Xulosa Ma’lumotlar uzatish tarmogʻida yuzaga kelgan shikastlanishlar
shartnomada belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, operator,
provayder abonentning talabiga koʻra shartnomada belgilangan miqdorda
jarima (penya) toʻlaydi.
220
Operator, provayder tomonidan jarima (penya) toʻlanganligi ularni
shartnoma boʻyicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan
ozod etmaydi.
Operator, provayder, Wi-Fi xizmati tashkilotchisi oʻz ixtiyorida
(bevosita boshqaruvi va nazorati ostida) boʻlmagan ma’lumotlar uzatish
tarmogʻining resurslari, servyerlari va segmentlari mazmuni, ulardan
foydalanish imkoniyati va ishlash qobiliyati uchun javobgar boʻlmaydi.
Abonent oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi, shu jumladan
shartnomaga muvofiq belgilangan muddatda xizmatlar uchun haq
toʻlamaganligi uchun shartnomaga muvofiq javobgar boʻladi.
Mavzu yuzasidan savollar 1.
Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalar haqida nimalarni
bilasiz?
2.
Mobil qurilmalar bozori sizni qiziqtiradimi?
3.
Mobil texnologiyalar bozorining rivojlanish tendentsiyalari
qanday?
4.
Oʻzbekistonda mobil texnologiyalar bozorining rivojlanish
xususiyatlarini sanab oʻting
5.
Korporativ muhitga mobil texnologiyalarni singishi deganda
nimani tushunasiz?
6.
Mobil texnologiyalarni amaliyotga joriy etish modellari
qaysilar?
7.
Operator yoki provayderning vazifasi nimadan iborat?
Glossariy Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparatidir.
Bugungi
kunda
axyuorot
texnologiyalarining
rivojlanishi
mobil
telefonlardan ma’lumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlash vositasi
sifatida
foydalanishga
imkoniyat
yaratmoqda.
SHuningdek,
ular
kompyuter, faks apparatlari va b.q funktsiyalarini bajaruvchi uchun tizim
sifatida ham foydalanilmoqda.
Mobil Internet – mobil aloqa vositalari yordamida Internet-
resurslaridan foydalanish texnologiyasidir. Ushbu aloqa shaklining
afzalligi shundaki, abonent qaerda boʻlishidan qat’iy nazar, istalgan vaqtda
221
kerakli axborotni tarmoqdan topish va internet xizmatlaridan foydalanish
imkoniyatiga egaligidadir.