Mehnat sohasidagi ietimoiy himoya. Mehnat sohasidagi xodimlarning
ijtimoiy himoya tizimi o‗z ichiga quyidagi tarkibiy qism va segmentlarni oladi:
•
mehnat va fuqarolik huquqining qonunchilik me'yorlari, xodimni
ishga qabul qilish va bo‗shatish, ish vaqti va dam olish tartibi, mehnatga haq
to‗lash, ayollar va bolalar mehnatini himoya qilishning umumiy tartibi va
xususiyatini belgilaydi.;
•
ijtimoiy himoya mexanizmi, bu o‗z ichiga iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy,
tashkiliy tizimlarni, xodimlarni ijtimoiy hiomya qilish vazifalari va shakllarini
ta'minlashni,
shuningdek
ish
beruvchi
va
xodimlar
manfaatlarini
muvofqilashiruvchi vositalar- jamoa va mehnat shartnomalari, kelishuvlarni oladi.
•
yuridik maqom va iqtisodiy imkoniyatlar (masalan alohida xatarlardan
sug‗urtalash) ga ega aniq maqsad va vazifalarni belgilagan ijtimoiy yordam
institutlari
Jahon tajribasining tahlili ijtimoiy yordamning to‘rtta asosiy institutini ajratish imkonini beradi: •
Mehnat qobiliyati, ish doyi, daromad manbasi, o‗zini moddiy ta'minlash
imkoniyati yo‗q shaxslarga ijtimoiy yordam;
•
Majburiy ijtimoiy sug‗urtalash shaklida amalga oshiriladigan davlat
ijtimoiy va pensi ta'minoti ijtimoiy faol aholini mehnat qobiliyati yoki ish joyini
yo‗qotishi, pensiya yoshiga yetishi natijasidagi daromadining yo‗qotilishidan
himoya qiladi.;
•
Uzoq muddatli jamoa kelishuvlari doirasida alohida tarmoq va
kompaniyada amalga oshiriladigan ixtiyoriy qo‗shimcha sug‗urtalash.
70
•
Fuqarolarni ixtiyoriy shaxsiy sug‗urtalash shartnoma asosida tashkil
qilinib, uning doirasi va vaqti, sug‗urta xatarlarining turlari, sug‗urtalangan
shaxsning moliyaviy imkoniyatlari belgilanadi.