O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

Nazorat uchun savollar 
1.Xorijda ijtimoiy 
yordamga nazariy qarashlarning evolyusiyasini 
ko‗rsating..
2.Qanday sabablar va manbalarga ko‗ra ijtimoiy xizmat bilish tarmog‗iga 
aylandi.? 
3.Amaliy ijtimoiy ishning maqsadi va vazifalari. 
 
2-Mavzu. Falsafiy, psixologik va sotsiologik nazariyalar.
Fenomenal nazariya. 
1. Ijtimoiy ish falsafasining konseptual mazmuni. 
2. Ijtimoiyishda psixologik va sotsiologik nazariyalar. 
3. Ijtimoiy ishda fenomenal nazariyalar. 
1. Ijtimoiy ish o‗z rivojlanish nazariyasida asosiy uslubiy zaminni falsafiy, 
psixologik va sotsiologik bilimlardan oladi. Falsafa o‗zida barcha fanlar uchun 
nazariy faoliyatni qurish tamoyillari tizimini aks ettiradi. Anglash va g‗oyaviy 
asosining ijtimoiy madaniy mohiyatiga ko‗ra u yagona vazifa –shaxsning hayotiy 
o‗rni tamoyillarini izlash vazifasi bilan shug‗ullanuvchi nazariyotchilarni 
birlashtiradi. Bundan tashqari u ijtimoiy ish nazariyasining asosiy uslubi anglash 
faoliyati- mos qayta qurish uslubi, intensiv nazariylashtirish va refleksiyani taklif 
qiladi.
38

Ijtimoiy ishda nazariy faoliyat sifatida ilmiy bilishning umumfalsafiy 
tamoyillari asosida –determinizm, gnoseologie yondashuv, shaxsiy yondashuv, aks 
ettirish, bilish va faoliyatning yagonaligi, turib inson va uning atrofi va ijtimoiy 
reallik to‗g‗risida tushunchalar shakllanadi.
38
Топчий, Л.В. Пути познания природы научных методов теории социальной работы / Л.В.Топчий // 
Отечественный журнал социальной работы. –М., 2006. – №3. – С.9. 


156 
Ijtimoiy ishning metanazariy asosiga ko‗p o‗lchamli dialektik qoidalar va 
jamiyat falsafasining g‗oyalari kiradi.
39
. Ijtimoiy ishning ijtimoiy-falsafiy 
muammolar majmui doirasida individ va jamiyatning o‗zaro munosabati va o‗zaro 
ta'siri, insonning hayotiy maqsad asoslari, jamiyatdagi, madaniyat va tarixdagi 
uning o‗rni, sayyoramizning axloqiy va ekologik holati, sivilizatsiyalar 
rivojlanishining tendensiyalari va istiqbollari, zamonaviy jamiyatda insonparvar 
g‗oyalarni himoya qilish ko‗rib chiqiladi.
Bundan tashqari, falsafiy bilim ijtimoiy ishning dunyoviy konsepsiyasini 
shakllantirish imkonini berib, u insonning o‗z ishonchiga, muvofiq-kritik, refleksiv 
fikrlashiga, sezgilarning dolzarbligiga, boshqa insonlarga bo‗lgan axloqiy 
munosabatiga, o‗zini dunyoning bir qismi deb bilishiga asoslanadi. Dunyoviy 
asoslar mutaxassisning amaliy faoliyati uchun intelektual va axloqiy asos bo‗lib 
xizmat qiladi, ularni o‗zlashtirish asosida ijtimoiy xodim o‗z bilim va malakasini, 
qadri va hayotiy tajribasini, tuyg‗ulari va shaxsiy sifatlarini amalda ko‗rsata oladi. 
Ijtimoiy fanlar nazariyasida odob, san'at, madaniyat, falsafa, tarixga qiziqish 
o‗sib boradi va mazkur fanlar hamda faoliyat sohalari insoning muammolari, uning 
qadri tizimi bilan tutashadi. Ijtimoiy ish doirasida refleksiyani amalga oshirishda 
qiyinchiliklar paydo bo‗ladi: biz inson to‗g‗risidagi fanlarni birlashtirish, ma'lum 
texnologiyalar va ish uslublari sinteziga aralashamiz. Ijtimoiy ish falsafasining 
tezaurusi muammoli, maqsadli va semantik maydon, anglash, ekzistensiya va 
holatiylikning muhim yo‗nalishlarini ko‗rsatadi. Ekzistensiya – (pozdnelat. 
ex(s)istentia, ot lat. ex(s)isto – mavjud) – oddiy dalillarga ega ma'lum maishiy 
mavjudlikni anglatuvchi falsafiy atama; rus tiliga «mavjudlik deb tarjima qilinadi 
». Ekzistensial – borliqqa tegishli
40

Ijtimoiy ishning falsafiy predmeti ma'lum bir maqsadlar, hayot asoslari
axloq, insonning madaniyati, qutqarishning insonparvar strategiyasining umumiy 
tamoyillarini belgilaydi. 
39
Никитин, В.А. Социальная работа: проблемы теории и подготовки специалистов: учеб. пособие / 
В.А.Никитин. – М.: Московский психолого- социальный институт, 2002. – С. 39. 
40
Философия: Энциклопедический словарь. – М.: Гардарики. Под редакцией А.А. Ивина. 2004. 


157 
Ijtimoiy xizmat falsafasining konsptual asosiga madaniyatning universal 
tushunchalari va anglash shakllari kiradi: inson, madaniyat, sotsium, ijtimoiy 
faoliyat, erkinlik va ziddiyat, tanlov, vaqt, hayot yo‗li, o‗lim, ekzistensiya, holat, 
xatar va marginallik, sub'ekt va ob'ekt, turmush tarzi, kommunikatsiya. Tuzish 
konsepsiyasining umumiy tamoyillari- ijtimoiy siyosat va ijtimoiy faoliyat 
sifatidagi insonparvarlik, insonning ijtimoiy ekologiyasi va hayot sohasi, ijtimoiy 
xodim faoliyatining temporalizm
41
poliformizm

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin