O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə2/7
tarix11.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#111709
1   2   3   4   5   6   7
Tarix fakulteti

Kurs ishining maqsadi: Qashqadaryo vohasining arxeologik oʻrganilishini haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish. Qashqadaryo vohasining arxeologik oʻrganilishini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining obyekti va predmeti: Qashqadaryo vohasining arxeologik oʻrganilishini o’rganishda tarixiy manbalardan foydalanish.

Kurs ishining vazifalari:

  • Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

  • Qashqadaryo vohasining arxeologik oʻrganilish tarixini o’rganish.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda iborat


I bob Qashqadaryo vohasi qadimgi shaharlarining oʻrganilishi
1.1. Qashqadaryo vohasi turli davrlarda tarixchilar talqinida

Qashqadaryo vohasi nafaqat O’zbekiston, balki O’rta Osiyoning madaning o’choqlaridan biri hisoblanadi. Qashqadaryo vohasining qadimgi tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu vohada Yerqo’rg’on, Podayotoqtepa, Uzunqir va Sangirtepa nomli yirik arxeologik yodgorliklar majmuasi mavjud. Bu yodgorliklar mil.avv. VIII-VII asrlarda shakllangan qadimiy Qashqadaryo vohasining bizning kunlargacha yetib kelgan xarobalaridir.


Aleksandr Makedonskiyning tarixchilari Qashqadaryo vohasidagi Nautaka va Ksenippa nomi bilan atalgan viloyatlarni tilga olishgan. M.YE.Massonning fikricha Nautaka - bu Qarshi vohasida, Ksenippa esa yuqori Qashqadaryoda joylashgan. S.K.Kabanov va A.S.Sagdullayev esa M.YE.Masson fikriga qarama-qarshi fikrni bildiradilar. Kesh tarixiga nazar soladigan bo’lsak, mil.avv.
III-II asrlarda Kish (Kesh) tanazzulga uchraydi va shahar hozirgi Kitob shahridagi Qalandartepa o‘rnida qayta qad rostlaydi. Shahar bu yerda IX-X asrlargacha faoliyat ko‘rsatadi. Lekin u hozirgi Shahrisabz o‘rniga qaysi asrda ko‘chganligi masalasi uzoq yillar davomida tarix va arxeologiya fanlarida muammo bo‘lib keldi. Х asrda Keshga tashrif buyurgan arab sayyohi Ibn Xavqalning shaharga bergan ta’rificha, «Kesh «kuhandiz», «hisna» va «rabod» dan tashkil topgan. Kesh shahri 710-yilda Qutayba ibn Muslim boshchiligidagiarab askarlari tomonidan fath etilgan. Bu shaharda mashhur “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni (769-783) bo’lib o’tgan.
Qo’zg’olon rahbari Muqanna, yani Hoshim ibn Hakimning qarorgohi ham Keshdagi Som qal’asi bo’jgan. Kesh-Shahrisabzda ham namozgoh bunyod etilgan. M.YE.Masson va G.A.Pugachenkovalarning fikrlaricha, u XIX asrda faoliyat ko‘rsatgan namozgoh o‘rnida, Kitob darvozasidan (Oqsaroyni qarshisida) 0,5 km shimolda joylashgan Balandtepa atrofida bo‘lgan. Balandtepada esa zardushtiylik ibodatxonasi izlari topilgan. Janubiy Sug‘d hududida dastlabki shaharlarning paydo bo‘lishi ilk temir davriga davriga borib taqaladi.
Shundan boshlab o‘lkada shaharsozlik bosqichma-bosqich rivojlanib bordi, antik davrda yuksak darajaga ko‘tarildi. Ilk o‘rta asrlarda yirik shaharlar qatoriga yuzlab yangi-yangi shaharlar qo‘shilib bordi. A.S.Sagullayevning fikriga ko‘ra, IX-XII asrlarda Kesh ark va mustahkamlanmagan shahristondan iborat kichikroq shahar bo‘lib, uning markazi Shahrisabzning janubi-g‘arbiy chetida joylashgan Choshtepa o‘rnida bo‘lgan. Yerqo’rg’on ham mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan edi, ma'lum masofada kuzatish minoralari mavjud edi. Bu davrda shaharning 2 ta darvozasi bo‘lgan: birinchisi, shaharning shimoliysharqida—bu yerdan Zarafshon vodiysiga chiqish mumkin bo‘lgan; ikkinchisi, shaharning janubisharqida—bu darvoza Sharqiy Kashkadaryo olib boradigan yulda joylashgan. Arxeologik tadqiqotlarning ma'lumot berishicha, Yerqo’rg’on aholisi asosan ziroatchilik, hunarmandchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Shuningdek yuqorida tilgan olingan shaharlardan tashkari Marv, Balx, Kuzalikir, Kiziltepo kabi shaharlar bu davrda savdo va hunarmandchilikning muhim markazlari bo‘lgan. Bu davrda ularning hududlarida dastlabki ahamoniylar tangalari - dariklar paydo bo’ladi. Baqtriyada aholining asosiy mashg’uloti dehqonchilik bo‘lgan. Kvint Kursiy Ruf: «Baqtriya tabiati xilma-xildir: bu yerda uzum ko’p va katta hosil beradi, sersuv soylar suvsiz cho’llarni sug’oradi, eng hosildor yerlarda asosan bug’doy ekiladi, boshqalari esa chorva mollari uchun yaylovlarga aylantirilgan. Ammo yerning asosiy qismi- hosilsiz tekislikdir».Bu davrda Baqtriyada tasviriy san'atning rivojlanish darajasini aniqlash uchun Amudaryo xazinasiga kirgan buyumlarni bir bor ko’rish kifoya qiladi. Shulluktepa Qarshi rayonidagi To‘qmang‘it qishlog‘i yaqinida, Qashqadaryoning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan. Bu hududda daryoning keng maydonni egallagan yarim doira shaklidagi qayrilishi bo‘lib, mana shu qayrilish ichida Naxshab-Nasafning arki, shahristoni va rabodi joylashgan. . Shulluktepaning eng baland joyi uning ikki pog‘onali ulkan arki bo‘lib, maydoni 150x80 m va balandligi 28 m. Arkning shimoli-g‘arbiy tomonida uning keskin ko‘tarilgan qismi mavjud, u ham o‘ziga xos tepalik shaklida bo‘lib, arkning asosiy qismidan 13-14 m baland. Arkni hamma tomondan deyarli aylana shaklidagi shahriston o‘rab turadi, shahriston arkdan keng mudofaa xandaklari (rov) bilan ajratilgan. B.D.Kochnevning ma’lumotiga qaraganda, Shulluktepa shahristoni deyarli to‘rtburchak shakliga ega bo‘lib, maydoni 450x350 m (15,7 ga). Uning devorlari qoldiqlarida to‘rtta darvozaning o‘rnini kuzatish mumkin. Lekin hozirgi zamonaviy internet tizimi dasturlari orqali shahristonning uzunchoq aylana shakliga ega ekanligini kuzatish mumkin. Shahristonni barcha tomondan ulkan rabod o‘rab olgan. Rabodning ustki relyefi asrlar davomida shu atrofda yashovchi aholi pishiq g‘isht kavlash bilan shug‘ullanganligi tamoman o‘zgarib ketgan. Rabod hududi 1980 yillarning o‘rtalarida tamoman tekislab yuborilgan. Arxeologiya fanida Naxshab shahrining joylashgan o‘rni masalasiga turlicha munosabatlar bo‘lgan.
M.Y.Massonning fikricha, qadimiy Naxshab hozirgi Qarshi shahrining janubiy qismida joylashgan Qal’ayi Zohaki Moron o‘rnida bo‘lgan. B .D.Kochnevning fikriga ko‘ra esa, Naxshab hozirgi Shulluktepa o‘rnida faoliyat ko‘rsatgan. Shulluktepa arkida 1970 yillarda B.D.Kochnev tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar asosan arkning asosiy tepaligining eng janubiy qismida va arkka sharq tomondan tutashib ketgan tepalikda o‘tkazilgan. 1987 yilda M.H.Isomiddinov boshchiligidagi guruh tomonidan Shulluktepa arkining yuqori pog‘onasi bo‘lmish tepalikda qazishmalar olib borildi.
O‘rta asrlar sayyohlari va jug‘rofiy olimlarining Naxshab-Nasaf to‘g‘risidagi esdaliklarida shahar buzilgan ark-kuhandiz, madina va raboddan iborat ekanligini aytilgan. Bizning Shulluktepa arkida olib borgan tadqiqotlarimiz o‘rta asrlar yozma manbalaridagi ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanliklarini isbotlaydi. Ark o‘z faoliyatini ushbu sayyohlar tashrifidan oldinroq, eramizning VIII asri oxirlarida to‘xtatgan. Qarshi shahrining tarixiy topografiyasi Chig‘atoylar davrining boshqa bir yodgorligi, Qarshi qal’asidan o‘n yilcha keyin bunyod etilgan Zanjir Saroyga qiyoslangan holda A.A.Raimqulov va D.Sultonovalar tomonidan tadqiq qilingan. Qarshi qal’asining dastlabki me’moriy xususiyatlarini Zanjir Saroy planirovkasi misolida tasavvur qilishimiz mumkin.
Zanjir Saroy- Qozonxon Sulton tomonidan Zanjir Saroyga asos solinishi, uning bunyod etilishi tarixi juda qiziq va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chig‘atoy ulusi xonlarining siyosati va XIV asrning siyosiy voqealari bilan bog‘lanib ketadi. Qozonxon Sulton faoliyatining ahamiyatli tomoni shundaki, bu xon Ili daryosi vodiysiga olib ketilgan ulus o‘rdasini qaytadan Qashqadaryo vohasiga olib keladi va o‘rdaning yangi qarorgohi sifatida Zanjir Saroyni bunyod ettiradi.
Naxshab, Nasaf nomlari Qashqadaryoning quyi oqimidagi viloyat nomini aks ettirsalarda, bu nomlar alohida olingan shaharlar nomlarini ham namoyon etadilar. Shu bilan birga, Naxshab, Nasaf nomlari quyi Qashqadaryo vohasining markaziy shaharlarida kechgan shaharsozlik madaniyatining ikkita bosqichini o‘zida mujassam etgan va bizning kunlargacha Yerqo‘rg‘on va Shulluktepa kabi yirik arxeologik yodgorliklarni ham aks ettiradilar.
Naxshab nomi Qarshi vohasining eng yirik va qadimgi markazi nomidir. Naxshab, shu bilan birga olimlar o‘rtasida Qashqadaryo vohasidagi qadimiy shaharlar nomlari to‘g‘risida turlicha fikrlar va qarashlar mavjud bo‘lib keldi.
M.YE.Massonning fikriga ko‘ra Nautaka - bu Qarshi vohasining yunon tarixchilari tomonidan nomlangan qadimgi nomi bo‘lsa, Ksenippa esa yuqori Qashqadaryoda joylashgan va keyinchalik Kesh viloyati nomini olgan tarixiy hudud nomi. Qashqadaryo vohasida uzoq yillar arxeologik qazishmalar olib borgan boshqa bir tadqiqotchi S.K.Kabanov M.YE.Masson fikriga qarama-qarshi fikrni oldinga suradi . Shuning barobarida shaharlar va vohalar nomlari yunon va xitoy manbalari ma’lumotlari bilan ham aralashib ketdi, ular olimlar tomonidan Ksenippa, Nautaka, Nashebo, Nashebolo, Bolo va hokazo nomlar bilan ataldilar. Yaqinda Afg‘onistonning shimoliy hududlaridan topilgan qadimiy bir hujjat mana shu tortishuvlarga nuqta qo‘ydi. Bu shahar Nikshapaya (keyingi asrlarda uning nomi Nikshapa yoki Nikshap deb ozgina o‘zgargan bo‘lishi ham mumkin .) nomining sal o‘zgargan formasi nomi bilan Naxshab, arablar istilosidan keyin esa Nasaf deb yuritilgan. Lekin Naxshab nomi ham Nasaf nomi bilan bir necha asr davomida birga ishlatilib kelingan.
Qashqadaryo vohasining har bir tarixiy hududi haqida qancha gapirsak ham kam, shunday ekan fikrimizni shu yerda yakunlab qolamiz


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin