga ko‗ra bo‗lish 
varianti keng tarqalgan: biznes sohasida, davlat boshqaruvida, uchinchi sektor 
(nodavlat 
notijorat 
tashkilotlar 
faoliyati) 
da 
foydalaniladigan 
ijtimoiy 
texnologiyalar. 
Ijtimoiy texnologiyalarni predmeti va ob'ekti, olinadigan natijalari bo‗yicha 
ajratish keng tarqalgan: yangi axborotni olish texnologiyalari, madaniy qadriyat, 
alohida maishiy xizmatlar texnologiyalari va boshqalar. 
64
Дятченко Л.Я. Социальные технологии в управлении общественными процессами. – М. – Белгород, 2003. 
65
Социологическая энциклопедия. – М.: Инфра-М, Норма. 1998. – С. 290. 


200 
Yangiligi yoki an'naviyligiga ko‗ra innovatsion va an'anaviy ijtimoiy 
texnologiyalarga ajratiladi. Ijtimoiy texnologiyalarni rivojlanish xususiyati va 
jamiyatda ishlash belgilari bo‗yicha ajratish ham foydadan holi emas.
Ijtimoiy texnologiyalarni asosiy vazifasi ijtimoiy himoya muammosi, 
muhtojlarga yordam ko‗rsatish usullari bo‗yicha ajratish ayniqsa muhim va katta 
ahamiyatga ega. Bunda mohiyati bo‗yicha ijtimoiy yordamning butun amaliyoti 
muhtojlarga yordam ko‗rsatishning turli usullarini nazarda tutuvchi ijtimoiy 
xizmatning muhim modellari bo‗yicha tabaqalashtiriladi.. 
Ijtimoiy xizmatning turli nazariyalari ta'sirida shakllangan ijtimoiy 
texnologiyalarni ajratish eng avvalo ruhiy-sotsiologik yo‗naltirilgan, shuningdek 
kompleks bo‗ladi. Ijtimoiy ish konsepsiyasini bunday guruhlashtirish turli turdagi 
ijtimoiy texnologiyalarni rivojlanishini rag‗batlantiradi.
Ijtimoiy jarayonlarni texnologiyalashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: 
• Ichki o‗zaro bog‗liq bosqichlari, fazalari, operatsiyalarini ajratish, 
bo‗lish; 
• Natijaga erishishga yo‗naltirilgan harakatlarni bosqichma-bosqich 
muvofiqlashtirish; 
• Amallar va operatsiyalarni texnologiyada o‗z ichiga olgan bir ma'noli 
bajarish. 
3. Ijtimoiy ishdagi ijtimoiy texnologiyalar darajasiga ko‗ra quyidagicha 
bo‗linadi: 
• oddiy (mutaxassis bo‗lmaganlar ham kiradigan); 
•murakkab, ma'lum sohada ishlaydigan malakaga ega mutaxassislarni talab 
qiluvchi; 
• majmuaviy, turli sohada ishlaydigan malakaga ega bir nechta 
mutaxassislarni talab qiluvchi Ijtimoiy ish sub'ektlari murakkabligini hisobga olib, 
ijtimoiy texnologiyalarni bu ko‗rsatkich bo‗yicha ham ajratish mumkin.
Ijtimoiy ishni mijoz bilan tashqi munosabati bo‗yicha turlarga ajratish: 
davlat aralashuvi, jamoat va boshqa tashkilotlar yordami, xususiy shaxslar. 
Ularning mazmuni asosan inson, guruhlarga ular o‗z muammolarini mustaqil hal 


201 
qila olishlari uchun sharoit yaratishdan iborat. (masalan nogironlar uchun 
korxonalarda ish o‗rinlari yaratish). 
Tashqi texnologiyalardan ijtimoiy texnologiyalar farqlanadi, bunda 
mijozning o‗zi faoliyatni amalga oshiradi. Bunday turdagi texnologiyalarga (o‗ziga 
va o‗zaro yordam) ijtimoiy xodim o‗zining mijozlari muammolarini hal qilishda 
foydalaniladigan usullar, harakatlarni kiritish mumkin. 
Ijtimoiy ishdagi texnologiyalarni mamlakatda yashaydigan insonlar yoki 
biror sabab bilan xorijga ketgan insonlarga ko‗rsatilishi bo‗yicha ham ajratish 
mumkin. (masalan, yaqin xorij davlatlarida yashaydigan o‗zbeklar). 
Ijtimoiy texnologiyalarni MDH mamlakatlarida foydalaniladigan, xorijda 
qo‗llaniladigan ijtimoiy texnologiyalarni chegaralash muhim bo‗lib, bu hayot 
sharoiti, iqtisodiy rivojlanish darajasi, madaniy an'analar va boshqa xususiyatga 
ko‗ra ajratiladi.
Ijtimoiy ishning umumiy texnologiyalarini quyidagi turli shakllarda ajratish 
mumkin: 
Ijtimoiy ish texnologiyasidagi ijtimoiy diagnostika. Bugungi kunda bu 
atama asosan ijtimoiy fanlar sohasida qo‗llaniladi; ijtimoiy kasalliklar yolg‗izlik, 
kambag‗allik, ochlik va boshqalar sanaladi. Tibbiy modeldan foydalanish 
natijasida texnologik yondashuv nisbatan ijtimoiy ish jarayonida ma'lum 
rivojlanish va o‗zgarishlarni kuzatiladi.
Ijtimoiy ekspertiza texnologiyasi Ijtimoiy ekspertiza mutaxassislar 
o‗tkazadigan tadqiqot bo‗lib, ijtimoiy ob'ekt holati tashxisi, u va uning atrof muhiti 
to‗g‗risidagi axborotning ishonchliligini belgilash, undagi o‗zgarishlar va boshqa 
ijtimoiy ob'ektlarga ta'sirini prognozlashtirish, shuningdek boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish va tadqiqot vazifasi qiyin sharoitda ijtimoiy loyihalashtirish uchun 
tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bu tushuncha ijtimoiy ekspertizaning to‗rtta 
vazifasiga mos keladi: 
• Tashxislash vazifasi – tadqiqot vaqtida ijtimoiy ob'ekt holatini yoritish; 


202 
• Axborot-nazorat vazifasi – ijtimoiy ob'ekt va uning tashqi muhiti 
to‗g‗risidagi axborotni tadqiq qilish, uning ishonchligini belgilash va agar 
axborotda tafovut bo‗lsa unga mos tuzatish kiritish; 
• Bashoratlash vazifasi– qisqa, o‗rat, uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy 
ob'ektning mumkin bo‗lgan holatini aniqlash va bu holatga erishish ssenariysini 
tuzish; 
• Loyihalashtirish vazifasi – ijtimoiy loyihalashtirish va boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun ijtimoiy ob'ektning ekspert tizimi bo‗yicha tavsiyalar 
ishlab chiqish. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin