O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

Ijtimoiy ishda axloqiy tamoyillar va dilemmalar 
Ijtimoiy ish 
samaradorligi ko‗p jihatdan ijtimoiy xodimga, uning tajribasi, shaxsiy sifatlariga 
bog‗liq. Ammo mutaxassisning kasbiy javobgarligi ijtimoiy xodimlar 
assotsiatsiyasi kasbiy tashkiloti qabul qilgan axloqiy tamoyillarni belgilamaydi. 
Ijtimoiy ish qiymati va axloqiy tamoyillari kasbning axloq kodeksida aks etgan 
bo‗lib, amaliy faoliyatga xizmat qiladi.
Kodeks 
kasb vakillari axloqiy qoidalarini keltirib, unga mos shaxslar kasbiy 
tashkilot a'zoligida qoladilar. Ko‗pgina kasblarning axloq kodekslari umumiy 
qoida va tamoyillarga ega, ammo har bir kasbda maxsus qoidalar keltirilgan 
bo‗ladi.
Ijtimoiy xodimning axloq kodeksi o‗zida nimalarni aks ettiradi? Buni AQSh 
ijtimoiy xodimlari kodeksi misolida ko‗rib chiqamiz. 
AQSh ijtimoiy xodimlarining axloq kodeksi 1979-yilda AQSh ijtimoiy 
xodimlar milliy assotsiatsiyasi (IHMA) delegatlarining assableyasida qabul 
qilingan. Bu shu yillarda qabul qilingan so‗nggi kasb kodeksidan sanaladi. 
Kodeksda keltirilgan tamoyillar ruxsat beruvchi va ta'qiqlovchi bo‗ladi. Ular 
kodeksning oltita asosiy qismida keltirilgan bo‗lib, ijtimoiy xodimlar javobgarligi 
va majburiyatlarini belgilaydi.
Kodeksning birinchi qismida ijtimoiy xodimning axloqi, uning kasbiy 
majubriyatlari, shu jumladan, kasbiy halollik, layoqatlilik, tadqiqot ishlarida 
qatnashish kabi umumiy masalalar ko‗rib chiqilgan.
Ikkinchi qism ijtimoiy xodimning mijoz oldidagi axloqiy javobgarligiga 
bag‗ishlangan, yanada batafsil tushuntirilgan. Unda mijoz manfaatlarining 
muammolari, ajratish, mijoz bilan jinsiy munosabatlar, mijoz to‗g‗risida uchinchi 
shaxsga axborot berish, o‗zini anglashga mijozning huquqi kabi masalalar 
ko‗rsatilgan.


51 
Kodeksning 
uchinchi 
qismi 
ijtimoiy 
xodimning 
jamoa 
oldidagi 
majburiyatlariga bag‗ishlangan. Unda boshqa hamkasblar bilan paydo bo‗ladigan 
masalalar ko‗tarilgan. Bu qismda hamkorlik, jamoaga hurmat, shaxsiy xulosa 
chiqarish uchun jamoadan foydalanish, ziddiyatlarni bartaraf etish, kuzatish va 
jamoani baholash, jamoa mijozlariga xizmatlarni vaqtinchalik taqdim etish 
ko‗rsatiladi.
To‗rtinchi qism ijtimoiy xodimlarning ish beruvchi shaxslar va tashkilotlar 
oldidagi etik javobgarligiga bag‗ishlangan. Unda mos ijtimoiy ish agentliklari 
oldidagi o‗z majburiyatlarini bajarishga tegishli bo‗lib, muassasa manfaatlariga 
rioya qilish, uning samaradorligini oshirish, resusrlardan oqilona foydalanish bilan 
bog‗liq amallarga tegishli bo‗ladi.
Kodeksning beshinchi qismi ijtimoiy xodimlarning o‗z kasbi oldidagi etik 
javobgarligi masalalariga tegishli. Unda kasbning qimmati va ahamiyatini saqlash, 
ijtimoiy ish bilimlaridan foydalanish va rivojlantirish bilan bog‗liq masalalar 
muhokama qilinadi. Mazkur qismda o‗z kasbiy obro‗si va e'tiborini himoya 
qilishda xodimning javobgarlik chegarasi belgilandi, Noetik axloqda noqonuniy 
yoki kvalifikatsiya qilinmagan ish amaliyotini o‗z ichiga oladi.
Kodeksning oltinchi qismi jamiyat bilan munosabatlarda ijtimoiy xodimlar 
majburiyatlarini tavsiflaydi. Unda yozilishicha ijtimoiy xodim quyidagilarga 
majbur: istalgan shaxs yoki guruhlarning ajratilishini oldini olish va bartaraf etish, 
zarur resurslarga barcha shaxslarning kira olishni kafolatlash, umumiy ko‗lamda 
fapvqulodda vaziyatlarda xizmatlar taqdim qilish, siyosatdagi va qonunchilikdagi 
o‗zgarishlardan himoyalash, ijtimoiy siyosat va muassasalarni shakllantirishda 
malakali ishtirkchilarni qatnashishi.
Kodeksda keltirilgan ko‗p bo‗lmagan mazkur tamoyillardan ko‗rinadiki. 
Ulardan eng ko‗p mavhum, idealistik bo‗lganlari ijtimoiy adolat va jamiyat 
farovonligiga tegishlidir. Ular ijtimoiy xodimlarga nimaga intilish kerakligini 
ko‗rsatadi. Boshqa tamoyil ijtimoiy xodim yordami bilan maxsus qoidalarni 
belgilab, rasmiy e'tiroz berish uchun bu qoidalarning buzilishi asos sanaladi. 
Bundan tashqari kodeks ijtimoiy xodimlarni shunday etik tamoyillar bilan 


52 
qurollantiradiki, ular amaliyotda duch keladigan etik munozaralarni hal qilishga 
imkon beradi. So‗nggi yillarda mazkur muammolar ijtimoiy xodimlardan jiddiy 
e'tiborni talab qilmoqda.
Dilemma so‗zi grek tilidan olingan bo‗lib, ikkita bir biriga zid holatdan eng 
zarur bittasini tanlashni anglatadi. Bizning holatda mazkur atama ikkita 
imkoniyatdan birini tanlash zaruriyatini anglatadi.
Ijtimoiy xodimlar ularning ishiga xalaqit beruvchi turli etik dilemmalar bilan 
to‗qnash keladilar. Ko‗pgina qiyinchiliklar ikki yoki undan ortiq ziddiyatli 
majburiyat va burchlardan keraklisini tanlash bilan bilan bog‗liq. Masalan IHMA 
axloq kodeksida ijtimoiy xodimning mijoz fuqarolik yoki yuridik huquqlarini 
buzadigan yoki kamaytiradigan qandaydir harakatlarda ishtirok etmasligi 
belgilangan. Ammo kodeksda shuningdek ijtimoiy xodim ish beruvchi tashkilot 
oldidagi o‗z majburiyatlariga rioya qilishi kerak deb ko‗rsatilgan. Qoidaning o‗zida 
ikkita tamoyil bir-biriga zidligini ko‗rishimiz mumkin, agar tashkilot siyosati 
huquq bersa mijozning fuqarolik huquqi buzilishiga olib keladi.
Boshqa axloqiy ziddiyat maxfiylik va ma'lumotlarning shaxsiy xususiyatga 
ega ekanligi bilan bog‗liq.; haqiqatni aytish zarurligi; paternalizm va o‗zini 
anglash; tashkilot qonun va qoidalarini bajarishga majburlik, chaqimchilik; 
cheklangan resurslarni taqsimlash, shaxsiy va kasbiy ahamiyat orasidagi 
munosabat. Bir nechtasini ko‗rib chiqamiz. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin