188
ishtirokiga asoslanadi. (makro-, mezo- va mikro). Ijtimoiy tarbiyalash sohasi
faqatgina ta'lim emas, balki hayotiy tajribani o‗zlashtirish va yordam ko‗rsatish
ham bo‗ladi. Ijtimoiy-pedagogik model tuzilmaviy darajada
va psixosotsial ish
darajasida ko‗rib chiqilishi mumkin.
Kognitiv model
80-yillar boshida ommabop bo‗ldi. Ijtimoiy ishning mazkur
modeli tamoyillaridan biri- ijtimoiy ish barcha muhtojlar uchun ochiq bo‗lishi
kerakligidir. Bu modelni amalga oshirishning asosiy shakli maslahat berishdir.
Kognitiv modelda o‗qitish yo‗li bilan mijozning ijtimoiy axloqini tartibga solish
imkoniyatlari ko‗rib chiqiladi. Mazkur model eng ko‗p uyda ishni ko‗rsatishda
foydalaniladi. Bu model doirasida hal qilinadigan eng dolzarb masalalardan biri-
bu guruhli muhokama, o‗zini tahlil qilish vositasida nizolarni bartaraf etishdir. Bu
modelda ayniqsa insonparvar nazariyalar bilan kognitiv nazariyalar jihatlarini
birlashtirish samarali bo‗ladi. Bu modelning asosiy tamoyillaridan biri shaxsiy
hayotni boshqarish sohasida mijoz faoliyatini optimallashtirish, bunday faoliyatga
ehtiyojni shakllantirishdan iborat.
Vital-yo‘naltirilgan model
(hayot kuchi konsepsiyasi) S.I.Grigorev
tomonidan taqdim qilingan.Uning asosida hayot
kuchi tushunchasi yotib u
insonnni yaratishga va biosotsial borliq sifatida hayotini amalga oshirish qobiliyati
sanaladi. Ijtimoiy xizmat inson hayotiy kuchini amalga oshirish va
sog‗lomlashtirish, shakllantirishni yaxshilash bo‗yicha faoliyatni o‗zida aks
ettiradi. Mazkur modelda ijtimoiy ishning psixo-yo‗naltirilgan va sotsio
yo‗naltirilgan nazariyalari ajraladi. Ijtimoiy ishning u yoki bu asosi ham nazariy
ham amaliy jihatdan ijtimoiy ishning predmet sohasi,
uslublari, tamoyillari,
mazmunini aniqlashga ta'sirini ko‗rsatadi.
Ijtimoiy ish modellarini amaliyotga tatbiq qilish xususiyatlari. Ijtimoiy
ishning turli shakldagi maqsadlari va ularni amalga oshirishning ijtimoiy madaniy
imkoniyatlari ijtimoiy ishning tashkiliy darajasida turli yondashuvlarni taqozo
qiladi. Bunday an'anaviy yondashuvlar uchta asosiy guruhga ajratiladi: 1) patronaj
xizmati –alohida mijoz va uning oilasi bilan individual ijtimoiy ish , 2)
guruhli
189
ijtimoiy ish – kichik guruhlar bilan ishlar, 3) kommunal ijtimoiy ish – jamoadan
tortib butun jamiyat bilan ishlar
Ijtimoiy ishni tashkil qilishga boshqa yondashuv uning mikro va makro
darajadaligi bilan ajratiladi. U makrotizimga yo‗naltirilgan va mikrotizimga
yo‗naltiilgan kuchlar o‗rtasidagi tafovutga asoslangan.
Makro darajada ijtimoiy
rejalashtirish, kommunal tashkil qilish va tashkiliy rivojlanish shaklida amalga
oshiriladi. Mikrodaraja patronaj ishi, oilaviy yordam va guruhli terapiya orqali
amalga oshiriladi.
Darajalarni ajratishga yana bir yondashuv buzilgan muvozanat,
vazifalarni
tiklash va o‗xshash tafovutlarni oldini olishga yo‗naltirilgan ijtimoiy ish ajratiladi.
Profilaktika ijtimoiy o‗zgarishlar zaruriyati bilan, sog‗lomlashtirish mavjud holatda
individga yordam berish bilan bog‗liq.
Nihoyat muammoli yondashuv tashqi sharoit va ijtimoiy muammolar
sohasida ijtimoiy ishni tashkil qilishni o‗z ichiga oladi.
Ijtimoiy ishni tashkil qilishga turlicha yondashuvlarga qaramasdan jahon
amaliyotida shartli ravishda ikkita yevropa va amerika tizimi ajratiladi.
Ijtimoiy ishning amerika modeli uchun individ va oila bilan ishlashga
yo‗naltirilganlik, shaxs, guruh ishlashini yaxshilash xosdir. Bu amerika qit'asini
o‗zlashtirishning tarixiy sharoitlari bilan bog‗liq: amerikaga ko‗chib kelganlarning
o‗ziga xos xususiyati o‗z kuchi, gaxsiy tashabbusiga tayanish va davlat tuzilmalari
ta'sirini maksimal darajada kamaytirishdir. Bunda yordamning
asosiy shakllari-
individual, guruhli, jamoa bo‗lib, yetakchi uslub– keysuork.
Zamonaviy konsepsiyalar orasida ijtimoiy ishga tizimli-nazariy yondashuv
dolzarb bo‗lib, bunda shaxsiy bog‗liqlikda munosabatlar, interaksiya, tansaksiya va
ijtimoiy jarayonlar ko‗rib chiqiladi. M'lum manfaat ijtimoiy ishda ijtimoiy faoliyat
konsepsiyasi bo‗lib, bu asosda real ijtimoiy muhit bilan mijozning ehtiyojlari va
imkoniyatlari orasidagi ziddiyatlar bartaraf etiladi.
Eng katta qiziqish Germaniyada keng qo‗llangan ijtimoiy tarmoqlarni
yaratish bo‗yicha nazariy konsepsiyadir. Bozor iqtisodiyotiga o‗tishda ijtimoiy
madaniy tizim va ijtimoiy maishiy munosabatlar pasayishi, sobiq sotsialistik
190
mamlakatlarda ijtimoiy ishda ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimini yaratish
zaruriyatini ko‗rsatib, bu ijtimoiy ishning jamoaviy usuliga asoslangan. Yashash
joyi bo‗yicha ijtimoiy aloqalarni yaartishga muvofiq bo‗ladi.
Zamonaviy ijtimoiy ish uchun asos subsidiarlik
kabi ijtimoiy siyosat
tamoyillaridir. Subsidiarlik
Dostları ilə paylaş: