212
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlariga haq toʻlash muddatlari va
shakllari;
abonentlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi;
axborot-ma’lumot xizmatining va texnik ta’minlash xizmatining
telefon raqamlari (mavjud boʻlganda);
axborot-ma’lumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatish tizimi
toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish hududlarida
texnik imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.
Operator yoki provayder bilan abonent oʻrtasida
tuziladigan
shartnomada quyidagi ma’lumotlar majburiy ravishda koʻrsatilishi shart:
shartnoma tuzilgan joy va sana;
operator yoki provayderning nomi;
operator yoki provayder hisobvaragʻi rekvizitlari;
operator yoki provaydyerlarga berilgan litsenziya rekvizitlari;
shartnomaning amal qilish muddati;
abonent toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
hisob-kitob shakli va tartibi;
tomonlarning huquqlari,
majburiyatlari va javobgarligi;
tarif rejasi, xizmatlarning narxlari;
shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlari;
sifat koʻrsatkichlari (ma’lumotlar uzatishning maksimal tezligi,
ma’lumotlar uzatishning
minimal kafolatlangan tezligi, ma’lumotlar
uzatish kechikishining maksimal vaqti);
koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati (zarur boʻlganda).
Shartnomada tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga asosan qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Abonent operator yoki provayder bilan shartnoma tuzganidan keyin,
operator yoki provayder ulanish usuliga bogʻliq holda, abonentga ulanish
uchun zarur parametrlarni yetkazadi (IP-adres va boshqa adres
rekvizitlari), ma’lumotlar uzatish tarmogʻida ishlash va foydalanish tartibi
toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi, foydalanuvchining
zarur uskunasini
(kompyuter, modem, faks) va zarur dasturiy ta’minotni tavsiya qiladi.
Internetdan jamoat boʻlib foydalanish punktida bir martalik
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari foydalanuvchilarga Jamoat
213
foydalanish joylarida internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq koʻrsatiladi.
Operator yoki provayder ma’lumotlar uzatish tarmogʻi
xizmatlarini
koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan axborotni abonentlarga taqdim etish
maqsadida axborot-ma’lumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatish tizimini
yaratadi.
Quyidagi ma’lumotlar operator yoki provayder tomonidan
abonentning soʻroviga muvofiq 24
soat mobaynida hech qanday
cheklovlarsiz taqdim etilishi shart:
ma’lumotlar uzatish tarmogʻining koʻrsatiladigan xizmatlari
toʻgʻrisidagi;
ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish xizmatlariga boʻlgan
tariflar toʻgʻrisidagi;
abonentga uning shaxsiy hisobvaragʻining holati va ma’lumotlar
uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish haqini toʻlash boʻyicha
qarzdorlik toʻgʻrisidagi, jumladan abonentga ulangan xizmatlar:
ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot
hajmi, shuningdek limitlangan trafikli tariflardagi trafik qoldigʻi
toʻgʻrisidagi;
texnik nosozliklar toʻgʻrisidagi.
Dostları ilə paylaş: