Yoshlar bilan ijtimoiy ish texnologiyasi. Yoshlar bilan ijtimoiy ishning
texnologiyasi- ijtimoiy xizmat ko‗rsatish texnologik omborining qismi bo‗lib,
aholining ijtimoiy-demografik toifasining muammosi bo‗lmasdan, aynan yoshlar
bizning mamlakatning kelgusi taqdirini belgilaydi. Ijtimoiy ishning paydo bo‗lishi
birinchi navbatda yoshlar bilan ishlashda moddiy resurslarning cheklanganligi,
ijtimoiy maishiy kuchli sferaning pasayishi, pionerlik va komsomol tashkilotlari
faoliyatining tugatilishi sababli qiyinchilik tug‗dirdi, ammo ijobiy jihatlariga
e'tibor bersak bolalar va o‗smirlarning bosh vaqtlari va dam olishini tashkil qilish,
shuningdek ularning harbiy-vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyasining o‗sganini
ko‗rish mumkin. Yoshlar bilan ijtimoiy ish O‗zbekiston Respublikasida yoshlarga
oid davlat siyosati va aholiga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish tizimi orqali amalga
oshiriladi.
O‘zini tekshirish uchun savollar?
204
1. Ijtimoiy texnologiyalar deganda nima tushuniladi?
2. Ijtimoiy texnologiyalarning turlarini ayting va ularga tavsif bering .
3. Ijtimoiy ishda ijtimoiy texnologiyalarning o‗ziga xosligi nimadan iborat
?
4. Ijtimoiy ishdagi texnologiyalar turlarining ayting va ularning mazmunini
aniqlang .
5. Yoshlar
bilan ishlashning asosiy texnologiyalari. O‗zbekiston
Respublikasidagi ish tajribasi.
8-Mavzu.Ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotida kasbiy layoqatlilik
1. Ijtimoiy xodimlarning kasbiy ahamiyati
2. Ijtimoiy xodimning kasbiy vazifalari
3. Ijtimoiy xodimlarning majburiyatlari va huquqlari
1. Zamonaviy ijtimoiy ish xususiyati yuqori darajadagi professionallikni
talab qilib, bu mazkur sohaning amaliy faoliyatida mutaxassislarni kasbiy
tayyorlash vositasida shakllanadi. Ma'lum ishchining professionalligi kasbiy
shakllanishining uzoq jarayonida o‗zini namoyon qilishi natijasi bo‗lib, individual
o‗ziga xosligi va sharoitlarning o‗ziga xosligi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy soha bo‗yicha mutaxassisning kasbiy shakllanishi –bu maqsadli va
uzluksiz rivojlanuvchi jarayon bo‗lib, ijtimoiy ish sohasida amaliy. Ta'lim va
tadqiqot faoliyati bilan bog‗liq, insonda kasbiy bilimlar, ko‗nikma, malaka va
shaxsiy sifatlar, kasbga malakaviy va axloqiy tamoyillarni shakllantirishga
mo‗ljallangandir. Mazkur jarayon asosida ijtimoiy o‗zgarishlar nazariyasiga
integral uslubiy yondashuv yotadi.
Mutaxassisning kasbiy shakllanishi professionallashuv jarayonining tarkibiy
qismi bo‗lib, jamiyat va shaxs vositasida kasb to‗g‗risidagi ma'lum tushunchalar
shakllanadi.
205
Ijtimoiy ishdagi professionallashuv funksional ahamiyatga ega bo‗lgan
ixtisoslashgan mashg‗ulotlar sifatida ijtimoiy ishga xos kasbning asosiy belgilarini
bosqichma-bosqich shakllantirishni namoyon qiladi. Ular quyidagilar:
birinchidan, ijtimoiy xodimlar uchun yangi ish joylarini yaratuvchi yangi
turdagi muassasalar va ularning faoliyatini tartibga soluvchi me'yorlarni
tasdiqlashda;
ikkinchidan mazkur mutaxassislarni tayyorlashni amalga oshiruvchi o‗quv
muassasalari tarmog‗ini yaratishda;
Uchinchidan, ijtimoiy ish sohasida amaliy faoliyatni nazariy asoslovchi fan
tarmoqlarining paydo bo‗lishida.
Kasbiy tayyorlash tizimi shakllanib, assotsiatsiya, bosma nashrlar ta'sis
etilib. Axloq kodeksi yaratilgandan so‗ng jamiyatda faoliyat shakli sifatida kasb
paydo bo‗lgani to‗g‗risida gapirish mumkin.
Rossiya
jamiyatida
ijtimoiy
ishning
professionallashuvi
uning
institutsionallashuvi bilan chambarchas bog‗liq bo‗lib, G‗arbiy yevropa va AQSh
ga qaraganda qariyb yuz yildan so‗ng paydo bo‗ldi.
Moddiy yordam ko‗rsatishga yo‗naltirilgan xayriya faoliyati muhtojlarga
ixtiyoriy va beg‗araz mulk, pul, ishni ko‗rsatishda aks etadi. Insonda xayriya
faoliyatini takomillashtiruvchi asosiy motiv faqatgina diniy emas balki manaviy
asoslarga ega bo‗ladi. Qayd etish kerakki bu tashqi majburlov natijasi emas, balki
ixtiyoriy va aqliy faoliyat bo‗ladi.
Ijtimoiy ishda institutsionallashuv O‗zbekistonda tartibli xarakterga ega va
kasbning tarkibini tashkil etuvchi ham xalqaro standartlarga va o‗zining aholini
ijtimoiy himoya qilishning tarixan shaklangan turlariga asoslanadi.
2. Kasbiy lug‗atlarda ijtimoiy xizmat bo‗yicha mutaxassisning lavozim
majburiyatlariga quyidagilar kirishi ko‗rsatilgan: yordamga muhtoj insonlarni
aniqlash, muammoni hal qilishga yordam berish va ijtimoiy himoyani ta'minlash,
ijtimoiy; oilaviy tarbiyada yordam berish va voyaga yetmagan bolalari bor ayollar,
nogiron va nafaqaxo‗rlarning uy mehnati bo‗yicha mehnat shartnomalarini tuzish,
206
oila va nikoh bo‗yicha psixologik va pedagogik maslahatlar o‗tkazish, asotsial
ahloqli voyaga yetmagan bolalar bilan tarbiyalash ishlari.
Bundan tashqari mutaxassis ixtisoslashgan o‗quv-tarbiya muassasalari va
ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashuvi va
sog‗lomlashtirish bo‗yicha ishlarni tashkil etadi, oila, yoshlar, o‗smirlar va bolalar
markazlari, klub va assotsiatsiyalarni yaratish bo‗yicha faoliyatda ishtirok etadi.
Yordamni tashkil etish va amalga oshirish bilan bir qatorda mutaxassis
mijozning o‗z kuchini rivojlantirishni rag‗batlantirib, turli tashkilotlarda uning
manfaatlarini aks ettiradi, ijtimoiy muammolar mavjudligi to‗g‗risida hokimiyat
organlari va boshqarmalariga xabar beradi, ularning hal qilish uchun yordam
ko‗rsatadi.
Mutaxassisning kasbiy majburiyatlari uning ahamiyatiga asoslanib, u
ijtimoiy advokat, vositachi, ijtimoiy pedagog, maslahatchi, mijoz mobilizatori,
ijtimoiy xizmat faoliyatining tashkilotchisi, ekspert sifatida qatnashadi. Mijoz o‗z
vazifalarini ijtimoiy ish muassasalari, korxona va tashkilotlar, ta'lim, madaniyat va
tibbiyot muassasalari, uy va kichik tumanlarda ishlab bajaradi, shuningdek xususiy
amaliyot bilan shug‗ullanadi. Mutaxassis faoliyati uning kasbiy faoliyatida
professional vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan ma'lum operatsiyalar
yig‗indisini aks ettiradi. Uning faoliyati mazmuni bo‗yicha quyidagilarga
bo‗linadi:
• Vositachilik vazifasi (yordamni ta'minlash vaboshqaruv organlari, boshqa
ijtimoiy muassasalarda muammolarni hal qilishda qatnashish),
• Huquqiy himoya vazifasi (mijoz huquqini himoya qilish va unga yordam
ko‗rsatish uchun qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlardan foydalanish),
• Axborot vazifasi (ijtimoiy ishto‗g‗risida axborotlar bilan ijtimoiy
yordamga muhtojlarni ta'minlash ),
• Ruhiy. Pedagogik, ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy-maiishiy vazifa (aholining
turli toifalariga yordam zarurligini aniqlash va mos yordamni ko‗rsatish)
Texnologiyalar foydalanilishiga ko‗ra quyidagilarga bo‗linadi:
207
• Tashxislash vazifasi (ijtimoiy tashxisni qo‗yish, guruh yoki individning
muammolari mazmunini aniqlash),
• Bashoratlash vazifasi (ijtimoiy jarayonlar rivojlanishini bashorat qilish va
ijtimoiy axloqning modellarini ishlab chiqish),
• Profilaktik vazifa (salbiy ijtimoiy hodisalarning oldini olish mexanizmini
harakatga keltirish),
• Sog‗lomlashtirish vazifasi (ijtimoiy moslashtirish va sog‗lomlashtirish
bo‗yicha ishlarni tashkil qilish
•
4-jadval
Dostları ilə paylaş: |