O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Fakultet: Amaliy matematika
Kafedra: Kampyuter ilmlari va dasturlashtirish
O‘quv yili: 2023-2025
|
Magistratura talabasi: D.Gulmurodova
Ilmiy rahbar: S.X. Alibayev
Mutaxassisligi: 70610101 – Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish texnologiyalari
yo’nalishi bo’yicha
|
“WEB ILOVALARDA FOYDALANUVCHILARNI KO‘P FAKTORLI AUTHENTIFIKATSIYALASH DASTURIY VOSITASINI ISHLAB CHIQISH”
MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI
ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi. : Axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimini yanada takomillashtirish. Bunda: kiberxavfsizlikning Yagona tarmog‘ining texnik infratuzilmasini kengaytirish; “Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki” faoliyatini yanada jadallashtirish; IT-parkning hududlardagi raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari negizida yoshlarni kiberxavfsizlik asoslari bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlash, hamda har yili talaba va o‘quvchilar orasida kiberhujumlar aniqlash bo‘yicha respublika miqyosida konkurslar o‘tkazish nazarda tutiladi va shu bilan bir qatorda ko‘plab ustuvor yo‘nalishlar, maqsadlar va vazifalar belgilab o‘tilgan.
Bugungi kunda Web ilovalarda foydalanuvchilarni ko‘p faktorli autentifikatsiyalash jarayonlari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hujum xavf ehtimolini kamaytirish yoki to‘liq bartaraf etish imkonini beruvchi ko‘p faktorli autentifikatsiyalash dasturiy vositalarini ishlab chiqish har bit autentifikatsiyalsh usulini o‘z o‘rnida ishlata olish va amalga tatbiq etish juda muhim hisoblanadi, bunda amaliy vazifalarni bajarishda hir bir autentifikatsiyalsh usulini to‘g‘ri tanlay olish hamda ushbu usullar asosida xavflarni bartaraf etish choralarini ko‘rish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Dissertatsiya mavzusi qisqacha maqsadi va vazifalari.
Dissertatsiyaning maqsadi – web ilovalarda foydalanuvchilarni ko‘p faktorli authentifikatsiyalash dasturiy vositasini ishlab chiqish
Dissertatsiyaning vazifalari:
Ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish uchun bitiruv ishini bajarishda quyidagi vazifalar qo‘yildi:
Web ilovalarda foydalanuvchilarni himoyalash algoritmlarini tahlil qilish;
Web ilovalarda foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash usullarini tahlil qilish;
Autentifikatsiyalashda shifrlash usullarining qo‘llanishini o’rganish;
Parolga asoslangan authentifikatsiya usullarini tahlil qilish;
Tokenga asoslangan authentifikatsiya usullarini tahlil qilish;
Biometrik authentifikatsiya usullarini tahlil qilish;
Foydalanuvchilarni uch faktorli autentifikatsiyalash asosida ishlaydigan dasturiy vositani ishlab chiqish.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti:
Axborot tizimlari xavfsizligini ta`minlashda ko`p faktorli zamonaviy kriptografik ko`p faktorli authentifikatsiya tizimini yaratish
Tadqiqotning natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi: Hozirgi kunda dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi ko‘plab qulayliklar bilan bir qatorda yangi muammolarni o‘rtaga qo‘ymoqda. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida va telekommunikatsiya tizimlarida aylanayotgan axborotlar hamda ularning xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlarning soni bugunga kelib keskin darajada oshib ketdi. Ushbu muammoli xolatlar hozirda nafaqat Respublikamizda balki butun dunyoda axborot texnologiyalari sohasining texnik va dasturiy majmualari kirib borgan xar bir tashkilot va korxonaning asosiy bo‘ginlaridan biriga aylangan.
Respublikamizda Akt sohasida mavjud muammoli vaziyatlarni tartibga solish hamda ularni muvofiqlashtirish maqsadida 2022 yil 15-aprelda O‘RQ-764-sonli O‘zbekston Respublikasining qonuni tasdiqlandi. Bunining asosiy tashkil etuvchiklari sifatida kiberxavfsizlik hodisalarining oldini olishga, kiberhujumlarni aniqlashga va ulardan himoya qilishga, kiberhujumlarning oqibatlarini bartaraf etishga, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot tizimlari hamda resurslari faoliyatining barqarorligini va ishonchliligini tiklashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, muhandislik-texnik chora-tadbirlar, shuningdek ma’lumotlarni kriptografik va texnik jihatdan himoya qilish chora-tadbirlari majmuini olishimiz mumkin.
Ish tuzilishi va tarkibi: magistrlik dissertatsiya ishi kirish, 3 bob, 6 bo‘lim, har bir bob bo‘yicha xulosalar, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Ilmiy rahbar: S.X. Alibayev
Magistrant: D. Gulmurodova
Dostları ilə paylaş: |