Jamiyat salohiyati (sog‗likning ijtimoiy jihati ) – insonning ijtimoiy
sharoitlarga optimal moslashish qobiliyati, kommunikativ layoqatlilik darajasini
doimiy oshirib borish, barcha insoniyatga tegishli tuyg‗ularni yaratish.
Yaratuvchilik salohiyati (sog‗likning ijodkorlik jihati ) – insonning
cheklangan bilimlari doirasidan chiqib, hayot faoliyatida ijodkorlikni aks ettirishi,
Axloqiy salohiyat (sog‗likning axloqiy jihati ) –insonning axloqiy tabiatini
rivojlantirish qobiliyati .
222
Salomatlikning mohiyati– bu individning hayotiy qobiliyati bo‗lib, hayot
qobiliyati darajasini miqdorini belgilaydi. Bunday miqdoriy bahoning zaruriyati
mashhur jarroh akademik. N.M.Asomov tomonidan ko‗rsatilgan. Uning fikricha
sog‗lik miqdorini asosiy funksional tizim zaxira quvvati miqdori kabi aniqlanadi.
Bu zaxira quvvati zaxira koeffitsienti ham deb nomlanib, o‗zida funksiyaning
maksimal darajasining me'yoriy miqdoriga nisbatini aks ettiradi.
2.Sog‘likni belgilovchi omillar sog‗liqni mustahkamlovchi (salomatlik
omillari) va uning yomonlashtiruvchi (xatar omillari) ga bo‗linadi.
Barcha omillarning ta'sir ko‗rsatish sohasiga ko‗ra ular to‗rtta asosiy
guruhga birlashtirilgan: 1) turmush tarzi omillarifaktorы obraza jizni (umumiy
ta'sirning 50%); 2) tashqi muhit omillari (umumiy ta'sirning 20%); 3) biologik
omillar(irsiyat) (umumiy ta'sirning 20%); 4) tibbiy xizmat ko‗rsatish omillari
(umumiy ta'sirning 10%).
Sog‗liqni mustahkamlovchi turmush tarzining asosiy omillariga quyidagilar
kiradi: yomon odatlarning yo‗qligi; ratsional ovqatlanish; adekvat jismoniy
yuklamalar ; sog‗lom ruhiy muhit; o‗z sog‗ligiga e'tiborli bo‗lish; oila qurish va
farzand ko‗rishga yo‗naltirilgan jinsiy axloq .
Sog‗likni yomonlashtiradigan turmush tarzining asosiy omillari quyidagilar:
chekish, alkogol, giyohvandlik, toksikomaniya, dori vositalaridan noto‗g‗ri
foydalanish, ovqatlanishda miqdor va sifat munosabatlarining buzilishi,
gipodinamiya, giperdinamiya; stress holatlari; tibbiy faoliyatning yetishmasligi;
jinsiy kasalliklar va rejalashtirilmagan homiladorlikka olib keluvchi jinsiy axloq.
Sog‗likni belgilovchi asosiy tashqi muhit omillari: ta'lim va mehnat
sharoitlari, ishlab chiqarish omillari, moddiy-maishiy sharoit, iqlim va tabiiy
sharoit, atrof muhitning tozalik darajasi. Asosiy biologik omillar irsiyat,
organizmning yosh, jins va konstitutsional xususiyatlaridir. Tibbiy yordam omillari
aholiga tibbiy xizmat ko‗rsatish sifati bilan belgilanadi.
3. Turmush tarzi- bu inson hayot faoliyatining ma'lum shaklidir. Turmush
tarzi uning mehnat faoliyati, bo‗sh vaqtdan faoydalanish shakllari, moddiy va
manaviy ehtiyojlarni qondirish, jamiyat hayotiga qatnashish, axloq me'yor va
223
qoidalarini qamrab olgan insonning kundalik hayot xususiyatlari bilan
xarakterlanadi.
Turmush tarzini tahlil qilganda faoliyatning turli shakllari ko‗rib chiqiladi :
kasbiy, ijtimoiy, ijtimoiy-madaniy, maishiy va boshqa. Ijtimoiy, mehnat va
jismoniy faoliyat asosan o‗rganiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning katta
darajasida turmush tarzi ma'lum insonning faoliyat motivlari, uning ruhiyati
xususiyatlari, sog‗ligining holati va organizmning funksional imkoniyatlariga
bog‗liq bo‗ladi. Bu ayniqsa turli insonlarning turmush tarzi ko‗p qirrali ekanligi
bilan tushuntiriladi.
Inson turmush tarzini belgilovchi asosiy omillar quyidagilar: insonning
umumiy madaniyat darajasi, ta'lim darajasi, hayotining moddiy sharoiti, yosh va
jins xususiyatlari, inson konstitutsiyasi, sog‗lik holati, ekologik muhit, ish,
kasbining xususiyati, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiya xususiyatlari, inson
odatlari, biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari
Hayot tarzi va inson salomatligi o‗zaro aloqasi sog‗lom turmush tarzi
tushunchasi sanaladi.
Sog‗lom turmush tarzi inson salomatligi va rivojlanishi uchun eng yaxshi
sharoitlarda kasbiy, ijtimoiy va maishiy vazifalarni bajarishga xos bo‗lgan
narsalarni birlashtiradi.
Sog‗lom turmush tarzi sog‗likni mustahkamlash va rivojlantirishga
mo‗ljallangan inson faoliyatining belgilangan yo‗nalishini aks ettiradi. Bu shaklda
sog‗lom turmush tarzi uchun turli kasalliklar paydo bo‗lishini oldini olish uchun
kuchlarni birlashtirish muhimdir: ichkilikbozlik, giyohvandlik, kashandalik bilan
kurash, noto‗g‗ri ovqatlanish, ziddiyatli munosabatlar, sog‗lom turmush tarzi
shakllanishi va inson hayotining turli tomonlarini aks ettiruvchi ko‗p qirrali
tendensiyalarni ajratish va rivojlantirish muhim.
224
So‗nggi yillarda sog‗lik hayot sifati bilan yanada ko‗proq bog‗lanmoqda.
Hayot sifati deganda individning hayotiy muhim tomonlari va ehtiyojlarini
qondirish, biologik va ijtimoiy hayotda faolliga imkoni beruvchi sharoitlar
mavjudligi tushuniladi. Bu tushuncha hayot sifati tushnchasining sub'ektivligini
qayd etib, o‗z ichiga hayotning ham ijobiy ham salbiy jihatlarini oladi. Hayot
sifatining asosiy parametrlari quyidagilar:
•
Jismoniy va ruhiy harakat qilish, moddiy hayot (daromad, uy).
•
Ijtimoiy munosabatlar, manaviy hayot (kelajakka mo‗ljallangan, diniy,
individual e'tiqod)
•
Atrof muhit mustaqilligi darajasi
Hayot sifatini pasaytiruvchi turmush tarzi va sharoiti omillari bevosita
biologik va stress ta'sirni ko‗rsatadi. Stress kuchi individning o‗z taqdirini
belgilashda imkoniyatlari kamligi va cheklanganligi sharoitida katta bo‗ladi. Bu bir
qator sabablar bilan bog‗liq: yaqin insonini yo‗qotish, jismoniy yoki ruhiy
zo‗ravonlik, o‗zining yoki yaqinlarining og‗ir kasalligi, ish joyini yo‗qotish xavfi
va ishsizlik. Ishlab chiqarishdagi va oilaviy nizolar. Tabiiy va texnogen ofatlar.
Inson salomatligi uchun xavf tug‗diruvchi biologik omillarga ortiqcha tana
massasi, gipodinamiya. Noto‗g‗ri ovqatlanish, ruhiy yoki jismoniy zo‗riqishlar,
alkogol, tamaki iste'moli kiradi. Sog‗liq uchun yuqori xavf tug‗diruvchi insonlar
gurug‗iga quyidagilar kiradi:
•
Yaqin insonidan ayrilgan, oilasi buzilgan shaxs;
•
Notinch oilalarning bolalari.
•
Jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‗ravonlik qurbonlari;
•
Davriy somatik va og‗ir ruhiy kasalga chalingan insonlarning
yaqinlari ye;
•
Uysizlar, ishsizlar va qashshoqlar;
•
Yopiq turdagi muassasalardagi shaxslar (internat, qamoqxona.).
Millat sog‗ligini baholash uchun umumiy salomatlik tushnuchasidan
foydalaniladi. Umumiy salomatlik aholining sog‗lomlik darjasi, kasalliklar.
225
Ayniqsa ijtimoiy kasalliklarning tarqalganligini, o‗z joniga qasd qilishni
xarakterlaydi (yuqumli, ruhiy, alkogolizm va narkomaniya,).
Aholi salomatligi ham alohida individ, ham butun jamiyat va davlat uchun
eng katta boylik sanaladi. Davlatning millat sog‗ligiga munosabatining asosiy
ko‗rsatkichlari orasida ekologik holat, ishlab chiqarishda hayot faoliyati
xavfsizligini ta'minlash bo‗yicha xalqaro standartlarga rioya qilish, fuqarolar
sog‗ligi masalasida qonunchilikka rioya qilish, tibbiy va ijtimoiy-sog‗lomlashtirish
yordamidan foydalanish va uning sifati mavjud.
Sog‗lom turmush tarzining ilmiy asoslari valeologiyaning asosiy
qoidalaridan iborat. Valeologiya (lotincha sog‗lomlashtirish) o‗zida sog‗likni
saqlash va mustahkamlashda ilmiy bilimlar yig‗indisini aks ettiradi. Bu nisbatan
yangi ilmiy-pedagogik yo‗nalish bo‗lib, aholi ayniqsa yoshlarni sog‗lomlashtirish
zaruriyati bilan paydo bo‗ldi. Bugungi kunda valeologik bilim jismoniy madniyat
o‗quv fanlari dasturiga kiritilgan.
Valeologiyaning asosiy qoidalariga muvofiq insonning turmush tarzi uning
qanday yashashnini belgilovchi hayot usulini aks ettiradi.
Sog‗lom turmush tarzining asosiy ijtimoiy tamoyillari quyidagilar: turmush
tarzi estetik bo‗lishi kerak, turmush tarzi axloqiy bo‗lishi kerak, turmush tarzi
irodali bo‗lishi kerak.
Turmush tarzining asosiy biologik tamoyillari quyidagilar: turmush tarzi
yosh bo‗yicha bo‗lishi kerak, turmush tarzi harakatchanlikni ta'minlashi kerak,
turmush tarzi mustahkam bo‗lishi kerak, turmush tarzi uyg‗un bo‗lishi kerak.
Sog‗lom turmush tarzining ijtimoiy va biologik tamoyillari mohiyatini tahlil
qilib, ko‗rish mumkinki. Ularning ko‗pchiligiga rioya qilish insonning jismoniy
madaniyatini shakllantirish uchun shart sanaladi.
Talaba yoshlar turmush tarzi o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib. yosh
xususiyati, o‗quv faoliyatining o‗ziga xosligi, maishiy, dam olish va boshqa
omillarga bog‗liq bo‗ladi. Talabalar sog‗lom turmush tarzining asosiy elementlari
226
quyidagilar; mehnat, dam olish, ovaqtlanish, uxlash tartibini belgilash, sanitar-
gigienik talablarga javob breuvchi toza havoda bo‗lish, harakat faolligining
individual maqsadli tartibini tashkil etish yo‗li bilan jismoniy mukammalikka
erishish;shaxs sifatida rivojlnishga ta'sir ko‗rsatuvchi mazmunli bo‗sh vaqt, o‗zini
buzuvchi axloqiy hayotdan voz kechish (kashandalik, alkogol, giyog‗vandlik,
gipodinamiya), jinsiy axloq madaniyati, shaxslararo munosabat va jamaodagi
axloq, o‗zini boshqarish va o‗zini tashkil qilish. Hayotda manaviy, ruhiy
uyg‗unlikka erishish, organizmni chiniqtirish va uni tozalash.
Optimal harakat faolligi muhim ahamiyatga ega. Sog‗lik va faol harakat bu
bugungi kundagi yaqin tushunchalardir. Zamonaviy jamiyatda, ayniqsa katta
shaharlarda jismoniy madaniyatdan tashqari harakat faolligini sun'iy oshirish va
sog‗liqni mustahkamlash uchun deyarli boshqa vosita qolmadi. Jismniy mashqlar
jismoniy mehnatda, zamonaviy insonning harakat faolligidagi kamchiliklarni
to‗ldirishi kerak. Ko‗pgina odamlar jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanishga
xoxishlar yo‗q bo‗lib. ular buni vaqt yetishmasligi bilan izohlaydilar. Shu o‗rinda
quyidagi hikmatli so‗zni keltirib o‗tish zarur: «Sport bilan shug‗ullanishga qancha
kam vaqt sarflasang, davolanishga shuncha ko‗p vaqt talab etiladi».
20-asr insonlarga elektr, radio, televideniya, zamonaviy transport va boshqa
ko‗plab boyliklarni berdi. Tibbiyot insonni yuqumli kasalliklardan xalos qilib,
ko‗pgina kasalliklarni davolash uchun vosita va usullarni berdi. Shu bilan birga
joriy asr harakat faolligining kamayishi, asabiy-ruhiy va boshqa stresslarning
ko‗payishi, atrof muhitning kimyoviy ifloslanishi va boshqa salbiy hodisalarga olib
keldi. Hayotning o‗zida sezilarga o‗zgarishlar paydo bo‗ldi.
Yana bugungi kun bilan taqqoslaganda inson oldin hayoti uchun zarur
bo‗lgan barcha narsani zi tayyorlagan (yoqilg‗i, ovqat zaxiralari).). Iste'mol og‗ir
jismoniy mehnat va tabiiy kuchlar bilan kurash asosida bo‗lib, inson o‗zini tiklash
to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilgan. Bugungi kunda inson o‗z sog‗ligi to‗g‗risida doim
ham qayg‗urayotgani yo‗q. Inson o‗z sog‗lining faqat iste'molchisi bo‗lmoqda,
yaratuvchisi emas.
227
O‗zining ishlab chiqarish faoliyatida ekologik muammolar paydo bo‗lib.
inson tabiatning bir qismi ekanligini unutdi va endi bor kuchini uni saqlashga
yo‗naltiradi.
Dostları ilə paylaş: |