O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 
1.
Ishsizlik deganda mehnat taklifi talabdan ortiq bo‗lganda mehnat 
bozoridagi ham miqdor ham sifat jihatdan nomuvofiqlik tushuniladi. Ishsizlik uni 
xarakterlovchi turli nuqtai nazardan ko‗rib chiqilishi kerak. Bunda uni o‗rganish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ishsizlik maqomi; ishsizlik darajasi;
Ishsizlikning tarqalishi va harakati
ishsizlar; ishsizlikning davom etishi;
Ishsizlik turlari. 
Xalqaro mexnat tashkiloti (XMT) metodologiyasi bo‗yicha ishsiz deb 
bugungi kunda ishga ega bo‗lmagan, ammo unga kirishga tayyor, iz izlayotgan, ish 
haqidan boshqa daromad manbasiga ega bo‗lmagan shaxs tushuniladi. 
Qonunga ko‗ra ishsiz deb mos ishni izlash, unga kirishga tayyor bo‗lgan, 
bandlik xizmati organlarida ro‗yxatdan o‗tgan, ishga va ish haqiga ega bo‗lmagan 
mehnatga 
layoqatli 
shaxs tan 
olinadi. 
Qayd 
etish 
kerakki, bizning 
mamlakatimizdagi ishsizlikni hisobga olishning qabul qilingan tizimi rossiya 
mehnat bozoridagi haqiqiy holatni aks ettirmaydi, ko‗pgina ishsiz fuqarolar mehnat 
birjalarida ro‗yxatdan o‗tmasdan mustaqil ravishda ish qidiradilar va nodavlat 
vositachilik tuzilmalariga murojaat qiladilar. 
Zamonaviy fanlar ishsizlikning tabiiy darajasi tushunchasidan foydalanadi. 
Turli mamlakatlarda ishsizlik darajasi sezilarli ravishda farqlanib, u tabiiy ishsizlik 
darajasiga, mamlakatdagi iqtisodiy sikl fazasiga, bandlik sohasidagi davlat 
siyosatiga bog‗liq bo‗ladi.
2
. Bugungi kun iqtisodchilari ishsizlikni bozor iqtisodiyotining tabiiy va 
ajralmas qismi sifatida keltiradilar. Shu sababli ishsizlik turlari tahliliga katta 
e'tibor beriladi. Uning asosiy turlari quyidagilar: friksion, tarkibiy va davriy, 
shuningdek ishsizlikning maxsus –yashirin turi ham bor. 
Friksion ishsizlik
mehnat taklifining o‗zgarishi bilan bog‗liq. Insonga 
faoliyat turi va ish joyini erkin tanlash huquqi berilgan, u mazkur huquqdan 
foydalanadi. Ayrimlar ixtiyoriy ravishda ish joyini almashtiradi, ba'zilar ishdan 


259 
ketgandan so‗ng yangi ish izlaydi, boshqalar vaqtinchalik, mavsumiy ishlarni 
yo‗qotadi, ma'lum bir toifa (yoshlar) birinchi marat ish izlaydi. Bu toifadagi 
shaxslarning bir qismi ishga kiradi, ba'zilari ish izlashda davom etadi. Shu vaqtda 
yuqorida keltirilgan sabablarga ko‗ra yangi ishchilarning bo‗shatilishi sodir 
bo‗ladi. Mehnat bozori ishchilar soni va ish o‗rinlari mos kelmasligi natijasida 
qiyinchilik bilan ishlaydi.
Friksion ishsizlik albatta yuz beradigan va ixtiyoriy ishsizlik sanalib, 
insonning o‗zining xoxishi bilan ishdan ketishi natijasida yuz beradi va ko‗pgina 
xodimlar kam haq to‗lanadigan va mazmunsiz ishdan ko‗p haq to‗lanadigan va 
sermazmun ishga o‗tadilar. Tuzilmaviy ishsizlik ba'zan tarkibiy ishsizlik deb 
nomlanadi. Uning mohiyati shundan iboratki iste'mol talabi va texnologiyalar 
tarkibidagi o‗zgarish bo‗lganda mehnatga umumiy talab ham o‗zgaradi. Mehnat 
taklifi kelgusida insonning psixologik tarzi barqarorligi natijasida mehnat 
bozorining harakatsiz qismi bo‗lib, o‗zgarayotgan mehnat talabining sifat 
ko‗rsatkichlariga mos kelmaydi. Oldin band bo‗lgan ishchilarni qayta tayyorlash 
va yangi xodimlarni tezkorlik bilan tayyorlash imkonining yo‗qligi sababli turli 
sohalardagi mehnat taklifi va talabida muvozanat buziladi. Tarkibiy ishsizlik uzoq 
va xoxishsiz davom etadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin