O‘zini tekshirish uchun savollar
1.
Ijtimoiy ishda professionalizm konsepsiyasi.
2.
Mijoz bilan ijtimoiy xodimning muloqot ko‗nikmalari.
3.
Ijtimoiy xodimlarning kasbiy sifatlari.
4.
AQSh va G‗arbiy yevropada ijtimoiy xodimlarni o‗qitish tizimi.
56
5.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ijtimoiy ish (Esse)
5-Mavzu. Zamonaviy dunyoda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
modellari
1- .Aholini ijtimoiy muhofaza qilish: tushunchasi, maqsadi va vazifalari.
Ijtimoiy himoya modellari.
2. AQSh va G‗arbiy yevropa mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya
qilish tizimining paydo bo‗lish xususiyatlari.
3. Xalqaro tajribadagi ijtimoiy himoya institutlari
4. O‗zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining evolyusiyasi va
xususiyatlari
Ijtimoiy himoya insonning hayotiy ta'minoti va faoliyatini saqlab turish,
kafolatlangan minimal yetarli hayot sharoitini ta'minlash bo‗yicha jamiyat va uning
turli tuzilmalari amalga oshiruvchi tadbirlar tizimidir.
Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta'minot tushunchalari o‗xshash bo‗lib, ammo
bir narsa emas. Ijtimoiy himoya ilmiy tushuncha sifatida foydalanilganda o‗z
ichiga tarkibiy qism sifatida ijtimoiy ta'minotni oladi, bundan tashqari mehant
muhofazasi, sog‗lik va atrof-muhit, minimal ish haqi va insonning hayot faoliyatini
me'yoriy sharoitlarini ta'minlovchi kafolatlarni ham qamrab oladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga
oshirish institutlaridan biri bo‗lib, maqsadi ijtimoiy barqarorlik va jamiyatning
barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashdan iboratdir. Bu maqsadlarga erishish
uchun ijtimoiy xatarlardan mehnatga qobiliyatli aholini himoya qilishning samarali
mexanizmi zarur. Ijtimoiy xatarlar quyidagilar: kasallik. Nogironlik, boquvchisini
yo‗qotish, ishsizlik, shikastlanish, ishsizlik, migratsiya, turar joyni yo‗qotish,
qarilik, kambag‗allik va inson hayoti davomida duch keladigan boshqa holatlar.
Bugungi kunda aholini ijtimoiy himoya qilish deganda, yordamga muhtoj
fuqarolar to‗g‗risida davlat, jamiyat g‗amxo‗rligi tushunilib, ular yoshi,
57
sog‗ligining holati, ijtimoiy ahvoli, moddiy boyliklar bilan yetarlicha
ta'minlanmaganligida namoyon bo‗ladi. Ijtimoiy yordam (ijtimoiy himoya, ijtimoiy
ta'minot) pensiya, nafaqa, moddiy yordam berish, kasal va keksalarga xizmat
ko‗rsatish, bolalar haqida g‗amxo‗rlik qilishda namoyon bo‗ladi. Mehnatga
layoqatsizlarning moddiy yordamining kafolatlangan tizimi turli ijtimoiy qatlam va
aholi guruhlarining ijtimoiy sug‗urtasi deb nomlanadi
11
.
Ijtimoiy himoya tizimi quyidagilarni kafolatlashi kerak::
•
Insonning munosib ijtimoiy ta'minoti, uning obro‗ va e'tiborini hurmat
qilish;
•
Ijtimoiy bo‗shliqni maksimal to‗liq qamrab olish,;
•
Barcha ijtimoiy tizim doirasida xizmatlar, to‗lov va imtiyozlarni teng va
mos ravishda taqsimlash;
•
Ijtimoiy himoya muassasalarining ishlash samaradorligi.
Ijtimoiy himoya ob'ekti- axolining barcha guruhlaridir. Ammo bunda muhim
yo‗nalishlar quyidagi qatlamlarda bo‗ladi: kam daromadli oilalar, nogironlar,
keksalar, yetim bolalar, yolg‗iz yoki ko‗p bolali oilalar, ekologik yomon holatda
yashovchilar.
Jahon amaliyotida aholini ijtimoiy himoya qilish ikki avtiv va passiv ijtimoiy
himoyaga bo‗linadi. Faol ijtimoiy himoya jamiyatning mehnatga qobiliyatli
a'zolariga mo‗ljallangan va birinchi navbatda mehnat bozorida faol hamda ijtimoiy
sug‗urtalashda qatnashuvchi odamlarning himoyasi uchun sharoitlarni yaratishni
nazarda tutadi. Passiv ijtimoiy himoya mehnatga qobiliyatsiz va aholining ijtimoiy
zaif qatlamiga yo‗naltirilgan bo‗lib, bunda bevosita moddiy qo‗llab-quvvatlashda
aks etadi.
Shu sababli ijtimoiy himoya mohiyatini tushunishda ikkita asosiy yondashuv
mavjud:
•
Ijtimoiy himoya – bu yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga o‗tuvchi
fuqarolar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy ta'minotidir.:
11
Архипов А.и др... Иқтисодий луғут. 2-нашр. – М.: Проспект. 2015
.
58
•
Aholining ijtimoiy himoyasi –bu manzilli xususiyatga ega aholining
ma'lum qatlamiga ko‗rsatiluvchi ijtimoiy to‗lovlar, moddiy yordam va ijtimoiy
ishdir.
Xalqaro mehnat tashkilot (XMT) ijtimoiy himoyaga ijtimoiy sug‗urtalash va
ijtimoiy yordamni kiritadi. XMT konvensiyalarida aholini ijtimoiy himoya
qilishning asosiy tamoyillari shakllantirilgan bo‗lib, unda qo‗llaniladigan ijtimoiy
himoyaning turli shakllarining minimal darajasi va aholi toifalari ko‗rsatilgan.
Ijtimoiy himoyaning milliy tizimi XMT konvensiyalari asosida, ma'lum bir
mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish xususiyatlarini hisobga
olgan holda shakllantiriladi.
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va professional ijtimoiy xizmat o‗zaro
bog‗liq va aloqadordir. Ijtimoiy xizmat professional faoliyat shakli sifatida zarur
qonuniy va me'yoriy asos, rivojlangan infratuzilma, kadrlar tayyorlash, umuman
olganda ijtimoiy institut sifatida ijtimoiy himoyaga tegishli vositalar mavjudligini
ko‗rsatadi. Ijtimoiy himoya tizimi mikro darajada ijtimoiy ish uchun tashkiliy-
huquqiy maydon bo‗ladi. O‗z navbatida ijtimoiy ish mablag‗lari yordamida
ijtimoiy himoya amalga oshadi. Tayyorlangan mutaxassislarning ijtimoiy ishga
kirishi ijtimoiy himoya bo‗yicha tadbirlar samaradorligini oshiradi.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda aholini ijtimoiy
himoya qilishning turli xil tashkiliy-huquqiy shakllaridan foydalaniladi. Yuqorida
ko‗rsatilganlardan bugungi kunda muhimlari o‗z ichiga turli to‗lov va xizmatlarni
olgan ijtimoiy sug‗urtalash va ijtimoiy yordamdir. Turli mamlakatlarda bu
ko‗rsatilgan shakllar tarixiy sharoitlarga bog‗liq bo‗lib, shuning uchun vazifaning
bir xilligiga qaramasdan yondashuv va uslublarda farqlar mavjud.
Ijtimoiy himoya shakllari quyidagilarga bo‗linadi:
Dostları ilə paylaş: |