Raqamli sheriklik va hamkorlik
Raqamli infratuzilmani rivojlantirish har qanday integratsion
jarayonlarni moslashuvchan qiladi. Ochiq tizimlarni qurish tamoyillari
nafaqat tashqi manbalardan ma’lumotlarni boyitish, balki mutlaqo yangi
mahsulot gʻoyalarini topish uchun cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi.
317
Koʻplab kompaniyalar kuchlarni birlashtirib, raqamli sheriklik yoki
hamkorlikni
yaratadilar.
Bunday
oʻzaro hamkorlik tashkilotga
infratuzilmaning yetishmayotgan qismini yaratish va uning rivojlanishiga
vaqt va mablagʻlarni sarflamaslik, balki sherik infratuzilmasi bilan
birlashishda farazlarni tez va samarali sinash va bozorga mutlaqo yangi
qoʻshma mahsulotlarni olib kirishga imkon beradi.
Innovasiya bilan ishlash
Raqamli tizimlar va kanallar yordamida korxonalar yangi farazlarni
yanada samarali, tez va arzon ravishda sinab koʻrish imkoniyatiga ega.
Mahsulotlarni
boshqarishning
zamonaviy
usullari
tufayli
kompaniyalarda biznes egiluvchan metodologiyalarga asoslangan tadqiqot
va ishlanmalar (research & development) guruhlarini tashkil qilishi
mumkin, ularning asosiy vazifasi biznesni rivojlantirish uchun yangi
yoʻnalishlarni, mahsulotlarni va yechimlarni topish va sinash ustida doimiy
ish olib borishdir.
Bundan tashqari, ochiq infratuzilmani yaratib, kompaniyalar
startaplarni ichki xakatonlar va akseleratorlarga jalb qilish orqali, uchuvchi
loyihalarni ularning real ma’lumotlari va jarayonlarida sinab koʻrish
imkoniyatini ochdilar. Bu yanada samaraliroq xarid qilish toʻgʻrisida qaror
qabul qilish, samaradorlikni hisoblash va tezroq innovatsiyalarni amalga
oshirishga imkon beradi.
Qiymatlarni boshqarish
Raqamli texnologiyalardan foydalanish mijoz uchun oʻz mahsuloti
qiymatini boshqarish imkonini beradi. Masalan, mijoz xatti-harakatlari va
voqealar kontekstiga qarab dinamik parametrlarni kiritish hamda
moslashtirish va individuallashtirish mumkin.
Zamonaviy mijoz uchun raqamli kanalning oʻzi qiymatga aylanadi.
Tobora kompaniya uchun raqamli xizmatlarning mavjudligi uning
foydasiga qaror qabul qilishda asosiy omilga aylanmoqda. Xizmatlardan
foydalanish usuli qanday oʻzgarayotganiga – bank xizmatidan tortib
chakana savdogacha, transport, sayohat, buyumlar Interneti (IoT)dan va
hokazogacha e’tibor qaratish kifoya. Mijoz uchun mahsulot va xizmatlarni
toʻlaqonli va masofadan sotib olish, operatsion yordamni kechayu kunduz
va ofislarga bormasdan olish, har xil mahsulotlarni bir-biriga bogʻlash,
zarur xizmatni oʻz vaqtida olish juda muhim boʻlib qoladi.
318
Mijoz xizmat va takomillashtirish boʻyicha doimiy ishlarni sotib
oladi – bu zamonaviy iste’molchining psixologiyasi sifatida baholanadi.
Raqamli madaniyat va layoqatni rivojlantirish
Insonlar samarali oʻzgarishlarning asosidir. Kompaniyaning strategik
tashabbuslarni amalga oshirish jarayonida unga qanday aniq kadrlar,
qanday kompetentsiyalar, qancha miqdorda va qaysi nuqtada kerak
boʻlishini tushunish muhimdir.
Afsuski, amalda biznesni muvaffaqiyatli oʻzgartirishda asosiy toʻsiq,
qoida tariqasida, jamoaning tayyor emasligi – motivatsiyaning yoʻqligi va
tajribaning yetishmasligida koʻrinadi. Biroq, asosiy muammo bu
maqsadlar, strategiyalar va usullarni tushunmaslikdir. Shu sababli,
kompaniyalar oʻzgarishga qarshi koʻplab ichki qarshiliklarga duch
kelishadi.
Dastlabki bosqich sifatida, xodimlarning raqamli yetuklik darajasini
baholash tartibidan boshlash tavsiya etiladi. Top menejment uchun alohida
strategik kursni oʻtkazish maqsadga muvofiq.
Transformatsiya jarayonini boshqarish va koordinata qilish uchun
alohida boshqaruv organlari, jumladan, transformatsiya boʻyicha qoʻmita
yoki transformatsiya guruhi tuziladi. Bu raqamli transformatsiyaning
asosiy yoʻnalishlariga muvofiq tashkiliy tuzilmaga qoʻshimcha boʻlib,
ushbu yondashuv muvaffaqiyat va diqqatni koʻpaytiradi.
Kompaniyadagi raqamli transformatsiyalar uchun javobgar – raqamli
transformatsiya boʻyicha direktor, Chief Digital Transformation Officer
(CDTO / CDO) hisoblanadi.
Raqamli oʻzgarishlarning barchasi ham texnologiya bilan bogʻliq
emas, ularning aksariyati madaniy, jamoaning fikrini, maqsadni belgilash
va motivatsiyani oʻzgartiradi.
Ozbekistonda “Raqamli iqtisodiyot”ni jadal rivojlantirish, inson
faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish,
jumladan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga, iqtisodiyotning real
sektorida ishlab chiqarish va boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish,
axborot tizimining yaxlitligi va barqaror faoliyatini hamda axborot
xavfsizligini ta’minlash yoʻnalishida:
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqildi va hayotga
tatbiq etildi;
319
Davlat tashkilotlaridagi barcha turdagi hisobotlar hamda ma’lumotlar
bazalarini integratsiyalash orqali ma’lumotlarni boshqarishning yagona
davlat tizimini yaratildi;
Energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlarda nazorat va ma’lumotlar
yig‘ish tizimini (SCADA), energiya menejmenti tizimini (EMS) hamda
boshqa turdagi axborot texnologiyalarini joriy etilib, modernizatsiya
qilinmoqda.
Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etilmoqda.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki
(IT-park)ning hududini kengaytirilib, yangi infratuzilma ob’yektlarini
qurildi.
Faoliyat doirasini kengaytirish, “startap loyihalarini har tomonlama,
shu jumladan venchur moliyalashtirish asosida, qo‘llab-quvvatlashni
tashkil etish va IT kompaniyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
orqali dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki
yanada rivojlantirilmoqda.
Aholi,
ayniqsa,
yoshlar
orasida
raqamli
ko‘nikmalarni
takomillashtirish, “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish.
Intellektual mulk faoliyatini rivojlantirish va zamonaviy IT-
yechimlar, autcorsing usullari va “sun’iy intellekt”dan foydalangan holda
intellektual
mulk
ob’yektlari
ekspertizasini
tashkil
etish
takomillashtirilmoqda.
“Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini avtomobil
chegara bojxona postlarida joriy etish, temir yo‘l transportida tashilayotgan
tovarlar bo‘yicha yuridik shaxslar, vagon, konteyner, harakatlanish hududi
yoki saqlanayotgan (to‘xtab turgan) temir yo‘l stansiyasi to‘g‘risida
elektron ma’lumotlarni bojxona organiga real vaqt rejimida taqdim etish
yo‘lga qo‘yildi
91
.
Mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga
muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini raqamlashtirish, davlat
axborot tizimlari va elektron xizmatlarni joriy etish, shuningdek, raqamli
91
O
‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni// 2017 — 2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm,
ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid DAVLAT DASTURI
320
texnologiyalardan keng foydalanishni ta’minlash bo‘yicha xalq ta’limi,
davlat xizmatlari, sud, moliya va bank tizimida kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning
rivojlanish holatini samarali reyting baholash tizimi hamda uni amalga
oshirishning idoralararo mexanizmining yo‘qligi iqtisodiyot tarmoqlari va
hududlarni raqamli transformatsiyasi hozirgi holatini chuqur tahlil qilishga
to‘sqinlik qilmoqda.
Tashkilotlar hamda hududlarni raqamli transformatsiya holatini
reyting baholash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun NIS.UZ idoralararo
axborot tizimi (NIS.UZ-axborot tizimi) ishga tushirilgan.
Hududlarning raqamli rivojlanish darajasini reyting baholashda
raqamli iqtisodiyot bo‘yicha quyidagilar hisobga olinadi:
Elektron tijorat subyektlarining soni;
Elektron schet-fakturadan foydalangan xo‘jalik korxonalarining
ulushi;
Onlayn
nazorat-kassa
mashinalariga
ulangan
xo‘jalik
korxonalarining ulushi;
Elektron tijorat aylanmasi;
Yalpi ichki (hududiy) mahsulotdagi axborot texnologiyalari va
kommunikatsiya tarmog‘ining ulushi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tovarlar va
xizmatlarning eksport hajmi;
Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi – IT-kompaniyalar ulushi;
Elektr va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan “aqlli” hisoblagichlar ulushi;
Suv omborlari, viloyat va tumanlararo irrigatsiya tizimlari, tuman
irrigatsiya tizimlarida avtomatlashtirilgan qurilmalarni o‘rnatish;
YIDXP orqali ko‘rsatilgan xizmatlar ulushi;
Bozor xizmatlari tuzilmasida IT-xizmatlar ulushi;
IT-park rezidentlari ulushi.
Raqamli ta’lim bo‘yicha:
Xodimlarini AKT sohasida malakasini oshirgan korxonalar ulushi;
Maktablarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha
diplomga ega informatika o‘qituvchilari bilan ta’minlanganligi;
321
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
sohasida
ishlovchi
xodimlarning ulushi;
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining mavjudligi;
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari kurslari bitiruvchilari soni;
“Bir million dasturchi” dasturida ishtirok etganlar ulushi hisobga
olinadi.
92
Davlat statistika hisobi va boshqa rasmiy axborot resurslardan
foydalangan holda Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritayotgan
korxonalar soni aniqlanib, ularning ro‘yxatini shakllantirildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali aholiga
va tadbirkorlik subyektlariga xizmatlar ko‘rsatuvchi yoki tovarlarni
sotuvchi xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondida davlat
ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan davlat unitar korxonalari o‘zlarining rasmiy
veb-saytlarida majburiy tartibda quyidagi funksiyalarni nazarda tutishlari
kerak:
tovarlar va xizmatlarning turlari va qiymatlari (tariflari) to‘g‘risidagi
to‘liq va dolzarb ma’lumotlarni qulay shaklda taqdim etish;
Internet tarmog‘i orqali tovarlar va xizmatlarga elektron haq to‘lash
va tasdiqlash imkoniyati.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
hamda Adliya vazirliklari va ularning tasarrufidagi tashkilot va bo‘linmalar
negizida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Raqamli idora” loyihasi amalga
oshirilmoqda:
a) 2022-yil 1-yanvarga qadar:
qog‘ozsiz elektron hujjat almashinuvi va ish yuritishni tashkil qilgan
holda barcha ma’muriy tartib-taomillarni va operatsion jarayonlarni
raqamlashtirish;
faoliyatning ochiqligi va shaffofligi hamda aholi punktlarida davlat
xizmatlaridan foydalanishning kafolatlanganligini ta’minlash;
idoralararo elektron hamkorlik jarayonlarini avtomatlashtirish;
92
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qarori // Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik
birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududlarni raqamli transformatsiya holatini
reyting baholash tartibi to‘g‘risida NIZOM
322
b) “Raqamli idora” loyihasini amalga oshirishning amaliy tajribasini
boshqa
davlat
organlari
va
tashkilotlarida
ularning
faoliyati
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda joriy etish.
2020-yil 1-noyabrdan boshlab barcha vazirlik va idoralar, mahalliy
ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga
raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari
yuklatilib, quyidagilar ularning ustuvor vazifalari etib belgilandi:
axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi
idoraviy raqamli transformatsiya dasturlarini ishlab chiqish va o‘z vaqtida
amalga oshirish;
elektron davlat xizmatlarini mobil qurilmalar va elektron
hamkorlikning boshqa shakllari orqali ko‘rsatishni yanada kengaytirish
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
idoralar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, Internet
tarmog‘ida ochiq ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni joylashtirib borish
bo‘yicha choralar ko‘rish;
idoraviy raqamli infratuzilmaning axborot xavfsizligini, shuningdek,
elektron ma’lumotlar va hujjatlarning himoyasini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: |