160
chiqish shakli. U alohida yo‗nalish sifatida 20-asrda eksperimental psixologiyadan
ajralib chiqdi. Psixodiagnostika atamasini shveytsapriyalik psixolog German
Rorshaxu 1921-yilda kiritgan.
2.
Psixologik maslahat berish – shaxsiy munosabatlardagi
qiyinchiliklar bilan bog‗liq turlicha bo‗lgan psixologik muammolarni yechishga
yo‗naltirilgan insonlar bilan bevosita ishlash.; uning
mohiyati shundan iboratki,
psixolog maxsus kasbiy ilmiy bilimlardan foydalanib boshqa insonning ruhiy
vazifalarini hal qilishda sharoit yaratadi. U ruhiy yordam shakli sifatida shaxsiy
rivojlanish maqsadlariga erishish uchun ruhan sog‗lom insonga yo‗naltirilgan.
3.
Mijoz bilan psixologik o‗zaro faoliyatning texnikasi, usul va
yo‗llaridan foydalanish
45
.
Psixodrama –D. Moreno tomonidan 20-yillarda ishlab chiqilgan.Unda inson
bosh qahramon bo‗lib, uning mazmuni insonning muammolariga asoslanadi. U
o‗zt imkoniyatlarini to‗laqonli aks ettirish uchun barcha imkoniyatlarga ega
bo‗ladi.
46
.
Psixodrama – barcha qatnashchilarning hissiyotini
faollashtirishga
yo‗naltirilgan guruhli ishlash uslubidir. Odatda guruhning qaysidir a'zosida
muhokama vaqtida o‗z ehtiyojlarini qondirishda muammo paydo bo‗ladi. Bu
qatnashchi jamoadan chiqadi va bosqichma-bosqich guruh a'zolarini o‗z
spektakliga jalb qiladi. Ammo bunday variant doimo muvaffaqiyatli bo‗lmasligi
mumkin, shuning uchun Moreno boshqariluvchi psixodrama sxemasini ishlab
chiqdi.:
1) rejissor (maxsus tayyorlangan psixolog, psixoterapevt) kerakli yo‗lga
o‗yinni yo‗naltiradi ;
2) protagonist –drmadagi asosiy harakatlanuvchi shaxs, uning muammosi
o‗ynaladi. ;
45
Теория социальной работы: Учебник / Под. ред. проф. ТЗЗ Е.И. Холостовой. – М.: Юристь, 1999. – С. 100.
46
См.: Менегетти А. Музыка души. Введение в онтопсихологическую музыкотерапию. М.,1992.
161
3) yordamchi o‗yinchilar – rejissor yoki protoganist belgilab bergan istalgan
rolni o‗ynovchilar;
4)tomoshabinlar– rolsiz qolgan guruhning qolgan a'zolari;
5) ssena – psixodramatik harakatni tashkil qilish
Oilaning ijtimoiy tarixini bilish foydali bo‗lib, o‗z rivojlanishining turli
bosqichlarida tipik masalalarni hal qiladi. Bu daliliy
materiallarni tushunmasdan
ijtimoiy xodim muammoni, mijozga u qanday yuzaga kelganini bilmaydi, ularni
hal qilish yo‗llarini aniqlay olmaydi.
47
.
Mehnat sotsiologiyasi bandlik, ishsizlik, ish joylarini samarali tashkil qilish,
mehnat jamoasidagi xodimning ijtimoiy himoyasi muammolarini tadqiq qiladi.
Unday muammolarga bevosita munosabat mijoz bilan birga ijtimoiy xodim
tomonidan xal qilish imkonini beradi.
Refleksiya – o‗zini anglash faoliyati, o‗z xususiy
holatini aks ettiruvchi
ruhiy holat sanaladi. Bir vaqtda bu uslubiyot va nazariy faoliyat shakli bo‗lib,
insonning o‗zini va boshqa insonlarni tushunishga, ularning bir biri to‗g‗risidagi
o‗zaro tasavvurlarini anglashga asoslangan. Refleksiyaning xususiyati o‗z qadri va
maqsadlarini shakllantirish asosida shaxsning o‗z faoliyatini boshqarish uchun
imkoniyat berib, refleksiya holatidagi sub'ekt xususiyatini o‗rganish insonning
hayotiy yo‗li, genezisi va hayotiy kuchlarini amalga oshirishni aniqlash imkonini
beradi. Ijtimoiy xizmat g‗olatida bo‗lgan inson o‗zini anglash orqali o‗z ijodiy
salohiyatini amalga oshirish imkoniga ega bo‗ladi. O‗zini anglash o‗ziga xos bilish
jarayoni sifatida qaralib, uning ob'ekti inson, natijasi o‗zini anglash bo‗ladi. O‗zini
anglash elementlariga sho‗ini tushunish, o‗zini
tahlil qilish, o‗zini kuzatish, kirib
shaxs sifatida o‗zini ijodiy rivojlantirishning umumiy jarayonlarida birlashadi.
48
.
Insonning o‗zini anglashi, o‗zini tushunishi ijtimoiy o‗zaro munosabatlar
jarayonida shakllanib, shuning uchun refleksiya ijtimoiy ish holatida ikkita o‗zaro
bog‗liq maqsadlar bilan kuzatiladi. Birinchidan o‗zida dunyoni aks ettiradi va uni
47
Теория социальной работы: Учебник / Под. ред. проф. ТЗЗ Е.И. Холостовой. – М.: Юристь, 1999. – С. 90.
48
Григорьева, И.А. Теория и практика социальной работы: учебник / И.А.Григорьева, В.Н.Келасьев. – СПб.:
СПбГУ, 2004. – С. 28; Кононова, Л.И. Социальные и психолого-педагогические условия
развития
творческого потенциала человека в «ситуации социальной работы» / Л.И.Кононова // Отечественный
журнал социальной работы. – 2004. – №2. – С.5.
162
ifodalaydi, ikkinchidan dunyoda o‗zini aks ettiradi va ijtimoiy muammolarni hal
qiladi. Ijtimoiy sohada o‗zini anglash tizimi sifatida nafaqat shaxs, balki jamiyat
ham kirib, bunda refleksif tuzilmalar turli sub'ektlarning o‗zaro harakatini
boshqaruvchi barcha jarayonlarni aniqlaydi.
Shunday qilib, jamiyatdagi xatar
ijtimoiy o‗zini tanqid qilish sifatida refleksiv o‗zini anglash zaruriyatini yaratib,
uning ishlashi natijalarini tahlil qiladi.
Ijtimoiy ishda refleksiya faoliyat konsepsiyasi sifatida ko‗rib chiqilib,
quyidagi tarkibiy qismlarga bo‗linadi: ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish bilan
bog‗liq ijtimoiy madaniy, mutaxassis va mijoz o‗zaro munosabatini yaxshilashga
qaratilgan
kommunikativ ; guruh va shaxslarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini
tadqiq qilish bilan bog‗liq ekzistensial; amaliyotning innovatsion shakllarini
loyihalashtirishga yo‗naltirilgan intellektual; o‗zini tahlil qilish va o‗zini
rivojlantirish bilan bog‗liq shaxsiy
49
.
Fenomenologiya hayotiy dunyoni anglash usuli sifatida shaxslaaro
munosabatlar, anglash ob'ekti va sub'ekti sifatida
inson va kichik guruhlar
muammolarini aks ettiruvchi ijtimoiy xizmat modelini tuzish imkonini beradi.
Shaxs va uning kundalik faoliyati uchun insonparvar g‗oyalarning ahamiyati mijoz
ijtimoiy tanlovi uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Ijtimoiy soha xodimi uchun
harakatlantiruvchi kuch uning odobi bo‗lib, mutaxassis faoliyatidagi moslik va
uning hayotida axloqning namoyon bo‗lishi birlashadi. Ijtimoiy faoliyatdagi
timsollar ijtimoiy yordam va ko‗mak munosabatlarini paydo qiladi. Ammo
mutaxassis insonparvar g‗oyalarni A.Shyusu fikricha anglash holati va o‗z kuchi,
hayotiy tajribasidan olishi mumkin. Faqat shunday shaklda real ijtimoiy
hodisalarga insonlarni ko‗niktirish, ularning tushunchalari va harakatlarini
o‗rganish, ijtimoiy munosabatlarda o‗zaro harakatni ta'minlaydigan o‗xshash
tushunchalar orqali ijobiy o‗zgarishlar jarayoniga mijozlarni jalb qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: