2.2 Qashqadaryo vohasining arxealogik yodgorliklari Uzunqir manzilgohning mudofa devorini o’rganish davrida qo’lga kiritilgan topilmalar janubiy So’g’dning ilk temir davri mudofaa me’morchiligiga doir yangi ma’lumotlar berdi.Uzunqirni maydoni 70 gektarga teng bo’lib mil.avv.VIII-VII asrlarga ta’luqligini aniqlangan.
Uzunqirdagi g’arbiy, sharqiy va janubiy mudofaa devorlari qoldiqlarining qalinligi 20 metr bo’lgan. Sho’robsoyda topilgan sun’iy xandaq o’rab olgan bo’lib, shimoliy tomon uchun bunday xandaq vazifasini Sho’robsoyning o’zi bajargan. Uchta joyda darvozalar o’rni aniqlanmagan.
Tadqiqotlar davomida Sangirtepa manzilgohidan mil.avv. IX.VII asrlarga od odam sklet suyagining qoldiqlari ham topilgan. Tadqiqotlar Sangirtepaning balandligini 8 m va o’lchamlari 85x65 m bo’lgan to’rtburchak shaklidagi markaziy tepalikda amalga oshirildi. Sangirtepa janubiy va g’arbiy tomonlaridan mudofaa devorlari bilan o’ralib, uning umumiy maydoni 3 gektardan iborat bo’lgan. Sangirtepa markaziy tepaligining shimoliy-g’arbiy qismida amalga oshirilgan shurf bu yerda madaniy qatlamning qalinligi 6.85 metrga teng bo’lganligini ko’rsatadi.Strategrafiya markaziy tepaning ushbu qismida hayot murakkab kechganligi va to’rtta qurilish davri mavjudligini ko’rsatadi. Tepalikka chiqish joyida uning g’arbiy va shimoli-g’arbiy tomonlarida amalga oshirilgan shurf ishlari natijasida biror bir yangi malumot qo’lga kiritilmagan, lekin ularning natijasida yodgorliklarning ushbu qismida yashash joylari bo’lganligi, gumus va kul qatlamlar esa ushbu joydan mol saqlash uchun qo’ra sifatida foydalanganligini ko’rsatadi. Sangirtepadagi arxeologik-strategrafik tadqiqotlar natijasida manzilgohning shakllanish tarixi, uning o’zlashtirilishi va tashlandiq holga kelish bosqichlari aniqlandi.
Sangirtepaning ilk shakllanish davri mil.avv. IX.VIII asrlarga oid. Ushbu
Davrdabu yerda mustahkam paxsa devor bilan o’ralgan yirik inshoat qad ko’targan.Birinchisi eng dastlabki davr uchun tashqi paxsa devorining mavjudligi xos bo’lib, yodgorlikning butun hayoti davomida saqlanib qolgan ushbu devor mudofamaqsadlarida xizmat qilganligini taxmin qilish mumkin.
Manzilgohning o’zlashtirilgan qismini mustahkamlash ehtiyoji paydo bo’ladi, natijada qarib 3 gektarga teng hudud devor to’siq bilan o’raladi. Sangirtepa mustahkam va qalin devorlar bilan o’ralib, mahalliy hukumdor qarorgohiga aylanadi. Arexologik ma’lumotlarning dalolat berishicha mil.avv IVIII asrlarga kelib Sangirtepada hayot to’xtaydiki, tashlandiq va tushkunlik holatlari ham buni ta’sdiqlaydi. Bu turdagi yodgorliklar ilk temir davrida Marg’iyona, Baqtriya va So’g’diyonada keng tarqalgan ko’p xollarda ular uncha katta bo’lmagan hududlari egallagan, lekin ularning mudofa devorlari bilan o’ralganligi kuzatiladi bu belgi harbiy strategik ahamyatini bildiradi. Xuddi shunday belgilar Sangirtepada ham xos bo’lib, uni ham yirik shahar qo’rg’oni bo’lgan yodgorliklar toifasiga kiritish mumkin. A.Sagdullayev va N.I.Krasheninnikovalarning fikriga ko’ra o’z davrida Uzunqir va umuman viloyatning nomi Nautaka deb atalgan.
Xulosa Yuqoridagi fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, Qashqadaryo vohasi dunyo madaniyati taraqqiyotining otin belbog‘i bo‘lmish Buyuk Ipak Yo‘lining eng muhim nuqtalaridan birida joylashgan. Bu serfayz zamin o‘zining beqiyos moddiy va ma’naviy ne’matlari bilan mashhurdir.
Qudratli davlat, buyuk iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar haqiqiy ma’naviyat zaminida vujudga keladi. Tarixiy, madaniy-ma’naviy qadriyatlar boy merosimizni o‘zlashtirish asosida mustaqillik mafkurasining shakllanish jarayoni ham aniq ko‘zga tashlanib bormoqda.
Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov aytganlaridek: “Bugun yangi o‘zbek davlati barpo etar ekanmiz, biz tarixdan, ajdodlar merosidan, ularning ruhi pokidan, Turkiston xalqlarining qadriyatlaridan, ma’naviy merosidan bahramand bo‘lishimiz tabiiydir”. Yuqoridagi fikrdan ham ko‘rinib turibdiki, Vatanimiz tarixi, uning hududidagi qadimiy shaharlari tarixini bilmay turib Vatanimiz tarixini, o‘zbek davlatchilik tarixini yaratib bo‘lmaydi. Bu borada Vatanimizda bir qator ishlar olib borilmoqdaki, biz bu ishlarni keng ko‘lamda olib borilayotgan arxeologik ishlar asosida ham ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida keltirib o‘tganimizdek Nautaka – Naxshab hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari fikrimiz dalilidir.
Bu hududlarda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlarining natijasini quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin:
Qashqadaryo vohasi antik davri madaniyatining tadrijiy taraqqiyotida muhim ma’muriy iqtisodiy, siyosiy-madaniy markaz bo‘lib kelgan. Uning tarixiy ildizlari ilk temir asriga – mil.avv. VIII – VII asrlarga tutash bo‘lib, Uzunqir, Podayotoqtepa, Sangirtepa, Yerkurg‘on shaharlari kengroq o‘rganilib, O‘zbekistonning janubiy viloyati bo‘lgan Qashqadaryo vohasi tarixi kengroq yoritildi.
Antik davrda Qashqadaryo hududidagi tipologik umumiy qonuniyatlar asosida o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga kirgan. Bu tadqiqotchilar tomonidan moddiy va yozma manbalar asosida o‘rganilib, tarix sahifalariga kiritildi.
Qadimgi va o‘rta asrlar taraqqiyot bosqichlari davomida Kesh o‘z bag‘rida Sharq shaharsozlik va ijtimoiy shaharchilik alomatlarining barcha xos xususiyatlarini o‘zida mujassam etdi. Bu hol ayniqsa, qadimgi shaharlarda ilk shahar tuzilishi, o‘rta asrlar davridagi shaharsozlik hususiyatlarida o‘z aksini topdi. Olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida bu hududda ilk shahar ko‘rinishidagi manzilgohlarning paydo bo‘lishi va antik davrida rivojlanishi Yerqurg‘on, Sangirtepa, Uzunqir, hozirgi Kitob shahri o‘rnidagi Qalandartepa misolida ko‘rib chiqildi.
Manbalarni o‘rganish asosida ilk temir davrida Kesh Uzunqir manzilgohi, antik davrda hozirgi Kitob shahri o‘rnidagi Qalandartepa manzilgohi o‘rniga to‘g‘ri kelsa, Naxshayu voxasida bu Yerqo‘rg‘on arxeologik yodogorligiga to‘ri keladi.
Qashqadaryo vohasining yuqorida ko‘rsatilgan arxeologik yodgorliklari ma’muriy-iqtisodiy hamda siyosiy markazi sifatida mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmidan boshlangan urbanistik jarayonning yakuniy bosqichi sifatida bugun ham rivoj topmoqda.
Qadimgi Qashqadaryoning tarixiy, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hayotini o‘rganishda olib borilgan tadqiqot ishlari asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Qashqadaryo hududidan topilgan ashyoviy manbalar O‘zbekistonning qadimgi davri madaniyati, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, savdo-sotiq munosabatlari ishlabchiqaruvchi xo‘jalik shakllari, davlatchlik va davlatchilik hususiyatlarini
yoritishdagi asosiy manbalardan hisoblanadi.