176
yanada aniqroq, mazmuniy xususiyatga ega bo‗lib, ijtimoiy xizmat bevosita tor
doirada tushuntiriladi.
Ijtimoiy ishning mahalliy darajasi ma'lum ob'ektga yo‗naltirilganlikni
belgilaydi, ijtimoiy
xizmat turli ijtimoiy ish, professional ijtimoiy xodimlar va
ko‗ngillilar shaklida amalga oshiriladi..
Individual daraja – bu mijoz bilan unga saovl berish, texnik va individual
ish uslublarini qo‗llagan holda ishlashdir
.
Ma'lum ob'ektga ko‗ra ijtimoiy ish alohida individ, oila,
yoki aholining
boshqa qatlami bilan o‗tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy ish darajasini tasniflashning boshqa usullari ham mavjud.
Kasbiy faoliyat sifatidagi ijtimoiy ish tarkibida uning shakllari va uslublariga
bog‗liq holda u amalga oshiriladigan ma'lum darajalarni ajratish mumkin. Ijtimoiy
ishning teng darajali tarkibi bilan birgalikda turli tarafdan ko‗rib chiqilishi
mumkin.
Ijtimoiy ishning ko‗lami nuqtai nazaridan u bir qancha darajada amalga
oshirilishi mumkin:
makro-, mezo- va mikro darajada
53
.
Ijtimoiy ishning makro darajasiga jamiyat
va undagi insonlar holatini
ijtimoiy sohada yaxshilash bo‗yida belgilangan tadbirlar tizimi kiradi.
Bu faoliyat mamlakatning ijtimoiy siyosati, qonunlar qabul qilish bilan
ijtimoiy boshquruvi, ijtimoiy xizmat ko‗rsatish infratuzilmasini
tashkil qilish,
ijtimoiy muammolarni jamiyat va davlat miqyosida hal etish bilan bog‗liq. Bu
jamiyatda inson faoliyati uchun yetarli sharoitlarni yaratish va joriy qilishda,
ijtimoiy-siyosiy va milliy-etnik nizolarni oldini olishda,
yordamga muhtoj
insonlarni aniqlash, moliyalashtirish manbalarini o‗zlashtirishda aks etadi.
Ijtimoiy ish mezo darajada yordamga muhtoj fuqarolarga ularni yashash joyi
doirasida yordam ko‗rsatish faoliyatini o‗z ichiga oladi. (mintaqa, shahar,
qishloq.).
53
Социальная работа: учебное пособие \ Под ред. д.п.н., проф. Н.Ф.Басова. – 2-е изд. перераб. и доп. – М.:
Издательско-торговая корпорация «Дашков и К», 2011. – 364 с. С. 45-47.
177
Yordamga muhtoj insonlar guruhi bir tomondan davlatning ijtimoiy siyosati
va kam himoyalangan fuqarolarga yordam berish strategiyasini belgilaydi. Bunday
holatda yo‗nalishlarni hukumat belgilaydi. Boshqa tomondan yordam
yo‗nalishlarini ijtimoiy xizmat ko‗rsatuvchi xayriya tashkilotlari ham belgilashi
mumkin. Bu holatda faoliyat shakli yetarlicha keng bo‗lib, turli moddiy nafaqalar
taqdim qilishdan inson hayotining muhim sohalarini tashkil qilishgacha bo‗ladi.
Mikrodarajadagi ijtimoiy xizmat shaxsiy so‗rov asosida tuziladi. Bu
darajadagi ijtimoiy xizmat kasbiy faoliyat shakli
sifatida individning jamiyat,
guruh yoki boshqa individlar bilan ijtimoiy va ruhiy aloqasini tiklash va saqlashga
yo‗naltirilgan bo‗ladi. Yordam uslubi va shakllari keng bo‗lib, individual maslahat
berishdan guruh, shu jumladan oilada ishlashgacha bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: