O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

.
Turli 
agentliklarda ishlaydigan do‗stona mehmonlar tajribasining 
almashuvi bosqichma-bosqich o‗qitiladigan kurs shakliga o‗tdi. 1898-yilda 
M.Richmond g‗oyasi bo‗yicha amaliy filantropiyaning dastlabki milliy maktabi 
o‗z faoliyatini boshladi. (oldingi Kolumbiya universitetidagi ijtimoiy ish fakulteti). 
Ko‗chib kelganlarning harakati o‗z faoliyatini ta'lim muassasalari bilan birga 
bo‗lishini taqozo qildi. Jeyn Adam va uning ijtimoiy fanlar sohasidagi ko‗pgina 
olimlardan iborat jamoasi o‗rtasida doimiy aloqalar mavjud bo‗lgan. Bu aloqalar 
va intilishlar dastlab tajriba almashish bo‗yicha kurs sifatida keyinchalik Chikago 
fuqarolik va filantropiya maktabi yaratishga xizmat qildi. Keyinchalik u Chikago 
universiteti qoshidagi ijtimoiy boshqaruv maktabiga o‗zgartirildi.
Ijtimoiy xizmat yevropada jadal rivojlandi. Londonda xayriya jamiyati 
bo‗lgan ijtimoiy xodimlarni tayyorlash uchun birinchi maxsus o‗quv muassasasi 
1903-yilda ochildi va bu ―Sotsiologiya maktabi‖ nomini oldi. 1912-yilda bu 
maktab London iqtisodiyot maktabining ijtimoiy xizmat fakultetiga o‗zgartirildi.
1908-yilda yevropada ayollar harakati asoschisi Alisa Solomon rahbarligida 
Germaniyada ijtimoiy xodimlar uchun ayollar maktabi ochildi. 1910-yilga kelib 
yevropa mamlakatlarida va AQSh da ijtimoiy ishning 14 ta maktabi bor edi. 
Dastlabki ijtimoiy xodimlar maktablari qoidaga ko‗ra bir yillik tayyorgarlikka ega 
bo‗lgan.
Ammo ijtimoiy xodimlar uchun birinchi haqiqiy o‗quv muassasasi 
Gollandiyada ochilgan. 1899-yil Amsterdamda ijtimoiy xodimlarni tayyorlash 
bo‗yicha institut ochildi. Bu yerda o‗qitish ikki yillik va kunduzgi shaklda bo‗lgan.
Ham ayollar, ham erkaklar o‗qitilib, ular nazariy va amaliy tayyorlanganlar. 


38 
Birinchi jahon urushi uni yo‗qotmadi, ammo uning ishtirokchilari ichki 
muammolarini qiyinlashtirdi. Bu muammolarning kuchayishi ijtimoiy xodimlarni 
tayyorlashga qatnashuvchi mamlakatlar miqdorining o‗sishi bilan kuzatildi.Agar 
urushdan oldin 7 ta mamlakatda ular tayyorlangan bo‗lsa, urush oxirida maktablar 
soni o‗sdi.
1920-yillarda dastlabki ijtimoiy xizmat maktablari Belgiya, Norvegiya, 
Shvetsiya, Italiyada ochildi. Ijtimoiy xodimlarni o‗qitish bo‗yicha maktablar 
hattoki Chilida ham ochilib, uning asoschisi mashhur jamoat arbobi Rene Sandra 
bo‗ldi.
O‗tgan asrning 30-yillarida ijtimoiy xodimlarni tayyorlovchi mamlakatlar 
o‗sishi davom etdi.: Ispaniya, Isroil, Irlandiya, Lyuksemburg, Gretsiya
Portugaliya, Daniya, Hindiston, Misr. Ko‗rib turibmizki, ijtimoiy xizmat kasb 
sifatida uchinchi dunyo mamlakatlarida allaqachon ma'lum.
Ijtimoiy xodimlarni tayyorlash faqatgina tashkiliy emas, balki uslubiy 
jihatlarni ham o‗z ichiga oladi. Ishga tushirilgan o‗quv muassasalari hali malakali 
o‗qituvchilarga ega emas edi. O‗quv qo‗llanmalari deyarli yo‗q edi. AQSh da bu 
sohadagi dastlabki kitoblar A.Uornerning «Amerikaga xos xayriya» va 
M.Richmondning «Nochorlarga do‗stona tashrif: xayriya tashkilotlarida 
ishlovchilar uchun amaliy qo‗llanma» asarlari bo‗ldi. Amerikada ijtimoiy ish 
uchun kadrlar tayyorlash xayriya tashkilotlari imkoniyatiga katta darajada bog‗liq 
edi. Dastlabki o‗qituvchilar katta ish tajribasiga ega xayriya tashkilotlari a'zolari 
bo‗lib, ularda pedagogik ta'lim yo‗q edi. Talabalar ishlab chiqarishdan ajralmagan 
holda shug‗ullanib, o‗quv dasturlari turli sohalardagi amaliy ijtimoiy ish uchun 
maxsus mavzularni ham o‗z ichiga olgan edi. O‗sha vaqtda amaliy ijtimoiy ish 
sohasi quyidagilar bo‗lgan: 

Farovon bo‗lmagan oilalar hayot sharoitlarini o‗rganish

Tibbiyotdagi ijtimoiy ish 

Maktablardagi ijtimoiy ish 

Ijtimoiy psixoterapiya 


39 
Amaliy ijtimoiy ishning ko‗rsatilgan sohalari mustaqil o‗quv dasturlari 
bo‗lib, bir amaliy ishdan boshqasiga o‗tishda qiyinchiliklar tug‗dirgan. Qayd etish 
kerakki, barcha dasturlar mijoz bilan individual ishlarni o‗rgatishga yo‗naltirilgan 
bo‗lgan. Guruhli xizmat ijtimoiy ishning mustaqil va nazariy asoslangan uslubi 
sifatida ijtimoiy xodimlarni o‗qitish dasturlariga faqatgina 40-yillarda kiritildi.
5. Ijtimoiy ishning o‗ziga xosligi nimada? U hamshira, shifokor, o‗qituvchi 
kasbidan nima bilan farqlanadi? Bu masala ham boshlovchi mutaxassis ham 
maktab o‗qituvchilarini o‗ylantirgan. Maktablarda ko‗pincha bazaviy ta'lim va 
uning amaliyot bilan aloqasi, kasbiy ta'lim darajasining zarurligi, umumiy 
tayyorgarlik va yuqori murakkablikdagi ixtisoslashuv to‗g‗risida fikr yuritilgan. 
Bir qator mutaxassislar ijtimoiy xodimlar uchun universitet ta'limi amaliyotiga 
qarshi chiqishgan. Jumladan, M.Richmond, katta miqdordagi universitet fanlari va 
ilmiy maktablarni o‗rganish zarurligi bilan bog‗liq universitet tayyorgarligi 
ijtimoiy ishning xayriyaga asoslangan ahamiyatiga, talabalarning xolisligiga putur 
yetkazadi deb hisoblagan.
Ijtimoiy ishning amerika ensiklopediyasida J.Leybi qiziqarli faktni keltiradi.
1915-yilda Xayriya milliy konferensiyasi AQSh da kasb ta'limi sohasidagi 
yetakchi mutaxassis A.Fleksnerni ijtimoiy xizmat kasb yoki kasb emasligi 
to‗g‗risida o‗z fikrini bildirishga taklif qiladi. U aytadiki, uning mezoni bo‗yicha 
ijtimoiy xizmat-bu kasb emas. Ammo uning so‗zi ijtimoiy xizmat bilan 
shug‗ullanmoqchi bo‗lganlarga hyech qanday ta'sir ko‗rsatmadi va ijtimoiy ish 
maktablariga arizalar oqimini kamaytirmadi. Bundan tashqari bu mutaxassislarni 
yanada muvofiq va shakllantirilgan dasturlarni yaratish uchun rag‗bat bo‗ldi.
Maktablar o‗rtasidagi aloqalarni qo‗llab-quvvatlash uchun 1919-yilda 
tuzilgan Amerikadagi ijtimoiy ish maktablari assotsiatsiyasi o‗quv ishlari 
me'yorlarini ishlab chiqish uchun forumga o‗zgartirildi. 1924-yilda Assotsiatsiya 
ijtimoiy xizmat sohasidagi mas'ul xodimlarni tayyorlash uchun, ularni o‗qitish 
kurslari uchun va universitetlardagi kurslar uchun me'yorlar (o‗quv rejalari) ishlab 
chiqdi.


40 
Minimal yillik dastruda sinfda va amaliyotda o‗rgatiladigan o‗quv kurslari 
to‗plami nazarda tutildi. Mazku o‗quv kurslari ijtimoiy ishni o‗rgatish uchun 
me'yoriy kurs sifatida tan olindi. Universitet ta'limida ijtimoiy ish o‗quv 
dasturlarining kiritilishi 30-yillarning oxirida sodir bo‗ldi, bu Assotsiatsiyada oliy 
o‗quv yurtlari doirasida faoliyat yurituvchi maktab sifatida qabul qilingandan 
so‗ng amalga oshdi. Bu maktablarda o‗qitish ikki yilga mo‗ljallangan va magistr 
darajasini olish huquqini beruvchi dastur bo‗yicha amalga oshirildi. 
Assotsiatsiyaga faqatgina bunday dasturlarga ega maktablar qabul qilindi. 1974-
yilgacha ikki yillik aspirantura bo‗yicha o‗qitish yagona shaklda bo‗lib, ijtimoiy 
xodim attestatsiyasi sifatida qabul qilindi. Boshqacha aytganda professionallik 
mezoni magistr darajasining mavjudligi bo‗ldi.
20-asrning birinchi yarmi ijtimoiy ishning institutsiyalashuvi, davlat 
ahamiyatining kuchayishi, davlat yalpi farovonligi nazariyasi va amaliyotining 
rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy xodim kasb faoliyatining boshlanishi odatda uning asosiy huquq va 
majburiyatlarini shakllantirish, rasmiy mehnatga haq to‗lashni kiritish, o‗quv 
muassasalari, kasbiy tashkilotlarni yaratish deb hisoblanadi. Ijtimoiy xodim 
kasbining ijtimoiy maqomi dastlab AQSh da keyinchalik G‗arbiy yevropa 
mamlakatlarida joriy qilindi, ammo dastlabki ixtisoslashgan o‗quv muassasalari, 
ijtimoiy xodimlarni tayyorlashning boshlanishi to‗g‗risida gapiradigan bo‗lsak, 
ular dastlab Gollandiya, keyinchalik AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada 
tashkil qilindi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari oralig‗idagi davrda ijtimoiy 
xizmat maktablari ko‗pgina Osiyo mamlakatlari, yaqin va o‗rta sharq, G‗arbiy 
yevropa mamlakatlari va keyinchalik Afrika davlatlarida ochildi.
1910-yilda yangi harakat yevropa va Amerikada 14 ta ijtimoiy xizmat 
maktablari shakllanishiga olib keldi. 1920-yilda birinchi Lotin Amerikasidagi 
ijtimoiy xizmat maktabi Chilida ochildi.
10

30-yillarda ijtimoiy xodimlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi mamlakatlar 
soni o‗sishda davom etdi. Uchinchi dunyo mamlakatlarini bosqichma-bosqich 
10
Ижтимоий хизмат касб сифатида (таҳлилий тўплам ) //Ж. Ижтимоий тадқиқот. – М., 1993. №3. – С. 91. 


41 
vujudga kelishi, ularning an'anaviy iqtisodiyot asoslarini yemirilishi natijasida 
ijtimoiy ish sharq mamlakatlarida ham ma'lum bo‗ldi. 1936-yilda Hindistonda 
Ijtimoiy fanlar instituti, Misrda ijtimoiy ishning dastlabki kurslari ochildi.
Shunday qilib muhtojlarga yordam ko‗rsatuvchi maxsus tayyorgarlik va moddiy 
rag‗batlantirishga mo‗ljallangan kasbga aylandi.
Dastlabki ijtimoiy xodimlar keng turdagi muammolar- immigrantlarni ingliz 
tiliga o‗qitishdan tortib, industrial jamiyatda ish topish uchun zarur bo‗lgan 
ko‗nikmalarni egallashga yordam ko‗rsatishgan. Ular ijtimoiy adolatsizliklarga 
barham berib, insonlarga o‗z muammolarini samarali hal qilishga ko‗mak 
berishgan. 
Ijtimoiy xodimlarning kasbiy manfaatlarini aks ettiruvchi birinchi tashkilot 
Amerika Qo‗shma Shtatlarida paydo bo‗ldi. Bu 1917-yilda tuzilgan Ijtimoiy 
xodimlar milliy birjasidir. Keyinchalik ijtimoiy xodimlarning boshqa kasbiy 
tashkilotlari paydo bo‗ldi (shifokorlar, o‗qituvchilar). 1921-yilda ular dastlabki 
rasmiy ro‗yxatdan o‗tgan ijtimoiy ish Amerika assotsiatsiyasiga birlashdilar.
Ijtimoiy ish tashkiliy tuzilmasini yaratish jarayoni G‗arbning boshqa 
mamlakatlaridan ham keng tarqaldi. 1928-yilda Parijda yettita yevropa 
mamlakatlari milliy assotsiatsiyalarini birlashtirgan ijtimoiy farovonlik bo‗yicha 
Halqaro kengash tuzildi.
Bugungi ijtimoiy xodimlarning o‗tmishdoshlarining kuchi muhtojlarga 
yordam ko‗rsatishga qaratilgan edi. Faqatgina 20-asrga kelib, ijtimoiy ta'minot 
uslublari, tahlili va tavsiflash yo‗llariga jiddiy e'tibor qaratildi, xayriya va jamoat 
tashkilotlari o‗z istaklarini jamiyatning pragmatik maqsadlariga moslashtirdilar. 
Dastlab M.Richmond AQSh da buni o‗rgandi. U xayriyani individ va uning 
oilasiga e'tibor qaratish uslublari bilan birlashtirdi.
20-30- yillarda Z.Freyd va uning izdoshlarining psixo tahliliy g‗oyalari 
natijasida ijtimoiy hizmatning psixodinamik nazariyasi oldinga o‗ringa chiqdi. 
V.Robinson o‗zining «Ijtimoiy holatda o‗zgaruvchi psixologiya» asarida ijtimoiy 
hizmat uslublarida yangi psixologik tushunchani ko‗rsatib berdi.


42 
20-asrning dastlabki choragi psixiatrik uslub va psixo tahlilga asoslangan 
davr bo‗ldi. Ijtimoiy xizmat biologiya, iqtisodiyot, tibbiyot, psixiatriya, 
sotsiologiya, antropologiya, statistika, pedagogika, ijtimoiy psixologiyaga 
tayanaishi kerak deb hisoblangan. 
20-asrning ikkinchi yarmida tizimli, majmuaviy yondashuv asosiy o‗rinni 
egalladi. Endi ijtimoiy xodimdan faqatgina bir sohaga ixtisoslashgan tor 
mutaxassislik emas, universallik, turli uslub va sohalarni o‗zlashtirish talab qilindi. 
Shu bilan bir vaqtda uslubiy madaniyat, ishonchli empirik ma'lumotlarga ehtiyoj 
paydo bo‗ldi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin