208
b) axloqiy: ziyraklik, xayriya,
hurmatga sazovorlik
v) ruhiy: vazminlik, tirishqoqlik,
stressga chidamlilik.
3. Ijtimoiy xodimning majburiyatlari va huquqlari.
Ijtimoiy xodim maxsus oliy ma'lumotli mutaxassis bo‗lib. uning faoliyati
alohida shaxs. oila, guruhlarning hayot faoliyatini saqlab turishga,
shuningdek
jamoa va jamiyatda uning a'zolarining ehtiyojlariga mos keltirishga yo‗naltirilgan.
Uning mijozlariayotda qiyinchilikka uchragan shaxslar bo‗lib, ularning
muammolari ishsizlik, turar-joyning yo‗qligi, iqtisodiy qiyinchiliklar, jiddiy
kasalliklar, jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar,
saldbiy munosabat, xavfli axloq va
boshqa ijtimoiy xatarlar bo‗ladi. Ijtimoiy xodim maslahat beradi, shuningdek
ma'lum yordamni ko‗rsatadi. Maslahat berish orqali u mijozga o‗z holatini
tushunish, qaror qabul qilish va muhim resurs topishga yordam beradi. U mijozga
jamiyatdagi uning huquq va imkoniyatlari to‗g‗risida axborot beradi. Ijtimoiy
nafaqalar,
xizmatlar, yordam olishda vositachilik qiladi va ularni olishni tashkil
etadi. Ijtimoiy xodimning vazifalari shuningdek mijozga yordam qilish uchun
uning yaqinlarini jalyu qilish va ular o‗rtasida muloqtni ta'minlashdir.
Ijtimoiy xodimning vazifasiga loyihaga rahbarlik qilish, qaydni qiritish,
idoralararo axborotni almashish, ijtimoiy ishni taklif qilish va ijtimoiy nafaqalarni
rasmiylashtirish kiradi.
Ijtimoiy xodim o‗z ishida inson huquqlari va kasb etikasidan kelib chiqib ish
yuritadi. Uning maqsadi jamiyatning barcha a'zolarini ularning xususiyatidan qat'iy
nazar teng munosabatda bo‗lishni ta'minlashdir. Agar mijozning huquqi
himoyalanmagan yoki jamiyatda uning ehtiyojlari hisobga olinmagan bo‗lsa,
ijtimoiy xodim mijoz vakili sifatida harakat qiladi.
Har kuni vasiysiz qolgan bolalar.
Ishsizlar, qariyalar, muammoli oilalar
(alkogolizm, zo‗ravonlik) qiyinchiliklarini hal qiladi. Ijtimoiy xodim matkb
vazifalarini bajarishda muammoga ega bolalar xonadonlariga tashrif buyuradi,
209
yosh jinoyatchilar uchun mo‗ljallangan qamoqxona va maxsus internatlarda
bo‗ladi. Ishsizlar muammosi bilan shug‗ullanuvchi ijtimoiy xodimlar qo‗shimcha
o‗qitishni tashkil qilish va ish joylari topishga yordam beradilar.
Ijtimoiy xodimlar
66
:
Ijtimoiy muammolarni oldini olish maqsadida qonunchilikni o‗zgartirish
va ijtimoiy resurslarni qayta taqsimlash bo‗yicha
takliflar kiritadilar;
Alohida shaxs yoki oilalarga shaxsiy va ijtimoiy muammolarni hal
qilishda yordam beradilar.;
Mijozlarning ehtiyojlari to‗g‗risida axborotlarni to‗plash bilan
shug‗ullanadilar va ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradilar;
Mijoz holatini tahlil qiladilar va muammoni yechish uchun muqobil
yo‗llarni taklif qiladilar;
Sud yoki boshqa yuridik jarayonlar uchun zarur bo‗lgan materiallar va
xabarnomalar
tayyorlaydilar;
Vasiylik xizmatlarini baholaydilar, rejalashtiradilar, ishlab chiqadilar va
rivojlantiradilar;
Jismoniy va ruhiy kamchilikka ega insonlarga ularning jamiyat hayotiga
qatnashish qobiliyatini yaxshilash uchun zarur tibbiy yordam va vasiylikni
topishga yordam beradilar.
Mutaxassislarni kasbiy tayyorlash turli darajadagi ma'lumot beruvchi uch
turdagi muassasalarda amalga oshiriladi:
• Boshlang‗ich kasbiy ta'lim muassasalari (litsey, maktab va boshqalar);
• O‗rta kasbiy ta'lim (o‗quv yurti, kollej );
• Oliy kasbiy ta'lim (institut, universitet ).
Bugungi kunda oliy kasbiy ta'lim bo‗yicha davlat ta'lim
standartlari qabul
qilinib, alohida kurslarning o‗quv rejalari, o‗quv dasturlari ishlab chiqilgan. Ammo
bu kasb bo‗yicha adabiyotlar hajmi va maxsus tayyorlangan o‗qituvchi kadrlar
miqdori yetarli emas.
66
Ижтимоий ходимнинг касбий стандарти– www.kutsekoda.ee
210
Ijtimoiy xizmat mutaxassisining kasbiy bilimlari o‗z ichiga eng avvalo
qonunchilikni va ijtimoiy pedagogik faoliyat asoslarini bilish zaruriyatini oladi.
Ammo oliy kasbiy ta'lim yakuni bo‗yicha Lyaщenko A.I.
67
, fikricha bu soha
mutaxassisi quyidagi muhim shaxsiy xususiyatlarga ega bo‗lishi kerak:
E'tibor berish, boshqalarning holatini tushunish;
Xayrixoxlik, kirishimlilik;
yetakchi bo‗la olish qobiliyati;
Xushmuomalalilik, samimiylik;
Maqsadlarni boshqarish, ko‗rsatmalar berish;
Hayotni sevish;
Bag‗rikenglik, tirishqoqlik;
Javobgarlikni his qilish;
To‗liq turli shakldagi ishni bajarishga qodirlik;
Mehnat faoliyatija entuanizm, altruizm;
Mutaxassislar bilan o‗zaro munosabatlarga qodirlik;
Harakatlarni sinyaiklab o‗rganish;
Ishda tartiblilik va izchillik;
O‗z kelajagini rejalashtirishga qodirlik;
Og‗zaki tushuntirishga
qobiliyat;
Yaxshi xotira, boshqa narsalarni o‗rganish qobiliyati;
Boshqalar to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilish;
Yangi g‗oyalarni amalga oshirish, mustaqil muhokama qilish.
Dostları ilə paylaş: