215
d) abonent tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmogʻining foydalanilgan
veb-resurslarining hisobga olinishini (log-fayllarining yuritilishini) qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qilish;
e) qonun hujjatlariga muvofiq abonentning noqonuniy xatti-harakatlari
ustidan shikoyat qilish;
j) operatorni ogohlantirmasdan ma’lumotlar uzatish tarmogʻiga GSM, IP
yoki SMS-shlyuzlar ulanganda, shu jumladan ma’lumotlar
uzatish
tarmogʻida maxsus apparat-dasturiy vositalarini oʻrnatish yoʻli
bilan
noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda xizmatlar koʻrsatishni bir
tomonlama toʻxtatish.
Operator va provayder qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Quyidagilar operator va provayderning majburiyatlari hisoblanadi:
a) oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, litsenziya va ushbu Qoidalar
asosida amalga oshirish;
b) shartnomada belgilangan muddatda va hajmda ishlarni bajarish hamda
xizmatlarni taqdim etish;
v) qonun va qonun osti hujjatlariga, shu jumladan texnik reglamentlar,
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarga
hamda shartnomaga
muvofiq koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatini ta’minlash;
g) abonentlarga oʻzining veb-saytida va (yoki) ommaviy axborot
vositalaridan
foydalangan
holda,
shuningdek
abonentlar
va
foydalanuvchilar bilan ishlash joylarida quyidagi axborotlarni taqdim etish:
xizmatlarni koʻrsatish tartibi va shartlari oʻzgarganligi, shu jumladan
xizmatlar uchun tariflar oʻzgarganligi toʻgʻrisida – oʻzgartirishlar kuchga
kirishidan kamida 10 kun oldin;
ish vaqti, pochta manzili va bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida –
tegishli oʻzgarishlar kiritilgan vaqtdan boshlab;
d) shartnomaning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi,
shuningdek abonentning arizasiga koʻra xizmatlar koʻrsatilmaganligi yoki
shartnomada
belgilangan
darajadagi
sifatga
ega
xizmatlar
koʻrsatilmaganligi uchun qayta hisob-kitob qilish;
e) abonentlarga xizmatlar koʻrsatish normal rejimining buzilishiga olib
kelishi mumkin boʻlgan ta’mirlash-sozlash
va profilaktika ishlari
216
oʻtkazilishini boshlash muddatlari hamda davomiyligi toʻgʻrisida zudlik
bilan xabardor qilish;
j) xizmatlar uzluksiz, kechayu kunduz koʻrsatilishini ta’minlash;
z) abonentning talabi bilan uning hisobvaragʻida aks ettirilgan oʻzaro
hisob-kitoblarning joriy holati toʻgʻrisidagi, shu jumladan abonent
tomonidan olingan xizmatlar toʻgʻrisidagi axborotni: ma’lumotlar uzatish
vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborotning hajmi toʻgʻrisida
batafsil axborotni taqdim etish;
i) axborot resurslari himoya qilinishini ta’minlashga, Oʻzbekiston
Respublikasining mavjud
konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini
zoʻrlik bilan oʻzgartirishga da’vat etishga, urush, zoʻravonlik va
terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm
gʻoyalarini targʻib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat
qoʻzgʻatuvchi
axborotni, shuningdek pornografiyani targʻib qilishga
qaratilgan va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa
axborotning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrish;
k) abonentlarning ogʻzaki murojaatlarini darhol, yozma yoki axborot
tizimlari orqali qabul qilingan murojaatlarini operatorga kelib tushgan
kundan boshlab oʻn besh kun ichida koʻrib chiqish;
l) foydalanuvchilarga har oyda bir marotaba ma’lumotlar uzatish
tarmoqlaridan foydalanishda qonun hujjatlari hamda mazkur qoidalarga
rioya qilish zarurligi yuzasidan eslatma xabarini berish. Bunda eslatma
xabar matni telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ
tomonidan shakllantiriladi;
m) Wi-Fi xizmati koʻrsatish vaqtida foydalanuvchilarning shaxsini
identifikatsiyalash hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
foydalanilgan veb-resurslari (log-fayllar) hisobini yuritish boʻyicha
apparat-texnik chora-tadbirlar koʻrish;
n) xalqaro va shaharlararo trafik noqonuniy oʻtkazish, shu jumladan GSM,
IP
yoki SMS-shlyuzlardan, shu jumladan tarmoqda maxsus apparat-
dasturiy vositalarini oʻrnatish yoʻli bilan noqonuniy foydalanishga qarshi
kurashish choralarini koʻrish;
Operator yoki provayder qonun hujjatlariga muvofiq oʻzlariga
yuklatilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishlari mumkin.
217
Operator yoki provayder abonentni haq toʻlash evaziga qoʻshimcha
xizmatlar koʻrsatishga yoki ma’lum bir xizmatni koʻrsatish uchun boshqa
xizmatlarni olishga majburlashga, shuningdek abonentdan koʻrsatilmagan
xizmatlar uchun toʻlov undirishga haqli emas.
Operator yoki provayder foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari
va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlarining sir
saqlanishini ta’minlashi shart, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollar mustasno.
Dostları ilə paylaş: