51
Kodeksning
uchinchi
qismi
ijtimoiy
xodimning
jamoa
oldidagi
majburiyatlariga bag‗ishlangan. Unda boshqa hamkasblar bilan paydo bo‗ladigan
masalalar ko‗tarilgan. Bu qismda hamkorlik, jamoaga hurmat, shaxsiy xulosa
chiqarish uchun jamoadan foydalanish,
ziddiyatlarni bartaraf etish, kuzatish va
jamoani baholash, jamoa mijozlariga xizmatlarni vaqtinchalik taqdim etish
ko‗rsatiladi.
To‗rtinchi qism ijtimoiy xodimlarning ish beruvchi shaxslar va tashkilotlar
oldidagi etik javobgarligiga bag‗ishlangan. Unda mos ijtimoiy ish agentliklari
oldidagi o‗z majburiyatlarini bajarishga tegishli bo‗lib, muassasa manfaatlariga
rioya qilish, uning samaradorligini oshirish, resusrlardan oqilona foydalanish bilan
bog‗liq amallarga tegishli bo‗ladi.
Kodeksning beshinchi qismi ijtimoiy xodimlarning o‗z kasbi oldidagi etik
javobgarligi masalalariga tegishli. Unda kasbning qimmati va ahamiyatini saqlash,
ijtimoiy ish bilimlaridan foydalanish va rivojlantirish bilan bog‗liq masalalar
muhokama qilinadi. Mazkur qismda o‗z kasbiy obro‗si va e'tiborini himoya
qilishda xodimning javobgarlik chegarasi belgilandi, Noetik axloqda noqonuniy
yoki kvalifikatsiya qilinmagan ish amaliyotini o‗z ichiga oladi.
Kodeksning oltinchi qismi jamiyat bilan munosabatlarda ijtimoiy xodimlar
majburiyatlarini tavsiflaydi. Unda yozilishicha ijtimoiy xodim quyidagilarga
majbur: istalgan shaxs yoki guruhlarning ajratilishini oldini olish va bartaraf etish,
zarur resurslarga barcha shaxslarning kira olishni kafolatlash, umumiy ko‗lamda
fapvqulodda vaziyatlarda
xizmatlar taqdim qilish, siyosatdagi va qonunchilikdagi
o‗zgarishlardan himoyalash, ijtimoiy siyosat va muassasalarni shakllantirishda
malakali ishtirkchilarni qatnashishi.
Kodeksda keltirilgan ko‗p bo‗lmagan mazkur tamoyillardan ko‗rinadiki.
Ulardan eng ko‗p mavhum, idealistik bo‗lganlari ijtimoiy adolat va jamiyat
farovonligiga tegishlidir. Ular ijtimoiy xodimlarga nimaga intilish kerakligini
ko‗rsatadi. Boshqa tamoyil ijtimoiy xodim yordami bilan maxsus qoidalarni
belgilab, rasmiy e'tiroz berish uchun bu qoidalarning buzilishi asos sanaladi.
Bundan tashqari kodeks ijtimoiy xodimlarni shunday
etik tamoyillar bilan
52
qurollantiradiki, ular amaliyotda duch keladigan etik munozaralarni hal qilishga
imkon beradi. So‗nggi yillarda mazkur muammolar ijtimoiy xodimlardan jiddiy
e'tiborni talab qilmoqda.
Dilemma so‗zi grek tilidan olingan bo‗lib, ikkita bir biriga zid holatdan eng
zarur bittasini tanlashni anglatadi. Bizning holatda mazkur atama ikkita
imkoniyatdan birini tanlash zaruriyatini anglatadi.
Ijtimoiy xodimlar ularning ishiga xalaqit beruvchi turli etik dilemmalar bilan
to‗qnash keladilar. Ko‗pgina qiyinchiliklar ikki yoki undan ortiq ziddiyatli
majburiyat va burchlardan keraklisini tanlash bilan bilan bog‗liq. Masalan IHMA
axloq kodeksida ijtimoiy xodimning mijoz fuqarolik yoki yuridik huquqlarini
buzadigan yoki kamaytiradigan qandaydir harakatlarda ishtirok etmasligi
belgilangan. Ammo kodeksda shuningdek ijtimoiy xodim
ish beruvchi tashkilot
oldidagi o‗z majburiyatlariga rioya qilishi kerak deb ko‗rsatilgan. Qoidaning o‗zida
ikkita tamoyil bir-biriga zidligini ko‗rishimiz mumkin, agar tashkilot siyosati
huquq bersa mijozning fuqarolik huquqi buzilishiga olib keladi.
Boshqa axloqiy ziddiyat maxfiylik va ma'lumotlarning shaxsiy xususiyatga
ega ekanligi bilan bog‗liq.; haqiqatni aytish zarurligi; paternalizm va o‗zini
anglash; tashkilot qonun va qoidalarini bajarishga majburlik, chaqimchilik;
cheklangan resurslarni taqsimlash, shaxsiy va
kasbiy ahamiyat orasidagi
munosabat. Bir nechtasini ko‗rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: