O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

1.
 
Nogironlikning sabablari va dinamikasi.
Ijtimoiy sharoit 
insonning 
shaxs sifatida rivojlanishi, shakllanishini belgilaydi, uning jismoniy va ruhiy 
sog‗ligini saqlashga yoki unga patogen ta'sir ko‗rsatishga sabab bo‗ladi. 
Inson sog‗ligiga sezilarli ta'sir ko‗rsatadigan ijtimoiy omillarga quyidagilar 
kiradi: 

iqtisodiy (insonning hayot darajasi, bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga 
o‗tish); 

siyosiy (davlat siyosatining yo‗nalishlari, boshqaruv tizimi tarkibidagi 
o‗zgarishlar, xalqaro munosabatlar ); 

demografik ( aholi sonining o‗zgarishi, ehtimoliy hayot ko‗rish 
davomiyligi, aholining ma'lum yosh, jins va milliy guruhlar bo‗yicha ajralishi); 

ilmiy-texnik (ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablik darajasi va 
samaradorligining o‗zgarishi, kadrlarni tayyorlash darajasidagi o‗zgarishlar, 
kommunikativ jarayonlar, ishsizlik darajasi.); 

ta'lim (ta'lim olish ko‗lami va muddatlarining o‗zgarishi )
Aholi sog‗ligi holatining muhim ko‗rsatkichlaridan biri –nogironlikdir

Nogironlikni 
baholashda umumiy aholi orasida nogironlar soni va shu yilda 
birinchi marta nogironlik belgilangan bemorlar soni to‗g‗risidagi statistik 
ma'lumotlardan foydalaniladi. 
 
Nogironlik miqdori juda ko‗p omillarga bog‗liq: 

millat sog‗ligi holati (shu jumladan genofond sog‗ligi); 


254 

jarohatlanishning yuqoriligi (maishiy, transport, ishlab chiqarish) va 
jarohat oqibatlaridan noodatiy chiqish; 

aholining bevaqt biologik qarishi; 

sog‗liqni saqlash tizimining rivojlanganligi; 

hayot sifatiga ta'sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot; 

ekologiya holati, tarixiy ahvol; 

jamiyatning ijtimoiy agressivligining kuchayishi, siyosiy sabablar, shu 
jumladan mamlakatdagi urush va nizoli holatlar. 
Nogironlikning statistik ko‗rsatkichi faqatgina millat sog‗ligi va ko‗pgina 
ijtimoiy omillarga emas, balki axborotni to‗plash usullari, nogironlikni 
rasmiylashtirish uchun me-yoriy-huquqiy asosga ham bog‗liq. Statistik 
hisobotlardagi tafovutlarga qaramasdan epidemiologik va statistik ma'lumotlar 
sog‗liqni saqlash tizimi rivojlanishidagi davlat siyosatini aniqlash uchun xizmat 
qiladi, bu faqatgina tibbiy xizmatni emas, balki ijtimoiy yordamning barcha 
shakllarini qamrab oladi. 
Bugungi kunda davlat va jamiyat uchun keksa yoshdagi xodimlar 
ishlaydigan tashkilot va muasasalar,shu jumladan nodavlat tashkilotlar 
takomillashtirish va rivojlantirish, mavjud tuzilmalar faoliyat yo‗nalishlari va 
usullarini takomillashtirish dolzarb masala sanaladi.
Jamiyat o‗zining butun tarixi davomida nogironlar bilan hal qilinishi kerak 
bo‗lgan ko‗plab muammolar bilan to‗qnashgan. Insoniyatning ijtimoiy-axloqiy 
o‗sishi natijasida mazkur munosabatlardagi umumiy yondashuv va kayfiyatlar 
o‗zgardi, bu nogironlar ijtimoiy hayotda qanday o‗ringa ega bo‗lishlari va 
boshqalar bilan o‗zaro munosabatlarini qanday qurishlari masalalariga tegishlidir. 
Jamiyat axloqi va tushunchalari tarixining taxlili shuni tasdiqlash imkonini 
beradiki, bu yondashuv quyidagi shaklda o‗zgardi. 
Bugungi 
jamiyatda 
nogironlikning 
asosiy 
sabablari 
va 
omillari 
quyidagilardir: 
- nochorlik; 


255 
- sog‗liqni saqlashning past darajada rivojlanganligi; 
- noqulay va xavfli mehnat sharoitlari; 

muvaffaqiyatsiz ijtimoiylashuv jarayoni; 
-qarama-qarshi me'yorlar va qadriyatlar hamda boshqalar. 
O‗zbekiston zamonaviy ijtimoiy siyosatining yo‗nalishlaridan biri 
nogironlarni 
ijtimoiy 
himoyalash, 
ularni 
sog‗lomlashtirish 
sanaladi. 
Sog‗lomlashtirish markazlarining muhim vazifalari qatoriga nogiron bolalarga 
ularning huquqlarini himoya qilish bo‗yicha ijtimoiy ko‗mak ko‗rsatish, ularning 
huquqiy, tibbiy, ruhiy-pedagogik, ijtimoiy reabilitatsiyasini ta'minlash, kelgusida 
o‗z hayotlarini barpo etishlari uchun yordam berish kiradi.
Nogironlik jismoniy, ruhiy, sezgi, ijtimoiy, madaniy, qonunchilik va boshqa 
to‗siqlar bilan imkoniyatlarning cheklanganligi bo‗lib, nogiron insonga 
jamiyatning boshqa a'zolari kabi jamiyatga integratsiyalash hamda oila va jamiyat 
hayotiga qatnishish imkonini bermaydi. Jamiyat nogiron shaxslarning muhim 
ehtiyojlariga o‗z standartlarini moslashtirishi shart bo‗lib, bu ularning mustaqil 
hayot kechirishini ta'minlash uchun zarurdir 
Nogiron insonlar bilan qanday to‗g‗ri munosabat o‗rnatish mumkin? 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin