223
6§ Neyrotexnologiyalar va sun’iy intellekt
Reja:
1.
Neyrotexnologiya tushunchasi va vazifalari
2.
Neyrotexnologiyalarning tarmoqlari
3.
Sun’iy intellektning rivojlanishi
4.
Sun’iy intellektning ahamiyati
Neyrotexnologiya
asab
tizimining
printsiplariga
asoslangan
texnologiyalar toʻplamidir. Neyrotexnologiya miyaga neyron tarmogʻi,
ya’ni oʻzaro bogʻliq neyronlar toʻplami sifatida qaraydi. Neyron
tarmoqlarni ikki turga boʻlish mumkin: “hoʻl” va “quruq”. “Hoʻl” -
bizning boshimizdagi biologik neyron tarmoqlari va “quruq” - sun’iy, ya’ni
biologik neyron tarmoqlari printsipiga asoslangan matematik modellar,
juda murakkab muammolarni hal qilishga va oʻz-oʻzini oʻrganishga
qodir.
66
Inson miyasining tuzilishi va tamoyillarini tushunish dunyo fanining
asosiy muammolaridan biridir. Birlashgan
Millatlar Tashkiloti XXI
asrning birinchi oʻn yilligini miya tadqiqotlari oʻn yilligi deb atadi.
Neyrotexnologiyalar bozori 180 milliard AQSh dollariga teng boʻlgan.
Koʻpgina davlatlar miyani oʻrganish boʻyicha tadqiqot loyihalariga
sarmoya kiritishga tayyor edi. Ulardan eng kattasi:
1)
BRAIN tashabbusi - AQSh, 3 milliard dollar;
2)
Inson miyasi loyihasi - Evropa Ittifoqi, 1 milliard 190
million
yevro;
3)
Moviy miya - Shveytsariya, 100 million yevro.
Texnik nuqtai nazardan neyrotexnologiyalar hozirgi kunda quyidagi
vazifalarni hal etmoqda:
1. Miya faolligini registratsiyasi va monitoringi. Bu xammaga
ma’lum tomograflar: MRT, KT, PET;
2. Neyronlar funktsiyalarini boshqarish. Masalan,
paralij kishiga
kompyuter ekranida kursorni boshqarish imkoniyatini ta’minlash;
3. Neyroinjeneriya. Miya toʻqimalarini tiklash va transplantatsiyasi,
neyronlarni bog’lash orqali amalga oshadi.
66
https://intalent.pro/industry/neyrotehnologii.html
224
Rossiya venchur kompaniyasining ma’lumotlariga koʻra, hozirda
qator sohalarda neyroishlanmalar amaliyotda faol qoʻllanilmoqda:
tibbiyot (koxlear implantlar – eshitishni
tiklaydigan elektron
qurilmalar, protezlar);
harbiy soha (murakkab texnikalarni boshqarish, shu jumladan
jangovar robotlarni masofadan boshqarish);
koʻngilochar industriya (neyro oʻyinlarini yaratish).
Dostları ilə paylaş: