O‘zini tekshirish uchun savollar
1.
Turli madaniyatlarda xayriya ijtimoiy hodisa sifatida.
2.
Xayriyaning kasbiy ijtimoiy xizmatdan farqi .
3.
Diniy xayriya.
4.
Ijtimoiy ishning axloqiy va insonparvar xususiyati.
3-Mavzu . Xorijda ijtimoiy ish asoslari
1.
Ijtimoiy ish institutsiallashuvining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy zamini.
Tashkiliy saxovat.
2.
Settlmentlar harakati.
3.
Ijtimoiy xodimlar tayyorlash maktablarining paydo bo‗lishi va
rivojlanishi.
4.
Ijtimoiy ish xususiyati. 20-asrda ijtimoiy ish rivojlanishi.
32
1
. Ma'lumki,
kasb o‗zida aholining ma'lum bir qatlami ehtiyojlariga
mo‗ljallangan va ixtisoslashgan bilimlar majmuasi bilan muhim ijtimoiy
muammolarni hal qilishga qaratilgan mashg‗ulot sanaladi.
Adabiyotlarda ijtimoiy ishning kasb sifatida paydo bo‗lishi 19-asr oxiri va
20-asr boshlariga to‗g‗ri keladi. Aynan shu davrda bir qator sanaoti rivojlangan
mamlakatlarda mutaxassislar guruhi paydo bo‗lib, ular ijtimoiy ish bilan
professionala shug‗ullanishni boshladilar, o‗quv muassasalari yaratib, ijtimoiy
xodimlarni o‗qitdilar. Muhim faoliyat turi sifatida ijtimoiy ish ancha oldin Buyuk
Britaniya va AQShda shakllandi va keyinchalik u kasbiy asosda qo‗yildi.
Ilmiy va o‗quv fani sifatida ijtimoiy ishning rivojlanishi va ijtimoiy
xodimlarni tayyorlashga bo‗lgan ehtiyoj nima bilan asoslanadi. Tadqiqotchilar
fikricha uning asosiy sabablari quyidagilar:
1. Borliqning umumiy tamoyillari va me'yorlari bilan bog‗liq yagona
jamiyatning buzilishi.
2. Urbanizatsiya va sanoatlashish .
3. Ijtimoiy aloqalar va insoniy munosabatlarning kuchayishi.
yevropa va AQSh da sanoat rivoji, urbanizatsiya jarayonining tezlashishi,
jamiyatda yuqori daromadga ega qatlamning ko‗payishi, shahar hayotiga
moslashishning osonligi, insonlar o‗rtasida, inson va jamiyat o‗rtasidagi
munosabatlarda an'anaviy ijtimoiy aloqalarning buzilishi, shunday ijtimoiy
muammolar paydo bo‗lishiga olib keldiki, an'anaviy jamiyatda sinovdan o‗tgan
usullar bilan ularni hal qilish mumkin bo‗lmay qoldi.
Jamiyatda munosabatlarning tezlik bilan kuchayishi sharoitida yanala
ko‗proq ziyoli insonlar shakllanib, saxovatlik va bag‗rikenglik uslubiyoti bilan
jamiyatni sog‗lomlashtirishga qaratildi.
Ammo qachonki qashshoqlik darajasi keng miqyosda bo‗lsa, jamiyatga
o‗tish- bu tabiiy jarayon sanaladi. Bu insonlar kasal hisoblanadi va ularni davolash
zarur bo‗lib, u mavjud faoliyat sifatida o‗sib borayotgan jamiyat muammosi bilan
birgalikda ko‗rildi. Shuningdek ijtimoiy ish doirasida parallel ravishda ikkita
yo‗nalish rivojlanib, ijtimoiy muammolarni tushunishda bir-biriga qarama-qarshi
33
turadi. Mazkur jarayon mualliflar ko‗rsatishicha AQSh va bir qator yevropa
mamlakatlari ayniqsa, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Germaniya uchun xosdir.
Ijtimoiy ishning rivojlanishi ikkala mintaqada bir-birini rag‗batlantirdi.
Professional faoliyat sifatida ijtimoiy ish AQSh da tezkorlik bilan rivojlandi.
Shahar atrofidagi qishloqlarning shaharga aylanishi, boshqa joydan keluvchilar,
tayinsiz va omadsiz odamlarning ko‗payishi g‗aribxona va qamoqxonalarning
ko‗payishiga olib keldi. Bu toifa shtatlar organlari himoyasi ostida bo‗lib,
keyinchalik shtatlr o‗zgarish va xayriya kengashlariga o‗tkazilgan. Umumiy
sektorda bolalarga qarash bo‗yicha ko‗ngilli tashkilot va agentliklar paydo bo‗ldi.
Shtatlar xayriya va o‗zgarish kengashlari 19-asrning 60-yillarida paydo
bo‗ldi. Ular turli tuzilma va majburiyatlarga ega bo‗lib, ammo ularning asosiy
vazifasi turli tashkilotlarni boshqarish sohasida qonunchilik maslahat yordamini
ko‗rsatish edi. Kengashlarga mashhur filantroplar, ko‗ngillilar, ziyolilar kirishgan.
1865-yilda turli shtatlardagi kengash a'zolari ijtimoiy fanlar Amerika
Assotsiatsiyasiga birlashdilar. Ammo odamlarga yordam ko‗rsatish kabi bir xil ish
bilan shug‗ullanadigan insonlarning turli guruhlari turli qarashlar va turlicha
manfaatlarga ko‗ra ajratildi.
Ko‗pchilik fikricha amaliy ijtimoiy muammolarni hal qilish inson
to‗g‗risidagi ilmiy bilimlar asosida bo‗lishi kerak. Yordamga muhtoj shaxslarga
qarovchi va nochorlarga yordam berishni nazoratini amalga oshiruvchi amaliy
xodimlar amaliyotda qo‗llay oladigan oddiy usullarni ishlab chiqishdan
manfaatdorlar. Manfaatlarning to‗qnashuvi tezkor shaklda bo‗ldi. 1874-yilda
amaliy xodimlar Assotsiatsiyadan chiqishdi va o‗zlarining xususiy tashkilotlari-
xayriya va o‗zgartirish milliy konferensiyasini tashkil etishdi. ( u bir qator
manbalarda xayriya va tuzatilgan faoliyat konferensiyasi deb ham nomlangan.).
Xayriya va o‗zgartirish milliy konferensiyasining yaratilishi professional
ijtimoiy ishning ibtidosi bo‗ldi. Aynan shu vaqtdan boshlab, olimlar fikricha,
tashkiliy ijtimoiy ish rivojlandi.
Amerika adabiyotlarida uning rivojlanishining dastlabki bosqichi dastlabki
ishonchsiz qadamlardan rasmiy uslublarga o‗tish bosqichi sifatida xarakterlanadi.
34
G‗arbda qo‗llangan ijtimoiy ish asosi har bir alohida holat bilan ishlashning
qayta ishlangan va boyitilgan uslubi bo‗lib, bu bir tomondan ilmiy fanlar shu
jumladan psixoterapiyaning turli elementlari, boshqa tomondan individ va shaxsga
inqiroz holatida yordam ko‗rsatish tajribasini uyg‗unlashtiradi. AQSh da 19-
asrning 80-yillarida ijtimoiy ishning ikkita yo‗nalishiga ega ikkita kasbif
tashkilotlar paydo bo‗ldi. Ulardan biri tashkiliy xayriya London jamiyati shaklidagi
muassasa bo‗lib, 1887-yilda Baffaloda tuzildi. Ikkinchisi qo‗shnilar (birga
yashovchilar) Gildiyasi bo‗lib Nyu-Yorkda 1886-yilda tashkil etildi. Ikkila
tashkilot o‗z g‗oyalarini Angliya viktorian an'analaridan olib, tezlik bilan
rivojlandi. 1892-yilga kelib AQSh va Kanadaning yirik shaharlarida 92 ta xayriya
tashkilotlari tuzilgan edi.
Settlmentlar deb ataluvchi emigrant, ko‗chib keluvchilar shaharchalari 1986-
yilga kelib 44 tani tashkil qildi va bu miqdor doimiy o‗sib bordi. Qayd etish
kerakki, bunday manzilgog‗lar faqatgina AQSh da emas, balki Angliya,
Germaniya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‗ldi.
Ikkala tashkilot va harakat kambag‗al va omadsiz insonlarning manfaatlarini
himoya qilish uchun paydo bo‗ldi. Ular o‗ziga oliy va o‗rta ma'lumotga ega
insonlarni jalb qildi. Ularning faoliyati asosan yosh ayollar uchun jozibali bo‗lib,
ular ijtimoiy ishda o‗zining ijtimoiy maqomini oshirish va iqtisodiy mustaqillikka
erishish imkoniyatini ko‗rishdi. Ikkala harakat cherkovga yaqin edi.
Saxovat harakatiga Meri Richmond boshchilik qildi va ular bevosita ijtimoiy
islohotlar uchun kurashmadilar. Bu harakatning g‗oyaviy asosi insonning
kambag‗alligi va ijtimoiy muammolari edi. Aloqa o‗rnatish maqsadida
ko‗ngillilarning tashrifi kambag‗allar bilan ishlashning eng ma'qul shakli bo‗lgan.
Xayriya jamiyatlari a'zolari yaqin vaqtgacha asosiy yordam manbasi bo‗lgan
ta'minotni borib ko‗rishga almashtirish zarur deb hisoblaganlar.
AQSh da ko‗ngillilar deb atalgan do‗stona mehmonlar kelgan vaqtda kerakli
yordamni aniqlash uchun o‗qitish, ro‗yxatga olish amalga oshirilgan, hamkorlik va
muvofiqlashtiruvchi ishlar bajarilgan. Kambag‗al oilalarga boruvchi jamiyat
a'zolari uchun konferensiyalar o‗tkazilgan, bunda ular boshqa xodimlar bilan
35
uchrashib, tajriba va fikr almashganlar. Ular uchun asosiy axloq qoidalari
keltirilgan kam sonli qo‗llanmalar ham bo‗lgan. Amerikalik olimlarning fikricha
bu tashkilotlar kam ta'minlangan oilalar hayotini o‗rganish va ularga yordam
ko‗rsatish bo‗yicha bugungi tizimning ibtidosi edi.
Umid beruvchi muhim maslahat eng maqbul ish uslubi bo‗lgan. Moddiy
yordam faqatgina favqulodda holatlarda berilgan. Odatda birlamchi ehtiyoj
buyumlari kam miqdorda berilib, ular eng zarur ehtiyojlarni qondirishga
mo‗ljallangan edi. Nafaqalar mustaqil yashaydigan, mulkka ega bo‗lmaganlarga
berilgan. Uyga tashrif buyuruvchilar odatda yosh va boy ayollar bo‗lib, ular o‗z
mijozlarining holatini, ularning yashash tarzini o‗rganib keyin yordam berishgan.
2.
Dostları ilə paylaş: |