O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

O‘ziga xizmat 
qilishga imkoniyati mavjud bo‗lmagan yoki qiyinchilikka 
egaligi sababli doimiy parvarishni talab qiluvchi nogiron, kasal fuqarolarga 
ijtimoiy xizmat ko‗rsatish quyidagi shaklda amalga oshiriladi: 

Bepul-tibbiy ijtimoiy yordam ko‗rsatish, shu jumladan, profilaktik, 
davolash-tashxislash, sog‗lomlashtirish, sanatoriya-kurort va boshqa turdagi 
yordam.; 

Ixtisoslashatirilgan ijtimoiy himoya tashkilotlarida doimiy yoki 
vaqtinchalik bepul qarash; 


66 

Yolg‗iz keksalarga uyda ijtimoiy-maishiy xizmat ko‗rsatish; 

Tibbiy ko‗rsatmalardan kelib chiqib, protez-ortopediya buyumlari, 
harakat va sog‗lomlashtirish vositalari bilan nogironlarni bepul ta'minlash; 

Aholining 
alohida 
toifalarini 
sanatori-kurort 
muassasalarida, 
profilaktoriya va dam olish uylarida bepul yoki qisman pul to‗lash orqali 
sog‗lomlashtirishni tashkil qilish. 
Ijtimoiy yordam 
fuqaro va oillarga mustaqil ob'ektiv imkoniyat bo‗lmagan 
sharoitda xususiy mablag‗lar, mulk yoki moddiy resurslar hisobidan aholining 
belgilangan ijtimoiy farovonlik minimumi darajasida o‗z ehtiyojlarini 
ta'minlaydilar. 
Ijtimoiy yordam quyidagi shakllarda taqdim qilinadi: 

Voyaga yetmagan bolalar mavjud kam ta'minlangan oilalarga har oylik 
pul nafaqasi va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, shuningdek 
Mehribonlik bolalar uylari hamda oila turidagi bolalar uylari bitiruvchilariga bir 
martalik nafaqalar; 

Ishlamaydigan onalarga(yoki uning o‗rnini bosuvchi shaxsga) bola ikki 
yoshga yetguncha uni parvarishlash bo‗yicha har oylik nafaqalar; 

Kam ta'minlangan va ko‗p bolali oila farzandlarini qishki kiyim-bosh
darsliklar va o‗quv anjomlari bilan ta'minlash; 

Belgilangan me'yorlarga muvofiq doimiy parvarishga muhtoj yolg‗iz 
keksalarni oziq ovqat mahsulotlari va dori vositalari (ehtiyojga ko‗ra) bilan 
ta'minlash; 

Yosh bo‗yicha yoki nogironlik bo‗yicha pensiya tayinlash uchun zarur 
ish stajiga ega bo‗lmagan yolg‗iz keksalarga har oylik nafaqalar, shuningdek 
bolalikdan nogironlarga ular 18 yoshga to‗lguncha nafaqalar; 

Ishsizlik bo‗yicha har oylik nafaqalar va ularning oilalariga bir martalik 
moddiy yordam; 

Shaxsiy yordamchi xo‗jalikni yuritish uchun kam ta'minlangan va ko‗p 
bolali oilalarga yirik shoxli qoramol berish. 


67 
Ijtimoiy yordam aholining alohida toifalariga beg‗araz tarzda tovarlar (mulk) 
berish yoki bepul xizmatlar ko‗rsatish shaklida agar ular jismoniy imkoniyati 
cheklanganligi yoki daromadlari yetarli emasligi natijasida ularni olishga ob'ektiv 
imkoniyati mavjud bo‗lmasa taqdim etiladi. Ijtimoiy yordam miqdori, mezonlari 
va muddati qonunchilik bilan belgilanadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin