O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

Uslubiy tamoyillar qoidalarning erkin tizimini taklif qilib (mijozga alohida 
yondashuv, yordam ko‗rsatishdagi izchillik) ijtimoiy ishning mazkur sohasida 
izchil harakat qilish imkonini berib, ma'lum ijtimoiy vaziyatlarda ob'ekt faoliyatini 
qanday yo‗naltirishni ko‗rsatadi. Bu tamoyillar mutaxassisning bilim darajasi va 
lavozim vazifalarini bajarishga kasbiy layoqatligiga urg‗u beriladi.
Ijtimoiy ishning tashkiliy tamoyillari (yengillik, majmuaviylik va 
boshqalar.) murakkab va ko‗p qirrali tashkiliy, funksional-ierarxik, aloqa va 
munosabatlarni va mutaxassisning djavobgarlik va majburiyatiga talablarni 
belgilaydi. Ular ijtimoiy ish tizimida boshqaruv ta'sirida bo‗lib, har bir mijoz 
muammosini tezkor va samarali hal qilish imkoniyatini ta'minlaydi.
Ijtimoiy ishning o‗zaro aloqador tamoyillarini mutaxasisslar tomonidan 
o‗rganish ijtimoiy muammolar tarkibi o‗rtasidagi optimal nisbatni topishga, ularni 
hal qilish natijalariga va ijtimoiy ishning insonparvar faoliyat shakli sifatida 
qonuniyligini ta'minlaydi. 
2. Uslub – maqsadga erishi yo‗lida harakatlarni o‗zgartirish va mos keluvchi 
takshirishlarni olib borish usulidir. Ijtimoiy ishga munosabati bo‗yicha ikki 
guruhdagi uslublarni keltirish mumkin: ilmiy bilim va amaliy faoliyat sifatidagi 
ijtimoiy xizmat uslublari.
Ijtimoiy ish nazariyasida usluslarni tasniflash 
yagona shaklga ega emas. Ijtimoiy ishda foydalanadigan ko‗pgina uslublar 
fanlararo bo‗lib, universal xususiyatga ega bo‗ladi. Umumiylik darajasi bo‗yicha 
uslublarni ikki guruhga bo‗lish mumkin: 
1. Umumiy (falsafiy) uslublar anglash usuli, jamiyatni o‗zgartirish, fikrlash 
(anglashning gnoseologik, dialektik usullari) ning umumiy yo‗llarini belgilaydi. 
2. Umumiy ilmiy usullar bilish va dunyoni o‗zgartirish jarayonining bir 
qator jihatlarini aniqlaydi. (analiz, sintez, induksiya, deduksiya, kuzatuv, so‗rov, 
eksperiment, analogiya, modellashtirish.) 


167 
3. Xususiy, maxsus usullar – real hayotning ma'lum sohalarini bilish va 
o‗zgartirishning maxsus usullaridir. Zamonaviy sharoitda bunday guruhdagi 
uslublarga ijtimoiy biografiya, oila biografiyasi, kompleks psixo ijtimoiy 
modellashtirish usullari kiradi. 
Amaliy ijtimoiy ishda shuningdek turli xil usullar mavjud. Masalan, faoliyat 
xususiyati iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-psixologik, tibbiy-ijtimoiy, 
ma'muriy-boshqaruv va boshqa uslublarni shakllantiradi.
50 
. Ijtimoiy ish uslublari ijtimoiy xodim faoliyati yo‗naltirilgan, shuningdek 
ijtimoiy xodim ixtisoslashgan, ijtimoiy va boshqa ish tarkibidagi maxsus 
ob'ektlarda asoslanadi. Ba'zan ijtimoiy ish uslublari yanada umumiy tushuncha- 
ijtimoiy texnologiyalar- u yoki bu vazifani hal qilish uchun fanning nazariy 
xulosalarini qo‗llash usuli, ijtimoiy sohada qo‗yilgan maqsad va vazifalarga 
erishish uchun qo‗llaniladigan harakat va ta'sir yig‗indisini o‗z ichiga oladi. 
Ijtimoiy himoya organlari tizimida ijtimoiy xizmat uslublari. Ijtimoiy 
himoya organlari faoliyati jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, 
psixologik-pedagogik uslublarga ajratiladi. Ijtimoiy xizmatning ijtimoiy-iqtisodiy 
uslublariga ijtimoiy xizmat mutaxassisi tomonidan mijozning moddiy. Ma'naviy, 
milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy talab va manfaatlariga ko‗rsatiladigan barcha 
usullar kiradi. Bunday guruhga moddiy va pul yordami, imtiyozlar belgilash, bir 
martalik afaqalar, patronaj, maishiy xizmat ko‗rsatish, ma'naviy qo‗llab-quvvatlash 
kiradi.
Tashkiliy-boshqaruv uslublari ijtimoiy ish tashkiliy tuzilmasini boshqarish 
asosida bo‗lib, me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanadi. Tashkiliy uslublar 
ijtimoiy ish boshqaruv organlaridagi turli zvenolarnining huquq va vakolatlari, 
majburiyatlar, javobgarligini mustahkamlaydi. Boshqaruv uslublari vazifalarni 
operativ aralashish, aniqlash va hal qilishni amalga oshirish imkonini beradi. Bu 
guruhdagi asosiy uslublar: reglamentlash, me'yorlashtirish va ko‗rsatma berish. 
Reglamentlash – Tashkiliy ta'sir ko‗rsatish usuli bo‗lib, ijtimoiy ish 
boshqaruv organlarida ijro etish uchun tashkiliy qoidalar, majburiyatlarni ishlab 
50
Ижтимоий хизмат асослари: Учебник./ Отв. ред. П.Д. Павленок. – М.: ИНФРА-М, 1997. 


168 
chiqish va kiritishni o‗z ichiga oladi. (buyruqlar, namunaviy qoidalar, lavozim 
yo‗riqnomalari). 
Me'yorlashtirish – ijtimoiy xodimlar faoliyatiga xizmat qiluvchi yuqori va 
quyi doiradagi normativlarni belgilash (xizmat ko‗rsatiluvchi mijozlarning 
normativi, xizmat ko‗rsatish vaqtining normativi.).
Ko‗rsatma berish– tashkiliy ta'sir ko‗rsatishning eng oson usuli bo‗lib, uning 
mohiyati vazifa, imkoniyat, qiyinchilik va mijozning noto‗g‗ri harakti oqibatlarini 
tushuntirish, ehtimoiliy xatoliklardan saqlanishni tushuntirish ( maslahat berish, 
axborot berish). 
Psixologik-pedagogik uslublar ijtimoiy-psixologik va pedagogik regulyasiya 
orqali uning ijtimoiy tuyg‗ulari va xulqiga bilvosita ta'sir ko‗rsatish bilan bog‗liq.
Bu guruhning asosiy uslubi turli shakldagi ishontirishdir. (tushuntirish, maslahat 
berish, dalillarni keltirish, tavsiya berish, ijobiy namuna). 
Mazkur tasnifda keltirilgan uslublar uni tashkil etish jarayonida ijtimoiy ish 
vazifalarini hal qilish uchun sharoit yaratishga mo‗ljallangan bo‗ladi, bunda mijoz 
o‗rni –passiv bo‗ladi. U ijtimoiy xizmat tizimi tomonidan o‗ziga ta'sir ko‗rsatishni 
sinovdan o‗tkazadi. 
Mijoz va ijtimoiy xodim o‗zaro harakati bilan bog‗liq ijtimoiy ish uslublari. 
Ijtimoiy ishning asosiy vazifalarini hal qilish mijoz bilan ijtimoiy xodim o‗zaro 
munosabati holatini tashkil etish zaruriyati bilan bevosita bog‗liq. O‗zaro 
munosabatlarni tashkil etish yo‗llari va ijtimoiy-psixologik mexanizmlar mijoz kim 
bo‗lishiga ko‗ra sezilarli ravishda farqlanadi.: individ, guruh yoki jamiyat. Shunga 
mos ravishda individual, guruhiy va jamiyatga daxldor ijtimoiy ish uslublari 
to‗g‗risida napirish mumkin. 
3.Individual ijtimoiy ish uslubi M.Richmond tomonidan taklif qilingan va 
20-asr boshidagi psixo tahlil rivojlanishi bilan chambarchas bog‗liq. Uning 
mohiyati mijoz muammosini muhokama qilish va hayotiy holatlarni to‗g‗rilashda 
mijozga tayanch berish va qo‗zg‗atishdir. Asosiy tayanch mijozni ijtimoiy 
holatlarga moslashtirishdir. Mazkur uslub ayniqsa AQSh da dolzarb bo‗lib, shaxsni 
tushunishga psixologik yondashuvlarni tanlashga asoslanadi. (Masalan, psixo 


169 
tahliliy yondashuvda asosiy urg‗u mijozning intra ruhiy o‗zgarishi tahlili va ichki 
shaxsiy muammolarini hal qilishda yordam ko‗rsatishga asoslanadi.; bixevioral 
usulda- axloqning dezadaptiv modellari va ularni to‗g‗rilashga e'tibor qaratiladi.). 
Shaxsni tushunishga psixologik yondashuvlarning turidan qatiy nazar 
quyidagi umumiy elementlarni keltirish mumkin: 
• Dastlabki aloqani belgilash (ruhiy va intellektual aloqa); 
• Muammoli holatni o‗rganish va tahlil qilish; 
• Maqsad va qo‗shma ishlar vazifalarini belgilash; 
• Individning ijtimoiy atrof yoki o‗zi bilan o‗zaro munosabat shaklini 
o‗zgartirish; 
• Qo‗shma ishlar rivojlanishi va natijalarini baholash. 
Turli individual yondashuvlar quyidagi yordam shakllarini taklif qiladi: 
suhbat, maslahat berish, mutaxassislarni jalb qilish. Mazkur uslubning 
samaradorligi uchun aynan individual yordamni ko‗rsatish zarurligini hisobga olish 
kerak, mutaxassis ruhiy-pedagogik tayyorgarlikka, yosh, shaxsiy, individual 
xususiyatlarga ega bo‗lishi kerak.
Ijtimoiy ishning individual uslubi ayniqsa istiqbolni belgilash, reallikka 
moslashish, stresslarni bartaraf etish, ko‗mmunikativ bilimlarni egallash, o‗zini 
anglash va o‗zini qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. 
Ijtimoiy ishning guruhli usullari 70-yillarda faol ishlab chiqildi. Uslublarni 
ishlab chiqish uchun muhim ahamiyat kichik guruhlardagi nazariy tadqiqot 
natijalari bo‗ldi. (Ya.Kolominskiy, R.Krichevskiy, K.Rudestam.). Quyidagi muhim 
xulosalarga kelindi: 
• Kichik guruh faqatgina eshituvchi rolidan chiqa olish xususiyatiga ega»;
• Kichik guruhda o‗z shaxsiy tajribasi, shaxsiy imkoniyatlari nuqtai 
nazaridan reallikni anglash sodir bo‗ladi.; 
• Kichik guruhda teskari aloqa mavjud bo‗lib, individ o‗zini boshqacha 
xulqi va so‗zlari bilan ta'sir ko‗rsatadi; 


170 
• Kichik guruh shaxsiy tajriba to‗plash, boshqaruv usuli va muvaffaqiyatni 
tekshirishning vositasi bo‗lishi mumkin. 
Guruhli ishlar usulining maqsadi- mijozga uning jismoniy va ruhiy kuchini 
rivojlantirish, ijtimoiy xulqini shakllantirish uchun guruhli tajribani uzatish orqali 
yordam ko‗rsatishdir. Bu maqsadlarni amalga oshirish guruh a'zolarining guruhli 
faoliyati va ijtimoiy faolligini tashkil etish hisobidan, sha'xsiy tajriba va o‗zini 
anglashni kengaytirish, samarali ijodiy faoliyat olib borish hisobidan amalga 
oshirilish mumkin. 
Guruhli ijtimoiy ish uslubini amalga oshirish guruhning maqsad va 
vazifalariga bog‗liq. Ijtimoiy ish amaliyotida turli guruhlar ajratiladi. Masalan 
ijtimoiy madaniy guruhlar toifasiga tiklash guruhlari, ta'limiy guruhlar, o‗ziga 
yordam berish guruhlari kiradi. Bundan tashqari yana terapevtik guruhlar ham 
mavjud bo‗lib, ular psixosomatik va ekzistensial muammolarni bartaraf etishga 
qaratilgan bo‗ladi.
Guruhning maqsadlariga bog‗liq holda ijtimoiy xodimning o‗rni turlicha 
bo‗ladi. Agar guruh qandaydir umumiy huquqiy va fuqaroviy maqsadlarga 
erishishga yo‗naltirilgan bo‗lsa ( masalan kichik tumandagi ochiq sport 
maydonchasi) bunda ijtimoiy xodim tashkilotchi va guruhning tashqi aloqalari 
koordinatori vazifasini bajaradi. Agar guruhning maqsadi intensiv va refleksiv 
muloqot hisobidan o‗zini anglash va individual tajribani kengaytirish bo‗lsa 
(masalan kommunikativ bilimlar treningi) bunda ijtimoiy xodim ichki guruhiy 
o‗zaro munosabatlar vositachisi bo‗ladi.
Guruhli ijtimoiy ish uslubi bugungi kunda AQSh dagi oilaviy davolash 
uslublari kabi yangi o‗ziga xos shakllarda namoyon bo‗lmoqda. 
Umumiy ijtimoiy ish uslubi ijtimoiy ish yoki ijtimoiy xodimlarning 
mahalliy, mintaqaviy va umumdavlat miqyosidagi turli jamoat guruhlari vakillari 
bilan o‗zaro munosabatlariga asoslangan. «Jamoa» (kommyuniti) – insonlar 
guruhli jamiyatining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-tarixiy tizimidir. 
Kommyuniti uning a'zolari bilan munosabatlarda bir qator vazifalarni bajaradi: 


171 
ijtimoiylashuv, o‗zaro qo‗llab-quvvatlash, boyliklarni ishlab chiqarish va 
taqsimlash, Umumiy ijtimoiy ishning ustuvor vazifalari quyidagilar:

Mahalliy jamoada ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish, insonlarning ma'lum 
guruhiga o‗zaro yordam va kooperatsiya tizimini tashkil qilish;

Aholining ijtimoiy farovonligi masalalari bilan bog‗liq turoi ijtimoiy 
dasturlar va turli tashkilotlar faoliyati rejalarini ishlab chiqish, joriy qilish va 
samaradorligini baholash. 
Bu vazifalarni amalga oshirish bosh maqsad bo‗lgan- jamiyatni 
rivojlantirishni faollashtirish va uning hayot faoliyati modellarini yaxshilashga 
yo‗naltirilgan.
Umumiy ijtimoiy ish uslublarini amalga oshirishning asosiy tamoyillari 
quyidagilar: servisning qulayligi; iste'molchilarning faol hamkorligi va servis 
yordami aktivnoe; idoralararo yondashuv; yangi g‗oyalarni qo‗llab-quvvatlash va 
rivojlantirish; byudjetning markazlashmagan nazorati; harakatchanlik. 
Umumiy ijtimoiy ishning uslublarini amalga oshirish shakllari turlicha 
bo‗lib, ayniqsa ijtimoiy ishning yevropa modelida keng ko‗rsatilgan ( Shvetsiyada 
ijtimoiy rejalashtirish, Buyuk Britaniyada turar joy assotsiatsiyalarini yaratish).
Mazkur uslubni amalga oshirish uchun ijtimoiy xodim keng turdagi 
vazifalarni bajaradi: advokat, broker, ekspert, bu o‗z navbatida keng nazariy va 
amaliy tayyorgarlikni talab etadi. Ayniqsa ijtimoiy tadqiqotlar va ijtimoiy 
psixologik ish uslublarini tashkil etish va o‗tkazishni bilish dolzarbdir. Jamiyat 
muammolarini hal qilish shifokor, huquqshunos, ruhshunos va boshqa kasb 
egalarining kompleks aralashuvini talab qiladi.
Shaxs axloqiga ta'sir qiluvchi omillarning o‗zaro aloqadorligi ijtimoiy 
ishning barcha guruhiy usullaridan foydalanishni talab qilib, ko‗pgina usullarni bir 
vaqtning o‗zida boshqasi bilan birga qo‗llashni taqozo etadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin