Lazerlar tarixi.
Lazer (ing . laser; Light Amplifi cation by Stimulated Emission of Radiation
— majburiy nurlanish yordamida yorugʻglikning kuchayishi maʼnosini
anglatadigan soʻz birikmalarining bosh harflaridan olingan), optik kvant
generator — ultrabinafsha, infraqizil va koʻzga koʻrinadigan soha diapozondagi
nurlanishlarni hosil qiluvchi qurilma; kvant elektronikadagi asosiy
qurilmalardan biri. Birinchi L. 1960 yilda yoqutda amerikalik olim T. Meyman
tomonidan yaratilgan. Ishi atom va molekulalarning majburiy nurlanishiga
asoslangan. L. har xil energiya (elektr, yorugʻlik, kimyoviy, issiklik va h.k.)ni
optik diapozondagi kogerent elektromagnit nur energiyasiga aylantirib beradi.
U 3 element — energiya manbai, aktiv muhit (modda), teskari bogʻlanishdan
iborat (agar L. kogerent nurni kuchaytirish uchun xizmat qilsa, teskari
boglanish zarur emas). L. boshqa yorugʻlik manbalardan kogerentligi,
monoxromatikligi, juda kichik burchak ostida yoʻnalganligi bilan, nur
kuvvatining katta spektral zichlikka, juda yuqori tebranish chastotasiga egaligi
bilan farqlanadi. Aktiv muhitga koʻra, L. quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1)
qattiq jism va suyuqlikdan tayyorlangan L; 2) gazli L; 3) yarimoʻtkazgichli L.
Bulardan tashqari, eksimer, kimyoviy va h.k. L. xillari ham bor. L.da teskari
bogʻlanish optik rezonator (ikki koʻzgu) yordamida amalga oshiriladi.
Koʻzgular orasiga aktiv modda joylashtiriladi. Nur toʻlqini koʻzgulardan
qaytib, yana aktiv moddadan oʻtadi, unda majburiy oʻtishlarni yuzaga keltiradi.
Koʻzgulardan biri qisman shaffof boʻlib, u cheksiz koʻp oʻtishlardan keyin
kuchaygan nurni tashqariga chiqib ketishiga xizmat qiladi.
L.ning ishlash tamoyilida atom tuzil ishi muhimdir. Moddalarni tashkil qilgan
atomlarni energetik holatlari (orbitasi) har xil. Pastki orbitada zarrasi boʻlgan
atom turgʻun, yuqori orbitada zarrasi boʻlgan atom beqaror boʻladi. Yuqori
orbitada zarra uzoq turmaydi. Maʼlum vaqt oʻtgach, zarra pastki orbitaga
5
tushib, atom oʻzidan nur chiqaradi. Yuqori energetik holatlar (orbita) dagi
oʻzoʻzidan pastga, yaʼni, energetik turgʻunroq holatga tushmasa, uni "turtib"
tushirib yuborishi mumkin. Buni fanda majburiy nurlatish deyiladi. Togʻ
ustidan pastga yumalatilgan bitta tosh bir necha toshni yumalatib tushirganidek,
moddaning bitta zarrasi turtib yuborilsa, barcha orbitalardagi zarralar
qoʻzgʻaladi. Atom chiqargan nur bilan yutilgan nur koʻshilib, ikkitasi toʻrtta,
toʻrttasi sakkizta va h.k. L. nuriga aylanadi. Bu nurlarni kvant generator (elektr
signal kuchaytirgichiga oʻxshab) kuchaytirib, gʻoyat toʻgʻri yoʻnalgan nur
(energiya)ga aylantirib beradi. Energiya manbai (oʻzgarmas tok, yuqori yoki
oʻta yuqori chastotali tok, optik yoki L. nuri, elektron nur dastasi) hisobiga aktiv
moddadagi elektronlar yuqori (uygʻotilgan) sathlarga oʻtib, inversiya holati
(elektronlar soni yuqori sath N2 da quyi sath N, dagiga nisbatan koʻp boʻladi)
vujudga keladi. Ularga biror energiya manbai bilan taʼsir ettirilsa (mas,
yorugʻlik nuri), aktiv modda ishga tushadi. Bunda elektronlarga berilgan
energiya bir necha ming marta koʻpayadi va shu onda L. nuri shaklini oladi.
Bundan tashqari, L. nurining qurilmadagi kuchaytirish koeffitsiyenti Kk unda
sodir boʻladigan energiya yoʻqotishlar koeffitsiyenti Ky dan ancha katta (KkJ.)
boʻlishi kerak. Shu shartlar bajarilganda L. nuri generatsiyasi (hosil boʻlishi)ga
erishish mumkin.
L. 2 xil ish rejimiga ega. Agar unda uzluksiz energiya manbaidan foydalanilsa,
uzluksiz ingichka nur hosil qilish mumkin. Agar manba impulyeli energiya
bersa, L. nur impulslarini beradi.
Qattiq jismlardan tayyorlangan L.da (mas, yoqutli L.da) 0,05% gacha xrom
(Sg3+) ionlari (aktivator) qoʻshilgan alyuminiy oksid (A12O3) dan
tayyorlangan kizil kristall shisha tayoqcha ishlatiladi. Bunda yoqut silindr
shaklida boʻlib, yoqut oʻqining ikki uchiga optik rezonator hosil qiluvchi
koʻzgular joylashtirilgan. Impulsli lampadan chiqayotgan yorugʻlik
6
tebrantirishni vujudga keltiradi. Lampaning yorugʻligi yoqutga tushganda,
xrom ionlari lampadan chiqayotgan radiatsiya spektrining yashil va sarik,
qismlarini yutib "uygʻongan" aktivlashgan holatga oʻtadi. Natijada nurlanishga
tayyor aktiv muhit hosil boʻladi va yoqutning oʻqi boʻylab koʻzguga tik
yoʻnalgan jala shaklida koʻpayib boruvchi yorugʻlik kvantlari paydo boʻladi.
Yoqutli L.larda generatsiyalanayotgan yorugʻlikning quvvati 20 kVt gacha
yetadi. Ularning f.i.k. 0,1% dan 10% gacha. L. nuri generatsiyasi aktivatorning
energiya sathlari orasidan oʻtishiga bogʻliq. Unda hosil boʻlgan infraqizil
nurning toʻlqin uzunligi >.=0,69 mkm. Qattiq jismli L.lardan neodim L.ida
aktiv modda vazifasini neodim (Nd3+) ionlari qoʻshilgan shisha (CaWO4)
tayoqchadan foydalaniladi. Bu L. L.=1,06 mkm li infraqizil nur chiqaradi.
Suyuq jismlardan tayyorlangan L.da aktiv modda oʻrnida "Rodamin-6J",
piranin, tripaflavin va boshqa ishlati-ladi. Boʻyoqni erituvchi sifatida spirt,
atseton, toluol va boshqalardan foydalanib, aktiv modda shisha kyuvetaga
joylash-tiriladi (2rasm). Azot L. yordamida uygʻotiladigan boʻyoq L.ning
sxematik tuzilishi koʻrsatilgan. Gazli L.da [bi-rinchi gazli L. (He-Ne)
aralashmasida amerikalik olim A. Javan tomonidan yaratilgan] aktiv muhit gaz
(yoki gaz aralashmasi)dan boʻladi. Mac, geliy-neon (Ne—Ie)li aktiv muhit
geliy va neon gazlar aralashmasidan iborat (3-rasm). Gaz aralashmasi elektr
razryadi bilan aktivlashgan holatga keladi. Bun-day L.da generatsiya Ne ning
sathlar orasidan oʻtishida sodir boʻladi. Bunda 3 ta toʻlqin uzunlikdagi nur
chiqadi: ^.=0,63 mkm (qizil nur), L2=1,15 mkm va X3=3,39 mkm (infraqizil
nurlar). Gazli L.dan (CO2+N2) da X=10,6 mkm uzunlikdagi nur chiqadi. Ionli
va kimyoviy L.lar ham gazli L. hisoblanadi. Ionli L.da aktiv muhit —
ionlashgan atomlar, kimyoviy L.da esa kimyoviy reak-siyalarda "uygʻongan"
holatga oʻtgan atomlar boʻladi (ion sathlarda ishlovchi argon L.i koʻk nur
chiqaradi). Oʻzbekiston milliy unti (OʻzMU)ning kvant radiofizika kafedrasida
7
oʻta yuqori chastota sohasiga oid tranzistorli avtogeneratorlarda ishlovchi
ixcham yengil SO2 L.i yaratilgan.
Yarimoʻtkazgichli mas, GaAs L.larda aktiv muhit yarimoʻtkazgichlardan
boʻladi. Bunday L.da muhit optik va elekt-ronlar oqimi yordamida aktiv holatga
keltiriladi. Bu turdagi L.larda lazer oʻtishlari oʻtkazuvchanlik-valent zonalari
va donorakseptor sathlari orasida boʻladi. Bular L. diodlari deyiladi.
Yarimoʻtkazgichli diod qalinligi 0,1 mm va yuzasi bir necha mm2 boʻlgan
kristall plastinkadan iborat (4-rasm). Bu diodlar orqali toʻgʻri tok oʻtkazilganda
elektronlar yuqori zona yoki sathlarga oʻtib, inversiya holati roʻy beradi.
Elektronlar quyi zona (yoki sathlar)ga oʻtganida elektron-kovaklar
rekombinatsiyasi natijasida ajralgan energiya hisobiga L. nuri generatsiyasi
kuzatiladi. GaAs L.idan chiquvchi in-fraqizil nurning toʻlqin uzunligi ^.=0,84
mkm. Yarimoʻtkazgichli L.lardan aktiv moddasi CdS (koʻk nur), CdTe (qizil,
toʻq qizil nur — qirmizi), CaSb (qizil; infraqizil nur) boʻlgan L.lar mavjud.
Yarimoʻtkazgichli L.larning tuzilishi sodda, oʻlchami kichik va ular uzoq ishlay
oladi.
L.lardagi nur quvvati qattiq jismli L., suyuq jismli L., gazli L., va
yarimoʻtkazgichli L. tartibida, f.i.k. esa yarimoʻtkazgichli L., suyuq jismli L.,
gazli L. va qattiqjismli L. tartibida kamayib boradi. Nurning ingichkali-gi (tor
burchak ostida yoʻnalgashgagi) gazli L.larda eng yaxshi, yarimoʻtkazgichli
L.larda esa eng yomon. Kurilmaning oʻlchamlari, ogʻirligi qattiq jismli L.larda
eng katta, gazli va suyuk, jismli L.larda oʻrtacha, yarimoʻtkazgichli L.larda esa
eng kichik. Turli L.lar nuri ultrabinafshadan tortib, koʻzga koʻrinadigan soha
va infraqizil diapazonlarni qamrab oladi.
L. turli sohalarda keng qoʻllaniladi. Qattiq jismli L.lar lazer spektroskopiyasida,
L. texnologiyasi (qattik, jismlarni qirqish, payvandlash, teshish) da, nochizigʻiy
8
optikada, gazli L.lar esa chastota va uzunlikni standartlashda, optik sistemalarni
sopash, marksheyder ishlarida, L.lar kimyosida, tibbiyotda; yarimoʻtkazgichli
L.lar ixcham, yengil boʻlib, optik aloqa sistemalarida, audio va video
sistemalarida, tunda koʻrish qurilmalarida, maʼlu-motni optik qayta ishlash va
proyeksion L. televideniyesida keng qoʻllanilmoqda. Kimyoviy L.lar atmosfera
tarkibini nazorat qilish sistemalarida ishlatiladi. L.lar kriminalistika, Yer
ustidagi uzok, masofalarda va suv osti optik aloqasida, nur tolali telefon aloqa
sistemalarida,
L.
kompakt-diski
yasashda,
xirurgik
operatsiyalarda,
oftalmologiyada, boshqariluvchi termoyadro sintezida va h.k. k.da ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |